B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


HUKM Umuman, bir ish, masala yuzasidan bo‘lgan, xulosa tarzidagi fikr; qaror. HUKMLAGICH


Download 387.41 Kb.
bet154/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

HUKM Umuman, bir ish, masala yuzasidan bo‘lgan, xulosa tarzidagi fikr; qaror.
HUKMLAGICH Qadimgi ajdodlarimzning totemistik e’tiqodlariga daxldor marosim qo‘shiqlarining davrlar o‘tishi bilan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot ta’sirida transformasiyaga uchrab, asta-sekin bolalar repertuariga o‘tib, bolalarcha mushoha­dakorlik asosida qaytadan sayqallanib, yangi motivlar, yangi obrazlar hisobiga to‘li­shib, ularning mavsum-marosim poeziyasida barqarorlashgan namunasi. Totemistik e’tiqod qoldiqlari bolalarning hasharotlarga munosabatiga daxldor hukmlagichlarida ravshanroq ko‘rinadi. Chunonchi, bolalar orasida beshiktervatarni ko‘rganda uning vositasida fol ochish an’anasi mavjud:
Beshiktervatar, beshiktervatar,
Salima xolam nima tug‘adi?
Beshiktervatar o‘ng oyog‘ini ko‘tarsa – o‘g‘il, chap oyog‘ini ko‘tarsa – qiz tug‘i­lishiga yo‘yishadi.


I


IDEAL, estetik ideal (yun. idea so‘zidan fr. ideal – tasavvur) Estetika, jumladan adabiyotshunoslikning muhim ilmiy kategoriyalaridan biri, go‘zallik, estetik mukammallikning yuksak darajasi haqida his etiladigan, konkret-timsoliy shaklda aks etuvchi tasavvurlar jami. Jamiyatda yashaydigan har bir inson ongida mukammal jamiyat, mukammal ijtimoiy munosabatlar, mukammal inson haqidagi tasavvurlar mavjud bo‘lib bularning bari idealni tashkil qiladi va uning voqelikka munosabatini belgilaydi. Umuman olganda estetik ideal ham shuning bir qirrasi, konkret-timsoliy shaklda voqe bo‘luvchi go‘zallik tasavvuridir.Badiiy asarda estetik ideal ijobiy qahramon obrazida mujassamlashgan bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asaridagi Iskandar adolatli shoh­ning ideal obrazidir.
Ijod onlaridagi san’atkor ideal olamida yashaydi, voqelikni uning nuri bilan yoritadi. Ijodkorning ma’naviy-ruhiy butunligi va mavjud holati orasidagi ziddiyat­larni idealdan ruh olgan holda bartaraf etish orqali mavjudligini mohiyatiga muvo­fiqlashtirib borish, shu asno qadam-baqadam idealga yaqinlashib, yangi-yangi ma’nolarni kashf etib borish – ijodning bosh shartidir. Ijodkor faoliyatining motivi (sabab) ham, maqsadi (natija) ham idealdir.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling