B. S. Axrarov
Download 3.61 Mb.
|
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S
Elektron ofis. Idoraning (ofisning) asosiy faoliyati qaror qabul qilish maqsadida axborotni qayta ishlashdir. Turli darajadagi idoralarda tashkilot siyosati shakllanadi va shu yerdan rahbariyat kundalik operatsiyalami amalga oshiradi. Idorada bo’linmalardan, tashqi manbalardan axborot yig‘iladi, yig‘ilishiar, uchrashuvlar o‘tkaziladi, qarorlar qabul qilinadi. Chunki idora boshqaruv ishini tashkil etish shakli bo‘lib, uning ishini takomillashtirish boshqaruv apparati ishining samaradorligini oshirish shartlaridan biridir.
Elektron ofis idora faoliyatida axborot texnologiyasining turli vositalarini qo'ilash joyi sanaladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari idoralarga axborotni saqlash, uzatish va qayta ishlashning yangi tamoyillariga asoslangan quyidagi vositalarini taklif etadi: zarur dasturiy ta’minotli shaxsiy kompyuter; yuqori sifatli chop etadigan printer; nusxa ko‘paytiruvchi texnika; xotirali telefon; tele- konferensiya o‘tkazish uchun apparatura, ma’lumotlaming bazasi. Elektron ofis boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish va bosh- qaruvchilarni axborot bilan yaxshiroq ta’minlash imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi — kompyuter tarmoqlari bazasida tashqi muhit va tashkilot ichida kom- munikatsiya jarayonlarini tashkil etish hamda qo'llab-quvvatlashdir. Avtomatlashtirilgan ofis texnologiyalaridan boshqaruvchilar, mutaxassisiar, texnik xodimlar foydalanadi, u ayniqsa muammolami guruh bo‘lib hal etish uchun qulay. Elektron ofisda deyarli har qanday turdagi — gistogramma, diagramma, sxema, jadval va hokazo tasvirni olish imkonini beruvchi mashina grafikasidan foydalaniladi. Elektron ofis amaliyo- tida shuningdek, muassasa faoliyatini nazorat qiluvchi va muvofiq- iashtiruvchi vositalardan ham foydalaniladi. Ular yordamida barcha boshqaruv faoliyati bajariladigan ishning xususiyatiarini tavsiflov- chi jarayonlar majmui sifatida aks etadi. Ayni paytda har qanday alohida xodimning faoliyatigina emas, boshqa xodimlar bilan axborot va subordinatsiya aloqalari ko‘rib chiqiladi. Shakllangan sxemaga muvofiq ko‘rsatilgan muddatlarda bevosita ijrochilar uchun kerakli vazifalar avtomatik ravishda yaratiladi. Dasturlar paketlarining quyidagi funksional guruhlaridan foydalaniladi: matnlami qayta ishlash; jadvallami yaratish va qayta ishlash; ma’lumotlar bazalarini boshqarish; grafik axborotni qayta ishlash; elektron yozuv daftari. Dasturlaming bunday paketlari ko‘pincha ixtisoslashtirilgan deb yuritiladi, chunki ular sanab o‘tilgan funksiyalardan birini bajarish uchun mo'ljallangan. Ixtisoslashtirilgan dastur paketlaridan biri (masalan, OFFICE XP, OFFICE 2007-2010) tez-tez foyda- lanishning qulayligi dastuming integrallashgan dastur paketlarini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligini shart qilib qo'ydi. Shuni hisobga olish lozimki, bitta joy bo‘lgan hollarda, faoliyatning qat’iy belgilangan turi (masalan, matnlami qayta ishlash) ko‘proq uning uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Shunday qilib foydalanuvchining vazifasi faqat dastur paketini aniq bit holatlar uchun to‘g‘ri tanlash sanaladi. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling