Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovich


OK tugmasini bosing. Moy


Download 1.33 Mb.
bet8/67
Sana06.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1334210
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

OK tugmasini bosing. Moy kompyuter
oynasini yoping.



4.

Moy kompyuter yorlig‘i ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekst menyuda Svoystva bo‘limini tanlang



5.

Ochilgan oynada Imya kompyutera bo‘limiga o‘ting. Bu yerda quyidagilar ko‘rsatilgan.
Kompyuter nomi va ishchi guruh Izmenit tugmasini bosib… o‘zgartirish mumkin Kompyuterga nom berish/o‘zgartirish va yangi ishchi guruhni belgilash mumkin. (kompyuter nomi va ishchi guruhni lotincha
harflarda yozing!)



IP-manzilni ko‘rib chiqish

6.

Pusk Nastroyka buyrug‘ini tanlang va Seteviye podklyucheniya bo‘limida sichqoncha tugmasini ikki marta bosing



7.

Ochilgan oynada Podklyucheniye po lokalnoy seti bo‘limida sichqoncha o‘ng tugmasini bosing va Svoystva bo‘limini tanlang.






8.

Ochilgan oynada Protokol Interneta (TCP/IP) bo‘limini tanlang va Svoystva tugmasiga bosing.



9.

Ochilgan oynada IP-manzilni belgilashingiz mumkin.
Barcha ochiq oynalarni yoping.



Tarmoq kartasi mac-manzilini qanday aniqlash mumkin

10.

PuskVipolnit tugmalarini bosamiz.



11.

Ochilgan oynada Otkrit qatorida cmd ni teramiz va OK tugmasini bosamiz.



12.

Ochilgan oynada ipconfig /all ni yozamiz va
Enter tugmasini bosamiz



13.

Buyruq tarmoq sozlash ishlaringizni ekranda namoyish etadi.
Jismoniy manzilingiz, bu sizning tarmoq platangiz MAC-manzili demakdir.
YA’ni, misol tariqasida tarmoq kartasining
MAC-manzili quyidagicha:









00-10-11-12-13-14






Tarmoq orqali printerdan foydalanish


Tarmoq printeri bu lokal tarmoqqa ulangan kompyuterlardan chop etish uchun ma’lumotlar qabul qiluvchi, chop etuvchi qurilma hisoblanadi. Quyida biz qanday qilib tarmoq printeriga ma’lumot jo‘natish va chop etish jarayonlarini ko‘rib chiqamiz.
Buning uchun bizning kompyuterimiz lokal tarmoqqa ulangan bo‘lishligi va printer ulangan kompyuterdan bizga foydalanishga ruxsat (dostup) bo‘lishligi lozim.
Dastlab bizni kompyuterimizda biror printerga bog‘lanish borligini bilish uchun Pusk-Printeri i faksi yoki Pusk-Panel upravleniya-Printeri i faksi bo‘limiga kiriladi.

Ochilgan oynadan Ustanovka printera bo‘limi ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosamiz. Natijada bizga printerlar o‘rnatish jarayonini oynasi ochiladi. Daleye tugmasi bosib printer o‘rnatish bosqichini boshlaymiz. Hosil bo‘lgan oynada printer o‘rnatishni ikki turini, ya’ni kompyuterga ulangan printerni yoki tarmoq orqali boshqa kompyuterga ulangan printerni o‘rantishni so‘raydi. Biz Setevoy printer ili printer, podklyuchenniy k drugomu kompyuteru tanlaymiz va Daleye tugmasini bosamiz.



Ochilgan oynada bizga qaysi turdagi printerga ulanish so‘raladi. Bunda:

    • printerlarni avtomatik qidirish;

    • printer ulangan kompyuter nomi yoki IP raqami orqali ulanib topish;

    • internet ulanish orqali topish shartlari qo‘yiladi.

Biz ikkinchisini tanlaymiz av printer mavjud bo‘lgan kompyuterni IP raqamini va printerni turini yozamiz. Misol uchun o‘sha IP 192.168.1.13 va printer nomi canonLBP2900 bo‘lsin u holda Imya bandiga quyidagicha yoziladi:


\\192.168.1.13\canonLBP2900 ni yozib Daleye tugmasini bosamiz va keyingi ochilgan oynalar so‘rovlarini tasdiqlaymiz.
    1. Kompyuter kommunikatsiyalari va ularning turlari.


Shaxsiy kompyuter har bir ish joyida, har qanday idorada, boshqaruv tizimida odatiy qolga aylandi. Tabiiyki, avvaliga kompyuter matn terish mashinasining elektron turini eslatardi. Lekin, asta-sekin kompyuterlarning dasturlari takomillashib bordi va eng asosiysi, kompyuterlarda katta hajmdagi ma’lumotlarni juda kichik axborot to‘plovchi qurilmalarda saqlash imkoniyati tug‘ildi. Ushbu axborotlarni almashinish masalasi paydo bo‘ldi. Bir korxona doirasida bir necha kompyuterning o‘zaro aloqasini ta’minlovchi mahalliy (lokal) axborot tarmoklari yuzaga keldi.
Keyinchalik butun insoniyat ma’lumotlar bazasini o‘zaro bog‘lovchi xalqaro Internet tarmog‘iga ulanish ehtiyoji tug‘ildi. Tabiiyki, bunga faqat respublikaning elektron aloqa sohasidagi texnologik yutukdari hisobiga erishildi. Shundan so‘ng sohaning o‘zi, mazmunan yangi aloqa turi bo‘lganligi sababli telekommunikatsiya degan yangi nomni oldi.
Shu tariqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi takomillashuvi hamda kengayishi natijasida o‘tgan asrning 90-yillari oxiriga kelib, ushbu sohalarda qo‘llaniladigan usullar va vositalarning bog‘lanib ketish jarayoni boshlandi. Ushbu jarayon «axborotlashtirish va telekommunikatsiya konvergensiyasi» nomini oldi. Aloqa va axborot texnologiyalarining uzviy qo‘shilishi butun dunyoda axborot-kommunikatsiya nomini oldi. Biz ushbu tizimning o‘zidan maxsus foydalangan holda, Internet orqali turli mamlakatlarning zamonaviy ommaviy qomuslari darajasida ushbu tushunchaning ta’rifini topishga urindik. Lekin, biz uni eng mashhur bo‘lgan va davriy ravishda yangilanib turadigan yuz tomlik olmon «Duden» qomusida ham, Rossiyaning eng yangi
«Kirill i Mefodiy» qomusida ham topa olmadik. Vaholanki, ularning ikkovi ham zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z ma’lumotlarini, shu qatorda audio va video ma’lumotlarni joylashtirishda keng foydalanadilar. Biz ushbu tushunchani turli mamlakatlarning biz ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan boshqa qomuslarida ham uchratmadik. Bu tushunchani uchratmaganligimiz uning
umuman yo‘qligidan dalolat bermaydi, balki uning yaqindagina yuzaga kelganidan, eng asosiysi, mazkur yo‘nalishning rivojlanishi shunchalar shiddat bilan amalga oshganligidan, hatto ilmiy tafakkur uni nazariy talqin qilishning yagona yo‘nalishini hali ishlab chiqmaganligidan dalolat beradi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda keyingi yillarda adabiyotlarda ushbu tushunchani talqin qilishga urinishlar paydo bo‘la boshladi. Bizning nuqtai nazarimizda, axborot-kommunikatsiya talqinining eng mos keladigani L.Reyman rahbarligidagi mualliflar jamoasi tomonidan keltirilgan:
«Axborot-kommunikatsiya — bu tashkilotlar va aholiga axborot- kommunikatsiya mahsulotlari va xizmatlarni takdim etishga muljallangan zamonaviy axborot, kompyuter hamda telekommunikatsiya texnologiyalarini, ularni ruyobga chiqaruvchi tizimlari va vositalarini uzviy ravishda birlashtiruvchi majmuadir». Ushbu ta’rif «2010 yilgacha bo‘lgan davrda Rossiyada axborotlashtirishni rivojlantirish» Federal dasturi konsepsiyasiga ham kiritilgan.
Shunga qaramasdan, bizningcha, bu ta’rif ham axborot-kommunikaniya mazmunini to‘liq ochib bermaydi. Shu sababli biz ham axborot-kommunikatsiyaga to‘liq qamrovli ta’rif berishga hozircha urinmagan holda, ushbu yangi tushunchaga teskari usulda, ya’ni uning iqtisodiyot va jamiyat hayotida namoyon bo‘ladigan eng muhim va asosiy yo‘nalishlarini ochib berish yuli bilan yondashishga harakat qilamiz. Bu ham yetarli bo‘lmasligini tushunsakda, ushbu sohadagi inqilobiy portlash xususiyati shunday ekanligini esda tutishimiz darkor. Axborot- kommunikatsiya bundan keyin ham rivojlanibgina qolmay, balki zamonaviy jamiyatda ulkan qadamlar bilan takomillashib boraveradi. Bu ayniqsa, mustaqilligi e’lon qilingan paytida aloqa va axborot texnologiyalari rivojlangan mamlakatlardan kamida 20-25 yilga orqada qolgan O‘zbekiston uchun ham xosdir. Endi esa, bu yo‘lni tezroq bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Aloqa vositalari va kompyuterlar haqida so‘z yuritilganida axborot- kommunikatsiyalar faqat shu bilan belgilanadi degan noto‘g‘ri tasavvur tug‘ilishi mumkin. Aslida bunday emas. Bular faqat yangi yo‘nalish ta’minlanishiga sabab bo‘luvchi boshlang‘ich texnik elementlar yoki tuzilmalardir xolos. Aslida masala
keng qamrovlndir, chunki axborot-kommunikatsiyalar yanada kengroq falsafiy —

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling