B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar


Gazlarning elektr o‘tkazuvchanligi


Download 1.89 Mb.
bet19/52
Sana01.11.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1738772
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
Bog'liq
ishlanadigan

Gazlarning elektr o‘tkazuvchanligi. Gazlar elektr maydoni kuchlanganligining past qiymatlarida juda oz o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Tok gazlarda faqat ionlar yoki erkin elektronlar mavjud bo‘lgandagina vujudga kelishi mumkin. Neytral molekulalarning gazlardagi ionlashuvi tashqi ta’sirlar natijasida yoki zaryadlangan zarrachalarning molekulalar bilan to‘qnashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Gazlarning rentgen nurlar, ultra binafsha nurlar, kosmik nurlar, radioaktiv nurlanishlar hamda termik ta’sirlar kabi omillarning ionlanish jarayonini vujudga keltirishini bunga misol qilib keltirish mumkin. Agar gazlardagi ionlanish jarayoni tashqi ta’sirlar natijasida yuz bersa, bunday ionlanish mustaqil bo‘lmagan ionlanish deyiladi. Past bosimda, haroratda va kuchlanishda ionlanish jarayoni juda sekin o‘tadi yoki aksariyat hollarda vujudga kelmaydi. Chunki gazlardagi zarbli ionlanish tashqi elektr maydon ta’sirida kinetik energiyaning keskin ortib ketishi natijasida sodir bo‘ladi.
Zarbli ionlanish jarayoni mustaqil (erkin) ionlanish deyiladi. Odatda tashqi ta’sirlar ostida 1 sm3 gazda 1 sekund ichida 3-5 juft zaryad hosil bo‘ladi. Zaryadlar to‘plana borishi bilan ularning to‘qnashish jarayoni ro‘y berishiga imkon yaratiladi. Natijada, musbat va manfiy zaryadlar neytral molekulalarga birlashadi. Bunday jarayon rekombinatsiya deyiladi. Ionlanish kuchlanishdan yuqori bo‘lgan kuchlanishlarda esa elektr maydoni ta’sirida neytral molekulalar tarqalib, gaz elektr o‘tkazuvchi bo‘lib qoladi. Kuchlanish miqdorini yanada oshirsak, zarbli ionlanish jarayoni kuchayadi va gazda teshilish yuz beradi. Normal sharoitda gazlarning solishtirma hajm qarshiligi 1018 Om∙sm ga teng.


Nazorat savollari.
1.Transformatorni almatirishning T-simon sxemasini tushuntiring va parametrlarini bog‘lang?
2.Magnitlanish tarmog‘ida ikki qarshilikli transformatorni almashtirish sxemasini tushuntiring va parametrlarini bog‘lang?
3.Transformatorni almashtirish sxemalari va tenglamalaridagi yo‘qotishlar bog‘liqligini ko‘rsating?



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling