B. X. Xodjaev umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun darslik «Sano-standart»


Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi


Download 3.51 Mb.
bet113/152
Sana01.11.2023
Hajmi3.51 Mb.
#1738094
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   152
Bog'liq
ХОДЖАЕВ

Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi. Islom olamida Qur’ondan keyingi o’rinda turuvchi hadislar ishonchli axloqiy manba hisoblanadi. Haqiqiyligi puxta o’rganib chiqilgan ishonchli hadislar sahih deyiladi. Sahih so’zining ma’nosi sog’lom, to’g’ri, xatosiz degani. Hadisni rivoyat qiluvchi kishi isnod, hadislarni to’plagan muallif esa muhaddis deb yuritiladi.
Hadislarni to’plash ishlari VIII asrdan boshlangan. Payg’ambar alayhissalomni ko’rgan va bilganlardan yozib olingan ma’lumotlarga qaraganda, dastlabki hadis to’plovchilar ibn Shahob az-Zuhriy, Yahyo ibn Sa’d al-Ansoriy, Ibn Jurayj kabilar bo’lgan. Dunyoga mashhur muhaddislar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn Hajjoj, imom Nisoiy, imom ibn Majj’ Kazviniy, Abu Iso Muhammad as- Samarqandiy, imom at-Termiziylardir. Yuqorida nomlari zikr qilingan muhaddislarning hadis to’plashdagi xizmatlari juda katta. Bu ulug’ alloma birgina "Al jome’ as-sahih" («Ishonchli majmua») asari ustida o’n olti yil ish olib borgan. Va olti yuz ming hadisni to’plab, 7275 tasini tanlab olgan. Shuningdek, «Al-jome’ as-sahih» asaridan odob-axloq mavzuiga bag’ishlangan hadislarni tanlab olib, alohida kitob holiga keltirgan. Bu kitob Al-adab al-mufrad («Adab durdonalari») deb nomlangan bo’lib, bu asar 1322 ta hadisni o’z ichiga olgan.
At-Termiziyning ijodiy faoliyatida yaratgan asarlari ichida, “Al-Jomi’ as-sahiyh” (“Ishonchli to’plam”) eng asosiy o’rinni egallaydi. Ushbu asar yuqorida qayd qilganimizdek “al-Jomi’ al-kabiyr” (“Katta to’plam”), “Sahiyh at-Termiziy”, “Sunan at-Termiziy”, (“Termiziy sunnatlari”) kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Tarixchi ibn Hojar al-Asqaloniyning yozishicha at-Termiziy ushbu asarini 270 hijriy (884 melodiy) yilda, ya’ni qariyb oltmish yoshlarida, ilm-fanda katta tajriba orttirib, imomlik darajasiga erishgandan keyin yozib tugatgan.
Abu Iso at-Termiziy yozib qoldirgan “al-Jome’ as-sahih”, “ash-Shamoil an-nabaviya” kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib insonlarni halol, adolatli, e’tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmatda va e’tiborli bo’lishga chorlaydi.



  1. O’rta Osiyoda qanday musulmon maktablari paydo bo’ldi?

  2. Qur’oni Karimda qanday ma’naviy-axloqiy masalalar o’z ifodasini topgan?

  3. Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziylar haqida nimalarni bilasiz?

  4. «Qur’oni Karim va hadislar haqida nimalarni bilasiz?» mavzusida besh daqiqa mobaynida o’z fikrlaringizni daftarga yozing. O’ylagan fikrlaringizni hech qanday to’xtovsiz bayon eting.

Erkin yozish ustida ishlashga doir ko’rsatma:
1. Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo’yicha o’z fikrlarini yozish so’raladi.
2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tuganganligi ma’lum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug’iladi.
3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to’rt talaba o’z yozganlarini o’qib bergach, o’qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o’xshamaydigan fikr kimda bo’lsa bildirishlarini so’raydi.

Download 3.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling