B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


LIRIK II Lirikaga oid, lirikaga xos xususiyatlarni, his-tuyg‘ularni, kechin­malarni ifodalovchi. Lirik she’r. Lirik asar. LIRIK CHEKINISH


Download 387.41 Kb.
bet161/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

LIRIK II Lirikaga oid, lirikaga xos xususiyatlarni, his-tuyg‘ularni, kechin­malarni ifodalovchi. Lirik she’r. Lirik asar.
LIRIK CHEKINISH (rus. kalka: лирическое отступление) Badiiy asardagi muallif nutqining bir turi bo‘lib, ijodkor biror munosabat bilan asosiy voqeani to‘x­tatib, ya’ni asosiy voqeadan chekinib, tasvirlanayotgan voqeaga o‘z munosabatini yoki shu voqea ta’sirida vujudga kelgan kechinma, his-tuyg‘ularini bayon etadi. Masalan, G‘. G‘ulom “Sen yetim emassan” she’rida yetimlikning og‘irligi haqida gapirib, she’rdagi asosiy bayonni to‘xtatadi va o‘z shaxsiy kechinmalarini bayon qilishga o‘tadi, ya’ni lirik chekinish qiladi:
Yetimlik nimadir –
Bizlardan so‘ra
O‘ninchi yillarning
Sargardonligi;
Isitma aralash
Qo‘rqinch tush kabi
Xayol ko‘zgusidan
O‘chmaydi sira.
Men yetim o‘tganman.
Oh, u yetimlik…
Voy bechora jonim,
Desam arziydi
Boshimni silashga
Bir mehribon qo‘l,
Biro g‘iz shirin so‘z
Nondek arzanda.
Men odam edim-ku,
Inson farzandi.
Lirik chekinish shoir bayon etmoqchi bo‘lgan fikrni kuchli ta’kidlashga yordam beradi, undagi emotsionallikni kuchaytirib yuboradi.
LIRIK QAHRAMON Lirik asar asosida yotgan “men”dan iborat adabiyot­shunoslikdagi shartli tushunchalardan biri bo‘lib, lirik qahramon sifatida ko‘pincha shoirning o‘zi gavdalanadi.
LIRIKA (yun. lira – musiqa asbobi, qadimda she’rlar uning jo‘rligida o‘qilgan) Badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri. Lirikada voqelik lirik subyekt his-tuyg‘ulari orqali akslanadi, uning uchun badiiy nutq obyekti emas, subyekti birlam­chidir. Lirik turning tasvir predmeti his-tuyg‘u kechinmadir.
LITOTA (yun. litotes – soddalik) 1. Narsa-hodisaga xos xususiyatni uning aksini inkor qilish orqali ifodalshga asoslangan uslubiy figura, mohiyatan kinoyaga yaqin turadi. Litota kundalik muloqotda ham ancha faol qo‘llanadi. Msalan, “bu kishim ham ahmoq emas” – aqli-hushi joyida; “uyam shahar ko‘rmaganmas” – sodda emas, pishiq va h. k. 2. Tasvirlanayotgan narsa-hodisa, unga xos belgilarni o‘ta kichraytirishga asoslanuvchi badiiy usul, stilistik figura; giperbolaning ziddi, mumtoz adabiyotshunosligimizda tafrit deb yuritiladi. Jahon xalqlari og‘zaki ijodida litota usulida qator obrazlar yaratilgan: No‘xatpolvon, Yortiquloq, Barmoqcha bola (mal’chik-spal’chik), Duymovochka va b.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling