B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Semosiologiya va semantiklar oqimi


Download 0.92 Mb.
bet29/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

Semosiologiya va semantiklar oqimi. Semantiklarning tilshunoslikdan koʻra koʻproq falsafaga moyilligi koʻpdir. Semantizm oqimi Angliyada keyinchalik AQSH da tarqalgandir.
Semantizm oqimining koʻzga koʻringan vakillari sifatida Anton Marti (1847-1914), Allon Gardiner, Karl Byullerlardir.
A. Marti dastlab katolik cherkovining malayi va keyinchalik til falsafasi bilan shugʻullangan. U oʻz ustozi F. Brentanonning idealistik yoʻnalishini davom ettirgandir. A Martinning semantizm "Umumiy grammatika va til falsafasini asoslovchi tadqiqotlar" (1908) nomli asarida ifodasini topgandir. Bundan tashqari, uning "Gap va soʻz", "Umumiy tasviriy semasiologiyaning metodi va ahamiyati haqida" nomli asarlari ham mavjuddir.
A. Marti til falsafasining asosiy predmeti shundaki, u tildagi tarixiylikni va konkret tillarning boshqa tillar bilan bogʻliqligini inkor qiladi.
A. Marti fikricha, materiya mavjud. Bu materiya tilda ma’no va forma sifatida namoyon boʻladi. Forma oʻz navbatida tashqi (tilning tovush tomoniga) va ichki tomoniga boʻlinadi. Ichki til formasida butun aloqalar, jumladan, ma’no va ifoda aloqasi oʻz ifodasini topadi. Ichki forma til belgilarini iqtisod qilish va qisqartirishda muhim rol oʻynaydi.
Ma’no nuqtayi nazaridan A. Marti soʻzlarni ikki guruhga ajratadi:
1. Avtosemantik soʻzlar. Bunday soʻzlar oʻz-oʻzidan ma’noni kasb etadilar.
2. Sinsemantik soʻzlar. Bu xil soʻzlar oʻz ma’nolarini boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda kontekstda oladilar.
Umuman, A. Marti semasiologiya oqimining vakili sifatida til formasining tashqi xususiyatida tovush tomonini ichki xususiyatida ma’no tomonini koʻradi.
A. Gardiner hozirgi arabshunos olimlardan boʻlib, tilning umumiy nazariyasiga doir "Atoqli otlar nazariyasi" (1940) "Til va nutq nazariyasi" (1951) kabi asarlari mavjud.
A. Gardiner oʻz asarlarida B. Rassel asarlariga asoslanib ish koʻradi. U tilni individual shaxsdan tashqari turuvchi doimiy xarakterdagi narsa deb izohlaydi. Nutqni til sxemasiga kiritsada individual’ subyektiv faktor deb baholaydi. Shu nuqtayi nazardan til bilan nutqni bir biriga qarama-qarshi qoʻyadi. Uningcha, gap nutq birligi boʻlsada, individual shaxsning mevasidir.
Karl Byuller nemis tafakkur psixologiyasi maktabining vakilidir. U psixologiyaga doir bir qancha asarlar yozgan. Oʻzining psixologik qarashlari nuqtayi nazardan yondashib "Til nazariyasi" (1934) nomli asarini yozdi.
K. Byuller nutq muammolarini koʻproq yoritishga harakat qiladi. Uningcha til va nutqda ifoda, murojaat va xabar kabi uch funksiya birikkandir. Semasialogiya oqimi vakillari tilning strukturasini oʻrganish befoyda deb asosiy e’tiborni uning semantikasiga qaratadilar. Til taraqqiyotini semantikadan ajratadilar. Ana shu nuqtayi nazardan N. Ya. Marrning ta’limoti ham semantiklar nazariyasining bir koʻrinishidir. Chunki N. Marr til grammatikasi va strukuturasini formal narsa deb semasiologiyani asosiy oʻringa qoʻyadi, hamda oʻzining toʻrt element (yon, ber, rash, sol) nazariyasini yaratadi.
Semantiklar dastlab soʻzlarning asosiy ma’nosini tekshirishni vazifa qilib olgan boʻlsalar, lekin hozirgi vakillari soʻzning haqiqiy ma’nosini tekshirish oʻrniga, ba’zi soʻzlarni tushunishdagi har xillikni bahona qilib jamiyatda urushning kelib chiqishi, ijtimoiy qonun asosida emas, balki tildagi ayrim kelishmovchiliklarning natijasi emish. Semantiklarning fikricha, kishilar orasida yaxshi munosabatlarni ifodalovchi soʻzlarni tildan yoʻqotish kerak.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling