B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2019
Download 482.9 Kb.
|
Конституциявий ҳуқуқ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodda tuting!
§ 2. Saylov huquqi prinsiplari
Saylov huquqi bilan fuqarolarni ta'minlash faqat milliy qonunchiligimizda belgilangan bo‘lib qolmay, saylov huquqini ahamiyati xalqaro hujjatlarda ham qayd qilingan, jumladan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”ning 21-moddasida, “Har bir inson bevosita yoki erkinlik bilan saylangan vakillari vositasida o‘z mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadir” – deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 117-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylanish huquqiga egadirlar” deb ko‘rsatilgan. Fuqarolarning saylov huquqi – saylash va saylanish huquqidan iborat. Shu ikkala huquqqa to‘la ega bo‘lgandagina saylov huquqi amalga oshgan hisoblanadi. Saylash huquqiga ma'lum yoshga yetgan mamlakatning barcha fuqarolari ega bo‘ladi. Yodda tuting!
Chunki muomilaga layoqatsizlar aqliy tomondan ojiz, ongsiz kishilar bo‘lib, ular o‘z hatti-xarakatini oqibatini anglay olmaydi, tushunmaydi. Ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi ma'lum davrga cheklangan, chunki u joylarda alohida rejimda yashashga to‘g‘ri keladi. Fuqarolarning saylanish huquqiga ega bo‘lishi uchun ham ayrim shartlar mavjud: sud tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlar saylash huquqiga ega bo‘lmaganidek, saylanish huquqiga ham ega emas; saylash huquqiga ega bo‘lish uchun yosh chegarasi ham yuqoriroq o‘rnatiladi. Masalan, O‘zbekistonda Prezident bo‘lib saylanish uchun 35 yoshga, Oliy Majlisga saylanish uchun 25 yosh, Mahalliy vakillik organlariga saylanish uchun 21 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak. Yodda tuting!
Saylovlar ma'lum prinsiplarda o‘tkazilib, ular demokratik talablarga, xalqaro hujjat normalariga mos bo‘ladi. Jumladan, Konstitutsiyada saylov umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi, har bir saylovchi bitta ovozga ega ekanligi, ovoz berishda fuqaro o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi ko‘rsatib qo‘yilgan (117-modda). Ana shular saylov huquqining asosiy prinsiplari bo‘lib, saylov to‘g‘risidagi qonunlarda har biri alohida moddalarda berilgan. Download 482.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling