B. S. Axrarov


Ma’lumottarni qayta ishlash axborotlar texnologiyasining komponentlariga


Download 3.61 Mb.
bet75/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

Ma’lumottarni qayta ishlash axborotlar texnologiyasining komponentlariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlami qayta ishlash; hisobotlami yaratish.

  1. Matnli axborotiarni qayta ishlash texnologiyalari

  1. Matn muharrirlari

Matn muharriri - matnli ma’lumotlami kiritish va tahrirlash- da foydalaniladigan, maxsus yaratilgan dastur.
Matn muharrirlarining imkoniyatlari turlichadir - kichik hujjat- lami yaratish imkonini beradigan dasturlardan tortib tipografiyada yirik hujjatlar, nashriyot mahsullarini tayyorlashda ishlatiladigan dasturlar (Microsoft Publisher, Corel Ventura va Adobe Page­Maker.) majmuasigacha bugungi kunda keng qo‘l!anilmoqda.
Matn muharriri dasturlari 2 ta guruhga boMinadi:

  • operatsion tizim tarkibida mavjud ichki matn muharriri dasturlari;

  • operatsion tizim tarkibiga kirmaydigan tashqi matn muhar­rirlari. Bunday matn muharrirlari yordamida hujjatlami formatlash, ularga turli obyektlami joriy etish, ishlov berish kabi keng imko- niyatlar mavjud bo'lganligi uchun ulami matn protsessorlari deb ham atashadi.

Matn muharrirlari yordamida matnli hujjatlami tayyorlashda asosan uch xil guruhdagi amallar bajariladi;

  • kiritish amallari yordamida qog‘ozdagi birlamchi ma’lumot­lar elektron ko‘rinishga (huyat fayliga) aylantiriladi. Kiritish degan- da nafaqat ma’lumotlardagi belgilami klaviatura orqali kiritilishi tushuniladi, balki qog'ozda ma’lumotiarni skanerlash, grafik tasvir- lami matnli ko'rinishga aylantirish amallari ham tushuniladi;

  • tahrirlash amallari yordamida elektron ko'rinishdagi huj- jatga ma’iurn o‘zgartirishlar kiritish, undagi ortiqcha so‘z yoki fragmentlarni o'chirish, bir necha matnli fayllami birlashtirib, yangi matn hosil qilish yoki aksincha, matnni bir necha qismlarga ajratish mumkin. Odatda kiritish amallari tahrirlash amallari bilan parallel ravishda bajariladi va shu bilan birga matnli hujjat mazmuni yaratiladi;

  • formatlash amallari yordamida hujjatning ko‘rinishiga ishlov beriladi. Bunday amallar matn ekranda qanday ko'rinishga ega bo'lsa, o'sha ko'rinishda chop etilishi uchun tayyorgarlik ish- larini bajarishda ko'plab qo'llaniladi. Formatlash amallari orqali matndagi jadval, tasvir va boshqa obyektiar ko'rinishlari belgila- nadi.

Ba’zi hujjatlami formatlash amallarisiz tayyorlash talab etilsa, rasmiy hujjatlar tayyorlashda odatda formatlash amallaridan foyda- lanadilar va shu tariqa ularga ishlov berilib, chop etiladi yoki tarmoq orqali uzatiladi. Demak, formatlash amallarini bajarish imkoniga ega bo'lmagan matn muharriri oddiy matn muharriri deb atalsa, formatlash amallarini bajarish imkoniga ega bo'lgan matn muhar- rirlari matn protsessorlari deb ataladi.
Quyida mavjud ichki va tashqi matn muharrirlarini keltiramiz.
Ichki muharrirga misol sifatida Windows operatsion tizimi tarkibiga kiruvchi Notepad va WordPad matn muharriri dastur- larini keltirishimiz mumkin. Bunday muharrirlaming tahrirlash imkoniyatlari yetarlicha bo'lmagani uchun ulardan odatda oddiy xatlami va turli hujjatlar matnini tayyorlashda foydalaniladi.
Tashqi muharrirlarga misol sifatida hozirda eng ko'p tarqalgan MS Word matn muharririni (bunda Leksikon, FOTON, Chiwriter va boshqalami ham unutish kerak emas) keltirishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda Microsoft Word matn muharriri paketining bir necha versiyaiaridan foydalanilmoqda. Dastlab Word 5.0, Word 6.0, Word 7.0 (Microsoft Office 97 paketi tarkibida), Word 8.0 (Microsoft Office 2000 paketi tarkibida) ishlatilgan bo'lsa, keyingi yillarda Word 2003 (Microsoft Office XP paketi tarkibida), Word 2007 (Microsoft Office 2007 paketi tarkibida), Word 2010 (Microsoft Office 2010 paketi tarkibida) va Word 2013 (Microsoft Office 2013 paketi tarkibida) foydalanuvchilar tomonidan keng qo‘llanilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, Word 2000, Word XP va Word 2003 matn muharriri paketlari texnologik jihatdan bir-birlari- ga yaqindirlar. Keyingi yaratilgan Word 2007 matn muharriri paketi o‘zidan avval yaratilgan versiyalardan keskin farq qiladi. Sababi, oynadagi muqim joylashtirilgan menyu satri o‘miga endilikda lentali texnologiya asosida almashinib turadigan menyu bandlari joriy etildi. Matnli hujjatlami tayyorlash rejimlari va texnologiyalari o'zgargani tufayli foydalanuvchilar uchun bunday holatga ko‘ni- kishlariga ma’lum vaqt kerak bo’ladi. MS Word matn muharririning 2010 va 2013 versiyalari MS Word 2007 versiyasiga yaqin.
MS Word 2010 matn muharriri matn protsessori vazifasini to‘laqonli bajaradi.

  1. MS Word 2010 oynasining tarkibi

MS Word 2010 matn muharririni ishga tushirish uchun Пуск - > Все программы-> Microsoft Office -> Microsoft Word 2010 buyruqlar ketma-ketligi bajariladi.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling