#15bilet 1 .Matn tuzilishi haqida maʼlumot bering. Matnga tarif berganda, ikki asosiy belgiga, yani boglanishlilik va Matn bu jumlalarni ozaro munosabatidan kelib chiquvchi xabardir. Matn tadqiqotchi uchun til hodisalarini organishda birdan bir manbadir. Matn bu sozlovchining nutqiy qobilyatini royobga chiqaruvchi vositadir. Bu jarayonda matn tilning nutqda real qollanilishini taminlovchi makon vazifasini ham bajaradi. Matn bu sozlovchining faol nutqiy faoliyati mahsulidir. Matn bu til sistemasini kommunikativ jarayonda muhim funksiya bajaruvchi eng yuqori pogonasidir.yaxlitlikka alohida etibor beriladi. Boglanishlilik va yaxlitlik gaplar ortasida hamda gaplarning mazmuniy-grammatik birligi asosida yuzaga keladi.
2.Qaysi olim matn talqinini semantik va pragmatik kompanint tushunchalarini bilan bogʻlab kursatadi va qanday? Javob. Chex tilshunosi Yan Korjenskiy matn talqinini semantik va pragmatik komponent tushunchalari bilan boglab olib boradi. Bunda u semantik komponent birinchi galda matn materialini uyushtiruvchi mano bazasida hamda uning voqelanishini taminlovchi vositalardan iborat, deb hisoblaydi. Olim semantik komponent jumlasiga sozlovchini, yani inson omilini ham kiritadi. Pragmatik komponent deganda esa, mano ifodasi sistemasida ahamiyat kasb etuvchi turli hil munosabatlarni tushunadi.
3.Gradatsiya haqida maʼlumot bering va misollar keltiring? Gradatsiya (lot. gradatio zinapoya, bosqichma bosqich kuchaytirish) Nutq parchalaridan biri ikkinchisining manosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon. Badiiy adabiyotda holatlarni, tuyg‘u va kеchinmalarni qiyoslashda, his-hayajonlar junbushini to‘liq ifodalashda gradatsiya usulidan foydalaniladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko‘ra turlicha tasnif qilinadi: mohiyatiga ko‘ra: ko‘tariluvchi gradatsiya va pasayuvshi gradatsiya; ifoda usuliga ko‘ra: mantiqiy, emotsional va miqdoriy gradatsiya; ifoda matеrialiga ko‘ra: lеksik gradatsiya va sintaktik gradatsiya.
18 BILET 1.Matn qanday birlik ekanligini izohlanG Matnga ta’rif berganda, ikki asosiy belgiga, ya’ni bog‘lanishlilik va yaxlitlikka alohida e’tibor beriladi. Bog‘lanishlilik va yaxlitlik gaplar o‘rtasida hamda gaplarning mazmuniy-grammatik birligi asosida yuzaga keladi. G‘arb tilshunoslari tomonidan matnga berilgan ta’riflarda gaplarning ketma-ket bog‘lanishi, gaplar zanjiri matnda asosiy jihat ekanligi, busiz matn yuzaga kela olmasligi muntazam ta’kidlanadi.Masalan, golland tilshunosi S.Dik “Gaplarning matniy zanjirida koordinatsiyaning oliy shakli”ni ko‘radi. Boshqacha qilib aytganda, mustaqil gaplarning oliy darajadagi koordinatsiyasi mahsuli o‘laroq matn shakllanadi. Oliy darajadagi koordinatsiya, aniqki, ayni matn deyiladigan butunlik, yaxlitlikni paydo qiladigan gaplar o‘rtasidagi barcha jihatlardan, ya’ni semantik, sintaktik, kommunikativ, estetik va yana boshqa barcha jihatlardan uyg‘unlikdir, muvofiqlashuvdir. Gaplarning ana shunday uyg‘unligi, muvofiqlashuvining natijasi sifatida matn mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |