Dunyoqarash – shaxsning tafakkur tarzi va yo’nalishini aks ettiruvchi qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o’ylar tizimi.
Idrok etish malakasi – boshqa subyektning xususiyatlarini – uning muloqoti va muloqotga hozirligini aniqlash uchun zarur bo’lgan kasbiy – pedagogik malaka.
Ideal – oliy maqsad, biror narsaning namunasi, shaxs, guruhlarning xatti-harakatlari, intilishlari intihosi.
Ijtimoiy idrok etish – kishilar tomonidan ijtimoiy obyektlarning idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi.
Izohlash, tushuntirish – og’zaki izoh, yoritilishi lozim bo’lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
Ilmiy muammo (masala) – fan orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar.
Ilmiy yangilik – muayyan davrga nisbatan ma’lum bo’lmagan va pedagogikaga oid adabiyotlarda qayd qilinmagan nazariy, amaliy xulosalar, ta’lim qonuniyatlari, uning tuzilmasi, mexanizmlari mazmuni, tamoyillari va texnologiyalari.
Individuallik – shaxsning betakror biosotsiologik xususiyatlari.
Intellekt – shaxsning turli faoliyat turlarini muvaffaqiyat bilan o’zlashtirishini belgilaydigan tug’ma va o’zlashma barcha aqliy qobiliyatlar to’plami.
Ishontira olish – axborot oqimining shaxs tomonidan tanqiddan holi, erkin ravishda o’zlashishiga erishishni ko’zlagan ruhiy ta’sir etish metodi.
Ishonch hosil qilish – shaxsning muayyan qoida va talablarini ongli ravishda o’zlashtirish vositasida tarbiyalash metodi. Tegishli ma’lumotlar va argumentlarga asoslanib, shaxsning o’z hukmi hamda xulosalari to’g’riligiga ishonchni yuzaga keltirish jarayoni va natijalari.
Ichki pozitsiya (mavqe) – shaxsning kundalik ehtiyoji bilan uzviy bog’liq va hayotining muayyan davri faoliyatining asosiy mazmuni va yo’nalganligini belgilovchi ijtimoiy ko’rsatkichlari tizimi.
Istiqbolni belgilash malakasi – ijtimoiy va bilish jarayonlarini rejalashtirish va boshqarish.
Kalokagatiya – go’zallik, olijanoblik hamda jismoniy va ma’naviy boyliklar uyg’unligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |