B. X. Xodjaev umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun darslik «Sano-standart»


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 3.51 Mb.
bet140/152
Sana01.11.2023
Hajmi3.51 Mb.
#1738094
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152
Bog'liq
ХОДЖАЕВ

Nazorat uchun savol va topshiriqlar


  1. Nutqning o’ziga xosliklarini sanab bering.

  2. Nutq madaniyati deganda nima tushuniladi?

  3. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati o’rtasidagi aloqadorlik va farqli jihatlarni bayon eting.

  4. Nutq texnikasiga nimalar kiradi?

  5. O’qituvchi nutqiy faoliyatining komponentlarini bayon eting.

  6. O’qituvchining nutq madaniyatini rivojlantirish vositalariga nimalar kiradi?

  7. Nutqning ta’sirchanligi va ifodaliligi qanday namoyon bo’ladi?



ASOSIY TUSHUNCHALARNING IZOHLI LUG’ATI


Avtokratlik – hokimlik, kishining buyruqbozlik, ko’rsatmalar berish va jazolash kabi shakllarda boshqalarga (masalan, o’qituvchining talabaga) nodemokratik usullardan foydalangan holda ta’sir etishga moyilligi.
Agressivlik – dushmanlik, boshqalarga, atrofdagilarga zarar etkazish, tajovuz qilish, noqulaylik tug’dirish maqsadini amalga oshiruvchi shaxsning xususiyati.
Dolzarblashtirish – shaxsdagi mavjud bilim, malaka va ko’nikmalarni turli axloqiy shakllar va hisssiy holatlarni qayta ishlab chiqish va ularni botiniy holatdan zohiriy harakatlarga aylantirish.
Aksiologiya – qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot, aksiologik qadriyatlar mohiyati.
Aksiologik yondashuv – insonparvarlik pedagogikasiga xos bo’lgan xususiyat, bunda inson ijtimoiy qadriyat va jamiyat rivojlanishining provard maqsadi sifatida qaraladi. Aksiologik tafakkur o’zaro aloqadagi ham o’zaro harakatdagi dunyo kontseptsiyasiga asoslanadi.
Amaliy tadqiqotlar – pedagogik jarayonning ayrim jihatlarini chuqur o’rganishga qaratilgan ishlar, pedagogik amaliyot qonunlarini ochish.
Anketalashtirishanketa yordamida ijtimoiy, iqtisodiy, demografik, psixologik pedagogik va boshqa tadqiqotlar uchun dastlabki materiallarni yig’ish jarayoni.
Antropologiya – odamning biologik tabiatini har tomonlama o’rganuvchi fan.

Download 3.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling