B. X. Xodjaev umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun darslik «Sano-standart»


Download 3.51 Mb.
bet111/152
Sana01.11.2023
Hajmi3.51 Mb.
#1738094
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   152
Bog'liq
ХОДЖАЕВ

Pedagogika
tarixi

Tarix

5. Quyida keltirilgan parchalarni o’qing va xalq pedagogikasidagi qaysi tarbiya metodi ifodalanganini aniqlang.



  1. “Juvon o’lgur etimcha,

Charximni qilding parcha!
Charxim sinsa go’rga-ya,
Bir labimdan ayrildim,
Oqbilakka etmasdan
Sen ham bo’lgin mendaycha!”

  1. Iloho! Tuproq olsang oltin bo’lsin.

  2. Barakalla, o’g’lim, yaxshi ish qilib kelibsan!... Indamay kela berganingda mening o’g’lim bo’lmas eding, men sendan xush vaqt bo’lmas edim.

  3. Otam qadrin endi men ham bilaman,

Bosgan izin men ziyorat qilaman.
Bola bo’lar jondan aziz kishiga,
Yig’lama, Dilmurod, darrov kelaman.


II BOB. VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O’RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR


Tayanch tushunchalar: islom dini, nusulmon maktablari, Qur’oni Karim, hadis ilmi.
Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri. Ma’lumki, jahon madaniyati xazinasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan arab tilidagi adabiyot faqatgina arablar emas, balki ko’pgina xalqlar namoyandalari tomonidan yaratilgan o’lmas yodgorlik bo’lib, u o’z taraqqiyotida uzoq va murakkab yo’lni bosib o’tdi. Abbosiy xalifalar davrida, ayniqsa dastlabki, uch asrda fan va adabiyot, shuningdek, tarixnavislik ham ravnaq topdi. Xalifalikning poytaxti Bag’dod shahri adabiyot va ilmiy tafakkurning markazlaridan biriga aylanib, arab tili esa ilm va fan ahllari uchun asosiy vosita rolini o’ynadi.
Chunonchi, G.N.Sharbatov ta’kidlaganidek, «arablar hamda madaniyat va ilmu fanda arab tilini xalqaro til tariqasida qo’llagan O’rta Osiyo, Eron, Kavkaz va Sharqning boshqa xalqlari tomonidan yaratilgan ko’pdan-ko’p badiiy, tarixiy, jug’rofiy, ilmiy va diniy asarlar ham mana shu davrning mahsulidir».

Download 3.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling