18.2. Oksyumoron so‘zining ma’nosini misollar bilan izohlang. Oksyumoron grekcha so‘z bo‘lib, «o'tkir lekin berna ’ni» degan ma’noni bildiradi. Ular ayrim adabiyotlarda «okkazionaо birikmalar», «noodatiy birikmalar» yoki «g‘ayriodatiy birikmalar» deb ham yuritiladi. Adabiyot ilmida oksyumoron hodisasida ham mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga mazmunan zid bo‘lgan ikki tushunchani ifodalovchi so‘zlar o‘zaro qo‘shib qo‘llaniladi. Bunday birikmalar individualligi, yangiligi, ko‘nikilmaganligi va ohorliligi bilan tasvir ifodaliligini ta’minlaydi. Ma’lumki, istalgan ikki so‘zni biriktirish biian oksyumoron yuzaga kelavermaydi. Bunday birikmalar yozuvchining badiiy tafakkur mahsuli hisoblanadi. Shuning uchun g‘ayriodatiy birikmaiami mantiqsizlik bilan bogiash mumkin emas. Ularga estetik hodisa sifatida yondashish zarur. Misol: unsiz faryod, qishning issiq tafti
18.3. She’riy nutqda misralar, undagi so‘zlar hamda bo‘g‘inlar boshida bir xil undosh tovushlarning takror qo‘llanishini misollar asosida nimaligini tushuntiring.Badiiy nutqning ohangdorligini va ta’sirchanligini ta’minlashda alliteratsiyaning o‘mi beqiyosdir.She’riy nutqda misralar, undagi so‘zlar hamda bo‘g‘inlar boshida yoki oxirida bir xil undosh tovushlaming takror qoMlanishiga alliteratsiya deyiladi. Tovushlar zamiridagi musiqiylikka asoslangan bu usul qadimdan Sharq she’riyatida keng qoilaniiib kelingan. Ko‘hna badiiyatshunosiik («ilmi bade’»)da alliteratsiya «tavzi’ san’ati» deb yuritilgan. Alliteratsiya deganda zabardast shoir Erkin Vohidovning mashhur «q» alliteratsiyali she’ri ko‘z oldimizga keladi:Qaro qoshing... Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing, qiz. Qilur qatlima qasd qayrab — Qilich qotil qaroshing, qiz. Qafasda qalb qushin qiynab, Qanot qoqmoqqa qoymaysan. Qarab qoygil qiyo, Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz
19 BILET 1. Inversiya hodisasi deb nimaga aytiladi? Misollar bilan tushuntiring. Inversiya deb gap bo‘laklarining o‘rin almashinishi, yoki gap bo‘laklari joylashish tartibining ma’lum bir maqsad bilan o‘zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og‘zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy matnda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirishda, ulaming tilini individuallashtirishda mazkur usuldan foydalaniladiShe’riyatda esa ifodalilikni, ohangdorlikns va ta’sirchanlikni ta’minlovchi muhim vosita sifatida ko‘p ishlatiladi:Bozorga o ‘xshaydi asli bu dunyo,Bozorga o ‘xshaydi bunda ham ma ’ni. Ikkisi ichra ham ko ‘rmadim aslo, Molim yomon degan biror kimsani. (A.Oripov)
Do'stlaringiz bilan baham: |