Ozuqa energiyasi. U boshqa energiya turlariga nisbatan qimmatroqdir: bug‘doy Joulga qayta hisoblanganda, ko‘mirdan ancha qimmat. Ozuqa tana haroratini ushlab turish uchun issiqlik, uning harakati uchun, aqliy va jismoniy mehnatini amalga oshirishi uchun energiya beradi;
b) Uylarni isitish va ovqat tayyorlash uchun issiqlik ko‘rinishidagi energiya. U turli iqlim sharoitlarida yashash va inson oziq ovqatini turlicha bo‘lishi imkonini beradi;
v) Jamiyat ishlab-chiqarishini yuritishini ta`minlaydigan energiya. Bu energiya tovar va xizmat ko‘rsatish, inson va yuklarni fazodagi shaxsiy harakati, kommunikatsiyaning (aloqa yo‘li, fikr almashinish) barcha tizimlarini ishlash qobiliyatini ushlab turishi uchun kerak. Bu energiyaning aholi jon boshiga bo‘lgan sarfi, ozuqaga sarf etiladigan energiyadan sezilarli darajada yuqoridir.
SHartli shunday yoqilg‘i deb qabul qilinganki, uning bir kilogrammi yoqilganda 29,3.106 J, yoki 7000 kkal energiya ajralib chiqadi.
MDH davlatlarida o‘lchov birligi sifatida 1 tonna shartli yoqilg‘i (t.sh.yo.) qabul qilingan. CHet elda ma`nosi va funktsional qo‘llanishi bo‘yicha xuddi shunga o‘xshash o‘lchov birligi – 1t neft ekvivalenti (t.n.e.) qo‘llaniladi, 1 t.n.e. = 41,86 · 106 J.
Vodorod yoqilg‘isini keng ko‘lamda qo‘llanilishi uchta dolzarb muammolarni echishi mumkin:
Organik va yadro yoqilg‘ini iste`mol qilishni kamaytiradi.
Energiyaga ortib borayotgan talabni qoniqtiradi.
Atrof muhit ifloslanishini pasaytiradi
Xalqaro birlik tizimi (SI) da energiyani o‘lchash birligi sifatida 1 Joul (J) qabul qilingan. 1 J=1nyuton metrga (Nm) ekvivalentdir. Agarda hisob-kitoblar issiqlik, biologik va energiyaning ko‘pchilik boshqa turlari bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda o‘lchov birligi sifatida sistemadan tashqari birlik qo‘llaniladi - kaloriya (kal) yoki kilokaloriya (kkal), 1 kal=4.18 J. Elektr energiya Vatt∙soat (Vt∙s, kVt∙s, MVt∙s.) da o‘lchanadi; 1 Vt∙s=3.6 MDj. Mexanik energiyani o‘lchashda 1kg·m qiymatdan foydalaniladi, 1kg∙m=9.8Dj
Bug‗ turbinasi – issiqlik energiyasini iste‘mol qilib va uni aylanuvchi
mexanik energiyaga o‗zgartiruvchi motordir
Gidroelektr stansiyalarning FIK yuqori bo‗lib, elektr stansiyalar ichida FIK eng yuqorisidir. Gidroelektr stansiyalarning urtacha FIK = 93 % ni tashkil etadi.
Respublikada energetikaning ravnaqi Toshkent shahri yaqinida joylashgan Bo‗zsuv GES i qurilishidan boshlangan. Kuvvati 4 ming kVt bo‗lgan bu stansiya 1926 yilning may oyida ishga tushirilgan edi.
IES umumiy foydali ish koefftsienti (f.i.k) TJUK. Yuqorida sanab o‘tilgan davrlarning f.i.klari ko‘‘aytmasiga teng ya‘ni:
ηies = ηk ·ηm·ηe
IES f.i.k 36-39% ni tashkil etadi
1 kg tosh ko‘mirni yoqqanda 8 kVt*s elektr energiya olish mumkin, 1 kg yadro yoqilg‘ini yoqqanda 23 mln kVt*s elektr energiya ishlab chiqariladi.
Elektr toki ishlab chiqarishga mo‗ljallangan shamol elektr stansiyasi (SHES)ning dastlabkisi esa 1890 yilda Daniyada bunyod etilgan. XX asrning 40–70 yillarida ushbu soha inqi-roz davrini boshidan kechirgan. Nihoyat, 1980 yillarga kelib AQSHning Kaliforniya shtatida SHES yordamida elektr ishlab chiqaruvchilar uchun qator imtiyozlarning yaratilishi bilan sohaga bo‗lgan qiziqish yana jonlana boshlagan
Bizning mamlakatimizda chastotasi 50 Gts bo‘lgan uch fazali 6-750 kV diapazonda, hamda 0,66; 0,38 kVli standart nominal (fazalararo) kuchlanish qo‘llaniladi. Generatorlar uchun 3-21 kV nominal kuchlanish qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |