B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/110
Sana08.02.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1176902
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110
Bog'liq
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

11.6. Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari 
Davlatning ijtimoiy sohasini tartibga solishning asosiy maqsadi aholi 
turmush darajasi va turmush sifatini jamiyatning o'sish jarayonidagi mezonlarga 
muvofiq bo'lishi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarni moddiy jihatdan 
kafolatli qo'llab-quvvatlash bo'yicha huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy chora-
tadbirlar majmuasini amalga oshirishdir. Davlat tomonidan ijtimoiy sohani tartibga 
solishning usul va mexanizmlari yaxshi ma'lum (11.1-jadval). 
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ―Iqtisodiy va 
ijtimoiy jarayonlarni davlat yo'li bilan tartibga solish hammaga ma'lum dasturlar – 
moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati, narxlarni nazorat qilish hamda bilvosita ta'sir 
ko'rsatishning boshqa choralari yordamida amalga oshiriladi‖ , deb ta'kidlagan. 
Davlatning ijtimoiy sohani tartibga solishi uchun me'yoriy-huquqiy hujjatlar 
asos bo'ladi. Ular O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston 
Respublikasining Mehnat Kodeksi, Oila Kodeksi, Fuqarolik kodeksi, ―Aholining 
bandligi to'g'risida‖, ―Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida‖, ―Fuqarolarning davlat 
pensiya ta'minoti to'g'risida‖gi va boshqa qonunlar, O'zbekiston Respublikasi 


150 
Prezidentining farmon va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
qarorlari hamda boshqa normativ hujjatlardir. 
11.1-jadval 
Davlat tomonidan ijtimoiy sohani tartibga solish usullari 
Tartibga 
solish 
yo‟nalishlari 
Tartibga solish usullari 
Tartibga 
solish 
maqsadlari 
1. Аholining ijtimoiy yordamga muhtoj toifalarini moddiy qoʼllab-
quvvatlash 
2. Аholining mehnat bozorida raqobatdosh boʼlmagan toifalari uchun 
kafolatli ish joylari yaratish 
3. Rasmiy roʼyxatga olingan ishsizlarga nafaqa toʼlash, ular-ni mehnat 
bozorida talab mavjud boʼlgan kasblarga oʼqitish 
4. Jamoat ishlarini tashkil etish 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling