B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
mudhish voqealarning sababkori shu bog'-rog'larning egalari ekanligini
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
mudhish voqealarning sababkori shu bog'-rog'larning egalari ekanligini ta’kidlashga majbur bo'ladi. Uning fikricha, bu yerlaming sohiblari www.ziyouz.com kutubxonasi o‘ta xasis odamlar. Chunonchi, ular yeiga tushib yotgan olmani qullariga olishini ta’qiqlaydilar. Hatto, bir bemor o‘z ehtiyoji uchun bir anor olishni xohlasa, unga qo‘pol muomalada bo‘ladilar. Oqibatda nafs ularga hujum qiladi. Bog‘ egalari Tangrining bunday shirn ne’matlaridan mahrum etiladi. K o ‘rinadiki, Muhammad Solih sodir bo'lgan tarixiy voqealarga o ‘z m unosabatini bildirib, kitobxonni o‘z fikrlariga ishontirishga harakat qiladi. Biroq shoiming olti oy davom etgan azob- uqubatlar, qahraton qishda jon saqlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan minglab muhtoj-u himoyasiz kishilaming halok bo‘lishini ehtiros bilan tasvirlashi kitobxonni uning bunday fikrlariga alam va anduh bilan munosabatda boiishga majbur qiladi: Chun Samarqand bu nav’ o‘ldi xarob, Bo‘ldi ko‘p qaht bo‘lurg‘a asbob. Kuz bu nav’ erdi ulusning holi, Yozg‘a shahr o‘ldi ulusdan xoli. Qish qotig‘ kedi-yu ko‘p yog‘di qor, 0 ‘ldi och-u ya!ong‘och el bisyor. Ko‘chalar bo‘Idi o‘lukdin mamlu, Shahar bo‘ldi yigrudek usru (12 1-b .). Muhammad Solih shahar ko‘chalari o‘likdan to‘lib ketgani, ularga na kafan, na tobut, na tuproq topilganini, jo n siz tanlar e’zoz q ilin m a g a n i-y u , ularga jan o za o 'q ilm a g a n in i ham yuqorida kuzatilganidek tantanavor uslubda badiiy ifoda etadi. Bunday mudhish voqeaning guvohi bo‘lgan osmon ko'z yosh to‘kib, ko‘cha-ko‘yda yotgan murdalami yuvadi. Keyinchalik yoqqan qor esa ulam i kafanga o‘ragan bo‘ladi: Awalo b ir necha yog‘di yomg‘ur, Tomdi ko‘kning yoshi muldur-muldur. Yuvdi ul qaht oro o‘lg‘onlarni, Shahr aro ev-eli bo‘lg‘onlarni. Yog‘di yomg‘ur so‘ngidin muncha qor, Kim, o‘luklarga qilib mehr izhor. Borchasin ko‘mdi-yu qildi pinhon, E l ko‘zidin kim erur endi yomon (124-b.). Muhammad Solih faqat Samarqand shahri qamali tasvirida emas, boshqa shahar va qo‘ig‘onlaming qal’alari Shayboniyxon tomonidan o‘rab olinishi lavhalarida ham o‘sha badiiy uslubiga sodiq qoladi. Masalan, u www.ziyouz.com kutubxonasi Shayboniyxon Uiganchni qamal qilganda Husayn Boyqaro kengash chaqiigani, o‘z holini bayon qilib aytgan so'zlari va temuriyzodalaming xatti-harakatlari tasvirida xayolot olamiga beriladi. Qamalda qolgan shahar aholisining fojiali qismatini ehtiros bilan tasvirlaydi. Ochlik azobidan jon saqlash ilinjida qolgan kishilar it va eshak etini eyishga majbur bo‘lishadi: 0 ‘zga qo‘rg‘onda o'la boshladi el, It etiga o‘Iuka boshladi el. Eshak-u it eti doru bo'ldi, D avr qo‘rg‘onda bu tavr evruldi (309-b.). Bunday o‘ta dahshatli voqealarga ko'p guvoh bo'lgan shoir loqaydlik va beparvolik bilan ko'igan-kechirganlari tasvirini davom ettiradi. Shahar aholisining hatto o'lgan odamning go'shtini yeyishga majbur bo'lgani ijodkoiga jiddiy ta’sir ko'rsatmaydi. Muhammad Solih bu hodisani shunchaki ochlikdan qutilish yo'li, deya baholaydi: Yedilar yoshg'ina o'g'lonlarni, Ju ’din qutqaribon jonlarni (313-b .). Shayboniyxon va uning tarafdorlari qamal va xalqni o'ldirish bilan cheklanib qolm aydi. U lar zabt etgan yerlarini talon-taroj qiladi, xotin-qizlarni tahqirlaydi, ularning sha’niga isnod keltiradi. Muhammad Solih hukm dorining bu xatti-harakatlarini qanchalik oqlashga u rinm asin , dostonning ju d a ko'p o 'rin la rid a uning z o lim lig in i fosh e tib q o 'y a d i. «M aq ta sh » b a h o n a sid a Shayboniyxonning haqiqiy basharasini badiiy aks ettirish yo'lidan boradi. Adolat bilan aytganda, M uham m ad Solihning bundan boshqa chorasi ham yo'q edi. Dostonning mana shu xususiyatlari uning mumtoz adabiyotdagi mavqeini belgilashda asosiy mezon bo'lib xizm at qiladi. «Shayboniynoma» biryoqlamalik va tarafkashlik mahsuli sifatida vujudga kelgani bois doston tanqidiy nuqtai nazardan o'iganishga loyiqdir. Unda o'nlab shayboniyzodalar va temuriylaming nomlari keltiriladi. Hayoti ma’lum yillarining jang-u jadallarda kechishi shoir ijodining g'oyaviy-badiiyatiga ham o'z nuqsini uigan ko'rinadi. Buni birgina ikki sulolaga oid hukmdorlar nomlarining dostonda ro'yxatsimon qaydlar holida keltirilishida ham ko'rishimiz mumkin. Asarda tasvirdan ko'ra bayonchilikning ustun qo'yilishi, uning ishtirokchilari badiiy siymosini kitobxon ko'z o'ngida yetarii gavdalantirish im konini bermaydi. Biroq ayrimlari aytilgan mulohazalar shoir badiiyat qoidalariga yetarlicha www.ziyouz.com kutubxonasi e’tibor qilmagan, deya xulosa chiqarishga asos bo'lolmaydi. Dostondagi qal’alar, Samarqand atrofidagi bog'-rog'lar tasvirida shoir tashbeh, tashxis, talmeh, sifatlashlardan mahorat bilan foydalanadi. Dostonning ayrim o‘rinlarida shoiming badiiy salohiyatini ko'z-ko'z etuvchi baytlar mavjud bo'lsa-da, undagi mazmun, chin insoniylikka xos bo‘lmagan g‘oyalar tasviri o'quvchining nafratiga sazovor bo'ladi. Jumladan, Toshkent hokimi Sulton Mahmud Xonikaxon mag‘lub etilganda, uning eng kichik qizi Shayboniyxonga tortiq etiladi. Muhammad Solih dostonning mana shu lavhalarida o'sha norasida pok qizchaning mubolag'aviy tasvirini keltiradi: Dedilar: «Borchasidin zeboroq, Husn ichra borchasidin ra’noroq. Yosh bila dog‘i kichikroq boridin, Baxt ila bori biyikroq boridin. Bor emish xong‘a munosib mohi, U l sanamlar arosida shohi. Sarv oning qomatidin sharmanda, Zuffiga anbari sor banda. M unfail ko'zlaridin ohuyi chin, Ich i qon bog‘ladin g'amdin miskin. Chin m o'g'ulchin ul erur olamda, Yo‘qtur ul tavr bani odamda. Na Xito mulkida andoq topilur, Na Xo‘tan shahrida ul nav kelur. Lo‘’bati chin degonning o‘zidur, Surati chin degonning o'zidur» (219-220 b.). Shoirning tasvir jarayonida m ubolag'a badiiy san’atiga ko'proq m urojaat etganligi yaqqol ko'zga tashlanadi. A yn i choqda o'sha qizchaning husn va «baxt»da yaktoligi «kichikroq» va «biyikroq» so 'z la rin i q arsh ilan tirish b ilan m uayyanlashtirilg an. K eyin g i baytlarda shoir muddaosini amalga oshirishda husni ta’lilga murojaat etilad i. Sanam lar orasida shoh bo'lgan bu qizning qom atidan sarvning qom ati uyaladi. U n ing shahlo k o 'zlari oldida C h in ohusining ko'zlari xijolat chekadi. K o 'rin ad iki, shoir yuksak badiiy salohiyat sohibi sifatida qahram onlar siym osini kitobxon ko'z o'ngida yorqin gavdalantirishga harakat qiladi. B iroq bu holat dostonning ba’z i lavhalaridagina kuzatilgani, shunda ham o'quvchi www.ziyouz.com kutubxonasi k o 'z o ld id a ta ’ rifla n a y o tg a n qahram on siy m o sid a n k o 'ra Shayboniyxonning m aishiy buzuqligi ko'proq namoyon bo 'lishi bois undagi badiiyat o 'z kuchini yo'qotganday tuyuladi. Biroq yuqorida ta’kid etganim izday bunday g'ayri insoniy harakatlar Muhammad Solihning ham qalbiga u qadar xush yoqmagan. U ham «aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim » qabilida ish tutib, o'sha ayanchli m anzaralarning m ubolag'aviy tasvirini berish bilan qalbiga taskin-tasalli bergan ko'rinadi. A yni holatni ijodkor juda ko'p murojaat etgan qarshilantirish san’atiga murojaat m isolida ham kuzatish m um kin: Toshqori chu meva bisyor o'ld i, Ichkori xalq dilafkor bo'ldi. Toshqori meva sarosar pishti, Ichkori ochlig'idin el shishti. Oqibat qolmadi nonius elga, Bo‘ldi g‘avg‘o-yu g'alomus elga. (Samarqand qamali, 92-b.). Umuman olganda, «Shayboniynoma» o'zining sodda va ravon uslubda yozilganligi, o'ziga xos badiiyati bilan X V I asr o'zbek mumtoz adabiyotida yaratilgan adabiy asarlardan ajralib turadi. U o'z davri o'zbek adabiy tilining muhim yodgorligi bo'lishi bilan ham ahamiyatlidir. Asar ijodkori dunyoqarashining murakkabligi, tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar tasvirida tarafkashlik, biryoqlamalik unsurlarining ko'pligidan qat’iy nazar, uning juda ko'plab lavhalari tarixiy haqiqatni tiklashga imkon yaratadi. Dostonning ayni jihatlari uning adabiy-tarixiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, «Shayboniynom a» - tarixiy-jangnom aning mumtoz adabiyotimizdagi ilk namunasi bo'lishi bilan ham katta ma’naviy-badiiy ahamiyatga molikdir. M avzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Muhammad Solih hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi manbalar qaysilar? Ularda tilga olingan qayday ma’lumotlar shoir hayoti va ijodini o'rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi? 2. «Shayboniynoma» dostonining nashrlari haqida so'zlang. 3. Shoiming otasi Am ir Nur Saidbek taqdiri haqida nimalami bilasiz? 4. Muhammad Solihning yoshlik yillari haqida gapirib bering. 5. Uning Shayboniyxon xizmatini ixtiyor etgandan keyingi hayoti www.ziyouz.com kutubxonasi haqida qanday ma’lumotlaxga egasiz? 6. Muhammad Shayboniyxonga bag‘ishlab yozilgan adabiy, tarixiy asarlami sanab bering. 7. «Shayboniynoma»ning tuzilishi, yozilishi tarixi haqida nimalar bilasiz? 8. Dostonda Shayboniyxon obrazi qanday tasvirlangan? Fikrlaringizni dalillaiga tayanib isbotlashga harakat qiling. 9. Shoir temuriy shahzodalaming badiiy tavsifida nimalarga ko'proq e’tibor beradi? 10. Shoim ing «Shayboniynoma»ni ijod etishdagi ko'zga yaqqol tashlanib turuvchi badiiy uslubi haqida gapirib bering. 11 .Shayboniyxon Sulton A li Mirzo ixtiyoridagi Samarqandni o'z tasarrufiga o'tkazganda, M ovarounnahr-u Xurosonning qaysi shaharlarida xalq qo'zg'olonlari bo'lib o'tdi? 12. Dostonda tasvirlangan shahar va qo'ig'onlaming qamal qilinishi lavhalari haqidagi mulohazalaringizni bayon qiling. 13. Asaming badiiyati, o'zbek mumtoz adabiyoti tarixida tutgan o'rni haqida nimalar deya olasiz? Mavzuga oid tayanch tushunchalar A lisher N avo iy «M ajolis un-nafo is». Z a h irid d in M uham m ad Bobur «B obum om a». Z ayn id d in M ahm ud V o sifiy «Badoye’ u l- vaq o ye’ ». X o n d a m ir «H a b ib u s-siy a r» . H asan xo ja N is o riy «M uzakkir u l-ash o b ». Som iy «Tuhfai Som iy». M irzo H aydar « T a rix i R a sh id iy ». L u tf A lib e k O zar «O tashkada». H erm an V a m b e ri. P .M .M e lio ra n s k iy . N a sru llo D a v ro n . E rg a s h a li Shodiyev. A m ir N u r Saidbek. Abu Said M irzo. H usayn Boyqaro. Abdurahm on Jom iy. M uham m ad Shayboniyxon. M ullo Shodiy «Fath n o m ai xo n iy». K am o lid d in B in o iy «Sh ayb o n iyno m a», « F u tu h o ti x o n iy » . R o 'zb e x o n «M e h m o n n o m ai B u x o ra ». « T a v o rih i g u zid a - n u sratn o m a». X o n ik a x o n . A la ch a x o n Abulm akorim . C h in So 'fl. Adabiyotlar 1 .Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. Mukammal asarlar to'plami. 20 tomlik, 13 -jild . Toshkent: «Fan», 1996. 2. Zahiriddin Muhammad Bobur. Bobumoma. Toshkent: «Fan»-1960. 3. Ibrohimov A . X V I asr o'zbek adabiyotining asosiy xususiyatlari. Toshkent: «Fan», 1976. www.ziyouz.com kutubxonasi 4. Mallayev N . O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: « 0 ‘qituvchi», 1976, 609-633-betlar. 5. N isoriy Hasanxoja. M uzakkiri ahbob. Toshkent: A .Q odiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. 6. Muhammad Solih. Shayboniynoma. Toshkent: G ‘ .G ‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. 7. O'zbek adabiyoti tarixi. 5 tomiik, 3-tom . Toshkent: «Fan», 1978, 88-104-betlar. 8. O'zbek adabiyoti. Ko'p tomlik. 3-tom. 0 ‘zDBAN. Toshkent, 1959,803 bet www.ziyouz.com kutubxonasi X IV - BOB XO JA - H IKO YAN AVIS A D IB 14.1. Xoja va uning adabiy merosining o‘rganilishi tarixi Xoja taxallusi bilan ijod qilgan ulug‘ mutafakkir adib va shoir Ibodulla Sayyid Podshoxoja ibn Abdulvahobxoja o'zining muhim ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’lim iy mazmunda bitilgan kichik nasriy hikoyalari bilan shuhrat qozongan yirik ijodkordir. Adibning hayoti va ijodiy faoliyati haqida uning o'z asarilari «Miftoh ul-adl» va «Gulzor» hamda X V I asr adabiy hayot oynasi bo'lgan Hasanxoja Nisoriyning «M uzakkirul-as’hob» tazkirasida ma’lumot keltiriladi. Kichik nasriy hikoyalardan tashkil topgan «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti»), «Gulzor» singari asarlar hamda «Maqsad ul-atvor» nomli pand- nasihat mazmunidagi doston ijod etgan bu ulug' so'z san’atkorining hayoti va ijodiy faoliyati asosan X X asming birinchi yarmidan o'rganila boshlandi. Bu boradagi dastlabki izlan ish larn i tan iq li adib va adabiyotshunos olim Abdurauf Fitrat boshlab berdi. Xojaning hayoti va ijodiy faoliyati haqida nomzodlik dissertatsiyasini yozgan olima Maig'uba Mirzaaxmedova bu haqda quyidagi mulohazalarini bayon etadi: «Fitrat tomonidan «Miftoh ul-adl» hikoyalarining nashr etilishi Xoja ijodini o'rganish va unga dastlabki qiziqish boshlanishidan darak beradi» (Mirzaaxmedova M. Xoja. Toshkent: «Fan, 19 7 5 ,5-b.). Tadqiqotchi A. F itra t, N .M a llay e v , V .Z o h id o v , S. Q osim ov sin g ari adabiyotshunoslaming bu boradagi izlanishlarini ilm iy jihatdan tahlil qiladi. A.Fitrat «O'zbek adabiyoti namunalari» (Toshkent — Samarqand, 1928) majmuasida «Miftoh ul-adl»dan sakkizta hikoyaga o'rin beradi. Biroq olim asar noma’lum qalamkash tomonidan ijod etilganligini e’tirof etadi. Shuningdek, u «Miftoh ul-adl»ning yozilgan davrini X IV asr sifatida ko'rsatadi. Bu fikr keyingi yillarda nashr etilgan majmualarda, hatto taniqli sharqshunos olim E.E.Bertels tadqiqotlarida ham o'z h u k m ro n lig in i saqlab q o lad i (Q aran g : O 'sh a kito b . 3 - 1 2 - b.).Adabiyotshunos V .Z o h id o v X oja va uning asarlari haqidagi maqolalarida «Miftoh ul-adl» X V I asming taniqli adibi Xoja tomonidan Shayboniyxonning o'g 'li Muhammad Tem ur Sultonga bag'ishlab yozilganligini ma’lum qiladi ( Zohidov V . «Miftoh ul-adl» va «Gulzor» haqida. «O'zbek adabiyoti tarixidan (mualliflaming maqolalar to'plami). www.ziyouz.com kutubxonasi Toshkent, 1961). Shuningdek, olim S .G ‘aniyeva bilan hamkorlikda har ikkala asardan namunalami nashr ettirdi (Poshshoxo'ja. «Miftoh u l- adl» va «Gulzor»dan. Toshkent, 1962.). Adibning hayoti va faoliyatiga oid mavjud fikrlarga aniqlik kiritish adabiyotshunos A.Ibrohimovning ilm iy izlanishlarida ham ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotchi «Xoja hayoti va ijodi haqida ba’zi ma’lumotlar» (« 0 ‘zbek tili va adabiyoti» jum ali, 1965 yil, 4-son)nomli maqolasida Hasanxoja Nisoriy adibning o‘g‘li ekanligini keltirilgan asosli dalillar bilan isbotlaydi. Xojaning hayotiga doir birmuncha mufassalroq ma’lumotlar Ismoil Bekjonning «Shoir va davlat arbobi» («0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftanomasi. 1991 yil 15 mart) nomli maqolasida uchraydi. Ulug1 adib va shoir, zamonasining yirik davlat arbobi bo‘lgan Xojaning hayoti, ijodiy merosining o'rganilishi tarixidan ayon bo‘ladiki, bu borada adabiyotshunosligim iz oldida yechim ini kutib turgan muammolar hali juda ko‘p. Aw alo, adib asarlarini to‘la holda qayta nashr etish davrimizning kechiktirib bo'lmaydigan vazifalaridandir. Shuningdek, adibning ijodiy merosi yuqorida nomlari keltirilgan qator maqolalar va M.Mirzaaxmedovaning risolasida ham adib hikoyalari davr mafkurasi nuqtai nazaridan tahlil jarayoniga tortilganligini unutmaslik lozim. Bulardan tashqari, ularda ilohiy-irfoniy mazmunda bitilgan hikoyalami tahlil etishdan ochiq-oydin voz kechilganligi ko'zga yaqqol tashlanadi. Aytilganlami inobatga olib, biz ham mavjud manbalar asosida ijodkoming hayoti va ijodi haqida fikr yuritishga harakat qildik. 14.2. Adibning hayoti va faoliyati Podshohxoja 1480-yilda Xurosonning Niso viloyatida zamonasining yetuk ziyolilaridan bo'lgan, turkiy va fors-tojik tillarida dilbar she’rlar hamda nasr namunalarini ijod etgan Abdulvahobxoja binni Sulaymonxoja oilasida dunyoga keladi. Manbalarda ma’lumot berilishicha, bu kishining shajarasi turk m ashoyixlaridan Zangi otaga, undan esa Ahm ad Yassaviyning ustozlari Arslonbobga borib taqalgan. Abdulvahobxoja Bug‘raxonning qizi Anbar onaga uylangan va Niso viloyatida istiqomat qilgan. Uning «Orif» taxallusi bilan ijod qilganligi ilohiy va irfoniy ilmlardan yaxshi xabardor bo‘lganligidan dalolat beradi. Oila muhiti Podshoxojani ilmga havasini juda erta uyg'otgan ko'rinadi. M a’lumotlarga ko'ra, u dastlab otasi qo'lida, keyinchalik Niso va Marv www.ziyouz.com kutubxonasi madrasalarida tahsil oladi. Fozil kishilar xonadonida tarbiya topgan Podshoxoja adabiyot bilan biiga fiqh, tasawuf, riyoziyot va handasani puxta o‘rganadi. Uning yoshlik yillari Husayn Boyqaro saltanatining tobora inqirozga yuz tuta boshlagan davriga to'g'ri keladi. Tarixdan ma’lumki, Badiuzzamon Mirzoning o‘g‘li qatl etilgandan so‘ng (1497 yil oktabr) ota-o‘g‘il, aka-ukalar o'rtasidagi adovat yanada alangalanadi. Badiuzzamon Mirzo va uning tarafdorlari bo'lgan temuriy shahzodalar otalariga qarshi qilich qayrab jang maydoniga otlanadilar. Bu davrlarda, aniqrog'i, 1496-yildan Podshoxoja rasmiy lavozimlarda faoliyat ko'rsata boshlaydi. U Niso va Obivard hokimi Kepak Mirzo (asli ismi Muhammad Muhsin Mirzo) tomonidan vaqf mulki hisob-kitoblarini yuigizuvchi — sadrlik lavozimiga tayinlanadi. Podshoxojaning bu muhim vazifaning necha yil davomida ado etib kelgani haqida ma’lumotlaiga ega emasmiz. Biroq tarixiy voqealarga tayanib shuni aytish mumkinki, yosh shoir bu faoliyatini uzoq yillar davom ettirgan emas. Shayboniyxon 1507- yilda Hirotni o‘z tasarrufiga o‘tkazgach, Kepak Mirzo hamda Abumuhsin Mirzo Mashhad yaqinidagi mavzelardan birida Shayboniyxonning o'g'li Temur Sulton va Ubaydulloxon tomonidan asir olinib qatl etiladi. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling