B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet156/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

INTERPRETATSIYA (lot. tushuntirmoq) Talqin; adabiy asar mazmunini idrok qilish, uning mazmuni, badiiy konsepsiyasini anglash, tushunish.
INTIM LIRIKA (lot. intimus so‘zidan fr. intime – ichki, o‘ta shaxsiy) Lirika­ning tematik jihatdan tasniflash asosida ajratiluvchi bir turi, lirik qahramonning ishqiy kechinmalari tasvirlangan lirik asarlar. Hofiz va Navoiy, Petrarka va Sheks­pir, Pushkin va A. Blok, Cho‘lpon va Mirtemir kabi ko‘plab shoirlar intim lirika namulari hanuz sevib o‘qiladi, yuksak qadrlanadi, zero ular muhabbatning o‘zi kabi boqiydir.
INTONATSIYA (lot. kuchli talaffuz etaman) Jonli nutqning ifodaviyligini ta’min­lovchi asosiy omil, tipning fonetik vositalari (tovush toni, talaffuz tempi, tembr, pauzalar, melodika, mantiqiy va so‘z urg‘ulari) majmui. U estetik emotsional ta’sir o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega.
INTOQ (ar. so‘zlatish, gapirtirish) Mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, badiiy asarda hayvonlar, qushlar va jonsiz narsalarni inson kabi so‘zlatish. Intoq san’ati­ning ildizlari qadimgi asotir va afsonalar, ertak va dostonlarga borib taqaladi.
Intoq faol qo‘llanuvchi badiiy usullardan bo‘lib, uning go‘zal namunalari de­yar­li barcha mumtoz shoirlarimiz ijodida, shuningdek hozirgi she’riyatda ham ko‘p­lab uchraydi. Masalan, Toshpo‘lat Xolmatovning “Ona tabiat” she’rida intoq san’atidan foydalanilgan:
Yoz der: − Suvim beg‘ubor,
Suz baliq misol!
Kuz der: – Mevam, bolim bor,
Bari senga, ol!
Qish der: − Kumush qorim bor!
Qorbobo yasang!
Bahor der: − Gulim ko‘rkam,
Guldasta yasang!
Demak, ona tabiat
Bizni der har vaqt
INVERSIYA (lot. Inversion – ag‘darish, o‘rnini almashtirish) Gap bo‘lak­larining odatdagi tartibini o‘zgartirish asosida yuzaga keluvchi sintaktik usul, stilis­tik figura. Inversiya gapdagi biron bir so‘z yoki so‘z birikmasi (gapning bir qismi)­ni emfatik yoki mantiqan ajratish, she’riy nutqni ritmik-intonatsion jihatdan (qofiya­lanuvchi so‘zni kerak o‘ringa o‘tkazish) kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi. Masalan, A. Obidjonning “Maqtanma hech qimmat kiyim, Oltinlar-u qasring bilan” satrlari sintaktik sathdagi normadan og‘ish bo‘lmagan holda “Hech qimmat kiyim, oltinlar-u qasring bilan maqtanma” tarzida berilishi kerak. Inversiya hodisa­sining yuz berishi natijasida “qimmat kiyim, oltinlar-u qasring bilan” so‘z qo‘shil­masi misralarda urg‘uli pozitsiyaga o‘tadi, ayni shu so‘zlarga ma’no urg‘usining tushishi muallif ijodiy niyatiga, she’r mazmuni va emotsional tonalligiga mos ke­ladi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling