B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
kishi yuborib uni o'z hukmdori sifatida tan oladi. Shayboniyxon Andijonni
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
kishi yuborib uni o'z hukmdori sifatida tan oladi. Shayboniyxon Andijonni www.ziyouz.com kutubxonasi qo'lga kiritib, Hisor va Xurosonga hujum qilish xavfi tobora kuchayib borayotgan bir paytda, unga qarshi mardonavor kurasha oladigan Bobur Mirzoning shuhrati orta boshlaydi. Husayn Boyqaroning Shayboniyxon hujumiga qarshi mudofaani mustahkamlash haqidagi Bobur Mirzoga yo'llagan xati ko'plab jang-u jadallar shohidi bo'lgan yosh shahzodani qanoatlantirmaydi. U kuchli g'anim ustiga biigalikda hujum qilish tarafdori edi. Shayboniy qo'shinlari shitob bilan Qunduz tomon yo'llanganini eshitgan Xusravshoh mudofaani ta’minlay olishiga ko'zi yetmay, shahami tashlab chiqadi va Bobur Mirzoga odam yuborib, o'zining taslim bo'lganini ma’lum qiladi. Xusravshohdan yuz o'giigan askar va qabilalar hisobiga son jihatidan ancha ko'paygan, shuningdek, undan qolgan qurol, sovut, ot anjomlari bilan o'zini tiklab olgan Bobur Mirzo uchun o'zaro urushlaidan kuchsizlanib qolgan Kobul taxtini egallash nihoyatda muhim edi. 1504-yilning oktabrida hududi ancha kichik bo'lgan Faig'ona viloyatini tashlab, sarson-saigardonlikni boshidan kechiigan Bobur Mirzo Kobul va G'aznani jangsiz qo'lga kiritib, ulkan davlat taxtini egallaydi. 1505-yilning iyun oyida Bobur Mirzoning onasi Qutlug' Nigorxonim vafot etadi. Bu davrda Hisor va Qunduzni bo'ysundiigan Shayboniyxon Samarqandga borib yangi yurishlaiga hozirlik ko'rmoqda edi. U Xorazmni bosib oladi, Balxni qamal qiladi. Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro Shayboniyxonga qarshi kurashda Bobur Mirzoni ham taklif qiladi. U ning:«... Sulton Husayn Miizodek Temuibek o'mig'a o'ltuig'on ulug' podshoh yig'noq qilib, atrof va javonibdin o'g'lonlari va beklarini tilatib, Shayboniyxondek g'animning ustiga ozim bo'lg'onda el oyoq bila boig'onda, biz bosh ila boig'aymiz, el tayoq bila boig'onda — biz tosh ila boig'aymiz» (146-bet), —degan fikrlari bu taklif unga nihoyatda ma’qul bo'lganidan dalolat beradi. Biroq o'z davrining yirik hukmdori bo'lgan ikki temuriyzoda ko'risha olmaydilar. 1506-yilning may oyida Sulton Husayn Boyqaro vafot etadi. Uning taxti ikki o'g'li: Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar M irzolar tomonidan boshqarila boshlanadi. Shayboniy qo'shinlari Balxni bosib olib, Badaxshonga tahdid sola boshlaydi. Temuriy hukmdorlar 1506-yilning 26-oktabrida Muig'obda to'planishadi. Kuchli g'anim ga qarshi birgalikda kurash ko'klam da amalga oshirilishi rejalashtiriladi. Shundan so'ng Bobur Mirzo Badiuzzamon va Muzaffar Mirzolaming taklifi bilan Hirotga yo'l oladi. U yerda Sulton Husayn Boyqaro maqbarasini ziyorat qiladi. «Bog'i Navda bir necha kun bo'ldim ,- deya xotirlaydi Bobur, - ani munosib ko'rmay Alisherbekning uylarini www.ziyouz.com kutubxonasi tayin qildilar. Hiriydan chiqquncha Alisherbekning uylarida edim» (170 - bet). Alisher Navoiy istiqomat qilgan uy Unsiya deb nomlangan. Ulug‘ shoir vafot etgan bo‘lsa-da, Unsiyadagi awalgi tartib hali o'zini saqlab turaidi. Yigirma kun davomida Hirotda yashagan Bobur Mirzoning siyosiy harakatlar bilan bir qatorda, adabiy faoliyatga bo'lgan mayli ham orta boshlaydi. Unga Hirotda qishlash taklif qilinadi, biroq u yetarii mulozamat ko'rsatilmaganligi hamda toj-u taxtdan xavotiri ortib boigani bois Kobulga yo'l oladi. Qosimbekning taklifi bilan Qandahor yo'li yiroq bo'lganligidan tog' yo'lidan borishga qaror qilinadi. Qor yog'a boshlagan, bu yerlarda, hatto, yozda yurish ham mashaqqat edi. Chahcharon degan manzilga yetganlarida, qor otning uzangisiga yetadi, aksar yerlarda otning oyog'i yerga tegmas edi. Boz ustiga, yo'l boshlovchiga ehtiyoj tug'iladi. Mahalliy aholidan biror kishini boshlab kelishga yuborilgan yigitlar uch-to'rt kun o'tib, yo'lni puxta biladigan kishini topolmay qaytadilar. Umrida bunday mashaqqatga kamroq duch kelgan Bobur Mirzoning ko'nglida kechgan fikrlarini badiiy jilolantirgan quyidagi matlasi tiliga kela boshlaydi: Charxning men ko'rmagan javr-u jafosi qoldimu, Xasta ko'nglum chekmagan dard-u balosi qoldimu? Mashaqqatli kunlar o'tib Kobulga yetganlarida, Bobur Mirzo yana qarindoshlarining pand berib qo'yganlariga guvoh bo'ladi. Kobul saroyida tarqalgan m ish-m ishlaiga ko'ra, Xuroson beklari va M irzolari Bobur Mirzoni hibsga olib zindonga tashlagan emishlar. Temuriyzodaning ona tarafidan buvisi Shoh Begim o'zining sevikli nevarasi Xonmirzo (asli ismi Sulton Vays)ni shoh qilib ko'tarish maqsadida shaharda qolgan mo'g'ul beklarini birlashtirib, uning nomiga xutba o'qittirish taraddudida edi. Isyon bartaraf etiladi. Qarindoshlar kechiriladi. Shayboniyxon Balxni qo'lga kiritgach, jang maydonini kengaytirishga botinolmay Movarounnahrga qaytadi. Bu qulay fursatdan foydalana olmagan temuriylar Xuroson taxtini dushman qo'liga topshirishga majbur bo'lishadi. 1507- yil may oyida katta qo'shin bilan Xurosonga kirib boigan Shayboniyxon Hirotni egallaydi. Mamlakatning boshqa viloyatlari ham sekin-asta Shayboniyxon idorasi ostida birlashadi. Ana shu janglaming birida uning lashkarlari Eron hududiga o'tib talonchilik qiladilar. Bundan g'azablangan Eronning qudratli hukmdori Shoh Ismoil mustahkam intizomli va janglarda chiniqqan qo'shin bilan Xurosonga qarshi hujumga o'tadi. 1510-yilda Eron qo'shinidan katta talofat ko'rgan Shayboniyxon lashkarlari Marvda qamalda qolib yengiladi, hukmdori vafot etadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 1507-yilda Bobur Mirzo temuriylar sulolasining ikkinchi poytaxti Hirot qo‘ldan ketgandan so'ng o‘g‘li Humoyun tug'ilgan shu yilda o‘zini podshoh deb e’lon qiladi. Bu bilan Bobur Mirzo temuriylar sulolasi inqirozga uchragan bo'lsa, u yangi sulola boburiylarga asos solganini ma’lum qilgan bo'ldi. Shoh Ismoil Shayboniyxonga hujum uyushtirib tuigan bir paytda Bobur Mirzo ham azaliy dushmaniga qarshi kurashdi. 15 12-yilda u Amudaryodan kechib, Hisorga tomon yo'l oladi. Hisor, Ko'lob, Qunduz va Badaxshonni qo'lga kiritgan Bobur Mirzo Movarounnahrda o'z hokimiyatini qayta barpo etishga intilardi. U Qunduzda bo'lganida, Shoh Ismoildan sovg'a-salom keltiigan elchilar Bobur Mirzo uchun sira kutilmagan voqeaning sodir bo'lishiga sabab bo'ladilar. Shoh Ismoil Bobur Mirzoning opasi Xonzodabegim va uning o'g'li Xurrambekni hurmat-ehtirom bilan elchilar hamrohligida ukasi oldiga jo'natgan edi. Bobur Mirzo bu davrda 28 yoshda edi. O'n yillik ayriliqdan so'ng, opa-uka bir-birlariga qanday murojaat qilishlarini bilmas edilar. Xurramshohga Balx hokimligi beriladi, biroq ikki yil o'tgach, u vafot etadi. Xonzodabegim qolgan umrini Kobulda, podshoh ukasi huzurida hurmat-ehtiromda o'tkazadi. Bu voqea Shoh Ismoilning Bobur Mirzo bilan o'zaro ittifoq tuzishiga zamin hozirlaydi. Xonmiizo o'z hukmdori nomidan Shoh Ismoilni ulkan g'alaba bilan tabriklab, Movarounnahrdagi awalgi saltanatini tiklash haqidagi Bobur Mirzoning iltimosini unga yetkazadi. Shayboniyxon mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, uning qarindoshlari mamlakatning kuchli markazlarini o'z qo'llarida saqlab turar edi. Uning o'g'li Temur Sulton Samarqandda, jiyani Ubaydulloxon Buxoroda, amakisining o'g'li Jonibek Sulton Andijonda, Abubcayming o'g'li Ko'chimxon Turkistonda, uning o'g'li Suyunbek esa Toshkentda hukmronlik qilar edi. Bobur Mirzo Shoh Ism oildan madadga kelgan o'qchi askarlar, yaqin atrofdagi qabilalardan qo'shilgan otlig'-u piyodalar — jam i oltmish mingga yetib qolgan qo'shin bilan Qarshiga hujum qiladi. Ubaydulloxon Qarshini tashlab Buxoroga yo'l oladi. Buxoro qo'lga kiritilsa, Qarshi o'z-o'zidan taslim bo'lishini anglagan Bobur.Miizo Ubaydulloxondan oldin Buxoroga yetib boradi. Keyinchalik 15 12 - yilda Sohibqiron Am ir Temuming poytaxti Samarqand uchinchi marta Bobur Mirzo ixtiyoriga o'tadi. Tarixiy m a’lumotlarga ko'ra, Bobur M irzo tomonidan Shoh Ism oilning qizilboshlar qo'shiniga hurmat-ehtirom ko'rsatishi sunniy va shia mazhabi o'rtasida ixtilof chiqishiga sabab bo'ladi. Bulardan tashqari, Samarqand www.ziyouz.com kutubxonasi hukmdori qizilboshlar qo'shiniga qaytib ketish uchun ruxsat berishga bir oz shoshiladi. Shoh Ismoilning Iroqqa ketganidan xabar topgan Shayboniyxon avlodlaridan bir qism i Toshkentga, Ubaydulloxon boshchiligidagi bir guruh esa Buxoroga otlanadi. Shiddatli janglardan so'ng Bobur Mirzo Buxorodan Samarqandga chekinishga majbur bo'ladi. Shahar qamal qilinadi. Qishdan endigina chiqqan shahar aholisi qamalga bardosh bera olmas edi. Qarshilik ko'rsatishning foydasiz ekanligini anglagan Bobur Mirzo poytaxtni tashlab, Hisor tomon yo'l oladi. Dushman H isom i qamal qilganda, Bobur M irzo qo'l ostidagi askarlarini to'plab, zudlik bilan mudofaani tashkil qiladi va Shoh Ismoilning Balxdagi qo'shinlari qo'mondoni Bayramxondan yordam so'raydi. Yordamchi kuchlar yetib kelishi bilan shayboniylar chekina boshlaydi. Shu orada shoh Ism oil Am ir Najim boshchiligidagi katta qo'shinni Bobur Mirzo huzuriga yuboradi. Am ir Najim , Bayramxon kelib qo'shilishi bilan Bobur Mirzo qo'shinlari oltmish mingga yetadi. Bunday katta kuchga qarshilik ko'rsatishga ojiz bo'lgan shayboniylar mudofaaga o'tishga majbur bo'lishadi. Qarshi qamal qilinganida, shahar qal’asi Ubaydulloxon boshchiligida qattiq himoya qilinadi. Am ir Najimning o'n besh ming kishilik shahar aholisining yoshi, jinsidan qat’iy nazar barchasini qilichdan o'tkazish haqidagi buyrug'ini Bobur Mirzo to'xtatib turishga urinadi. Biroq temuriyzoda bu jangda ikkinchi shaxs edi. Am ir Najim ning xunrezliklari mahalliy aholining g'azabini qo'zg'atdi. U G'ijduvonni qo'lga kiritish uchun hujumga o'tganda, muvafFaqiyatsizlikka duch keladi. Ubaydulloxonga Temur Sulton qo'shini kelib qo'shilib, qo'qisdan Eron qo'shiniga qattiq zarba beradi. Yaxshi qurollangan shayboniylar qizilboshlami mag'lub etadi. Jangda Am ir Najim o'ldiriladi. G'ijduvondagi omadsizlik eroniy qo'shinining tarqab ketishiga sabab bo'ladi. Shayboniylar qo'shinining ko'payishi va Movarounnahrda mustahkam o'mashib olganliklari Bobur Mirzoning qayta Buxoro va Samarqandni qo'lga kiritishiga umid qoldirmadi. Shoh Ismoil va Bobur M iizo o'rtasidagi aloqa shu tariqa xotima topadi. Movarounnahrda temuriylar hukmronligini tiklab, yirik va markazlashgan davlat tuzish uchun olib borilgan keyingi urinishlar ham natijasiz yakunlanadi. Bobur Mirzo yana Kobulga qaytadi. Tem uriylarning ik k in ch i poytaxti H irotning Shayboniyxon tomonidan istilo qilinishi Boburshohning Hindistonga bo'lgan ishtiyoqini yanada orttirgan edi. Shunday bo'lishiga qaramay, u Hindistonday ulkan mamlakatni 1526-yilda o'z idorasi ostida birlashtirishga muvafFaq bo'ldi. www.ziyouz.com kutubxonasi Boburshoh 15 19 -15 2 5 - yillarda Hindistonni egallash uchun hal qiluvchi keng miqyosli beshta jangni amalga oshiradi. Bu ulkan mamlakatni bo‘ysundirish nihoyatda og‘ir kechadi. «Bobumoma»da m uallif ilgari Hindistonni fath etgan Sulton Mahmud G'aznaviy va afg‘onistonlik Shahobiddin M uhamm ad G ‘uriylarning harbiy qudrati o'zining imkoniyatlaridan nihoyatda yuqori bo‘lganini ta’kidllaydi. Unda qayd etilishicha, Sulton Mahmud G'aznaviy Hindistonga yurish qilganida, Xurosonday ulkan mamlakat, Xorazm vohasi va Samarqand unga tobe’ edi. Son jihatidan nihoyatda katta bo'lgan qo'shini yuz ming—ikki yuz ming kishiga yetar edi. Sulton Shahobiddin G'o'riy bu mamlakatga hujum qilganda, uning akasi Xuroson mamlakatining podshosi edi. U bir yuz yigirma minglik qo'shin bilan bu o'lkaga kirib keladi. Har ikkala hukmdorga qarshilik ko'rsatgan kuch Hindiston rojalari bo'lib, bepoyon bu mamlakat yagona boshqaruv ostida birlashmagan edi. Boburshoh sarson — saigardonchilikning alamli kunlarini boshidan kechirib, vaqti-vaqti bilan ko'plab talofatlar ko'rib yurt va saltanat ishtiyoqi bilan Hindistonga yuzlandi. Uning idorasi ostida bo'lgan Badaxshon, Qunduz, Kobul va Qandahor viloyatlari zo'ig'a o'zini tutib turar, bu viloyatlar yuz ming kishilik qo'shinga ega bo'lgan shayboniylaiga yaqin bo'lganligi uchun ularga madad kuchlarini yuborib turish zarurati mavjud edi. Boburshoh 1525-yilda beshinchi marta hal qiluvchi hujum uyushtirganda Hindiston mamlakati Behradan Bahorgacha Sulton Ibrohim Lo'diy nom li afg'on tasarrufida edi. Boburshohning o'n ikki ming kishilik lashkariga uning yuz ming kishiga yaqin azamat qo'shini va mingta jangovor ffli qarshi turardi. Panjob viloyati zabt etilgandan so'ng, Dehli sultoni Ibrohim Lo'diyga qarshi kurashda Boburshohning kuchli harbiy salohiyati unga omad keltiidi. U «to'lg'ama» deb nomlangan harbiy tadbirini amalga oshirib, Ibrohim Lo'diyga qattiq shikast yetkazadi. Ikki-uch oy vatanidan yiroqda bo'lgan yigitlarining sustligini ko'rib, Boburshoh ular oldida otashin nutq so'zladi. Barchaning ruhini ko'tarib, ulami jangga safarbar qiladi. Zambaraklami ishga soladi va otliqlardan mohirlikbilan foydalanib, Panipatdalbrohim Lo'diyni mag'lubiyatga uchratadi. 1526-yil 25-aprelda Dehlida Boburshoh nomiga xutba o'qiladi. Shu bilan u yangi sulola boburiylar sulolasining ulkan mamlakatiga asos soladi. Biroq xavf-xatar tamomila bartaraf etilgan emas edi. Hind va afg'on mulkdorlari o'zaro ittifoq tuzib, Chitora hokimi Rano Sango boshchiligida Boburshohga qarshi bosh ko'taradi. Bo'lib o'tgan shiddatli janglar 1527-yilning 16-martida Boburshohning g'alabasi bilan www.ziyouz.com kutubxonasi yakunlanadi. Bu g'alaba Hindistonday ulkan mamlakatda turli din va millat vakillaridan tashkil topgan xalqlaming yagona markazlashgan davlat boshqaruvi ostida uzil-kesil birlashtiradi. Boburshoh va uning avlodlari Hindistonning xo'jalik hayoti, madaniyati va obodonchiligiga katta e’tibor bilan qarashdi. Uning saroyida ko‘pgina olimlar va shoirlar to'planishdi. Mahalliy xalq vakillarining urf-odatlariga nihoyatda katta ehtirom bilan munosabatda bo'lgan Boburshoh farzandlariga ham bu masalaning muhim jihatlarini teran o'rgatdi. Natijada ulug4 bobosi faoliyatining davomchisi bo'lgan Akbarshoh hindlardan olinadigan g'ayridinUk solig'i — ju z’yani bekor qildi, ayrim qabilalaming vafot etgan erkak bilan tirik beva xotinini birga kuydirish odatini man’ qildi, boshqa turdagi mahalliy din urf- odatlariga xolis munosabatda bo'ldi. Shu va boshqa faoliyatlariga ko'ra yirik davlat va jamoat aibobi Javoharla’l Neru Boburshoh va boburiylar haqidagi o'zining yuksak bahosini samimiy muhabbat bilan asarlarida bayon etdi. Sarson-sargardonlikda kechgan umr, bir necha bor hayotiga suiqasd uyushtirilishi (jum ladan, Hindistonda uning ovqatiga zahar soUb beriladi), vatandan yiroqlik Boburshoh sog'ligiga jiddiy ta’sir ko'rsatadi. U «Bobumoma»da keltirilgan ruboiylaming birida kasallikning tobora xuruj qila boshlaganini bayon etadi: . l i s m im d a isitm a kunda mahkam bo'ladur, Ko'zdan o'chadur uyqu, chu oqshom bo'ladur. H a r ikkisi g'amim biria sabrimdek, Borg'on sayi bu ortadur, ul kam bo'ladur. Yigirma besh — yigirma olti kun davom etgan bu kasallik dori-darmon bilan o'nglanmaydi. Uyqusizlik va tashnalik Boburshohni holdan toydiradi. U hayotning achchiq-chuchugini ko'rgan tajribali podshoh sifatida yaqinlariga vasiyatini ma’lum qiladi. Humoyunga adolatli siyosat yuritishni, ukalari bilan oralarida bo'lgan gina-kudratlami unutishni ta’kidlaydi. Umrini jang-u jadallarda o'tkazgan Boburshoh 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etadi. Keyinchalik uning xoki vasiyatiga ko'ra Kobulga ko'chiriladi. Bobur Mirzoning umri to's-to'polon, urush-yurishlarda o'tgan bo'lsa ham, o'z davrining ilg'or fani yutuqlarini juda o'tkir va betakror aql- zakovati bilan puxta egalladi. Atigi qirq у yetti yil umr ko'igan olijanob inson va ulug' shoh avlodlarga o'zining bebaho adabiy, ilm iy merosini qoldirdi. U yigirma yoshida (1503-yilda) «Xatti Boburiy»ni kashf qildi. Sharq mumtoz adabiyotining turli janrlarida ajoyib she’rlar yozib, devon tartib berdi. «Bobumoma»day ulkan hajmli tarixiy-badiiy asarini yaratib, www.ziyouz.com kutubxonasi turkiy nasr im koniyatlarining beqiyos ekanligini amalda isbotladi. Adabiyotshunoslik borasida turkiy aruzning xususiyatlariga oid «Muxtasar asarini yozdi. D in asoslariga bag'ishlangan she’riy risolasi «Mubayyin»r yaratdi. Shuningdek, naqshbandiy tariqatining peshvosi Xoja Ahrori Valiyning «Volidiya» asarini she’riy usulda turkiy tilga taijim a qildi. Bulardan tashqari, Bobur Mirzoning musiqa va harbiy bilimlaiga oid risolalar yozgani ham manbalarda bayon etiladi, biroq bu asarlaming taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda. 12.3. Bobur M irzo she’riyati. G 'azallarining mavzulari va badiiyati Bobur M irzo she’riy ati uning ko'nglida nihon saqlangan tuyg'ularining salohiyatli shoir qalamida sayqallashtirilgan badiiy in’ikosidir. Bu she’riyat Sharq mumtoz adabiyotining Nizom iy Ganjaviy, Am ir Xusrav Dehlaviy, Mavlono Lutfiy, Alisher Navoiy singari yetuk shoirlari nazmiy an’analarining o'ziga xos davomi hamda boburona uslubdagi takomili bo'lishi bilan nihoyatda qimmatlidir. Bu ulug' so'z san’atkorining nazmiy yaratmalari X V I asming yirik muarrixlari Mirzo Haydaming «Tarixi Rashidiy» asari hamda shu davrda yashab ijod etgan adabiyotshunos Hasanxo'ja Nisoriyning «Muzakkirul ahbob» tazkirasida nihoyatda yuksak bahoga munosib ko'riladi. Zamondoshlari turkiy she’riyatda Alisher Navoiydan so'ng biror shoir Bobur M irzochalik go'zal badiiy durdonalar ijod etolm aganligini e’tiro f etishadi. Bizningcha, ulug' shoiming she’riy merosi quyida keltirilgan faxriya baytidagi fikiga uzukka ko'z qo'ygandek mosdir: Iroq-u forsga gar etsa sening bu she’ring, ey Bobur, Oni hifz etkusi H ofiz, musallam tutqusi Salmon. Bobur Mirzoning manzum asarlari lirik turning turli janrlarida ijod etilgan devoni, shuningdek, «M ubayyin», «V o lid iy a» singari masnaviylaridan iboratdir. Manbalarda qayd etilishicha, shoiming she’riy merosi jamlanib, ikki devon holida tartib berilgan. Ulaming biri 15 19-yilda Kobulda tuzilib, o'sha vaqtning o'zida Samarqandga yuborilgan Kobul devoni, ikkinchisi esa 1528 -1529-yillarda tartib berilgan Hindiston devonidir. Bu ikki devon keyinchalik bir devon holiga keltirilgan bo'lishi mumkin. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling