B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


haqiga  duo  qiladi.  Bu  hoi  Bobur  Mirzoga  qattiq  ta’sir  etadi.  Shu  kuni


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/71
Sana24.07.2017
Hajmi4.31 Mb.
#11919
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71

haqiga  duo  qiladi.  Bu  hoi  Bobur  Mirzoga  qattiq  ta’sir  etadi.  Shu  kuni 

peshin  namozi  vaqtida  dara  tarafda  bir  otUq  paydo  bo'ladi.  M a’lum 

bo'lishicha, u A li Do'st tog'oyining navkari ekan.  Otliq unga bir maktubni 

tutqazadi.  Unda  Bobur  Mirzo  gunohidan  kechsa,  Ali  Do'st  tog'oyi 

Maig'ilonni uning  ixtiyoriga topshirishi bayon qilingan edi.  Bobur Mirzo 

kutilmagan  bu  taklifni  qabul  qiladi  va  uch  kim  yo'l  yurib,  A li  Do'st 

tog'oyining xoinlik yo'lini tutmasligiga ishonch  hosil qilishgach,  ikki yuz- 

u  qirq  kishiga  yaqin  qo'shin  bilan  Maig'ilonga  kirib  boradi.  Bobuming 

hukmronligi Ahmad Tanbal va  Uzun  Hasanning zolimligidan ko'p aziyat 

chekkan xalq uchun nihoyatda zarur edi.  Shu bois o'z hukmdoriga xoinlik 

qilgan bu ikki ittifoqchining Marg'ilonni qamal qilishi ularga hech qanday 

naf keltirmaydi.  Bu orada  Bobur M iizo tomonidan Andijonning janubiga 

yuborilgan  Qosimbek  boshchiligidagi  yuz  kishilik  qo'shin  Ibrohim  Sori 

askarlarini Axsi qal’asigacha quvib boradi. Vaziyatning bunday tus olganidan 

xabar topgan  Uzun  Hasan  Maig'ilon  qamaliga jalb  etilgan  to'dasini  Axsi 

tomon  harakatlanishga  bo'yruq  beradi.  Uning  yigitlari  Sirdaiyoni  kesib 

o'tishda Bobuming otliq askarlariga asir tushadi va o'limga mahkum etiladi. 

Uzun Hasanning Andijonga chekinishdan boshqa chorasi qolmaydi. Biroq 

shahar hokimining  Bobur  tomoniga  o'tgani  u  va  hamrohlarini juda  tang 

ahvolda  qoldiradi.  Nihoyat,  Uzun  Hasan  o'zi  boshqarib  tuigan  Axsi 

qo'ig'oniga, Ahmad Tanbal va unga qo'shilgan Jahongir M iizo esa O'shga 

tomon yo'l oladi.  Shunday qilib,  ikki yillik saison-saigardonlikdan  so'ng, 

hijriy  904-yil  zulqa’da  (1499-yil  iyun)  oyida  16-yoshli  Bobur  Mirzo 

otameros poytaxti Andijonni qayta egallaydi. Alunad Tanbal O'sliga yetib 

boigach,  tayoq va toshlar bilan qurollangan xalqning g'azabiga uchraydi. 

Bu  yerda  o'zining  ortiqchaligini  anglagach,  Jahongir  M irzo  bilan 

hamkorlikda  Qashg'aiga  yaqin  tog'lar  orasidagi  Yorkent  tomon  ketadi. 

Axsida  Bobur  Mirzoning  ta’qibiga  duchor  bo'lgan  Uzun  Hasan  esa 

mag'lubiyatini  tan  olib,  mol-mulki,  oilasi  va  hamrohlari bilan birgalikda 

Qorategin orqali  Hisoiga yo'l oladi.

Bobur Mirzoning mo'g'ul askarlariga javob berib yuborishi, o'zining 

mardona  tan  olishicha,  «bemulohaza  hukm  qilg'oni»  edi.  Bunga  yosh 

hukmdor  atrofidagi  beklaming  qo'lga  kiritilgan  m ol-m ulkni  Uzun 

H asan d an   qolgan  m o 'g 'u l  ask a rlari  b ila n   baham   k o 'rish n i 

istamaganliklari sabab bo'ldi. Askarlari soni oz bo'lgan Bobur Mirzoning

www.ziyouz.com kutubxonasi



ehtiyotsizlik  bilan  chiqargan  bu  hukmi  to'rt  mingga  yaqin  m o'g'ul 

askarlarining Ahmad Tanbal tomon o'tishiga imkon yaratdi. Shuningdek, 

Toshkent  h o kim i  M ahm udxonning  o 'g 'li  Sulton  M uham m ad 

Xonikaning  besh-olti  ming  kishilik  qo'shini  ham  Ahmad  Tanbalning 

iltimosiga ko'ra unga ko'makka keldi. Shunday bo'lishiga qaramay, Bobur 

Mirzoning  bek va  askarlari  dushmanga  qarshi  mardonavor  kurash  olib 

borishdi.  O 'sh,  O 'zgand,  Andijon,  Xo'tan,  Koson  qal’asi,  A xsi, 

Beshharan  qal’asida  Bobur  Mirzo  qo'shinlari  goh  dushman  bilan 

yuzm a-yuz  keldi,  goh  turli  tadbirlami  amalga  oshirdi.  Ahmad  Tanbal 

Beshharan  qal’asida  yashiringanda,  natijasiz  urushlardan  bezgan  A li 

Do'st,  Qambar A li singari sarbozlar Bobumi sulh tuzishga ko'ndirishga 

harakat  qildilar.  1500-yil  fevral  oyi  oxirida tuzilgan  sulhga  ko'ra,  Axsi, 

Koson va ular atrofidagi mulk Jahongir Mirzo ixtiyoriga o'tadi.  Sirdaryo 

Bobur va Jahongir M irzo saltanati o'rtasida chegara sifatida belgilanadi. 

Andijon va boshqa qasabalar Bobur Mirzo tasarrufida qoladi. Shuningdek, 

shahzodalar mamlakat ishlarini yo'lga qo'ygach, birgalikda Samarqandga 

yurish  qilishi,  Samarqand  qo'lga  kiritilsa,  uning  taxti  Bobur  Mirzoga, 

Andijon esa Jahongir Mirzoga berilishiga ham kelishiladi.

Movarounnahrda shahzodalar o'rtasidagi ziddiyatlar tobora keskinlashib 

bormoqda edi.  Bunday muxolifat Sulton Ali  Mirzo va Muhammad Majid 

Tarxon o'rtasida ham paydo bo'ladi.  Bu shahzodalar hamkorligidan hech 

ish  chiqmasligi  aniq  edi.  Sulton  A li  Mirzo  mo'g'ullardan  Abdulvahob 

degan  kishini  Bobur  M iizo  huzuriga  yuborib,  uni  Samarqandga  kelishga 

da’vat  etdi.  Bobur  Mirzo  Jahongir  Miizoga  kishi  yuborib,  zudlik  bilan 

Samarqandga  yurish  qilishini  xabar qiladi.  Axsida  tuzilgan sulh Jahongir 

M iizo  tomonidan  Bobur  Mirzo  saltanati  hududiga  daxl  qilish  imkonini 

bermasdi.  Biroq  Bobur  qo'shinlari  Quvaga  yetib  kelganda,  Ahmad 

Tanbalning ukasi Xalil O'shga hujum qilgani ma’lum bo'ladi. Bobur Mirzo 

bo'lib o'tgan voqeadan qanchalik ranjimasin,  Samarqand tomon yurishni 

yana davom ettiraveradi.  Yosh hukmdor A li  Do'st  va  Qambar A li singari 

ulug'  beklaming  keyingi  harakatlaridan  ularga  tayanish  har  doim  ham 

yaxshilikka olib kelmasligini sezib qoladi.  Shuningdek,  Muhammad Majid 

Tarxon boshliq beklar ham M ir Mo'g'ulni yuborib, Andijon hukmdorining 

Samarqandga kelishiga ko'z tikib turishgandi. Shunday qilib, Bobur M iizo; 

«Samarqanddek poytaxt  tuig'uncha,  ne  kiroyi  ul  qilg'aykim,  Andijondek 

yer  uchun  kishi  avqot  zoye’  qilg'ay»  (70-bet),  —degan  fikr  bilan  yo'lda 

davom  etadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Bobur  Mirzo  qo'shinlari  O'ratepaga  yetib  kelganda,  Shayboniyxon 

Dabusiya qal’asida Boqi tarxonni mag'lubiyatga uchratib,  Buxoroga yurish 

qilgani  haqida  xabar  keladi.  Xon  yurti  deb  nomlangan  manzilda  Majid 

tarxon  boshliq  Samarqand  beklari  Bobur  M irzoni  iliq  kutib  olishadi. 

Beklar  bilan  birgalikda  o'tkazilgan  mashvaratdan  Samarqandning  yirik 

din peshvolaridan biri Xoja Yahyoning nufuzidan foydalanib Am ir Temur 

poytaxtini jangsiz qo'lga kiritish mumkinligi ma’lum bo'ladi.  Biroq Xoja 

Yahyoga yuborilgan vakil tayinli javob keltirmaydi.  Bobur Mirzo va unga 

hamroh  bo'lgan  beklar  Shahrisabzga  yetib  keUshadi.  Bu  yerda  bir-ikki 

hafta  bo'lganlarida,  Sulton  A li  M irzo  Samarqandni  Shayboniyxon 

ixtiyoriga  topshiiganligi  ayonlashadi.  Voqea  tafsilotlarini  hikoya  qilgan 

«Bobumoma»  m uallifi  uning  sababini  Sulton  A li  Mirzoning  onasi 

Zuhrabegimning  «bilmaslig'idin va  beaqllig'idin»  ekanligini  ta’kidlaydi. 

Zuhrabegim  o'zining  oshiqona  maktubida  Shayboniyxonga  turmushga 

chiqsa, o'g'li unga Samarqandni jangsiz topshirishini bayon qiladi. Bundan 

ustalik bilan foydalangan Shayboniyxon shahami qo'lga kiritgach,  Sulton 

Ali Mirzoni qatl ettiradi. Zuhrabegimni navkarlaridan biriga in ’om qiladi. 

Xoja Yahyoga  Xurosonga  ketishga ruxsat beradi va ketidan kishi  qo'yib, 

uni  ham  o'ldirtiradi.  Shunday  qilib,  1500-yilda  temuriylaming  ko'hna 

poytaxti  Muhammad  Shayboniyxon  tasarrufiga  o'tadi.

B ir  muddat  Shahrisabz  —  H isor  hududlarida  sarson-sargardon 

kezgan  Bobur  Mirzo  Samarqand  xalqining  ko'magiga  ishonib,  ikki 

yuz  qirq  kishilik  navkari  bilan  shaharga  hujum  qiladi.  Yetmish-sakson 

chog'li  Bobur yigitlari tunda qal’aga norvon qo'yib,  Feruza darvozasini 

egallaydilar. Tong otishiga yaqin Bobur Mirzo Samarqandga kirib keladi. 

Bo'lib o'tgan voqeadan shahar ahli hali to'la xabardor emas edi. Temuriy 

hukmdomi  tanib  qolgan  do'kondorlar  u  haqda  duo  qilishardi.  Ko'p 

o'tmay  shahar  xalqi  voqeadan  xabar  topadi.  Qo'llariga  tosh  va  tayoq 

ko'targan  kishilar to'rt  yuz-besh  yuz  chamasi  Shayboniy tarafdorlarini 

o'ldirishadi.  Nihoyat, у yetti ming askariy quwatga ega bo'lgan tajribali 

hukmdor Shayboniyxondan juda oz miqdordagi qo'shin bilan  19 yoshli 

temuriyzoda  Samarqandni  tortib  oladi.  Xalq  Bobur  M irzoni  qo'llab- 

quwatlashda davom etadi.  Shovdor,  Sug'd va atrofdagi qo'ig'onlar uning 

idorasi ostiga o'ta boshlaydi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi.  Bu orada 

Boqi  tarxon  Qarshi,  G 'uzom i,  Abulmuhsin  Mirzo  Qorako'lni  qo'lga 

kiritadi.  Shayboniy  qo'shinlari  har  tarafdan  quvilib,  Buxoro  atrofida 

to'planishga majbur bo'lishadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Yosh  temuriy  hukmdoming  qadimiy poytaxtni  nihoyatda  xavfli  va 

tajribali dushmandan tortib olishi xabari Xuroson poytaxti Hirotga ham 

yetib  boradi.  Bobur  M irzo  ulug*  shoir  va  davlat  arbobi  Alisher 

Navoiydan  maktub  oladi.  Ayni  choqda  xatga javob  yozib,  unga  turkiy 

bayt  ham  bitganligini  e’tirof  etgan  «Bobumoma»  m uallifi  o‘zining 

«kitobati»ga  ulug‘  shoiming  javobi  yetib  kelguniga  qadar  «tafriqa  va 

g'avg'o»  bo'lganligini  bayon  qiladi.  Bobur  Mirzo  endigina  badiiy  ijod 

bilan  shug‘ullanib  she’r  mashq  qila  boshlaganini  inobatga  olsak,  ulug* 

shoir  A lisher  N avoiyning  maktubi  siyosiy  m avzuga,  aniqrog‘i, 

Shayboniyxonni  mag'lub  etgan  Bobur  Mirzoning  ulkan  g‘alabasiga 

bag‘ishlangan  bo'lishi  ehtimoldan  xoli  emas.

Bobur  Mirzo  Andijondan  chiqqandan  so'ng,  uning  oila  a’zolari 

yuz  tashvish  va  mashaqqatlar  bilan  O'ratepaga  yetib  kelishgandi. 

Samarqand  fahtidan  nihoyatda  shodlangan  yosh  hukmdor  oilasini  bu 

azim  shahaiga  olib  keladi.  U   amakisi  Sulton  Ahmad  Mirzoning  qizi 

Oyisha Sultoribegimni o'z nikohiga olgan edi.  Ko'p o'tmay Samarqandda 

to'ng'ich  farzandi  Faxruniso  dunyoga  keladi.  Biroq  bu  shodlik  uzoq 

davom etmaydi.  Faxruniso  chillasidan chiqmay vafot  etadi.

Bobur Mirzo o'zini buyuk poytaxt taxtida ko'rib qanchalik quvonsa, 

har zamon tahdid  solish  xavfi  kuchli bo'lgan  Shayboniyxonning  ulkan 

qo'shinidan  ham  shunchalik  tashvishlanardi.  Bu  tashvish  yosh 

hukmdordan juda  ko'p  ulkan  vazifalami  bajarishni  talab  etardi.  Buni 

teran  idrok  etgan  shahzoda  Samarqand  mudofaasini  mustahkamlash 

maqsadida  yon  atrofdagi  temuriylar  saltanati  hukmdorlariga  elchilar 

yuborib, ulardan yordam so'raydi. Toshkent hokimi Sulton Mahmuddan 

to'rt  —besh  yuz,  Jahongir  Mirzodan  Ahmad  Tanbalning  inisi  X alil 

boshchiligida yuz-ikki yuz kishilik qo'shin ko'makka keladi. Biroq: «Sulton 

Husayn Mirzodek sohib tajribalik podshohdinkim,  Shaboqxonning afo l 

va  atvorini  Mirzodin  yaxshiroq  kishi  bilmas  edi,  hech  kishi  ko'makka 

kelmadi.  Badiuzzamon  M irzodin  ham  kishi  kelmadi.  Xusravshoh  xud 

o'zining tavahhumidin kishi yubormadi» (79-bet). Temuriy hukmdorlar 

orasidagi  bunday  parokandalik  o'zining  bahodirona  ruhi,  mustahkam 

irodasi  va  uzoqni  ko'ra  bilish  qobiliyati bilan  shuhrat  qozongan  Bobur 

M irzoning  yakkalanib  qolishiga  sabab  bo'ldi.  Bundan  foydalangan 

Shayboniyxon  15 0 1-yilning  bahorida  yana  qo'shin  to'play  boshlaydi. 

Qorako'l,  Dabusiyani  qayta  qo'lga  kiritib,  Samarqandga tahdid  soladi. 

Shu  yili  may  oyining  boshlarida  Shayboniyxon  o'z  xatti-harakatlari

www.ziyouz.com kutubxonasi



bilan  raqibini jang  maydoniga jiddiy  hozirlik  ko'rishga  majbur  etadi. 

Ora-sira kichik to'qnashuvlar bo'lib turadi.  Boqi tarxon m ing-ikki ming 

kishilik qo'shini bilan Keshga kirib borgan edi va ikki kun orasida Bobur 

Mirzoga  kelib  qo'shilishi  taxmin  qilinardi.  Toshkent  hokimi  Sulton 

Mahmud  tomonidan  yuborilgan  Sayid  Muhammad  M irzo  do'g'lat 

tongga  yaqin  m ing-bir  yarim  ming  kishilik  lashkari  bilan  ko'makka 

kelishi kutilardi.  Munajjimlaming yanglish ma’lumotlari Bobur Mirzoni 

madadga chiqqan kuchlar yetib kelmasdan jangga kirishga undadi. Qo'shin 

to'rtga  ajraladi.  Ko'hak  daryosi  bo'yida  raqib  bilan  ro'baro'  bo'linadi. 

Natijada  Bobur  Mirzo  qo'shini juda  katta  talofatga  uchradi.  Ibrohim 

tarxon,  Ibrohim  Soru,  Ahmad  Tanbalning  ukasi  Xalil  hamda  ulaming 

eng  yaxshi  yigitlari  jang  maydonida  halok  bo'lishadi.  Shayboniyxon 

qo'shiniga  qarshi  chiqish  halokatga  olib  keladi,  deb  o'ylagan  Mazid 

tarxon,  Qam bar  A li  singari  ulug'  beklar  Xusravshoh  tom oniga 

qochishadi.  Erta tongda Xoja Abulmakorim,  Qosimbek va boshqa beklar 

bilan  mashvarat  o'tkazib,  Samarqand  qo'ig'onini  berkitishga  qaror 

qilinadi.  Yosh  hukmdor  shahar  markazidagi  Ulug'bek  madrasasining 

tomi ustida oq uy o'matib,  Qosimbek bilan mudofaani boshqarib turadi.

Og'ir  kunlar  boshlanadi.  Keyingi  yillarda  Samarqand  tez-tez  yuz 

berib  tuigan  o'zaro  urush  va  isyonlar tufayli  boyliklari  talangan,  ancha 

kuchsizlanib  qolgan  edi.  Shayboniyxonning  besh  oylik  qamaliga  qarshi 

Bobur  Mirzoning  o'ziga yaqin beklar va  sarbozlari  hamda xalq  ommasi 

jasorat ko'rsatishlariga qaramay, ochlik, suvsizlik shahar aholisining tinka 

madorini  quritadi.  «Elga  bisyor  tanqislik  bo'ldi,  —deya  xotirlaydi 

«Bobumoma»  muallifi.  — Anga  yettikim,  faqir va  miskin  it  etini,  eshak 

etini yiya kirishtilar.  Otqa bo'g'uz kam yofl bo'ldi.  Daraxtlaming baigini 

otqa berurlar edi. Anda tajriba bo'ldikim, bori yafroqlardin tut yafrog'i va 

qora yig'och yafrog'i otqa sozvorroq emish. Ba’zi quruq yig'ochlami randa 

qilib, taroshasini suvg'a ivitib otg'a berurlar edi» (83-bet).  Oziq zahiralari 

tugab,  atrofdan  biror  bir  madad  kutishga  umid  qolmagach,  saibozlar 

bir-ikki kishi bo'lib qocha boshlaydi.  Bu orada Shayboniyxon sulh taklif 

qiladi.  Hech qanday umidi qolmagan Bobur Mirzo sulhga rozilik beradi. 

Parokandalikka  yuz  buigan  temuriy  hukmdorlaming  noahilligi  tufayli 

ulkan  g'alabasini  mudofaa  qila  olmagan  yosh  shahzoda  azim  shahar 

Samarqandning  Shayxzoda  darvozasidan  ichkilari  bilan  chiqib  ketadi. 

Biroq Bobur Mirzoning opasi Xonzodabegim vujudga kelgan tang vaziyat 

taqozosiga ko'ra Shayboniyxonga turmushga chiqishga majbur bo'ladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



15 0 1-15 0 2 -yillar Bobur Mirzo hayotida sarson-sargardonchilikning 

achchiq  alamlari  bilan  qarshilashish  davri  bo‘ldi.  0 ‘lim  tahlikasidan 

zo'rg'a  qutilgan  yosh  shahzoda  va  uning  hamrohlari  Jizzaxda  ochlik 

shiddatidan  ham  bir  m uncha  xalos  bo‘ladilar.  U lar  O'ratepaga 

yetganlarida,  Bobur  Mirzoning  xolasi  X o ‘b  Nigorxonim   olamdan 

o'tganligi haqida xabar keladi.  Qon-qarindoshlari bilan ko'rishmaganiga 

13 -14   yil  bo'lgan  Qutlug'  Nigorxonim  Toshkentga  yo'l  oladi.  Bobur 

Mirzo  esa O'ratepa hukmdori  Muhammad  Husayn  Mirzo  Do'g'latdan 

Dehkat qishlog'ida qishlashga ruxsat oladi.  Bir necha kun o'tgach,  Bobur 

Mirzo  ham  Toshkentga,  tog'asi  Sulton  Mahmudxon  huzuriga  boradi. 

Xon  O'ratepani  Bobur  M irzoga  berishini  ma’lum   qiladi.  Biroq 

Muhammad  Husayn  Mirzo  bu  ishni  amalga  oshirmaydi.  Bobur  Mirzo 

yigitlaridan ayrimlari u bilan Dehkatda birga qolishni istamay, Andijonga 

ketish uchun  ruxsat so'raydi.  Qosimbek bu kishilar bilan shahzodaning 

kiyimlaridan birini ukasi Jahongir Mirzoga yuborishni maslahat beradi. 

Bobur  M irzo  ukasiga  bo'rkini  in ’om  qilishni  lozim  topadi.  Qosimbek 

Ahmad  Tanbalga  ham  biror  sovg'a  yuborishni  so'raganda,  shahzoda 

garchi  istamasa-da,  o'zi  uchun  No'yon  Ko'kaldosh  Samarqandda 

tayyorlagan katta qilichini jo'natadi.  Keyingi janglaming birida Ahmad 

Tanbal  ixtiyoriga o'tgan shu  qilich  Bobur  Mirzoning  boshini  nishonga 

oladi.  Dubulg'aning mustahkamligi  uning salomatligini saqlab qoladi...

Samarqandda  mustahkam  o'mashib  olgan  Shayboniyxon  Toshkent 

xoniga  qarashli  Shohruhiya  va  Beshkentga  hujum  uyushtiiganda,  Bobur 

M iizo tog'asiga yordamga otlanadi. Sovuqning shiddatidan kunda ikki-uch 

kishi  halok  bo'laidi.  Yosh  shahzoda  suvning  tez  oqishidan  faqat  o'rtasi 

muzdan  bir  oz  xoli  bo'lgan  arig'da  16  marta  sho'ng'ib  atrofdagilami 

ko'rsatgan jasorati  bilan  katta  dushmaniga  qarshi  kurashga  da’vat  etadi. 

Shayboniyxon  bahor  kelishi  bilan  O'ratepani  talab  ketganida,  Bobur 

M iizo  Maschoda  edi.  U   bu  yerda  uysiz,  vatansiz  tog'lar orasida  sarson- 

saigardon yurishidan naf yo'qligini o'ylab yana Sulton Mahmudxon oldiga 

borishga qaror qiladi.  Xuddi shu payt Ahmad Tanbal o'z qo'shinlari bilan 

xonga qarshi yo'lga chiqqandi. Bu urush Sulton Mahmudni ancha cho'chitib 

qo'yadi.  Bobur  Mirzo  Toshkent  xoniga  kichik  tog'asi  Sulton  Ahmad— 

Olachaxon  bilan  biigalikda  Shayboniyxonga  qarshi  kurashish  rejasini 

aytmoqchi bo'lib tuigan paytda, Olachaxon bir yarim mingga yaqin navkar 

va  Bobur  Mirzoga  mo'g'ulcha  sovg'a-salomlar bilan  kirib  keladi.  O'zaro 

kelishuvga  ko'ra Ahmad Tanbalga qarshi  kurashda  Bobur  Mirzoga omad

www.ziyouz.com kutubxonasi



kulib boqadi.  U  osonlik bilan 0 ‘shni qo'lga kiritadi.  0 ‘zgand  aholisi kishi 

yuborib shahami yosh temuriyzoda ixtiyoriga topshirishadi. Maig'ilon xalqi 

shahar  dorug‘asini  urib,  quvlab  yuboradilar.  Shunday  qilib,  Andijonni 

hisobga olmaganda,  Sirdaryo janubidagi Faig'ona viloyatining katta qismi 

Bobur  Mirzoni  o'z  hukmdorlari  sifatida tan  oladi.  Andijon  qal’asini  zabt 

etish  uchun  olib  borilgan  kurashda  Ahmad  Tanbalning  Andijondagi 

hukmronligiga  chek  qo'yadi.  Sulton  Mahmudxon Andijon va  daiyoning 

quyi qismidagi yerlami Sulton Ahmad Olachaxonga berishga qaror qilganini 

e’lon qiladi. Bobur Mirzoga esa Axsi beriladi. Shayboniyxonga qarshi kurashda 

Samarqand qo'lga kiritilgach, u yosh temuriyzodaga, Axsi esa Olachaxonga 

topshirilishiga kelishib olinadi.  Shu orada Ahmad Tanbal Shayboniyxonga 

kishi  yuborib,  unga  itoat  qilishini  va  birgalikda  mo'g'ul  xonlariga  qarshi 

kurashish istagini bildiradi.  Shayboniyxonning  Faig'ona viloyatiga yurish 

qilish  haqidagi  xabaridan  sarosimaga  tushgan  mo'g'ul  xonlari  orqaga 

chekinadilar.  Ulaming  O'sh va  Maig'ilonda  qo'ygan ishonchli  kishilarini 

xalq haydab chiqaradi.  Bobur Mirzo bo'lib o'tgan voqealaiga qanday baho 

berishga hayron qoladi. Vaziyatning o'z foydasiga hal bo'lganiga ko'zi yetgan 

Ahmad Tanbal bir kuni tongda uch ming qurolli qo'shini bilan yakkalanib 

Axsi  qo'ig'onida  qolgan  Bobur  Mirzoga  qarshi  tasodifan  hujum  qiladi. 

Ayovsiz va  tengsiz jangda  Bobur  M iizo  qal’adan zo'ig'a qochib  qutiladi. 

Axsi  yaqinidagi  Sang  degan  manzilga  yetganlarida,  u  hamrohlari  bilan  8 

kishini tashkil qilardi, xolos.  Fidoyi beklar yosh hukmdomi yolg'iz qochib 

ketishiga  imkon  berishadi.  Bobur  M iizo  nihoyatda  mustahkam  irodasi, 

g'ayrat-shijoati bilan  keyinchalik yana Andijonda,  tog'alari huzurida to'rt 

oy  turadi.  Movarounnahrda  markazlashgan  davlat  barpo  etishga  ko'zi 

yetmagach:«... tokay bu Faig'ona viloyatida saigaidon bo'lub turmoq kerak, 

bir tarafga  talab  qiloyin»,  (108-bet)  — degan  fikr bilan  Xuroson  sari  yo'l 

oladi.

Xuroson mamlakati o'z davrining eng kuchli hukmdoriaridan bo'lgan 

Sulton  Husayn  Boyqaro  tomonidan  idora  etilardi.  Bobur  Mirzo  ikki 

ukasi,  jiyani  Mirzoxon  va  jam i  ikki  yuz-uch  yuz  kishilik  hamrohlari 

bilan safaiga otlanadi.  Hisor vodiysi va Qunduz hukmdori Xusravshohga 

yuborilgan  elchi  undan  «ko'ngulga  yoqqudek  so'z  keltirmadi».  Bu 

temuriyzodadan  zulm  ko'igan  ko'plab  saiboz  va  lashkarboshilar  Bobur 

Mirzoga kelib qo'shila boshlaydi.  Qobadiyonga yetib kelganida esa akasi 

Xusravshoh bilan arazlashib  qolgan  Boqi  Chag'aniyoniy Bobur Mirzoga 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling