Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovich


Konnektorlarni ulash harakatlari tartibi


Download 1.33 Mb.
bet6/67
Sana06.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1334210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

Konnektorlarni ulash harakatlari tartibi:


  1. Kabel uchini tekis qilib kesib oling, bu ishni asbobga kiritilgan pichoq bilan bajarish yaxshi bo‘ladi.

  2. Kabel izolyatsiyasini olib tashlang. Juftli o‘ramini izolyatsiyasini tozalash uchun maxsus pichoqdan foydalanish mumkin, pichoqning o‘tkir tig‘i izolyatsiya qalinligida chiqib turadi, shuning uchun simga zarar yetkazmaydi. Agar maxsus pichoq bo‘lmasa, oddiy pichoqdan yoki qaychidan foydalanish mumkin.


Juftli o‘ramini izolyatsiyasini tozalash uchun pichoq. Simlar o‘ramini yeching va ajrating, ularni bir qator qilib tekislang, ularning ranglari ketma- ketligiga amal qilish kerak.

  1. Simlarni bir santimetrdan ozgina uzunroq qilib kesiladi.

  2. Simlarni RJ-45 razyomiga qo‘yiladi.

  3. Simlarni to‘g‘ri joylashtirganligingizni tekshirish kerak.

  4. Simlar razyomga to‘la kirganligini va uning old devoriga tiralganligiga ishonch hosil qilish kerak.

  5. Juftlik sim o‘rnatilgan konnektorni qisqichga joylashtiring, so‘ng tekis, ammo qattiq kuch bilan siqish talab etiladi.



Simlarning rangli ketma-ketliklari


Juftliklar bo‘yicha ranglarni joylashtirish ikkita keng tarqalgan standartlari mavjud: Siemon kompaniyasining T568A va AT&T kompaniyasining T568B standartlari. Bu ikki standartlar bir xil.

1. Tarmoq kartasi <> Standart bo‘yicha kommutator: T568A


Ushbu standart simlarning rangli ketma-ketliklari quyidagi tartibda joylashtiriladi:



  1. oq-yashil

  2. yashil

  3. oq-to‘q sariq

  4. ko‘k

  5. oq-ko‘k

  6. to‘q sariq

  7. oq-jigar

  8. jigar

2. Tarmoq kartasi <> Standart bo‘yicha kommutator: T568B


Ushbu standart simlarning rangli ketma-ketliklari quyidagi tartibda joylashtiriladi:



  1. oq-to‘q sariq

  2. to‘q sariq

  3. oq yashil

  4. ko‘k

  5. oq-ko‘k

  6. yashil

  7. oq-jigar

  8. jigar

  1. Download 1.33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling