Baddiy asar syujeti va kompozitsiyasi


Download 342.54 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi342.54 Kb.
#1408547
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Сюжет ва композиция

Har qanday ziddiyat, kelishmovchilik ham bora-bora eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Hayotning ana shu haqiqati badiiy asar syujetidagi voqyealar rivojiga ham mos keladi. Chunki qahramonlar orasidagi qarama-qarshilik ham o‘sib, o‘zining eng baland darajasiga ko‘tariladi. Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida shayx Nizomiddin Xomush bilan Ulug‘bek orasidagi to‘qnashuv ham roman voqyealarining eng keskin joyi hisoblanadi. Ular asar syujetining kulminatsion nuqtasi sanaladi.

  • Har qanday ziddiyat, kelishmovchilik ham bora-bora eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Hayotning ana shu haqiqati badiiy asar syujetidagi voqyealar rivojiga ham mos keladi. Chunki qahramonlar orasidagi qarama-qarshilik ham o‘sib, o‘zining eng baland darajasiga ko‘tariladi. Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida shayx Nizomiddin Xomush bilan Ulug‘bek orasidagi to‘qnashuv ham roman voqyealarining eng keskin joyi hisoblanadi. Ular asar syujetining kulminatsion nuqtasi sanaladi.

Asar syujetidagi voqyealarning eng yuqoriga ko‘tarilib, asosiy qahramonlar xarakteri, qiyofasini ko‘rsatadigan epizodi voqyealar kulminatsiyasi deyilsa, syujet voqyealari va qahramonlar taqdirining hal bo‘lishini gavdalantiruvchi epizod yechim deb ataladi. “Alpomish” dostonida Hakimbekning barcha mushkulliklarni yengib, yurtiga qaytib, to‘y-tomoshalar qilishi, bo‘linib ketgan urug‘ jamoasini birlashtirishi shunday hodisa hisoblanadi.

  • Asar syujetidagi voqyealarning eng yuqoriga ko‘tarilib, asosiy qahramonlar xarakteri, qiyofasini ko‘rsatadigan epizodi voqyealar kulminatsiyasi deyilsa, syujet voqyealari va qahramonlar taqdirining hal bo‘lishini gavdalantiruvchi epizod yechim deb ataladi. “Alpomish” dostonida Hakimbekning barcha mushkulliklarni yengib, yurtiga qaytib, to‘y-tomoshalar qilishi, bo‘linib ketgan urug‘ jamoasini birlashtirishi shunday hodisa hisoblanadi.

Sayyor syujet barcha milliy adsabiyotlar tarixida mavjud bo‘lgan hodisadir. “Layli va Majnun” dostoni — abadiy ishq qissasini dastlab Nizomiy dostonga aylantirgan. Unga 118 ta nazira bitilgan. Shulardan 67 tasi fors, 37 tasi turkiy tilda bo‘lsa, 7 tasi kurd, 7 tasi urdu, 2 tasi panjob tillaridadir. Arman, gruzin tillarida ham Layli va Majnun ishqi haqida doston yaratilgan. Rus shoiri V.Xlebnikov ham 1911 yilda shu nomda doston bitgan. Biroq sayyor syujetlar asosida bitilgan asarlar bir asarning ayni nusxasi emas.

  • Sayyor syujet barcha milliy adsabiyotlar tarixida mavjud bo‘lgan hodisadir. “Layli va Majnun” dostoni — abadiy ishq qissasini dastlab Nizomiy dostonga aylantirgan. Unga 118 ta nazira bitilgan. Shulardan 67 tasi fors, 37 tasi turkiy tilda bo‘lsa, 7 tasi kurd, 7 tasi urdu, 2 tasi panjob tillaridadir. Arman, gruzin tillarida ham Layli va Majnun ishqi haqida doston yaratilgan. Rus shoiri V.Xlebnikov ham 1911 yilda shu nomda doston bitgan. Biroq sayyor syujetlar asosida bitilgan asarlar bir asarning ayni nusxasi emas.

Download 342.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling