Baddiy asar syujeti va kompozitsiyasi


Download 342.54 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi342.54 Kb.
#1408547
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Сюжет ва композиция

Kompozitsiya lotincha compositio so‘z bo‘lib, “tuzilish, qurilish, tarkib”. Badiiy asar kompozitsiyasiga: “badiiy asar qismlari, detallari, badiiy tasvir vositalarining ma'lum maqsad asosida muayyan tartibda joylashtirilishi”. Bundan anglashiladiki, kompozitsiya badiiy asarning barcha unsurlari bilan uzviy bog‘liqdir. Shu ma'noda ham asar mazmuni, g‘oyasi, qahramonlari qiyofasi, umuman, asarning ta'sirchanlik darajasi uning kompozitsiyasidan kelib chiqadi.

  • Kompozitsiya lotincha compositio so‘z bo‘lib, “tuzilish, qurilish, tarkib”. Badiiy asar kompozitsiyasiga: “badiiy asar qismlari, detallari, badiiy tasvir vositalarining ma'lum maqsad asosida muayyan tartibda joylashtirilishi”. Bundan anglashiladiki, kompozitsiya badiiy asarning barcha unsurlari bilan uzviy bog‘liqdir. Shu ma'noda ham asar mazmuni, g‘oyasi, qahramonlari qiyofasi, umuman, asarning ta'sirchanlik darajasi uning kompozitsiyasidan kelib chiqadi.

Asar syujetining tarkibiga kirmaydigan, biroq unga aloqador bo‘lgan yana ikki unsur ham borki, ulardan biri — muqaddima, ikkinchisi xotimadir. Muqaddimada muallif o‘quvchiga o‘z maqsad-muddaosini ma'lum qilib, asari haqida tushuntirish, izohlar beradi. Xotima esa qahramonlarning asar syujeti voqyealari tamom bo‘lgandan keyingi taqdiri haqida ma'lumot beruvchi qismdir.

  • Asar syujetining tarkibiga kirmaydigan, biroq unga aloqador bo‘lgan yana ikki unsur ham borki, ulardan biri — muqaddima, ikkinchisi xotimadir. Muqaddimada muallif o‘quvchiga o‘z maqsad-muddaosini ma'lum qilib, asari haqida tushuntirish, izohlar beradi. Xotima esa qahramonlarning asar syujeti voqyealari tamom bo‘lgandan keyingi taqdiri haqida ma'lumot beruvchi qismdir.

Syujet voqyealari boshlanishi (ekspozsiya), tuguni, rivoji, kulminatsiyasi va yechimi qahramonlar o‘rtasida kechadi. Bundan anglashiladiki, syujet markazida qahramon yoki qahramonlar turadi. Tabiiyki, ana shu qahramonlar moddiy mavjudot sifatida o‘z qiyofa, ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Ularning holat, ko‘rinishlarini tasavvur qilish va shu asosda ma'lum bir fikr va xulosaga kelish mumkin. Badiiy asardagi qahramonlarning tashqi qiyofasi, ko‘rinishi, yuzi, kiyim-kechagi, yurish-turishi tasviri portret deb ataladi.

  • Syujet voqyealari boshlanishi (ekspozsiya), tuguni, rivoji, kulminatsiyasi va yechimi qahramonlar o‘rtasida kechadi. Bundan anglashiladiki, syujet markazida qahramon yoki qahramonlar turadi. Tabiiyki, ana shu qahramonlar moddiy mavjudot sifatida o‘z qiyofa, ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Ularning holat, ko‘rinishlarini tasavvur qilish va shu asosda ma'lum bir fikr va xulosaga kelish mumkin. Badiiy asardagi qahramonlarning tashqi qiyofasi, ko‘rinishi, yuzi, kiyim-kechagi, yurish-turishi tasviri portret deb ataladi.
  • Tabiiyki, personajlar ko‘rinishi, qiyofasi xususidagi bu mulohazalar ularning tashqi jihatlari haqidagina emas, ichki holatlari to‘g‘risida ham muayyan tasavvur olish imkonini beradi. Bu esa ijodkor e'tiborni qaratgan detallar asosida hosil bo‘ladi. Detal qahramon portretini emas, uning fe'l-atvorini ko‘rsatishda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Detal qahramon xarakter-sajiyasini yorqinlashtirgani singari, joy manzaralarini aniq gavdalantirishga ham asos bo‘ladi.

Download 342.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling