B. Siddiqov S. Abdullayev sh. Mexmonaliyev
O‘qitishning qiziqtiruvchi metodlari
Download 0.96 Mb.
|
Monografiya iqtidorli bolalar
O‘qitishning qiziqtiruvchi metodlari. Ma’lumki, fanlarning o‘quv predmetining asosiy vazifasi o‘quvchilarni zamonaviy ta’limning umumiy g‘oyalari bilan tanishtirish, ta’limning amaliyotdagi tatbig‘ini va zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o‘quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o‘qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo‘llash lozim. Masalan, ko‘pchilikka ma’lum va ommabop bo‘lgan krossvord o‘yini bolalarda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir. Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli va o‘ziga tortadigan metoddir. Ushbu o‘yinga o‘quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o‘zlari ham fanlarning turli mavzulari bo‘yicha krossvordlar tuzishlari mumkin.
Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo‘lishi bilan birga, faqatgina kuchli o‘quvchilarnigina emas, balki kuchsizlarni ham qamrab oladi. Boshqa o‘quv predmetlaridan kuchsiz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ko‘pincha fanlardan yaxshi va tirishqoq o‘quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslar va boshqotirmalar sodda bo‘lishlari bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir. O‘yinli vaziyat, krossvord va rebusni yechishdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishdagi elementlari iqtidorli o‘quvchilarni shunday o‘ziga tortadiki, beixtiyor ularni ta’lim sohasidagi bilimlarini to‘ldirishga rag‘batlantiradi. Yuqoridagilarni bajarish o‘quvchilarda iqtidorlilikni, intellektual qobiliyatni talab etadi. Iqtidorlilik–faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlovchi qobiliyatlarning o‘ziga xos sifatli yig‘indisi; aqliy salohiyat yoki intellekt; bilish imkoniyatlari va o‘rganishga bo‘lgan qobiliyatlarning individual tavsifi. Iqtidorli o‘quvchi o‘zining intellekt darajasi, bilish imkoniyatlari, qobiliyati bilan boshqa o‘quvchilardan ajralib turuvchi individual salohiyat egasidir. Intellektual qobiliyat – to‘g‘rilik nuqtai nazaridan aniq vaziyatlarda intellektual faoliyatning muvafaqqiyatini tavsiflovchi intellekt xususiyati hamda vazifalarni hal etish jarayonida axborotlarni qayta ishlash tezligi, g‘oyalarning originalligi va xilma xilligi, ta’lim olganlikning yuqori sur’ati va chuqurligi, bilish usullarida individuallikning aks etishidir. Iqtidorli o‘quvchilar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni o‘zida mujassam etgan bolalardir. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi: – qiziquvchanligi; doimo turli savollarga javob izlashlari; nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi; erta yoshdanoq musiqa, rasm chizish, kitob o‘qish, matematikaga qiziqishi; yuqori darajadagi bilish faolligi va o‘quv faoliyati; masalalarning yechimini topishda maqsadga intiluvchanlik va originallik; tafakkurning unumdorliligi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishning quyidagi didaktik parametrlari aniqlashtirildi: –o‘quv jarayonini yuqori darajadagi murakkablik asosida tashkil etish, bunda o‘quv materiallari murakkablik darajasining aniq ifodalanishiga amal qilish; –o‘quv materiallarini jadal tarzda o‘zlashtirish imkonini beradigan usul va texnologiyalarni qo‘llash; – ta’limning dastlabki bosqichida nazariy bilimlarning yetakchi o‘rin egallashiga e’tibor qaratish; o‘quvchilarning o‘quv jarayoni mohiyatini tushunishlariga erishish kabilar. O‘quvchining ijodiy intellektual salohiyatini rivojlantirish jarayonini shakllantirishda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi kerak: –intellektual salohiyatni rivojlantirish jarayoni maksimal darajada texnokratik bo‘lishi kerak. Buning uchun pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish lozim; intellektual salohiyatni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga singdirilishi ko‘zda tutilayotgan tegishli texnologiyalarni ilmiy asoslash va ishlab chiqish lozim; intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatning dastlabki bosqichida ijtimoiy-psixologik muhitni aniq tahlil qilish hamda taktik jarayonni mukammal ishlab chiqish kerak. Iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda (masalan, ta’lim, ijodiy, kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga eri-shishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar ѐtadi. O‘quvchilarning iqtidorini rivojlanishida ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lgan yoshlarimiz kattalarning har bir ta’limiy, tarbiyaviy va kasbiy ta’limotlarini tez ilg‘ab oladilar va uni faol o‘zlashtirib hayoga tatbiq eta oladilar. Lekin barcha yoshlarimizga bu qobiliyat va iste’dod, tug‘ma talant nasib etavermaydi. SHunday ekan, qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste’dodini oshirib borish birinchi navbatda pedagoglarimizga va keng jamoatchilik zimmasiga ya’ni oila, mahalla, ta’lim muassasalari va korxona, tashkilot, ustaxona boshqaruvchilari zimmasiga tushadi 59.76].[ Darhaqiqat, iqtidorli o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv jarayonni tashkil etishda ularning mustaqilligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatlarini oshirish imkoniyatlarini izlash o‘qituvchilarning muhim vazifalaridan biridir. Iqtidorli o‘quvchilar muayyan o‘quv predmetlari yoki ularning qismlarini o‘z xohishlariga ko‘ra chuqurroq o‘zlashtirishga erishadilar. Ular turli bilimlar va axborotlarni tez, chuqur o‘rganishni xohlaydilar va o‘zlarining o‘quv harakatlarini rejalashtiradilar. Shularni hisobga olgan holda iqtidorli o‘quvchilarga mustaqil izlanish,o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishga ko‘maklashadigan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ehtiyoji mavjud. Iqtidorli o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni quyidagi tartibda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, o‘quvchilarning ilmiy ishlari va intellektual faoliyatini faollashtirish maqsadidan kelib chiqib, ta’lim muassasalari miqyosida hamda sinflarda o‘quvchilarning ilmiy sektorlarining keng tarmoqli strukturasini yaratish lozim. Har bir sinfda ilmiy sektor yetakchisi bo‘lishi kerak. Bunday tuzilmaning muvaffaqiyati o‘quvchilarda ta’lim muassasasining ilmiy hayoti haqida qo‘shimcha axborot hosil qilishda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga o‘quvchilarning katta qismidagi axborotlar bo‘shlig‘ini hal etish, o‘quvchilarning nashr etilgan ishlari sonini ko‘paytirish, bundan tashqari maktab, bo‘lim va fakultet ilmiy jamiyatini yaratish imkoni hosil bo‘ladi. Ikkinchidan, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri iqtidorli o‘quvchilarni intellektual jihatdan tarbiyalash, rivojlantirish vositasi sifatidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy ijodning shakllarini izlab topish, ularni yangi mazmun bilan boyitish kerak. Bu borada ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayogan –“Iqtidorli o‘quvchilar akademiyasi”ning ishini faollashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Akademiya o‘z ishini ikki yo‘nalishda: tayanch bosqich o‘quvchilari hamda o‘rta bosqich o‘quvchilari uchun tashkil etsa, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash bosqichma-bosqich olib borilishiga erishiladi. Birinchi yo‘nalishda o‘quvchilarga tarix, milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari, axborot texnologiyalari, chet tillari fanlarini va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etish, olimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ilmiy munozaraga kirishish madaniyatini va malakasini shakllantirish, ilmiy nutq madaniyati va notiqlik san’atidan dars berish lozim bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalishda bunday iqtidorli o‘quvchilar o‘z yo‘nalishlarida olib borayotgan ilmiy ishlarini namoyish etish, ilmiy maqolalar nashr ettirish va seminar, konferentsiyalarda ma’ruzalar o‘qishga o‘rganish, o‘z faoliyati natijalarini o‘zaro bir-birlari bilan o‘rtoqlashishi, fan olamidagi yangiliklar bilan tanishib borishi kerak. Bu esa akademiyaning ilm bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan o‘quvchilarning ma’naviy, intellektual, madaniy-estetik jihatdan o‘zini-o‘zi rivoj–lantirishiga sharoit yaratib bera olishiga imkon beradi. Uchinchidan, o‘quvchilarning ilmiy faoliyatining keyingi rivoji, eng avvalo, ta’lim va fan integratsiyasi jarayonlarini rivojlantirish, innovatsion faoliyatni faollashtirish, hamkorlikdagi ilmiy yo‘nalishga doir ishlarni samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatini chuqurlashtirish bilan bog‘liq. Respublika Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning ilmiy-tadqiqotchilik va intellektual-rivojlantiruvchi faoliyatini rag‘batlantirish, faollashtirish va integratsiyalash maqsadida hamda o‘quvchilarning ilmiy va intellektual-rivojlantiruvchi ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqida Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzish lozim. Bunday kengash tuzishdan asosiy maqsad ilmiy tadqiqot va ta’lim jaraѐnini integratsiyalash hamda fan va ta’lim sohasida yagona axborot makonini yaratishdir. To‘rtinchidan, ma’lumki, bugun barcha davlatlar ta’limga imkon qadar ko‘p yangilik kiritishga intilmoqda. Bugungi yangiliklar ularga uyushgan, rejali, ommaviy yondashuvni talab etadi. Yangiliklar kelajak uchun uzoq muddatli investitsiyalardir. Novatorlikka qiziqish uyg‘otish, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash uchun ta’limning o‘zi yangiliklarga boy bo‘lishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti hukm surishi lozim. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlarni tashkil etish doimiy ravishda ta’limning innovatsion shakllarini taqozo etadi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning innovatsion shakllariga Internet-konferentsiyalar, forumlar, ta’lim muassasasi saytlari, ijtimoiy loyi-halar tanlovlari kabilarni kiritish mumkin. Uzluksiz ta’lim tizimida telekommunikatsiya vositalari yordamida telekonferentsiyalar tashkil etish bo‘yicha yaxshi tajriba mavjud. Mazkur tajribani iqtidorli o‘quvchilarning boshqa ta’lim muassasasidagi iqtidorli o‘quvchilar bilan hamkorlikda telekonferentsiyalarni tashkil etish, ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli munozaralarni tashkil etish, ularning ilmiy muloqot ko‘lamini kengaytirishga yaqindan ѐrdam beradi. Beshinchidan, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash faqat ilmiy-tadqiqotchilik tavsifiga ega bo‘lib qolmasligi zarur. Chunki iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tizimi ularning ijtimoiylashuv masalasini ham o‘zida aks ettiradi. Bunday yo‘nalishdagi ishlarga insonparvarlik tarbiyasida o‘quvchilarning rolini oshirish, tolerantlikni shakllantirish, ekstremizmga murosasiz bo‘lish, ijtimoiy adolat tuyg‘usini tarkib toptirish; sog‘lom axloqiy-psixologik muhitni yaratishni ham kiritish to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki bunday fazilatlarga ega iqtidorli o‘quvchilar o‘zlari bilan birga tahsil olayotgan sinfdoshlari, kursdoshlari, guruhdoshlari bilan muloqotda ularga har tomonlama ijobiy ta’sir etadi [48.43]. O‘qituvchilarni iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga tayyorlashning birinchi – moslashuvli-yo‘naltiruvchi bosqichi o‘qituvchilarni iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning o‘ziga xosliklari bilan tanishtirish bilan tavsiflanadi. Mazkur bosqichda o‘qituvchida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash o‘qituvchining ham kreativ salohiyatini rivojlantirishning muhim komponenti ekanligini anglab yetishga motivatsiyani tarkib toptirish muhim sanaladi. kabi tushunchalar bilan tanishish asosida kasbiy faoliyatga doyir dastlabki bilimlarni egallashadi. O‘qituvchilarni iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga tayyorlashning ikkinchi – tayanch bosqichi o‘qituvchida faoliyatga ijodiy yo‘nalganlik, kreativ savodxonlik, ijodiy ko‘nikma va qobiliyatlarni rivojlanitirishda o‘z ifodasini topadi. Mazkur bosqichda o‘qituvchilar tomonidan iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga qo‘yiladigan quyidagi talablar o‘zlashtirilishi lozim: - o‘quvchining individual o‘ziga xosliklarini aniqlashtirish; - individual ish rejasi asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish (tyutorlik); - kichik guruhlarni shakllantirish va ishini tashkil etish (fasilitatorlik); - o‘quvchiga individual yordam ko‘rsatish (mentorlik); liderlik sifatlarini shakllantirish; - ijodkorlikka yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish (edvayzerlik); - erkin ishtirok etish‖ turidagi mashg‘ulotlarni tashkil etish; - ota-onalar bilan ishlash; - o‘quvchilar o‘rtasida shaxslararo munosabatlarni shakllantirish va boshqalar. Shuningdek, mazkur bosqich o‘qituvchining umumkasbiy va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga yo‘naltirilgan kreativ sifatlarni o‘zlashtirish, diagnostik natijalar asosida o‘zining kasbiy rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash kabilarni o‘zlashtirish bilan tavsiflanadi. Aynan ushbu bosqichda o‘qituvchida o‘z-o‘zini namoyon etish va o‘z-o‘zini rivojlantirish namoyon bo‘lishi kuzatiladi. O‘qituvchilarda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning uchinchi – kreativ-produktiv bosqichi mazkur jarayonni amalga oshirishga doir barqaror motivlarni qaror toptirish, o‘quv-kasbiy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan kreativ savodxonlik, kreativ ko‘nikma va qobiliyatlarni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda qo‘llash va faollashtirish bilan tavsiflanadi. Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilgan va davom etaѐtgan islohotlar asosini ham o‘qituvchi shaxsining zamonaviy qiyofasini yaratish masalasi tashkil etadi. Buning uchun tabiiy ravishda jahonning ilg‘or ta’lim-tarbiya kontseptsiyalariga tayanib ish ko‘rish zarurati oldingi o‘ringa chiqadi. Ilg‘or xorijiy tajriba va texnologiyalarga ko‘ra iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash hamda rivojlantirishda bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘z o‘quvchilari uchun maslakdosh yetakchi, maslahatchi sifatida shakllantirish vazifasi belgilab qo‘yilgan [46.34]. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling