B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
madrasalarida yetuk olimlar tolibi ilmlarga saboq berardi. Bu ezgu
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
madrasalarida yetuk olimlar tolibi ilmlarga saboq berardi. Bu ezgu ishlarning barchasiga Sulton Ulug'bek Mirzo rahnamolik qilardi. Ilm- fan, adabiyot va san’at homiysi bo'lgan Movarounnahr hukmdorining fojiali o'ldirilishi (1449) Samarqanddagi ilmi nujum maktabining tarqalib ketishiga sabab bo'ldi. Shunday bo'lishiga qaramay, Samarqandda juda uzoq yillar davomida shakllangan yuksak ilmiy-madaniy muhit XV asming 70-yillariga qadar o'zining baland mavqeini saqlab qoldi. Shubhasizki, Samarqandda yashayotgan Alisher Navoiy ham ajdodlaming jahoniy mohiyat kasb etgan ulug' ishlaridan bahramand bo'ldi. Alisher Navoiy qalban talpinib orzu qilgan muhitni Samarqandda topdi. «Vafoiy» taxallusi bilan she’rlar yozgan, sohib devon shoir, Samarqand hukmdori Ahmad Hojibek asli Xurosonda tarbiyat topgan bo'lib, Ulug'bek Mirzoning madaniyat sohasidagi qutlug' an’analarining davomchisi sanalardi. Olim va fozillami qadrlab, ilm-fan ravnaqiga homiylik qilgan Ahmad Hojibek Xurosonda shoir sifatida tanilib, ko'pchilikning e’tiboriga tushgan Alisher Navoiyni o'z himoyasiga oldi. Bu davrda fiqh (islom huquqshunosligi)da dong taratgan, arabshunos olim Xoja Fazluiloh Abullaysiy madrasada mudarrislik qilardi. Alisher Navoiy Abullaysiy madrasasida tahsilni davom ettirdi. Bu ulug' faqihdan fiqh ilmini o'iganib, uning xonaqohidagi hujralaridan birida yashadi. Alisher Navoiy hayotining Samarqand davri shoir umr daftarining g'oyatda mazmundor sahifalarini tashkil qiladi. U «Majolis un-nafois»da nomlarini ehtirom bilan tilga olgan «muammoda Samarqand ahli ani Mavlono Sharofiddin Yazdiy muqobalasiga mazkur» qiladigan Mavlono Uloyi Shoshiy, Ulug'bek Mirzo madrasasining mudarrisi Xoja Xurd, Ulug'bek Mirzo bilan xamsabaq va musohib bo'lgan Mavlono Muhammad Olim, har kuni besh yuz baytni osonlik bilan bituvchi «sari’ ul-qalam kotib» Mavlono Soyimiy, musiqa ustasi Darvesh Ahmad Samarqandiy, talantli shoirlar Mirzabek, Mirzo Hoji So'g'diy, Sayid www.ziyouz.com kutubxonasi Qutb Samarqandiy, Yusuf Safoiy, Shayxim Suhayliy kabilar bilan yaqin muomala-munosabatda bo'ldi. Mahobatli Samarqand shoir qalbida o'zining ulug'vor tarixi, qizg'in ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayoti bilan o‘chmas iz qoldirdi. Keyinchalik Alisher Navoiy o'sha yillami xotirlab «Farhod va Shirin» dostonida Ulug'bek Mirzoni vasf etuvchi baytlariga keng o'rin berdi, shuningdek, Samarqandning go'zal tasvirini «Saddi Iskandariy»da rangin baytlarda badiiylashtirdi. Shoir Samarqandda tolibi ilm sifatida Sharq mumtoz adabiyotini smchiklab o'rganishni davom ettirdi, yaxshi adabiy an’analami o'zlashtirdi va badiiy mahorat sirlarini egallashga harakat qildi. U Mavlono Yah’yo Sebakning aruz ilmiga bag'ishlangan «Shabistoni xayol» kitobi, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning adabiyotshunoslikka oid «Chahor maqola»si va qofiya ilmiga doir boshqa asarlar bilan tanishdi. Alisher Navoiy Samarqand hokimi Ahmad Hojibekdan tortib, ilm, ijodga mayli bo'lgan oddiy xalq vakillarigacha bo'lgan ijod ahli bilan tanishishga ulgurdi. Ulug' shoiming bunday qizg'in muloqotlari uning xotirasida mustahkam o'mashdi, asarlarida o'chmas iz qoldirdi. Jumladan, «Majolis un- nafois»da bozorda sahhoflik (muqovasozlik) bilan shug'ullangan, «Xatoiy» taxallusi bilan ijod qilgan Mavlono Mir Qarshiy, sobunxona mushrifi (boshlig'i) Mavlono Javhariy, darzgarlikka (tikuvchi) mansub Mavlono Xovariy kabi ko'plab hunarmand shoirlar haqida ma’lumot beriladi. Bular ana o'sha musofirat davri suhbatlarining yorqin taassurotlaridir. Ulug' shoir Samarqand va uning atrofidagi tumanlarda bo'lib, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy ishlaiga ham faol qatnashganligiga doir hikoyatlar XV asming yirik tarixnavisi Xondamiming «Makorim ul- axloq» asarida keltiriladi. Unda hikoya qilinishicha, Alisher Navoiy toj- u taxt umidida yurgan Sulton Husaynning Samanqand atrofida asir olingan askarlarini bir necha bor turli yo'llar bilan o'limdan qutqarib qoladi va shu bilan o'zining Husayn Boyqaro tomonida ekanligini, uning xatti-harakatlariga xayrixohligini namoyon qiladi. Bu, albatta, Alisher Navoiyning Samarqand hokimi Ahmad Hojibekka tayanib, keyinchalik Samarqandda o'zining siyosiy faoliyatini boshlaganligidan dalolat beradi. Shuningdek, shoiming bunday ishlami amalga oshirishi uchun mahalliy hokimiyat oldida biror bir rasmiy lavozimga munosib ko'rilgan bo'lishi kerak edi. Ayrim ilmiy asarlarda ma’lumot berilishicha, Alisher Navoiy Samarqandda bir qancha vaqt Sulton Ahmad Mirzoning www.ziyouz.com kutubxonasi mulozimi bo'lib, chig'atoy amiri sifatida faoliyat ko'rsatgan. (Qarang: O'zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, II tom, Toshkent: «Fan», 1977, 53- 53-betlar). Xondamiming «Habib us-siyar» asarida qayd etilgan quyidagi fikrlar ham ushbu mulohazaning haqiqatga yaqinligini dalillaydi: «Mirzo Sulton Ahmad xoqoni mansuming (Husayn Bayqaroning) Xurosonga yurish qilganini eshitib, Amuya daryosidan kechib o'tganida Amir Alisher qaroigohda u bilan birga edi» (Navoiy zamondoshlari xotirasida. Toshkent: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1986, 116-bet). Ko'chiiganimiz ma’lumot feodal tuzum qonun-qoidalariga to'g'ri keladi. Otalari (Abusaid Mirzo) tomonidan o'z nazoratlariga yuborilgan Alisher Navoiyni Sulton Ahmad va Sulton Mahmud Mirzolar Samarqandda qoldirib, zafar bilan qaytishi kutilayotgan padari buzmkvorlari istiqboliga chiqolmas edi, albatta. Rasmiy mansabi bor- yo'qligidan qat’iy nazar ulug' shoir shahzodalar ko'zi oldida turishi lozimligi xavfsizlikni ta’min etuvchi oddiy talablardan hisoblangan. Samarqanddagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy muhit bu maskanga ilm izlab kelgan Alisher Navoiyning ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etdi. Xoja Fazlulloh Abullaysiydan arab tilshunosligi, fiqh, falsafa, ilmi bade’dan ta’lim oldi, arab grammatikasini puxta o'zlashtirdi. Alisher Navoiyga nisbat berilgan «Sab’at ul-abhur» nomli uch tilli lug'at shoiming shu davrda o'igangan saboqlari natijasi bo'lishi mumkin, degan qarashlar ham mavjud (Valixo'jayev B. Xoja Ahror tarixi. Toshkent: «Yozuvchi», 1984, 30- bet). Samarqand adabiy muhiti Alisher Navoiyni yosh shoirlik maqomidan ustozlikning yuksak darajasiga ko'tarilishiga imkon yaratdi. Taniqli adabiyotshunos, akademik V.Abdullayev «Navoiy Samarqandda» nomli tadqiqotida Samarqandning XV asr ikkinchi yarmi adabiyot va madaniyati rivojida Alisher Navoiyning beqiyos hissasi borligini ta’kidlagan edi. Olimning: «Bu davr Samarqand adabiy muhitini Alisher Navoiysiz, u tayorlagan yosh qalamkashlarsiz tasawur qilish mumkin emas»,-degan fikrlari mutlaqo haqiqatdir. Bu shahri azimdagi qaynoq adabiy muhit, shubhasizki, ulug' shoir xotirasida bir umrga muhrlanib qoldi. Keyinchalik Samarqandda siyosiy beqarorlik vujudga kelgach, ko'pgina ijodkorlar Alisher Navoiydan panoh izlab Hirotga yo'l oladi. Ular orasida Xoja Abdulloh Abullaysiyning o'g'li, Alisher Navoiyga bag'ishlab «Hoshiyai miftoh» va «Hoshiyai Talveh» nomli asarlami yozgan Xoja Xovand, Abullaysiylar xonadoniga mansub www.ziyouz.com kutubxonasi bo'lgan, «Hoshiyai mutawal» asari muallifi Abulqosim bin Abubakr al-Laysiy (Bu haqda batafsil ma’lumot uchun qarang: Valixo'jayev B. Xoja Ahror tarixi. Toshkent: «Yozuvchi», 1994, 20-35-betlar) hamda tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy, Ulug'bek Mirzo bilan tahsil olgan keksa olim Muhammad Olim Samarqandiy, musiqachi Darvesh Ahmad Samarqandiylar bor edi. Bu kabi bir qancha ziyolilar keyinchalik Hirotda Alisher Navoiy homiyligidan bahramand bo'lib ilm va ijod bilan shug'ullandilar. Alisher Navoiy 1469 yilga qadar Samarqandda yashadi. 1468 yilning oxirlarida Abusaid Mirzo G'arbiy Eronni qo'lga kiritish uchun jang olib boradi. Biroq u kurashlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrab o'ldiriladi. Ayni siyosiy voqealar Xurosonni o'z idorasi ostida ko'rishni orzu qilib yurgan Husayn Boyqaro Mirzo uchun qo'l keladi. U 1469 yilning boshlarida Hirot taxtini egallaydi va maktabdosh do'stini eslaydi. «Vaqfiya»da xabar berilishicha, «davlat manshuri» bilan Movarounnahr hukmronlariga murojaat qilib, Alisher Navoiyni Hirotga yuborishlarini so'raydi. Ana o'sha rasmiy takliflarga ko'ra, shoir 1469 yilning aprelida Hirotga qaytadi. Alisher Navoiyning Hirotdan Samarqandga «ixroj»i nechog'lik bahs- u munozalaiga sabab bo'lsa, Samarqanddan Hirotga qaytishi ham qarama- qarshi fikrlardan xoli emas. Hatto bunday gapni ayrim mumtoz manbalar ma’lumoti haqida ham aytish joiz ko'rinadi. Ayni mavzuga doir fikr-u qarashlami ikki katta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga mansub muhaqqiqlar Hirot poytaxt Xuroson davlatining Sulton Husayn Boyqaro Mirzo qo'liga o'tganligini eshitgan Alisher Navoiy turkiydagi «Hiloliya» qasidasini yaratib Hirotga jo'nadi, degan mulohazaga moyillik ko'rsatadilar. Ikkinchi yo'nalishga daxldor olimlar bunday fikiga shubha bilan qaraydilar. Bas shunday ekan, qaysi qarash haqiqatga yaqin va unga xayrixohlik qilish mumkin? Alisher Navoiyning zamon hukmdori Abusaid Mirzo hukmi bilan g'ayri ixtiyoriy ravishda Hirotdan chiqqanligi, Zahiriddin Bobur Mirzo iborasi bilan aytganda, bu «safar»ning «ixroj» ekanligi inobatga olinsa, ulug' shoir qanchalik Hirotga jo'nashni istamasin, u o'z xoxishi bilan Samarqanddan keta olmas edi. Chunki Abusaid Mirzo o'ldirilgan bo'lsa-da, Movarounnahr taxti hali uning o'g'illari Sulton Ahmad va Sulton Mahmud Miizolar ixtiyorida edi. Bu masalada haq ulug' shoiming o'z hukmida: Sulton Husayn Boyqaro Mirzo «davlat manshuri» (davlat maqomidagi rasmiy xat) bilan Movarounnahr hukmdorlariga murojaat www.ziyouz.com kutubxonasi qilishdan tashqari, yo‘l xaiji, ot-ulov va mulozimlar ham yuboradi. Hirot—Samarqand karvon yo‘li (eng yaqini !) bir haftalik harakatni talab qilishi e’tiboiga olinsa, o‘sha tadbirlarsiz Alisher Navoiy Hirotga bora olmas edi. Masalaning ham rasmiy-ma’naviy va ham moddiy jihatlaridan kelib chiqqan ulug* shoiming kichik zamondoshi va tarjimoni Faxriy Hirotiy uning «Vaqfiya»dagi qaydlarini ta’kidlashga to‘la haqli edi (Qarang: Vohidov R. «Latoifnoma» latofati. «0‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1995 yil,3-fevral). 7.4. Alisher Navoiy davlat va jamoat arbobi Hirot taxti Husayn Boyqaro tasarrufiga o'tgan dastlabki yillardan boshlab Xuroson davlatining muhrdori sifatida (1469-1470) shoh saroyida faoliyat ko‘rsata boshladi. Muhrdorlik nihoyatda mas’uliyatli ish bo‘lib, bu lavozimga munosib ko‘rilgan kishidan davlatning barcha hujjatlar-u moliyaviy sarf-u harajatlarini teran anglash, ulami diqqat bilan ko'zdan kechirib muhr bosish va rasmiylashtirish talab etilardi. Alisher Navoiy bu lavozimga har jihatdan munosib mas’ul shaxs hisoblanardi. U Husayn Boyqaro saltanatini mustahkamlash ilinjida nechog‘lik katta kuch sarflasa, uning badiiy ijod bobidagi sa’y-harakatlari ham kam emas edi. Shoir she’riyati ixlosmandlari tomonidan 1465- 1466 yillarda fanda «Ilk devon» nomi bilan ataluvchi she’rlar to‘plamining Mashhadda tartib berilishi va Sulton Ali Mashhadiy tomonidan kitobat qilinishi Alisher Navoiyning el orasida ijodi hamda yuksak insoniy fazilatlari bilan allaqachon tanilganidan dalolat berardi. Bulardan tashqari, ulug* shoir Sulton Husayn Boyqaroning Xuroson mamlakatini idora etishida eng yaqin ko‘makdosh va fidoyi xayrixohi sifatida jonbozliklar ko‘rsatardi. 0 ‘z navbatida Sulton Husayn Boyqaro ham mamlakatda osoyishtalik o‘matishda Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy imkoniyatlaridan g‘oyat unumli istifoda etardi. Xuroson davlatida siyosiy barqarorlikni ta’minlash mamlakat hukmdori va uning tarafdorlari uchun nihoyatda og‘ir kechdi. Ayniqsa, Husayn Boyqaro hukmronligining dastlabki yillarida Hirot taxti doimo tahlikalar qurshovida edi. Alisher Navoiy zamondoshlarining adabiy- tarixiy asarlarida bayon qilinishicha, Mirzo Jahonshoh Turkman Xuroson hukmdori Abusaid Miizo bilan sulh tuzib Ozaiboyjonga qaytadi. Shu paytlarda Abusaid Mirzoning o‘g‘li Muhammad Yodgor Mirzo www.ziyouz.com kutubxonasi ammasi Poyanda Sulton begimning taklifi bilan Mirzo Jahonshoh mulozamatini ixtiyor etadi. Jahonshoh Turkman vafotidan so‘ng, Abunasr Hasanbek Yodgor Muhammad Mirzoni qo‘llab-quwatlab turadi. Xurosonning ba’zi amirlari ham ko‘p lashkar bilan shahzodaga qo'shilib, uni otasining taxtini egallashga da’vat etadilar. Shunday qilib, Yodgor Muhammad Mirzo Husayn Boyqaroning ashaddiy tahlikali dushmaniga aylanadi. 1469 yilning 11-sentyabrida Yodgor Muhammadning ayovsiz qarshiliklarini bartaraf etish uchun Husayn Boyqaro yana jangga otlanadi. U Hirotdan katta qo‘shin bilan chiqib muqaddas Mashhad tomon yo‘l oladi. Bu yerda Imom Muso ar-Rizo qabrini ziyorat qilib, Mashhadni asosiy qarorgohiga aylantiradi. Yodgor Muhammadning bu paytda Isfaroin viloyatida ekanligi haqida ma’lumotlar mavjud edi. Husayn Boyqaroning ko‘pgina amirlari podshoh o‘rdusiga kelib unga qo‘shiladilar. Anashunday siyosiy bir vaziyatda shahzoda Yodgor Miizo sipohlarining Ozarboyjon tomonga ketganligi haqida xabar keladi. U Hasanbek turkmandan katta yordam olib, Xurosonni qo‘lga kiritish payiga tushadi. Husayn Boyqaro Mirzo ham fursatni boy bermay, mudofaa choralarini ko'rib Mashhaddan Hirotga yo‘1 olganda, dushman qo'shinlarining yaqinlashib qolgani ma’lum qilinadi. Shunda Xuroson hukmdori vujudga kelgan siyosiy vaziyatni to‘g‘ri baholab, butun qo'shinini dushmanga qarshi jangga yo'naltiradi. Biroq Husayn Boyqaro ikkilana boshlaydi. Munajjimlami chaqirib hujumni qachon boshlash ma’qul ekanligini aniqlamoqchi bo'ladi. Qo'shin safida bo'lgan Alisher Navoiy esa paytning muvofiq bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’iy nazar hujumni kechiktirish mumkin emasligini shohga maslahat beradi. Shunday qilib, Chinoron mavzeida ikki tomon qo'shinlari to'qnashadilar. Husayn Boyqaro Yodgor Muhammad va unga ko'makdosh bo'lgan turkman qo'shinlarini mag'lub etadi. Ushbu ulug' g'alaba uchun Tangri taologa shukrona aytgan Husayn Boyqaro qo‘lga kirgan Astrobodga amir Shayx Hasan Temumi hokim qilib tayinlaydi. Husayn Boyqaro Jojirmni egallagandan so'ng, Hasanbek turkmandan katta madad olgan Yodgor Mirzo Astrobodni yana ishg'ol qilganligi xabar qilinadi. Viloyat hokimligi vazifasini bajarayotgan Shayx Hasan Temur shahzoda Yodgor Mirzoning etagini tutganligi ma’lum bo'ladi. Husayn Boyqaro Jojirmdan ko'chib, bir necha masofani bosib o'tib, Mashhadga keladi. Shohga sadoqati yolg‘on tarafdorlari birin- www.ziyouz.com kutubxonasi ketin dushman tomonga o‘ta boshlaydi. Bunday nochor vaziyatda Sulton Husayn amirlariga ishonmay qoladi. Puli xotin degan manzilga yetganda, Hirotda ham shahar amaldorlarining adolatsizligiga qarshi xalqning isyon ko'targanligi ma’lum bo'lib qoladi. Xoja Abdulla Ahzab Xoja Qutbiddin Tovus Simnoniy xususidagi ba’zi maxfiy ma’lumotlami podshohga yetkazadi. Xoja Tovus taftish qilinib, hibsga olinadi va Xoja Abdulla devoni oliyga boshliq etib tayinlanadi. Husayn Boyqaro Hirotdan uzoqlashishi bilan Xoja Abdulla bilan Xoja Nizomiddin Baxtiyor Simnoniy til biriktirib xalqqa zulm o‘tkaza boshlaydilar. Natijada Hirotda xalq isyon ko'tardi. Isyonchilar Xoja Abdullani Shohruh Mirzoning dorul-adolat atalgan xonasida o‘tiigan vaqtida hujum qilib, uni toshbo‘ron qiladilar. Xoja Abdulla ming hiyla bilan xalq g‘azabidan zo‘rg‘a qutiladi. Bu xabar Puli xotinga, podshohga yetkaziladi. Mulozimlardan biri Hirotga borib Xoja Abdullani sulton o'rdusiga olib keladi. Shundan so‘ng Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga katta vakolatlar berib, uni Hirotga yuboradi. Ulug‘ shoir poytaxtga kelib, podshoh farmonini xalqqa yetkazadi, imkoni boricha mazlumlar va sitam ko'iganlami o'z tarafiga og'dirish hamda adolatni tiklash niyatida zulm-u adovat ko'rsatganlami jazolaydi. Xoja Nizomiddin Baxtiyor ishdan bo‘shatiladi va hibsga olinadi. Xoja Qutbiddin Tovus esa qaytadan devoni oliyga boshliq qilib tayinlanadi. 1470 yilda Husayn Boyqaro Abusaid Mirzoning qarindoshlarini tinchlantirish uchun bo'lsa kerak, uning qizi Shahribonubegimga, keyinchalik Poyanda Sultonbegimga uylanadi. Sulton Husayn Boyqaro Nana tog‘ qal’asi sari ketgan chog'ida, Yodgor Muhammad Mirzo Tus vUoyatida edi. Uning ammasi Poyanda Sultonbegim esa paytdan foydalanib, Hirot qal’asi atrofidagi manzilidan shaharga kiradi va shahami o'zining qarindoshi Yodgor Muhammad Mirzo uchun zabt etadi. Shu yilning mart oyida awal amir Hasanbekning nomi, keyin Yodgor Muhammadning nomi xutbaga qo'shib o'qiladi. Shu tariqa poytaxt yana Husayn Boyqarodan tortib olinadi. Hirot taxtini qayta egallash orzusi Husayn Boyqaroga tinchlik bermas edi. Hukmdoming bu tilagini amalga oshirish uchun yaqin do‘sti va maslakdoshi Alisher Navoiy bilan juda teran o‘ylangan bir tadbir tuzganliklari xususida G'iyosiddin Xondamiming «Makorim ul-axloq» asarida quyidagicha hikoya qilinadi: «Mirzo Yodgor Muhammad Hirot taxtini bosib olgan paytda Sultoni Sohibqiron zamon taqozosiga ko'ra Maymana va Faryob tomoniga yo‘1 oladi. U bir kuni shu viloyatda tadbirli www.ziyouz.com kutubxonasi va yo‘1 ko'rsatuvchi amir (Navoiy)ni yashirin bir joyga chaqirib, maslahat yo‘li bilan unga shunday deydi: -Eshitilishiga ko‘ra, turkmanlar Hirot poytaxtida zulm va taaddi bayrog‘ini tikkanlar. Miizo Yodgor Muhammad esa farog'at va g'aflatda kayf-u safo chirog'ini yoqmoqda ekan. Shuning uchun o‘ylaymanki, agar siz muvofiq ko'rsangiz, u tomonga qo'shin yuborsak, shoyad ish ilgari bosib, yaratuvchi tangrining omonati bo'lgan fuqarolar zulm va alam changalidan qutilsalar. Oliy hazrat (Navoiy) bu fikmi ma’qul topib, uni mumkin qadar yashirin tutishni o‘tindi va ilhom beruvchi til bilan: «Agar bu so‘z menga ham aytilmasa, yaxshiroq bo‘lur edi»,-dedi. Sulton Sohibqiron so‘radi: — Bu haqda shu qadar mubolag‘a va ta’kid qilishning sababi nima? Oliyjanob amir shunday javob berdi: — Bu so‘zlami yashirin tutish g‘oyatda zamrdir. Chunki har kuni bizning bir to'da kishilarimiz Yodgor Muhammad Mirzo tomonga qochib o‘tmoqdalar, ular bu xabami yetkazishdan ko‘ra qimmatroq Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling