B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
eng kam foiz to‘lovlarini ta’minlamaydigan kredit olish qarori qabul qilinganidan keyin foiz stavkasidagi shunday o‘zgarishlar bilan bog‘liq risk
Download 0.55 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tgan asrning 80 va 90-yillarida AQShda tuzilgan o‘zgaruvchan foiz stavkali ipotekalarning aksariyatida foiz stavkasining yuqori chegarasi bo‘yicha shart mavjud bo‘lgan. Ko‘pincha bu “yuqori
eng kam foiz to‘lovlarini ta’minlamaydigan kredit olish qarori qabul qilinganidan keyin foiz stavkasidagi shunday o‘zgarishlar bilan bog‘liq risk.
qaror qabul qilinganidan so‘ng yuzaga kelgan foiz stavkalarin-ing o‘zgarishi oqibatida eng yuqori daromad olinishiga olib kelmaydigan kreditni berish yoki qo‘yilmalarni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish riski; fiksirlangan foiz bilan olingan kredit bo‘yicha foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar miqdori o‘zgaruvchan foiz bilan kreditga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi bilan bog‘liq risk; Stavka o‘zgaruvchanligi (uning o‘zgarishi muntazamligi, xarakteri va hajmi) qanchalik katta bo‘lsa, foiz riski ham shunchalik katta bo‘ladi. Foiz riskini hisobga olish siz qanday holatda, ya’ni, kreditor yoki qarz oluvchisiz holatida bo‘lishingizga bog‘liq. Faraz qilaylik, masalan, sizning qisqa muddatli bank omonatingizda 5000 sh.b. bor, bunda foiz stavkasi bozor konyunkturasini aks ettirgan holda har kuni o‘zgarib turadi. Agar siz omonatchi (ya’ni, bank kreditori) bo‘lsangiz, foiz riski – bu stavkaning pasayish riskidir. Sizning sug‘urta siyosatingiz foiz stavkasi qandaydir minimumdan pastlab ketmasligini sug‘urtalashdan, ya’ni, minimal foiz stavkasi tufayli kelib chiqadigan zararlardan himoyani ta’minlashdan iborat bo‘lishi lozim. Endi esa aksincha, sizni qarz oluvchi deb tasavvur qilamiz. Faraz qilaylik, masalan, siz hozirgina uy sotib oldingiz va bankdan tartibga solinadigan foiz stavkasi bilan ipoteka krediti oldingiz. Siz olgan ipoteka krediti bo‘yicha foiz stavkasi esa yillik g‘aznachilik veksellari bo‘yicha foiz stavkasiga bog‘langan, deb taxmin qilamiz. Bu holatda sizning foiz riskingiz shundan iboratki, stavka oshib boradi. Shunga ko‘ra, sizning foiz stavkasini sug‘urtalash siyosatingiz u muayyan chegaradan ortib ketmasligini, ya’ni, maksimal foiz stavkasi bilan bog‘liq zararlarni sug‘urtalashdan iborat bo‘lishi kerak. O‘tgan asrning 80 va 90-yillarida AQShda tuzilgan o‘zgaruvchan foiz stavkali ipotekalarning aksariyatida foiz stavkasining yuqori chegarasi bo‘yicha shart mavjud bo‘lgan. Ko‘pincha bu “yuqori 104 chegara” maksimal qiymat shaklini olib, yillik davr mobaynida foiz stavkasini shungacha oshirish mumkin edi. Shuningdek, ipoteka kreditini qaytarishning butun muddati uchun foiz stavkasining umumiy (global) yuqori chegarasi ham bo‘lishi mumkin. Qarz oluvchi uchun risk ikki tomonlama xarakterga ega. U fiksirlangan stavka bilan qarz olar ekan, stavkalar pasayib ketishi tufayli riskka duchor bo‘ladi. Erkin o‘zgaruvchan stavka bilan qarz olgan taqdirda esa, ularning ortib ketishi tufayli riskka duch keladi. Agar qarz muddati davomida foiz stavkalari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishni oldindan aniqlash mumkin bo‘lsa, bu riskni kamaytiradi, ammo buni amalga oshirish ancha murakkab. Kreditor uchun risk – bu qarz oluvchi uchun riskning ko‘zgudagi aksidir. Maksimal foyda olish uchun bank kreditni foiz stavkalari pasayishi kutilayotganda fiksirlangan stavka bo‘yicha, ular ortishi kutilganda esa o‘zgaruvchan stavkalarda taqdim etishi kerak. Investor qisqa muddatli yoki o‘zgaruvchan foiz stavkali depozitlarga mablag‘lar qo‘yishi va foiz daromadlari olishi mumkin. Investor foiz stavkalari pasayishi kutilayotganda fiksirlangan foiz stavkasini, ular o‘sishi kutilayotgan vaqtda esa tebranuvchan foiz stavkasini afzal ko‘rishi kerak. Qarz muddatiga bog‘liq ravishda foiz stavkalarining o‘zgarishini foiz daromadi egri chizig‘i yordamida ifodalash mumkin. Foiz daromadining normal egri chizig‘i o‘suvchan egri chiziq hisoblanadi. U uzoq muddatli qarzlar bo‘yicha foiz stavkalari, odatda, qisqa muddatli qarz bo‘yicha foiz stavkalaridan yuqoriligini va bu bilan kreditorlarga ularning mablag‘lari uzoq muddatga bog‘langanligi va u uzoq muddatli qarz holatida yuqori kredit riskini kompensatsiyalashini anglatadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling