B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tartibga solish mehanizmlari
Tartibga
solish ob‟yektlari 1. Aholining ijtimoiy yordamga muhtoj toifalari 2. Ishsizlar Tartibga solish sub‟yektlari 1. Davlat organlari 2. Ish beruvchilar 3. Kasaba uyishmalar Tartibga solish manbalari 1.Davlat byudjeti 2. Mahalliy byudjetlar 3. Ijtimoiy jamg‘armalar 4. Ish beruvchilar pul o‘tkazmalari 5. Homiylar mablag‘lari Tartibga solish mehanizmlari 1. Meʼyoriy-huquqiy hujjatlar 2. Pul-kredit siyosati 3. Fiskal usullar 4. Narx-navoni tartibga solish Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ―Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega‖ deb ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish qoida-tartiblari belgilab qo'yilgan. Umuman, O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: • korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog'lig'i ustuvorligi; • mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo'nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; • mulk va xo'jalik yuritish shakllaridan qat'i nazar barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo'yish; 151 • mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta'minlash; • korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish; • mehnatni muhofaza qilishni mablag' bilan ta'minlashda davlatning ishtirok etishi; • oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash; • xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqarilishi va joriy etilishini rag'batlantirish; • fan va texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mamlakatimiz va chet el ilg'or tajribasidan keng foydalanish; • ishlovchilarni maxsus kiyim va poyafzal, shaxsiy kiyim vositalari, parhez oziq- ovqatlar bilan bepul ta'minlash; • korxonalarda mehnatning sog'lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko'maklashuvchi soliq siyosatini yuritish; • ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borish va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi; • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlar yoki kasb kasalligiga yo'liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash; • kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta'minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash; • mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog'ida xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish . O'zbekistonda ish bilan band xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish mexanizmi quyidagilardan tarkib topgan (11.11-rasm): 1) Ijtimoiy-mehnat kafolatlari: • ish vaqti davomiyligi, mehnat va dam olish vaqtini, mehnatga layoqatli yosh chegarasini tartibga solish; • moddiy ta'minot – eng kam ish haqi miqdori, tarif setkalari, vaqtincha mehnatga layoqatni yo'qotgandagi to'lovlar va hokazolar; • kasb ta'limoti – xodimlarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash, mehnat faoliyati sharoitlaridan xabardor qilish. 2) Tibbiy kafolatlar: • dastlabki va davriy tibbiy ko'riklar o'tkazish; • ishlab chiqarishda jarohat olganlarni davolash. 3) Kompensatsiya – reabilitatsiya kafolatlari: 152 • xodimning mehnat faoliyatini amalga oshirish paytida sog'lig'iga yetkazilgan zararni moddiy jihatdan qoplash; • ishlab chiqarishda sog'lig'iga zarar yetganlarni tibbiy, kasbiy va ijtimoy reabilitatsiya qilish; • noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling