B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2019
§ 3. O’zbekiston shaharlar maqomi, ularni belgilash tartibi
Download 482.9 Kb.
|
Конституциявий ҳуқуқ
§ 3. O’zbekiston shaharlar maqomi, ularni belgilash tartibi
Respublikada bitta shahar - Toshkent respublikaga bo‘ysunuvchi yagona shahardir. Shuning uchun ham uning maqomi viloyatlarga tenglashtirilgan. Respublikamizda, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga qoida tariqasida aholisi kamida o‘ttiz ming bo‘lgan, muayyan ma'muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Ya'ni shahar, viloyat buysunuvidagi shahar bo‘lishi uchun, uning ma'lum miqdorda aholiga ega bo‘lishi kerak; u muhum ma'muriy ahamiyat kasb etishi kerak; madaniyat o‘chog‘i bo‘lishi, iqtisodiy rivojlanish istiqboli bo‘lishi zarur. Shaharlarni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqolpog‘iston Respublikasida shaharlarni respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida kamida olti ming aholisi bo‘lgan sanoat korxonalari va rivojlangan infrasrukturasi mavjud shaharlar, aholi punktlari kiritilishi mumkin. Shahar yoki aholi punktini shunday turkumga kiritish uchun ma'lum miqdorda aholiga ega bo‘lishi, iqtisodi normal rivojlangan bo‘lishi va tegishli rivojlanishni ta'minlaydigan darajada infrasrukturasiga ega bo‘lishi kerak. Shahar, shaharcha, aholi puktlarini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarning iltimos nomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Bu masala Qoraqalpog‘istonda tegishli tuman hokimining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Kamida ikki ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obektlar yaqinida joylashgan aholi punktlari shaharchalar turkumiga kiritilishi mumkin. Bu masala tegishli tuman hokimlarining isltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan hal qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tuzilishini belgilashga qaratilgan munosabatlarda ma'muriy-hududiy birliklar va aholi pupktlariga nom berish, nomini o‘zgartirish tartiblari ham mazkur qonun bilan tartibga solinadi. Qonunga binoan viloyatlar tumanlar shaharlarga nom berish va ularni nomini o‘zgartirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqolpog‘iston Respublikasida tumanlar va shaharlarga nom berish va ularni nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi puktlariga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga ko‘ra xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan, Qoraqolpog‘istonda Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Download 482.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling