B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.92 Mb.
bet26/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

Qozon lingvistik maktabi. Bu maktabning asoschisi Boden de Kurtene (1845-1929) hisoblanadi. U mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega boʻlgan olimdir. Shuning uchun u haqda L. V. Shcherba aytadiki, u bir qolipga tushmagan pozitsiyada turib ish olib bordi. Uning tilshunoslik sohasidagi asosiy qarashlari quyidagilardan iborat:
1. Boden de Kurtene yosh grammatikachilar va Moskva tilshunoslik maktabining tarixiylik mezonini qabul qildi. U oʻzining "Tilshunoslikning vazifalari" kitobida tilni oʻrganishning asosiy mezoni tarixiylik deb hisoblaydi.
2. Boden de Kurtene F. de Sossyurning til oʻrganishdagi sinxronik va diaxronik aspektdagi uslubini dialektik mazmun bilan boyitdi.
3. Tilshunoslik tarixida ilk bor yaratilgan fonema nazariyasi Boden de Kurtenega tegishlidir. Tilshunoslik tarixida birinchi marta fonemalarning psixologik va morfologik izohini berdi. Ushbu izohlar zaminida keyinchalik Moskva va Peterburg fonologiya maktablari vujudga keldi.
4. Tilshunoslikka fonema, morfema, sintagma, leksema, grafema, kinema, akusma, kinakema atamalarini birinchi bor kiritgan kishi Boden de Kurtenedir.
Boden de Kurtene tilshunoslikda koʻplab shogirdlar yetkazdi. I. A. Boden de Kurtenening shogirdlaridan biri N. V. Krushevskiy (1851-1887)dir. U koʻproq umumiy tilshunoslik masalalari bilan shugʻullanadi. U hisoblaydiki, tilshunoslarning asosiy vazifasi til taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini ochib berishdir. Krushevskiy soʻzning morfologik strukturasi va soʻz yasalish masalasiga koʻproq e’tibor beradi. I. A. Boden de Kurtenening shogirlaridan yana biri prof. V. A. Bogoroditskiydir. U faqat umumiy tilshunoslik bilan qiziqmasdan rus va turkiy tillar bilan ham qiziqqandir. U ustozi kabi koʻp qirrali olimdir. "Tatar va turk tilshunosligidan etyudlar"(1933),"Tatar tilshunosligiga kirish" (1934), "Tatar tilshunosligining ilmiy vazifalari haqida" (1934) kabi turkologiyaga doir asarlar yozgan, turkiy tillarni tasnif qilgan olimlardan biridir. V.A.Bogoroditskiy eksperimental fonetikaga asos soluvchilardan biri boʻlib, u Rossiyada birinchi marta fonetik laboratoriya tashkil qildi.
Xullas, Qozon tilshunoslik maktabi jahon va rus tillarini oʻrganishga hamda turkologiyaga katta hissa qoʻshdi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling