B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
m um kin. Biroq Bobur M irzoning oshiqona g'azallarida hayotiy
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
m um kin. Biroq Bobur M irzoning oshiqona g'azallarida hayotiy voqelikdan ko'p jabr ko'igan hukmdor-shoir siymosi shu qadar yorqin www.ziyouz.com kutubxonasi gavdalanadiki, she’rxon beixtiyor uning qiyofasini ro'parasida ko'rgandek bo'ladi: M ening ko'nglum ki, gulning g‘unchasidek tah-batah qondur, Agar yuz ming bahor o‘Isa, ochilm og'i ne imkondur. Agar ul qoshi yosiz bog* gashtin orzu qilsam, Ko'zumga o'qturur sarv-u ko'ngulga g'uncha paykondur. Shoir ko‘nglini g'unchaga tashbeh etarkan, uni yashil pardalami yorib, endi jam olini ko‘z-ko ‘z qilishga hozirlik ko'rayotgan «tah-batah» qizil yaproqlari bilan qonga evrilgan qalbi orasida o‘xshashlik borligiga diqqatni jalb etadi. Baytda g'unchadagi go'zallik bilan jabr-sitamlardan qon yutgan ko'ngul o'rtasida o'zaro zidlik hosil qilingan. Bu qarama- qarshilikning paydo bo'lishida har ikkala o'xshashlikdagi qizil rang asos bo'lib xizmat qilgan. Keyingi misrada tazod yanada tadrijiy rivojlantirilgan. G'unchaning bahor kelishi bilan sekin-asta ochilib gulga aylanishi tabiiy, biroq she’r qahramonining ko'ngli yuz-m ing bahor kelsa ham ochilishi— shodlanishi imkonsizdir. Keyingi bayt oshiqona mohiyat kasb etib, unda yigitning ma’shuqasiga bo'lgan sadoqati «o‘q»-«sarv», «g'uncha»- «раукоп» tashbehi vositasida badiiy ifoda etilgan. Bobur Mirzo g'azaliyotida borliq go'zalligidan zavqlanish, o'lchab berilgan ummi behuda sarflamaslikka da’vat ruhida yozilgan g'azallar ham uchraydi: Yoz fasli, yor vasli, do'stlam ing suhbati, She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati. Yoz faslida chog'ir ichmakning o'zga holi bor, Kimga bu nash’a muyassar bo'lsa, bordur davlati. Ishq dardini chekib, har kimki topsa vasli yor, U l zamon o'lg 'ay unut yuz y ilg 'i hijron shiddati. Do'stlam ing subbatida ne xush o'lg'ay bahsi she’r, To bilingay har kishining tab’i biria holati. G ar bu ishni muvofiq topsang uch vaqt ila, M undin ortuq bo'lm ag'ay, Bobur, jahonning ishrati. LafF-u nashr badiiy san’atidan mahorat bilan foydalanish Bobur Mirzo she’riyatidagi yetakchi uslubiy jilolardan biridir. Yuqoridagi g'azalning matlaida laff-u nashri nomurattab qo'llanganligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Undagi tartibning o'zgaiganligi birinchi misrada keltirilgan tushunchalaiga ikkinchi misrada o'm i almashgan holda hukm chiqarilganligidir. «Yor vasli» bilan «ishq dardi» orasida mutanosiblik mavjud bo'lsa, «yoz fasli»ga «she’r www.ziyouz.com kutubxonasi bahsi»dan ko'ra «bodaning kayfiyati» uyg'unroqdir. Zero, yoz yigitlik ramzi bo'lsa, «bodaning kayfiyati» undan masrurlik, shodlanishni ifodalaydi. «Do'stlaming suhbati» esa «she’r bahsi» bilan qiziydi. Shoir g'azalning beshinchi baytida ayni fikiga urg'u beiganligi ham mulohazalarimizni quwatlaydi. Eng muhim xulosa g'azal maqtaida o'z ifodasini topgan: Aytilgan uch ish uch vaqtda muvofiq topilsa, jahonning ishrati bundan ortiq bo'lmaydi. Ko'rinadiki, g'azalda hayotsevarlik, insonparvarlik g'oyalari yetakchilik qiladi. Borliq go'zalligidan bahra olish, umrning takrorlanmas qimmatli onlarini shod-u xurramlik bilan do'stlar davrasida o'tkazish g'azaldagi uch tayanch fikr sifatida namoyon bo'ladi. Do'stlar davrasi bilimdonlik maydoni hisoblangan she’r bahsi bilan yanada farahli ekanligi, ishq dardida o'rtanib mahbuba vasliga vosil bo'lish oliy saodat sanalishi baytlar bag'riga singgan olijanob g'oyalaidir. Bobur Mirzo g'azaliyoti rang-barang mavzularda ijod etilganligi, unda muallifning samimiy hislari va taassurotlari ravon uslubda badiiy ifodalanganligi bilan nihoyatda qimmatlidir. G'azallardagi boburona uslub unda tasvir etilgan mavzuni she’rxon ko'z o'ngida aniq gavdalanishiga imkon yaratadi. Eng muhimi, ulaming badiiy jihatdan mukammalligidir. Bobur M irzo badiiy jihatdan barkam ol g'azallari bilan A lisher Navoiydan keyin o'zbek g'azalchiligi taraqqiyotiga munosib hissa qo'shdi. 12.4. Shoim ing ruboiy va tuyuqlari tahlili Bobur M iizo she’riyatida ruboiy janrida bitilgan asarlar ham alohida ahamiyatga mohk. Sharq mumtoz adabiyotida asosan ilohiy-irfoniy, ijtim oiy-siyosiy mohiyat kasb etgan ruboiy jamming mavzu doirasi keyinchalik ancha kengayib bordi. Turkiy adabiyotda Alisher Navoiy o'zining ruboiylari bilan bu janrda rang-barang mavzuda ijod qilish mumkinligini amalda isbotlagan bo'lsa, Bobur Mirzo shu an’anani yanada ravnaq topishida o'z hissasini qo'shdi. Shoiming ruboiylari g'azallarida kuzatilgani kabi sodda va ravon uslubda ijod etilgan. Ijodkor g'azallarining aksariyati oshiqona mavzuda bitilgan va ularda o'm i bilan shoiming hasbi holiga murojaat etilgan bo'lsa, ruboiylarida shoiming ko'rgan-kechirganlari, taijim ai holi, vatan sog'inchi va hijron iztiroblari mavzui yetakchiiik qiladi. Shuningdek, shoir orifona, oshiqona, axloqiy- ta’lim iy mohiyat kasb etuvchi ruboiylaming ham muallifidir. Bobur M irzo she’riyatida Allohga solih banda bo'lish um idi balqib www.ziyouz.com kutubxonasi tuigan, uning rizoligiga erishishdek ulug‘ saodatga musharraf bo'lish orzusi ufuigan hamda ulug' Tangrining buyukligini vasf etuvchi ruboiylar mavjud. Jumladan, quyidagi ruboiy Bobur Mirzoning hayot sinovlaridan o'tgan bukilmas irodasi Allohning rizoligiga erishish yo'lida ham benazir ekanligini dalillaydi: Yo qahr-u g'azab biria meni tufiroq qil, Yo babri inoyatingda mustag'raq qil. Yo rab, sengadur yuzum qaro, xoh oq qil, H ar nav’e sening rizong erur, andoq qil. Shoir Allohga murojaat qilib, Yaratgan istagiga ko'ra, uning qahr-u g'azabiga uchrab tuproq, ya’ni xor-u zor bo'lishga ham yoki Uning lutf- u karamidan bahra olib, inoyat dengizida cho'mishga ham tayyor ekanligini e’tirof etadi. She’r qahramoni bir banda sifatida Tangri oldida gunohkor ekanligini «sengadur yuzum qaro» jumlasida badiiylashtiradi. So'nggi misrada esa Allohning rizoligiga erishish istagida har narsaga tayyor tuiganligi o'z aksini topgan. X V asrda Movarounnahr-u Xurosonni idora qilayotgan temuriy hukmdorlar orasida naqshbandiya tariqatining ulug' peshvolariga e’tiqod qo'yish odat tusini olgan edi. Temuriy shahzodalar ulug' shayxlarga yuksak hurmat ko'rsatish ruhida tarbiyalanib, ulaming komil inson haqidagi yuksak axloqiy-ta’limiy qarashlaridan juda erta bahra olishga ulgurardilar. Bobur Mirzo ham Faig'ona viloyatida dong taratgan naqshbandiya tariqatining ko'zga ko'ringan vakillaridan biri Xoja Abdullo Mavlono qoziy hamda Movarounnahr-u Xurosonda buyuk ma’naviy aibob sifatida tanilgan Xoja Ahror Valiyga ulkan ixlos qo'ygan edi. «Bobumoma»da bu ikki ulug' zotdan birining sharofatli duolari, birining esa ruhiy madadi bois yosh shahzoda tang ahvoldan omon qolganligiga dalolat beruvchi lavhalar keltirilgan. Ulardan ba’zilarini yuqorida ko'rib o'tdik. Bobur M irzo she’riyatida naqshbandiya tariqatining o'lmas g'oyalari badiiy ifodasini topganligiga shubha yo'q. Shoir ruboiylarida ilohiy va majoziy ishqni bir o'zanga solingan holda ravon uslubda vasf etilishining sababi ham uning qalbi botiniy ma’rifat nurlari bilan yoritilganidir. Mana bu ruboiylarga e’tibor qiling: Ey yor sening vaslingga yetmak m ushkil, Farxunda hadisingni eshitmak mushkil. Ishqingni dag'i bartaraf etmak m ushkil, Boshni olibon har sari ketmak mushkil. Yoki: www.ziyouz.com kutubxonasi Keldim sanga yuz umid bila, ey mob, Lekin yondim yuzingni ko‘rmay, yuz oh. Hamsuhbat-u hamrohni netay u yo‘lda, Dardlng manga hamsuhbat-u ishqing hamroh. Zakovatli shoiming mazkur she’rlaridagi mazmunni istang samoga ulang, xohlang yeiga olib tushing. Har ikki holatda ham bosh mohiyat— ishq va sidq, ishq va dard, ishq va sadoqat, ishq va ishonch kabi tuyg'ulaming ohori saqlanadi. Oshiqning ma’shuqa dardi va vasliga yetmoq ilinjidan o'zga tashvish va taraddudi yo'q, bo'lishi ham mumkin emas. Bobur Mirzoning qalbida yongan ishq alangasi uni sira tark etmagan. To ‘g‘ri, u komil muslim bo'lgani holda shariatning barcha talablariga rioya qila olmadi. Sharobga ruju qo'ygan paytlari, ma’jun kayfi bilan diliga taskin bergan damlari bo'ldi. Lekin shu bilan bir qatorda u o'sha gunohlaridan komil sadoqat bilan tavba ham qildi. Bobur Mirzo yuksak nazokatli inson sifatida ko'ngilchan, mehr- shafqatli shaxs edi. Q izi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» asaridagi juda ko'p lavhalar shunday xulosaga kelish uchun asos beradi. Aytilganlaiga qanoat hosil qilish uchun asardan bir lavha ko'chirish foydadan xoli emas: «Rano Sango bilan jang bo'ldi. Xudoning inoyati bilan podsho g'alaba qozondilar va g'oziy bo'ldilar. Rano Sangoning fathidan bir yil o'tgach, onam—Mohimbegim (Humoyun Mirzoning onasi) Kobuldan Hindistonga jo'nadilar. Men ham podsho dadamni ko'igani u kishi bilan biiga bordim. Onam ko'lga yetganlarida podsho hazratlari uch otliq mahofa yubordilar... Podsho dadam hazratlari to ot keltuigunlaricha sabr qilmay, piyoda yo'lga tushib, Nincha Mohim uylari oldida biz bilan uchrashdilar. Onam otdan tushmoqchi bo'ldilar, lekin podsho dadam qo'ymasdan o'zlari onamning otlari jilovidan ushlab, o'z uylariga yetguncha piyoda ketdilar...» (Humoyunnoma. Toshkent: «Fan», 1959, 35-b.) Bobur M iizo ruboiylaridan birida ifodalangan lavhani xotiiga keltiradi: Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu’lasen-u men ul shu’lag'a quldurmen. Nisbat yo'qtur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale sanga quldurmen, - deb yozgan edi. Ruboiydagi G u l-u Bulbul, Shu’la-yu Parvona, Shoh-u Gadolarga yuzaki qarab, hayotiy oshiq-u ma’shuqalaming o'xshatilmishlari sifatida sharhlash mumkin. Aslida mazkur majoziy timsollar tasawuf mulkidir. Masalaning zaminiy jilosini inobatga oladigan www.ziyouz.com kutubxonasi bo‘lsak, Bobur M irzo faqat yozmagan, balki naqshbandiyaning ilm va amal, ishq va amal xususidagi qat’iy talablarini ado etishga ham harakat qilgan. Bobur Mirzo she’riyatida, jumladan, ruboiylarida Vatan sog‘inchi va hijron iztiroblari eng ko'p nazaiga tashlanadigan tuyg'ulardir. Shundan bo'lsa kerak ayrim tadqiqotchilar «Hajriy» Bobuming ikkinchi taxallusi degan fikrga uig'u berdilar. Vatanni unda turib ardoqlash bilan uni yo'qotib sevish o'rtasida yer-u osmoncha tafovut borligi ayon. Bobur Mirzo qalb nidolari mag'zini teranroq chaqmoq uchun ikkinchi holatni loaqal tasawur qilib ko'rmoq lozim bo'ladi. Bobur M irzo jism an Vatandan uzilgan bo'lsa-da, u ruhan Vatan bilan yashab o'tdi. Qachonlardir ona yurtga qaytish uchquni uning qalbida so'nish bilgan emas. Fikrim izga daho shoiming mana bu satrlari guvohdir: Beqaydmen-u xarobi siym erraasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat yetti Bobur, dersiz, Andoq demangizlarki, muqim ermasmen. Fikrim izcha, ushbu ruboiy Bobur M irzo ijodining 1512-yilg a qadar bo'lgan davriga taalluqli. Chunki u hali bu yillarda Movarounnahrdan butkul ko'ngul uzmagan edi. Uchinchi yurishning muvaffaqiyatsizligi uning shirin orzularini chil-parchin qildi. Shundan keyin uning yuragida o'z sarhadlarini Hindistonga qarab kengaytirish orzusi makon tutdi. Ba’zan shoir misralarida umidsizlikning ko'zga tashlanishi ham o'sha murakkab ruhiy isyonlaming mevasidir. Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Sarrishtayi ayshdin ko'ngulni zinhor Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Barcha urinishlari zoye ketgan shoir o'lim to'shagidagi so'nggi nafasida ham yurtining bir tilim qovunini qo'msab, ochiq ko'z bilan foniy dunyo bilan vidolashgan. Yurt va yurtdoshlari diydori bu jahongashta Vatan fidoyisi uchun hamon qiyomat qarzdir. Istiqlol sharofati tufayli Bobur Mirzo shaxsi va ma’naviy olami qasrida ham xush havolar esdi. Zug'um va zo'ravonlik chekindi. Ulug' shoir va sarkarda haqida erkin gapirish bizga nasib qildi. Bu boradagi armonlar ushala boshladi. Buyuk davlat va ma’naviyat arbobi tavalludining 510 yillik to'yi tantanalari bu yo'ldagi ulkan umidli qadamdir. Shu munosabat www.ziyouz.com kutubxonasi bilan Andijonda uning mahobatli haykali o‘matildi. Yuksakda, ot ustida o'tiigan bu zoti mukarram ona yurt jamoliga suqlanib, to'yib-to'yib boqish sharafiga erishdi. Yurtdoshlari azim bir bog‘ Ьафо qilib, uning bir go‘shasida Bobur Mirzoning ramziy qabrini o'matdilar. Asliga qaytgan (tuproqdan bunyod bo‘lib, tuproqqa aylangan) shoir muqaddas Vatan bag‘rida erkalanib orom olmoqda. Suronli hayotini ezgulikka baxshida etgan insonga uning nashidasi ikki chandon bo'lib qaytdi. Bobur Mirzo she’riyatidagi muallifning yuksak badiiy salohiyatini ko‘z-ko‘z qilib turuvchi janrlardan biri tuyuqdir. Shoir an’anaviy tuyuq janrida ijod qilish bilan cheklanib qolmay, uning to'rt misrasi ham tajnisli qofiyadan tarkib topgan, tajnis radif o'm ida qo'llangan, tajnisdan oldin hojib mavjud bo'lgan, shuningdek, qit’a shaklidagi tuyuqlami yaratdi. O'shalardan birini tahlil jarayoniga tortishga harakat qilamiz: Vasldin so'z derga yo'q, yoro manga, H ajr aro rahm aylagil, yoro manga. 0 ‘qung yetti ko'p yomon yoro manga, M ahram i Iutfimg bila yoro manga. Bobur Mirzoning boshqa tuyuqlari singari ushbu she’ri ham oshiqona mavzuda ijod etilgan. Uning an’anaviy tuyuqlardan (odatda, tuyuq a-a- b-a tarzida qofiyalanadi) farqi har to'rtala misrasining ham o'zaro tajnisli qofiyalanganligidadir. Tuyuqda oshiqning ruhiy holati o'z ifodasini topgan bo'lib, shaklan bir xil bo'lgan to'rt so'z uning she’rxon ko'z o'ngida yanada aniq gavdalanishiga bois bo'lgan. Qofiyalanuvchi «yoro» so'zi ilk misrada «majol, quwat», ikkinchi misrada «ey yor», uchinchi misrada «yarn, jarohat» so'nggi satrda esa «yara, yordam ber» ma’nosida qo'llangan. She’r qahramoni vasldan so'z aytishga majoli yo'qligini «yoro» so'ziga uig'u berish bilan badiiy ifoda etadi. Keyingi misrada hajming iztirobli qiynoqlariga dosh berolmasligiga amin bo'lgan oshiq yoridan rahm aylashni o'tinadi. Uchinchi misrada esa oshiqning ma’shuqa o'qidan yomon yaralanganligi o 'z ifodasini topgan. Yom ing o'qi—uning nigohlari, oshiqning yaralangan uzvi esa - shubhasizki, uning qalbidir. Qalbdagi jarohatni bartaraf etish uchun yoming oshiqqa yaqinlik va lutf ko'rsatishi yordam bo'la oladi. Ko'rinadiki, shoir oshiqning hajr iztiroblaridan ozurda bo'lgan ko'ngil kechinmalarini tuyuqning janriy xususiyatlaridan mahorat bilan foydalanib badiiy ifoda etgan. Tuyuqning bu turi birmuncha murakkab bo'lib, u shoirdan to'rt misrasi ham tajnisli so'z qo'llashni talab etadi. Buning uchun ijodkor tildagi shakldosh so'zlaming turli ma’nolarini www.ziyouz.com kutubxonasi teran tushinmog'i lozim. Bobur Mirzo ana shu talablarga javob beradigan shoirgina emas, balki undan ham ancha yuqori turadigan ijodkor edi. Bu hoi uning qalami mahsuli bo'lgan ruboiy va tuyuqlarida ham yaqqol namoyon bo'ladi. Shoir ruboiylari o'zining purm a’noligi hamda taxallusning turli satrlarda qo'llanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, shoir o'zbek mumtoz adabiyotida har ikkala kichik janming ravnaq topishiga munosib hissa qo'shdi. 12.5. «Bobumoma»-qomusiy asar Zahiriddin Muhammad Bobur o'z davrining katta bilimdoni sifatida asrida mavjud bo'lgan barcha bilimlami puxta o'igandi va o'zlashtirdi. Undagi ana shu donishmandlik zarrama-zarra asarlariga ko'chib bordi. Xususan, o'lmas «Boburnoma»ga kelib muallifdagi keng qamrovli bilim zahirasi o'zining butun tajassumini topdi. Natijada qomusiy asar — «Bobumoma» vujudga keldi. Ushbu javohir xazinasi paydo bo'lgan zamonidayoq, o'zi va muallifiga beqiyos shuhrat keltiigan ediki, bu an’ana hoziiga qadar davom etmoqda. «Bobumoma» va uning muallifi bu sha’n -u shavkatga to'la sazovor. Chunki «Bobumoma» badiiy, tarixiy, yodnoma asar sifatida adabiyotshunos va tarixchi, tilshunos va urfshunos, tabiyot va jug'rofiya sohasi, shuningdek, yana bir qator mutaxassislaiga qimmatli ma’lumotlar bera oluvchi bebaho ganjinadir. Shuning uchun ham bu asar turli davrlarda yashab, turfa tillarda so'zlashgan sharqshunoslar diqqatini jalb etdi, dunyo kengliklarida aks-sado berib keldi. «Bobumoma»—Zahiriddin Muhammad Bobuming goh ixtiyoriy, goh majburiy tarzda janggohlarda kechgan saiguzashtlarining aql va ko'ngil mezonlarida o'lchangan esdaliklaridir. Bu tarixiy-badiiy asar 1494—1530-yillardagi, Bobur Mirzoning Faig'ona viloyatining hokimi bo'lganidan boshlab Kobulda o'zini podshoh deb e’lon qilgani va nihoyat, Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solishi bilan bog'liq voqealami o'z ichiga qamrab oladi. Asar dastlab «Vaqoye» nomi bilan atalganligini muallifning o'zi ruboiylaridan birida eslatib o'tadi: Bu olam aro ajab alam lar ko'rdum, Olam elldin turfa sitam lar ko'rdum . H ar 1dm bu «Vaqoye»ni o'qur, bilg'aykim , Ne ranj-u ne mehnat-u ne g'am lar ko'rdum . Bobur Mirzo esdaliklari keyinchalik «Voqeoti Boburiy», «Tuzuki www.ziyouz.com kutubxonasi Boburiy», «Tavorixi Boburiy», «Boburiya» tarzda atalib, nihoyat, «Bobumoma» nomi bilan shuhrat qozondi. Jahondagi eng nodir memuar namunasi sifatida e’tirof etilgan bu noyob durdonaning yozilishi tarixi haqida turli xil fikrlar bildirilgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilar Bobur M iizo dastlabki yillardan boshlab o'z saiguzashtlari va turli xil tarixiy voqealami xotira daftarlarida aks ettirib boigan va keyinchalik hayotining Hindiston davrida «Bobumoma»ni yozgan, degan fikmi ilgari suradilar. Taniqli adabiyotshunos, akademik B. Valiyxo'jayev «Bobumoma»ning yozilish sanasi 925-hijriy — 15 18 -15 19-yildan boshlanib, keyingi yillarda sodir bo' lgan voqealar tarixiylik tamoyiliga ko'ra ketma-ket yozib borilganligini keltirilgan asosli dalillaiga tayanib e’tirof etadi. Shuningdek, olim «Bobumoma»da hijriy 910, 9 15- 924, 927-93 l-yillardagi, ya’ni 16 yillik voqealar bayonining uchramasligim mavjud qo'lyozmalardagi kamchiliklar sifatida emas, balki muallifhing o'ziga Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling