B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
- Bu sahifa navigatsiya:
- agrar inqirozlar
aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga muqobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyatsiya, ya‘ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki, bunda iqtisodiy o‘sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin 32 beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi -takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nushalarida turli shakllarida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish bilan iste‘mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi. Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruxlarga ajratish mumkin. 1. Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo‘lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya‘ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi. Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Pul-kredit sohasidagi inqiroz - mamlakat pul-kredit tiziminish tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti keskin qisqaradi, qimmatli kog‘ozlar kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.Valyuta inqirozi - bu milliy valyuta obro‘sining tushib ketishi, bankda valyuta zahirasining tugab, milliy valyuta kursining keskin pasayishi holati hisoblanadi. Birja inqirozi - birjada qimmatli kog‘ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlik, tanglik holati. Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatni vujudga kelishida ifodalanuvchi inqiroz ekologik inqiroz deyiladi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi.Tarmoqlar inqirozi - milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi yoki normal xo‘jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beruvchi inqiroz.Ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar oqibatida kelib chiquvchi inqirozlar tarkibiy inqirozlar deyiladi. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar 33 arafasidagi harid qilish, iste‘molchilik tovarlarining faollik sur‘atida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, avtomobilь sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo‘ladi.Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya‘ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning ortishi yoki pasayishiga bog‘liq . Bu yerda shuni ta‘kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o‘sish bilan tavsiflansa, boshqalari uchun iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi xos. Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko‘plab qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan ko‘pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiklaydi. Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to‘planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‘lgan, ularning karpitalining ortishi; 4) qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli, agrar inqirozlar o‘ziga xos tavsif kasb etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho‘zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o‘rtasigacha davom etgan edi. Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi. Agrar inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a) yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi; b) yer rentasining mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz sur‘atda o‘sib borishi. Yer rentasining, avvalo absolyut rentaning ko‘payishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi; v) ko‘plab mayda dehqon xo‘jaliklarining mavjud bo‘lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan o‘zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qishartira olmaydilar. Tirikchiliklarini o‘tkazish va ijara xaqini to‘lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko‘paytirib yuboradi. 34 2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling