B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


ISTILOH (ar. odatdagi so‘z qo‘llash; atama, termin) esk. kt. Termin, atama. Adabiyotshunoslik istilohlari. ISTIORA


Download 387.41 Kb.
bet157/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

ISTILOH (ar. odatdagi so‘z qo‘llash; atama, termin) esk. kt. Termin, atama. Adabiyotshunoslik istilohlari.
ISTIORA (ar. vaqtincha omonatga, oriyatga olmoq) Mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at. Bir so‘zni “omonatga olib” boshqa, ya’ni ko‘chma ma’noda ishla­tish. Istiorada so‘zni o‘z ma’nosidan boshqa ma’noda ishlatish o‘xshatish asosida amalga oshadi. Masalan, Navoiyning: Ul oy avsofini ahli zamondinEshtur erdi bal yaxshi-yomondin, - baytidagi “oy” so‘zi “yerning tabiiy yo‘ldoshi” ma’nosidan “omonatga olinib” “yor” ma’nosida ishlatilgan va o‘ziga xos obrazli ifoda yuzaga kelgan.


J


JANR (fr. genre – jins, tur, xil) Adabiy janr; adabiy asarlarning tarixan shakl­lanuvchi tipi, muayyan davr milliy yoki jahon adabiyotida umumiy xususiyatlari bilan turli ko‘lamdagi guruhlarni tashkil qiluvchi asarlarni anglatuvchi tushuncha. Roman janri. Qo‘shiq janri. Doston janri.
JONLANTIRISH Keng ma’noda metaforaning bir ko‘rinishi, jonsiz narsa-hodisalarga inson, umuman jonli mavjudotga xos sifatlarning berilishi. Shuning­dek, jonivorlarga insonga xos sifatlarning berilishi ham jonlantirishning bir ko‘ri­nishi sanaladi. Jonlantirish orqali manzaraning jonli, ta’sirchan chiqishiga erishi­ladi. Anvar Obidjonning quyida berilgan “So‘nggi axborot” she’rida jonlantirish yordamida zavqli manzaralar chizilgan: Uzum bоshi аylаnib, Bo‘p qоldi kаsаl. Shохdаn yiqilib оlmа, Yotibdi o‘sаl. Uyquchirоq bir tаrvuz, Yumаlаb bоrib, Uyg‘оnibdi qоvunning Bоshini yorib.

K


KINOYA- (ar.belgi, sha’ma, ishora, piching, kesatiq). Masxaralash, kulish uchun asl ma’nosidan boshqa, majoziy ma’noda aytilgan so’z, gap; qochirim, iztehzo ifodasi. M.: So‘rar keksaygan noshir.
­-Bu dostoning necha bayt?
Kekkayib der
Yosh shoir:
- Uch yuz o‘ttiz megabayt! (A.Obidjon)
KIRITMA HIKOYA Voqeaband sujetli asar tarkibiga kiritilgan mustaqil hikoya. Kiritma hikoya odatda asar sujeti bilan bevosita bog‘lanmaydi, o‘zining mustaqil sujetiga ega bo‘lib, asar butunligiga mazmuniy jihatdan bog‘lanadi va badiiy kon­sep­siyani ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, “O‘tgan kunlar”dagi usta Olim hiko­yasi romanning asosiy sujetiga bevosita bog‘liq emas: u bosh qahramon bilan taso­difan uchrashib qolgan kishining hikoyasi sifatida beriladi. Lekin ayni shu hikoya asarda bir qator badiiy-estetik funksiyalarni bajaradi: Otabek bilan usta Olimni qal­ban yaqinlashtiradi, ularning qiyomatlik do‘st bo‘lib qolishini asoslaydi; Otabek shu do‘stlik tufayli dushmanini taniydi, g‘animlari rejasidan voqif bo‘ladi – ya’ni kiritma hikoya bilvosita sujetning keyingi rivojini asoslaydi.
KITOBAT (ar. yozuv, yozish, ko‘chirib yozish, xat yozish)) She’riyatimizda keng qo‘llanib kelingan bu san’at arab alifbosi harflari shaklidan lirik va epik tim­sol­lar chizishda foydalanishni nazarda tutadi. Ma’lumki arab alifbosi to‘g‘ri va eg­ri, yoysimon va doirasimon shakllardagi harf­lar­dan tashkil topgan. Sharq shoir­lari ana shu shakllarga qiyos usuli bilan yonda­shib muhim ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy-axloqiy g‘oyalarni ifodalashda mahorat bilan foydalanganlar. Zokirjon Furqat g‘azalidagi
Ul alifdek qomatining hasrati
Dol yanglig‘ ayladi qaddim duto.
baytidagi “alifdek” va “dol yanglig‘” qiyoslariga diqqat qilaylik. Shoir o‘z mahbu­ba­sining tik qomatini arab alifbosidagi “alif” harfiga o‘xshatsa, o‘zining bukilgan qaddini “dol” harfiga tenglashtiradi. Chindan ham tik to‘g‘ri chiziq ko‘rinishidagi alif harfi shakl jihatidan inson qomatiga, bukik dol harfi esa egilgan qomatga o‘xshaydi. Shoir bu xil qiyos tufayli ma’shuqa va oshiq ko‘rinishini harflar shakli vositasida aniqroq va ta’sirchanroq ifodalashga erishgan.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling