B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.5-rasm. Ijtimoiy soha muassasa va tashkilotlarining mulk shakli boyicha tasnifi
Birinchi sektor
Ikkinchi sektor Uchuinchi sektor Da vlat ( muni tsi pa l) korxo na lar i D avla t mua ssa sa v a tashkil otl ari 137 11.5-rasm. Ijtimoiy soha muassasa va tashkilotlarining mulk shakli bo'yicha tasnifi Yevropada ijtimoiy sug'urta tashkilotlari O'rta asrlarda shakllana boshlagan. Hunarmandlar uyushmalari o'zaro yordam jag'armalari va jamiyatlari tashkil etishgan, ularga a'zo bo'lgan va muayyan miqdorda badal to'laganlar betob bo'lgan yoki jarohatlangan hollarida bu jamg'arma va jamiyatlardan moddiy yordam olish huquqiga ega bo'lganlar. Ijtimoiy dasturlarni maqbullashtirish siyosati ko'zlangan samaraga erishishni ta'minladi: davlatning bu sohaga xarajatlari qisqardi. Shu bilan birga 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramasdan rivojlangan davlatlarda ijtimoiy soha uchun xarajatlar yalpi ichki mahsulot hajmida hali ham katta salmoqqa ega. Bu iqtisodiy o'sish va ijtimoiy rivojlanish o'rtasidagi uzviy bog'liqlik bilan izohlanadi (11.6-rasm). 11.6-rasm. Inson ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sub'ekti sifatida Inson faoliyati turlariga iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish sarf qilinadigan xarajatlarni buning natijasida erishiladigan samara bilan taqqoslashni taqozo etadi. Ijtimoiy soha iqtisodiyotida ham shunday tamoyilga amal qilinadi. Ya'ni, cheklangan moliyaviy, moddiy, mehnat va boshqa resurslarni qilinadigan xarajatga mutanosib samaraga erishishni ta'minlaydigan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun taqsimlash talab etiladi. Iqtisodiyot Ijtimoiy soha Inson 138 Ijtimoiy soha iqtisodiyotiga mulkchilikning xilma-xil shakllari, erkin tadbirkorlik, sog'lom raqobatga hamda iqtisodiyot yuksak darajada rivojlangan holda aholi turmushining munosib darajasi ta'minlanadigan, ijtimoiy himoyalanishi kafolatla-nadigan kuchli ijtimoiy siyosatga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatida ta'rif berilishi mumkin (1.8-rasm). Bunday talqin ijtimoiy soha iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi bozor iqtisodiyoti hamda o'tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda bozor munosabatlari shakllantirilayotgan sharoitlarda amal etayotganligiga mos tushadi. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining tub mohiyatini inson, uning manfaatlariga xizmat qilish tashkil etadi. Uning asosiy xususiyatlari aholini ish bilan bandligini amalga oshirish va shu asnoda ishonchli miqdordagi daromad manbaini yaratib, uning farovonligini oshirib borish, ijtimoiy xavfsizlik, ijtimoiy adolat va ijtimoiy taraqqiyot, ishlab chiqarish vositalariga xususiy egalik va narx- navoning erkin shakllanishi, raqobat, iqtisodiy o'sish, erkin tashqi savdo, erkin valyuta ayirboshlashdan iborat. Ijtimoiy soha sog'liqni saqlash, ta'lim, uy-joy-kommunal xo'jaligi, madaniyat, sport va turizm, ijtimoiy xizmat ko'rsatish va ijtimoiy ta'minot, ijtimoiy sug'urta, pensiya ta'minotini mujassamlashtirgan va ular bevosita inson, uning moddiy, jismoniy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan. U hozirgi davr iqtisodiyotining salmoqli qismini tashkil etadi. XXI asr ikkinchi o'n yilligi boshiga kelib jahonning rivojlangan davlatlarida yalpi ichki mahsulotning 30,0- 45,0 %i ijtimoiy soha ehtiyojlariga yo'naltirilmoqda. Ijtimoiy soha iqtisodiyotiga mulkchilikning xilma-xil shakllari, erkin tadbirkorlik, sog'lom raqobatga hamda iqtisodiyot yuksak darajada rivojlangan holda aholi turmushining munosib darajasi ta'minlanadigan, ijtimoiy himoyalanishi kafolatlana-digan kuchli ijtimoiy siyosatga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatida ta'rif berilishi mumkin. Uning bosh maqsadi insonning erkin rivojlanishini, har bir fuqaro va umuman, mamlakat butun aholisining munosib turmush darajasi va turmush sifatini ta'minlashdan iborat. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti nazariyasiga metodologik asos sifatida tayanadi va shu sharoitda ijtimoiy sohani rejalashtirish, samarali amal etishini, resurslar bilan ta'minlash masalarini qamrab oladi, iqtisodiy qonuniyatlar hamda iqtisodiy qonunlarni ijtimoiy sohada qo'llash amaliyoti asosida davlat, ijtimoiy guruhlar va shaxs o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni o'rganadi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling