19.2. "Yakan” so’zining ma’nolarini izohlang. YAKAN ’tola-tola boʻlib oʻsadigan toʻqay oʻsimligi’ (odatda tok bogʻlashda ishlatiladi). Koʻlning sayoz joy— larida odam boʻyi hamishlar, ya k a n l a r oʻsib .. yotardi (Jumaniyoz Sharipov). Bu ot qadimgi turkiy tilda mavjud boʻlib, ’zichla-’, 'birlashtir-' maʼnosini anglatgan yik- feʼlidan (Devon, III, 31: yigi 'zich') -(ä)n qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinchalik i unlisi ye unlisiga, bu unli oʻz navbatida ä unlisiga almashgan: yik + än = yikän > yekan > yäkän 1 bot. Zax va sersoya yerlarda, toʻqaylarda tola-tola boʻlib oʻsadigan bir yoki koʻp yillik oʻsimlik (tolasi pishiq boʻlganligidan, odatda, bogʻdorchilikda tok bogʻlash uchun ishlatiladi) ◆ Yakan oʻrmoq. Tok-ni yakan bilan bogʻlamoq. yash Koʻlning sayoz joylarida odam boʻyi qamishlar, yakanlar oʻsib.. yotardi. J. Sharipov, «Xorazm» . 2 jarg. Pul. ◆ Esing borida etagingni yop, degan mashhur naqlga amal qilmasak boʻlmas. Bir yoqdan yakanning qoʻri qochyapti. J. Ab-dullaxonov, «Toʻfon» . ◆ Gapni aylantirmang. Yogʻliq joy. Yakan katta boʻladi!.. "Mushtum"
19.3. So‘z yoki so‘z birikmlarining she’riy misralar boshidan takrorlanishi nima deb ataladi? Misollar bilan tushuntiring Anafora deganda so‘z yoki so‘z birikmlarining she’riy misralar boshida takrorlanishi tushuniladi. Masalan Turmush tashvishlari,Turmush tashvishlari, Biz sendan balandroq tura olsaydik, Biz sendan balandroq yura olsaydik, Balki ung‘ayadi dunyo ishlari, Turmush tashvishlari, Turmush tashvishlari. (A.Oripov)
Do'stlaringiz bilan baham: |