B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
«Bobumoma»ga ilova yozgan noma’lum kotibning quyidagi qaydlari shunday
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
«Bobumoma»ga ilova yozgan noma’lum kotibning quyidagi qaydlari shunday xulosaga kelishga imkon hosil qiladi: «... nazm va nasr va turkiy va forsiyni bebadal aytur eidi. Alalxusus turkiy devoni bordurkim, anda toza mazmunlar www.ziyouz.com kutubxonasi topib aytibtur...» (460-bet). Bobur M iizo devonlarining qo'lyozma nusxalari Parij M illiy kutubxonasida, Hindistonning Rampur shahridagi «Rizo» kutubxonasida, Haydaroboddagi «Salaijang» muzeyi xazinasida, Erondagi «Saltanat» kutubxonasida va Turkiyada mavjud. Mazkur qo'lyozma nusxalar asosida ingliz olimi Renison Ros (1910 yil), turk olimi Fuot Ko'pruluzoda (19 12-19 13-yillar), rus sharqshunosi A.N.Samoylovich (19 17-yil), o'zbek olimlari S Azimjonova va A.Qayumov (1958, 1965-yil), Saidbek Hasanov (1982-yil) A.Abdug‘afurov(1994-yil)lar shoiming she’riy merosini nashr etishdi. 1993-yilda S.Hasanov Bobur Mirzoning Parij devoni nusxasini «M ahram i asror topm adim ...» nom i bilan chop etdi. O lim ning ta’kidlashicha, ushbu devon nusxasida shoir hayotining O'rta Osiyo davrida ijod etilgan she’rlari o'rin olgan. Shuningdek, 1983-yilda afg'onistonlik olima Shafiqa Yorqin tashabbusi bilan ulug' shoiming she’rlari Kobulda «Devoni Zahiriddin Muhammad Bobur» nomi bilan ham nashr etildi. Keyinchalik adabiyotshunos AAbdug'afurov ana shu nashr asosida «Zahiriddin Muhammad Bobur. Devon» (Toshkent: «Fan», 1994) asarini e’lon qildi. Bobur Mirzo devonida Sharq she’riyatining g'azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit’a, fard, muammo kabi janrlarida ijod etilgan she’rlar jamlangan. U lar orasida g'azal, ruboiy, tuyuq janrida ijod etilgan she’rlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shoiming nazmiy asarlari, jum ladan, g'azallarida an’anaviy ishq mavzui yetakchilik qiladi. Ijodkoming ma’shuqa ta’rif-tavsifi, hijron iztiroblari, visol um idi, she’r qahramonining turli ruhiy holatlari tasviriga bag'ishlangan oshiqona g'azallarida m uallif sohir musawir yanglig' she’rxon ko'z o'ngida turli manzaralami namoyon eta oladi. Undagi so'z sehri, misralaming quyma va ravonligi, uslubning soddaligi, o'quvchiga badiiy zavq bag'ishlaydi. Jumladan, Bobur Mirzo ishq balosining har dam jafo keltirishini ta’kidlagani holda, undan ayri tusholmasligini quyidagicha badiiylashtiradi: Baloi ishqki, har dam manga jafoyedur, Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur. «Ajab baloye» tarzida ta’riflangan ishq she’r qahramonining taqdirida bitilgani bois uni hijron iztiroblari bilan qarshilantiradi. Bu iztiroblaming nihoyatda mubolag'ali tasviri ma’shuqa ishqida o'rtanayotgan oshiqning ruhiy holatini yanada teranroq idrok etishga imkon yaratadi: H ajr o‘lturdi meni, anglasam erdi muncha, D o'stlar, yordin ayrilm as edim o'lguncha. www.ziyouz.com kutubxonasi Zohido, do'zax o‘tindin meni ne qo‘rqutasen, H ajr o 'ti qoshinda ko'rmasmen ani uchquncha, U l Quyosh mehrini b ir zarra manga ko'rguzmas, Kavkabi ashk to'kub bo'Isam garduncha. Husnda ortuq agar bo'lsa yuzi Laylidin, M en taqi bormen aning ishqida yuz Majnuncha. Rindlar olida hayvon suyini ko'p o'kasen, Ey X izr, bormu ekin ul su mayi gulguncha. Boburo, she’ringga gar solsa quloq, ul shohing, B o'lg'usidur so'zungga qadr duri maknuncha. Bobur M irzo she’riyatida yorqin namoyon bo‘lib turuvchi fazilatlardan biri shundaki, shoir so'zlaming turli ma’no qirralaridan mahorat bilan foydalanadi. Yuqoridagi g'azalning matlaidayoq shunday holat ko'zga tashlanadi. Ijodkor «Hajr o‘ti o'lturdi meni» deganda, she’r qahramonining ayriliq azobidan afgor bo'lishi, tanining majruhlanib tamomila holdan toyishini nazarda tutadi. Zero, o'lgan odamning o'z qotili hajr ekanligini «anglashi» mantiqqa zid, shuningdek, hajr o'tidan nolib do'stlariga «o'limi» sababini bayon qilishi ham o'sha hayotiy tamoyilga mos emas. Aksincha, ikkinchi baytda hajr va do'zax o'tining o'zaro muqoyasasi asosida oshiq ruhiy holatidagi aftodalik tasvirining she’rxon ko'z o'ngida yorqin gavdalanishiga erishish shoir mahoratining yana bir olm os qirrasidir. M azkur baytda zohidga murojaat etilishid an ayonlashadiki, Bobur M iizo she’riyatidagi asosiy qahramon hisoblangan oshiqning himmati baland. Uning nazarida hajr o'ti oldida do'zax o'ti bir uchquncha ham emas. Zohid do'zax azobidan qo'rqqani bois jannat tamaida toat-ibodat bilan mashg'ul bo'lsa, she’r qahramoni hajr azobidan zaiflashib nochor bir ahvolga tushgan bo'lsa ham, ma’shuqa diydoridan bahra olishdan u m id in i uzm aydi. Shu bois u ch in ch i baytda tasvirlanganidek, oshiq Quyoshdan ayri tushgan gardunday ko'z yosh yulduzlarini to'kib o'rtansa ham, uning ma’shuqasi-Quyosh esa zarracha bo'lsin mehr ko'rsatishni istamaydi. Baytda qo'Uangan Quyosh, kavkab, gardun timsollari insonga xos ma’naviy hamda tabiiy hodisalar orasida ijodkor tomonidan ajib bir mutanosiblik kashf etilganidan dalolat beradi. Gardun ma’shuqasi Quyoshning mehrini (jamolini) ko'ra olmagani bois tunda kavkabmisol yoshlarini to'ksa, oshiq shunday iztirobni ma’shuqasi hajrida boshidan kechiradi. Quyoshni ma’shuqa ma’nosida qo'llash shoiiga istiora asosida hayotiy tamsilni she’r qahramoni holatiga tashbeh qilish www.ziyouz.com kutubxonasi imkonini yaratadi. Natijada baytda hosil qilingan hajming mubolag'ali tasviri she’rxon tuyg‘ularini jumbushga keltiradi. To ‘rtinchi baytda yor go‘zalligi Laylidan ortiq darajada ko'rsatilsa, uning ishqida yongan oshig'i ham yuz Majnun bilan raqobat qila olishga qodir timsol maqomida ishqda sobit bo'la olishi badiiylashtirilgan. Keltirilgan talmeh ishq yo'lida Majnun bilan hammaslak bo'lgan she’r qahramonining o‘m i kelganda hajr iztiroblarini nazaiga ilmay maslakdoshini ham ortga qoldira olish fazilatiga ega ekanligini badiiy ifodalashga xizmat qildirilgan. Beshinchi baytda qo‘llanilgan Rind va Xizr timsollari ishqning muqaddasligini she’rxonga yanada teranroq anglatishga imkon paydo qiladi. Undagi «mayi gulgun» majozan - ishq, Xizr alayhis-salom rindlaiga maqtagan «hayvon suyi» esa mangulik, abadiy hayot ramzidir. Yashirin inkor ma’nosini ifodalovchi ikkinchi misradagi savolning o'zidan ayonki, mangulik suvining qadr- qimmati ishqdagi shavq-u zavqqa teng bo'lolmaydi. Mumtoz badiiy adabiyotning faol timsollaridan biri bo'lgan rindda ishq iztiroblaridan zavqlanish hissi baland. Uning tabiatidagi o‘sha ko'tarinkilik ishqni may timsolida qo'llash bilan ifoda etiladi. G'azalning maqtai Bobur Mirzoning o'ziga xos faxriya baytidir. Shoir bu she’m i eshitgan shoh — ma’shuqa uning qadrini yashiringan duiga loyiq ko'rishini ishonch bilan e’tirof etadi. Sharq mumtoz adabiyoti an’analari uslubida ijod etilgan mazkur g'azalda shoir zohid, rind, X izr singari badiiy timsolllardan sohir so'z san’atkori sifatida foydalanib, hajr iztiroblaridan o'rtanayotgan, ayni choqda, ma’shuqa visolidan noumid bo'lmagan she’r qahramonining ruhiy holatini katta mahorat bilan tasvirlay olgan. Bobur Mirzo oshiqona g'azallarining aksariyati ta’rif-tavsif tarzidagi g'azallardir. Ularda ma’shuqaning qiyossiz go'zalligi o'ziga xos badiiy timsollar vositasida tasvirlanadi: Ko'ngulga bo'ldi ajoyib qaro soching, Shikasta ko'ngluma ermish qaro balo soching. Ushbu matla’ bilan boshlanuvchi Bobur Mirzo qalamiga mansub bo'lgan g'azal o'zaro adabiy ta’sir mahsulidir. Ulug' shoir Alisher Navoiyning «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur, Kim jonga qaro balo bo'lubtur» (M A T. 1-tom , 14 1-14 2-b etlar) matlali mashhur g'azali bor. Taniqli adabiyotshunos, akademik B.Valiyxo'jayevning ma’lumotiga ko'ra, ushbu matla’ Alisher Navoiyning do'sti Mirzobekka tegishli bo'lib, ulug' shoir shu matla’ asosida tazmin g'azal ijod etgan (Qarang: Valiyxo'jayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent, 2002, 283-284-betlar). www.ziyouz.com kutubxonasi Alisher Navoiy g'azalida ma’shuqaning ko'zi, yuzi tilga olinib, vasf etilsa, Bobur Mirzo tasvir nuqtalarini ma’shuqaning sochiga qaratadi. She’r qahramoni ko'ngliga «balo» bo'lgan «qora soch» o'zining «ajoyib»ligi bilan ajralib turadi. Agar unga shunday sifat bo'lmasa edi, «balo» so'zi o'zida ijobiy ma’no mujassamlashtirmasdi. Natijada siniq, m ajruh holda bo'lgan ko'ngulda «qaro» bo'lgan «balo soch» ma’shuqaning jafokorligini she’rxon ko'z o'ngida gavdalantirgan bo'lardi. Holbuki, she’r qahramoni har ikkala misrada ham ma’shuqaga tushgan ishqining sababkori sifatida uning qop-qora sochlarini nazarda tutadi. Baytda qo'llangan tardi aks badiiy san’ati unga o'zgacha joziba baxsh etgan. Birinchi misradagi «balo, qaro» so'zlari keyingi satrda «qaro balo» tarzida takrorlanib, ishq iztiroblarining ma’shuqa sochlari yanglig' «balo» va «qaro» ekanligi o'z ifodasini topgan. Sochning qoraligi uning maftunkorligiga ishora bo'lsa, ishq iztiroblarining qoraligi oshiqning qismatida ulardan jabr ko'rish bitilganligidan darak beradi. Baytda dastlab ishq iztiroblarining istiorasi bo'lib kelgan «balo» so'zi oshiq ko'ngliga qanchalik ozor yetkazm asin, undan ayri tushishning o 'zi falokat bo'lganligi bois undagi «ajoyib»likka uig'u berilgan. Keyingi misradagi «balo» esa «qoyil qolarli» ma’nosini o'zida mujassamlashtirib turibdi. Zero, ko'ngli qattiq ozor ko'igan kishining qalbida ishq iztiroblarini sola olgan maftunkor sochga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Bobur Mirzo g'azaliyotida tez-tez murojaat etilgan badiiy timsollardan biri—sochdir. Shoir ko'pincha she’r qahramoning ruhiy holati bilan sochning sifatlari orasida uyg'unlik topishga intiladi: Sochiiiing savdosi tushti boshima boshdin yana, Tiyra bo'ldi ro'zg'orim ul qaro qoshdin yana. Baytda ko'p ma’noli so'zlaming turli ma’no qirralaridan mahorat bilan foydalanilganligi «sochining savdosi», «boshim a boshdin» birikmalarida yaqqol namoyon bo'lgan. «Sochining savdosi», shubhasizki, ma’shuqaning ishqidir. «Boshima» so'zida sevikli ishqining oshiq taqdirida uchragani nazarda tutilgan bo'lsa, «boshdin» so'zida esa «qaytadan, takror» m a’nosi o'z ifodasini topgan. Ishtiqoq badiiy san’ati vositasida qo'llaniladigan o'zakdosh so'zlaming matnda alohida-alohida yangi ma’no anglatishi, «sochining savdosi» birikmasining ko'chma ma’noda qo'llanishi she’rxonga o'zgacha zavq bag'ishlaydi. O'sha ma’shuqasining ishqi oshiq ko'nglida qayta alangalanganligi bois she’r qahramonining hayoti «ul qaro qoshdin yana» tiyra bo'ladi. Ma’shuqaning «soch»i va «qosh»idagi www.ziyouz.com kutubxonasi maftunkorlik ulaming qoraligida namoyon bo'lgan bo'lsa, oshiq hayotining tiyraligi uning boshiga tushgan musibatlarda o'z aksini topgan. Ko'rinadiki, shoir qora rangni ham go'zallik, ham musibat ma’nosida qo'llab baytda tazod badiiy san’atining o'ziga xos namunasini vujudga keltirgan. Bobur Mirzo oshiqona g'azaliyotida tabiiy va insoniy go'zallikdan zavqlanish, ulami bir butun holatda tushunib, har ikkalasi orasida mavjud bo'lgan go'zal mutanosibliklami yuksak ehtiros bilan tasvirlash holati ko'proq namoyon bo'ladi. Shoiming «Yog'lig'ingkim, jon bila men xastadurmen zor anga» misrasi bilan boshlanuvchi g'azaU fikrimizning yorqin dalilidir. Bu g'azal taniqli adabiyotshunos B.Valiyxo'jayevning diqqatini ham o'ziga jalb etgan. Olim Bobur Mirzo g'azaliyoti haqida fikr yuritgan tadqiqotlarida mazkur asami tahlil jarayoniga tortib qimmatli mulohazalarini bayon etgan (Qarang: O'zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, 3-tom, Toshkent: «Fan», 1978, 55-56-betlar. Valiyxo'jayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent, 2002,282-283-betlar). Shoiming aksariyat g'azallari singari у yetti baytdan tarkib topgan ushbu g'azalda ijodkor ma’shuqa va uning go'zalligini yoming yog'lig'i — boshga o'raydigan ro'molchasi timsolidan mahorat bilan foydalanib badiiylashtiradi: Yog'lig'ingkim , jon bila men xastadurmen zor anga, Xasta jonlar rishtasidindur magar bar tor anga. Evrulur boshingg'a-vu goho yuzungga yuz qo'yar, Bu jihatdin ot emish gulpech-u gah gulzor anga. B ir chamandur sahnikim, bo'lg'ay binafsha sarbasar, Tegrasi gulzordurkim, bo'lm ag'ay b ir xor anga. Y og'lig'ing tokim, yuz-u ko'zungga tegmish bordurur, Yuz maningdek zor-u yuz ming men kibi bemor anga. Ey ko'ngul, yuz рога qilsa yor tiyg'i, g'am yema, Lutf etib gar bog iar o'Isa yog'lig'ini yor anga. Ko'nglum istar yog'lig'ingni, balki andin bir nasim, Yetsa Boburg'a erur jon biria minnatdor anga. Shoir g'azalining matlasidanoq Sharq, jumladan, o'zbek ayollarining nafosat-u nazokati timsoli bo'lgan yog'lig' —ro'molcha tavsifini unga maftun bo'lgan she’r qahramonining holati bilan yondosh tasvirlaydi. Ro'molcha —qiyiq xasta jonlaming toridan to'qilgani bois she’r qahramoni uning bemori-yu zoriga aylangan. Ijodkor bir-biriga daxli bo'lmagan voqeylik o'rtasida aloqadorlik borligiga o'quvchini ishontiradi. Shu tariqa, ma’shuqa boshidagi yog'lig' oddiylikdan xalos bo'lib, muqaddaslik kasb etadi. Uning www.ziyouz.com kutubxonasi bu sifati jon iplari uni to'qishda tor bo‘lganligida namoyon bo‘ladi. Shunday mavzu va mazmundagi g'azal Alisher Navoiyning «Favoyid u l- kibar» devonida 373-raqami ostida berilgan. «Yog'lig'in, eykim, tUarsen, igna mujgonimni qil, Naqsh etarda tori oning rishtai jonimni qil» matlai bilan ibtido topuvchi bu g'azal bilan Bobur Mirzo she’ri o'rtasida talay mushtarakliklar ko'zga tashlanadi (Bu haqda yana qarang: Vohidov R. Qiyiqcha bir bahona. «Buxoro universiteti ilm iy axborotlari». 2004,4-son, 2-4-betlar). Yog'liqqa jon baxsh etilgani uchun (uning torlari-jon rishtalari) u ma’shuqa boshida tinim bilmay evriladi. Ba’zan seviklining boshiga, ba’zan esa go'zal yuziga yuz qo'yadi. Shu bois uning nomi goh «gulpech», goh «gulzor»dir. Shoir yog'lig'ning turli rangdagi gullar bilan nafis bezatilganligini uning ma’shuqa yuziga yuz qo'yishi, yoming visoliga erishishi bilan aloqadorlikda tasvir etadi. Natijada ma’shuqa va uning ro'molchasi go'zalligining bir-biri bilan chambarchas bog'liqligi tasviri she’rxon ko'ngliga o‘zgacha zavq-u shavq olib kiradi. Ijodkor yana yog'lig' tavsifiga uig'u berib, o'sha zavq-u shavqning yanada yolqinlashib borishiga zamin hozirlaydi. Uning sahni bir chaman, boshdan-oyoq binafshazor, chekkalari gulzor bo'lsa ham, unda biron bir tikan ko'rinmaydi. Ana shunday beqiyos nafislik namunasi bo'lgan yog'lig'ning go'zal ma’shuqaning yuz-u ko'ziga tegib turishi she’r qahramoniga o'xshash yuz oshiqni zor-u, yuz-ming oshiqni bemor qiladi. Bobur Mirzo she’riyatiga xos bo'lgan yetakchi uslubiy jilolardan biri kutilmaganda tajnis badiiy san’ati vositasida so'z o'yini hosil qilish g'azalning tahlil jarayoniga tortilgan mazkur beshinchi baytida ham qo'llangan. Baytning dastlabki misrasida shoir «yuz» so'zini ma’shuqa uzvi ma’nosida qo'llagan bo'lsa, ikkinchi satrda esa uning raqam ma’nosidan foydalanilgan. O'mida qo'llanilgan badiiy san’at jozibasi she’rxon ehtirosini yanada ko'tarilishiga sabab bo'lgan. Keyingi baytda she’r qahramoni ko'ngliga murojaat qilinadi: «Yoming jafo tiyg'i seni yuz рога qilsa ham g'am yema, vaqti kelib, yor lutf ko'rsatsa, o'sha jarohatlami go'zal yog'lig'i bilan bog'lasa, hammasi unut bo'ladi». Go'zallikka oshufta ko'ngilning uning visoliga yetish umidi bir lahza bo'lsin so'nmaydi. Maqtadagi xulosa shunday mulohaza yuritishga imkon beradi. Unda tasvirlanishicha, ko'ngil yog'lig'ni istaydi, Bobur uchun undan esgan bir nasim ham ldfoya, u shunga munosib ko'rilsa, joni bilan minnatdor bo'lardi. G'azalda yor va yog'lig' go'zalligi, oshiqning iztirob-u xursandchiligi, uning orzu-niyatlari shu qadar nafis-u nozik did bilan ifodalanganki, she’rxon ko'z o'ngida ham mahbuba go'zalligi gavdalanadi, ham oshiqning www.ziyouz.com kutubxonasi ichki tug'yonlarini qalbdan his etish imkoniyati hosil bo'ladi. She’ming ravon uslubda, turkiy g'azaliyotda keng qo‘llangan vazn (ram ali musammani mahzuf— foilotun foilotun foilotun foilun)da bitilganligi (Alisher Navoiyning yuqorida eslatilgan g'azali ham aynan shu vazndadir) uni qayta-qayta o'qishga undaydi. Shoiming oshiqona g‘azallariga xos bo'lgan bu fazilat uning muallifining yuksak salohiyat sohibi ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, Bobur Mirzo Alisher Navoiyning «Koshki» radifli g‘azaliga yozgan tazmin-g‘azali («Ko'rmagay erdim jam oli olam aro koshki» misrasi bilan boshlanuvchi) va boshqa adabiy ta’sir asosida vujudga kelgan she’rlari haqida ham shunday fikm i aytish mumkin. Bobur M irzo she’riyatida hayotning achchiq-chuchugini tatib ko'rgan hukm dor shoirning taassurotlari: g'alabadan m asrurlik, qarindoshlaming pand berib qo'yishidan shikoyat, borliq go'zalligidan zavqlanish, ona-vatandan judolik va uni qo'msash tuyg‘ulari bilan bitilgan, shuningdek, pand-nasihat ruhida yozilgan g'azallar ko'plab uchraydi. Shoir ijodining ilk bosqichlarida yaratilgan g'azallarida ham yuqorida e’tirof etilgan mavzulardan bahs etiladi. Jumladan, Am ir Temuming poytaxti bo'lgan Samarqanddek azim shahami ikki marotaba qo'lga kiritib, ikki marotaba Shayboniyxondek kuchli g'anim ixtiyoriga topshirish iztirobi, atrofdagi temuriy hukmdorlar, shuningdek, mo'g'ul tog'alarining layoqatsizligidan yakkalanib qolish azobi hamda Andijon taxtidan ham ajralib sarsonlikda kechgan kunlar alam i shoirning «Topmadim» radifli g'azalida o'z ifodasini topgan. Yosh qalamkash va hukmdor taqdiming bunday achchiq «hazili» ko'ngliga juda qattiq ta’sir etganligini g'azal matlasidayoq ayon qiladi: Jonim din o'zga yori vafodor topmadim, Ko'nglumdin o'zga mahrami asror topmadim. Shoir ko'nglida tug'yon urgan yolg'izlik hissi alam lari, «dahri dunparvar»ning ko'rsatgan jafolaridan afloda hoi bo'lib qolgani, qalbi «bu olamning safo»si borligiga shubha bilan qaraganini «Qoldim u?» radifli hasbi hoi ruhida yozilgan mashhur g'azalida badiiy ifoda etadi. Bobur M irzoning oshiqona g'azallarida ham ruhiga qattiq ta’sir ko'rsatgan qismat «o'yin»laridan no lib, o'z holini bayon etish holatlari kuzatiladi. Bu — tabiiy. Ayni mavzu boshqa ijodkorlaming oshiqona g'azallarida ham qaysidir ma’noda o'z ifodasini topganligini kuzatish Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling