KUMULYATIV Asta-sekin yig‘ilib boradigan.
KUMULYATIV SANAMALAR Bolalarning o’yin boshlashdan hayajonlanishlari oqibatida sochilib ketgan fikr-tuyg’ularining mantiqan bog’lanmagan so’z va iboralardan ifodalana turib, sanash ritmiga qat’iy buysungan holda poetik ohangdorlik kasb etib tizmalanishi, to’planishi tufayli yuzaga kelgan an’anaviy o’yin badihalaridir. «Kumulyativ» so’zi bu xildagi sanamalarning yetakchi xususiyati - tartibsiz va mantiqsiz so’zu iboralarning sanash ritmida to’planishini to’la aks ettiradi, shu sababli ularni kumulyativ sanama istilohi bilan alohida guruh sifatida o’rganish maqsadga muvofiq:
Avag-avag, Boy talog’i,
Do’stim tavak. Boy kuchugi.
Shoh ho’kizi, Qachon kelar?
Shoh kapalak. -Yozi kelar.
Turna qaro, San tur,
Tur kuchugi. San chiq!
L
LATIFA (ar. nozik, yoqimli, zarif, muloyim) Yaqin va O‘rta Sharq, jumladan Markaziy Osiyo xalqlari og‘zaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan janr; ixcham hikoyacha, anekdot. Xalq og‘zaki ijodida latifalar tematik jihatdan turli-tuman, markazida ko‘proq kulgili voqea yotadi, aksar holda voqea birgina epizod bilan cheklanib, hajviy-yumoristik ruh bilan yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Umumiy qahramonga egalik og‘zaki latifalarning yana bir xsusiyatidir. Jumladan, o‘zbek folklorida – Nasriddin Afandi (qisman, Mashrab, Kal), tojiklarda – Mushfiqiy, qozoqlarda – Aldarko‘sa, turkmanlarda – Kamina latifalarning umumiy qahramoni sifatida harakatlanadi.
LEYTMOTIV (nem. leitmotiv – yetakchi motiv) Musiqadan o‘zlashtirilgan termin bo‘lib, keng ma’noda muallif tomonidan ilgari surilayotgan asosiy g‘oyaning butun asar davomida ta’kidlab o‘tkazilishi bo‘lib, shu ma’noda g‘oyaviy leytmotiv atamasi ham ishlatiladi. Masalan, A. Oripovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” she’rida Vatanga beg‘araz muhabbat, “Vatanga muhabbat aslida xalqqa muhabbat” degan asosiy g‘oya leytmotiv sifatida butun she’r matnidan sizib o‘tadi.
LIRIK I Lirik asar yozadigan, ozadigan shoir.
Do'stlaringiz bilan baham: |