B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy soha
Nazorat uchun savollar 1. Iqtisodiy siyosatda daromadlarning qayta taqsimlashning asosiy choralari. 2.Davlat byudjetining shakllanishi va taqsimlanish xususiyatlari. 3. Davlatning monetar siyosati va uning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ahamiyati. 4. Pul-kredit siyosatining quyidagi turlari. 5. Pul-kredit siyosati o'sishi. 11-BOB: JAMIYATNING IJTIMOIY SOHASI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI 11.1. Jamiyat ijtimoiy sohasi, uning tarkibi va jamiyat rivojlanishidagi roli. 11.2. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy siyosat tushuncha- larining o‘zaro bog‘liqligi. 11.3. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti va uning xususiyatlari 11.4. Ijtimoiy soha tarmoqlari, ularning shakllanishi va tadrijiy rivojlanish bosqichlari 11.5. Davlatning ijtimoiy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari 11.6. Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari 11.7. Daromadlar siyosati va aholi turmush darajasini o‘stirish. Tayanch iboralar: ijtimoiy soha, davlatning ijtimoiy siyosati, ijtimoiy to‘lovlar, mehnat taqsimoti, ijtimoiy mehnat taqsimoti. 11.1. Jamiyat ijtimoiy sohasi, uning tarkibi va jamiyat rivojlanishidagi roli. Ijtimoiy (sotsial) degan tushunchada odamlar hayotiy faoliyatining jami umumiy, jamoa harakteri ifodalangan. Unda turli birliklar-sinflar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalar, millatlar, xalqlar oʼrtasidagi birlashuvga qaratilgan intilishlar namoyon boʼladi. Kishining u yoki bu sinfga, ijtimoiy qatlamga boʼlgan aloqasi uning jamiyatga tutgan oʼrniga berilgan baxo hisoblanadi. U yoki bu birliklar oʼrtasidagi munosabat va oʼzaro aloqalar jarayonida har bir insonning feʼl-atvorini ifoda etuvchi ijtimoiy sifatlari tarkib topadi. Ijtimoiy munosabatlar har bir individning jamiyatdagi tengligini (yoki notengligini) ifodalaydi. Bizda shu vaktga kadar jamiyat aʼzolarining hammasi umumxalq 121 boyligi hisoblangan ishlab chiqarish vositalariga boʼlgan munosabatlardagi tengligi taʼkidlab kelingan. Ijtimoiy soha sinflar va ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlarning manfaat- larini, jamiyat bilan shaxsning munosabatlarini mehnat va turmush sharoitlarini, kishilarning sixat – salomatligi va bush vaktini oʼz ichiga oladi. Faqatgina ana shu sohada iqtisodiy faoliyatning natijalari roʼyobga chikadi. Demak, ijtimoiy soha oʼz ichiga ijtimoiy jarayonning hamma qirralarini, ijtimoiy tizimning obʼektiv shart-sharoitlari va subʼektiv omillarni ijtimoiy va shaxsiy kizikishlar tuzilmasi hamda ularning murakkab dialektik aloqasini oʼz ichiga oladi. Ijtimoiy siyosat-jamiyatga siyosiy raxbarlik qilishning shunday yunalishidirki, u oʼz ichiga qator ijtimoiy tadbirlar orqali moddiy farovonlikni oshirish, ijtimoiy adolat, demokratiya, sinflar, millat va elatlar, ijtimoiy qatlamlar, kollektiv va shaxsning turmush madaniyatini rivojlantirishni oʼz ichiga oladi. Jamiyatni yangilash vazifasi uzoq muddatli,chuqur uylab kurilgan yaxlit ijtimoiy siyosatga muvofiq kelishi yaʼni ijtimoiy sohaning hamma tomonlarini bir butun holda oʼz ichiga olgan va xalq ommasining extiejini toʼla kondirish, ularning faolligini yanada oshirishga qaratilgan boʼlishi kerak. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling