Badiiy adabiyot va folklor munosabati shakllanishi va rivoji
Download 58.53 Kb.
|
Badiiy adabiyot va folklor munosabati shakllanishi va rivoji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiy ijodi va mif.
Bolaiik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda, Ko‘p ertak eshitgandim, So‘ylab berardi buvim. Esimda o‘sha damlar, O‘zi uchar gilamlar, Tohir-Zuhra, Yoriltosh, Oy ni uy altir gan qosh… Shoir doston boshlanishida (dostonning bosh mazmuni ham «Ozoda chehra» ertagiga asoslanishini ta’kidlash mumkin) xalq ertaklari jozibasini shoirona kashfiyotlar bilan yoritib bergan. Bu misralarda «Tohir va Zuhra», «Yoriltosh» ertaklarining nomi tilga olinishidan tashqari «o‘zi uchar gilamlar», «oyni uyaltirgan qosh»lar, «beqanot uchgan otlar», «so‘ylaguvchi devorlar», «bola bo‘p qolgan chollar» sanab o ‘tiladi. Haqiqatan ham, «Oygul bilan Baxtiyor» adabiy ertagini yozishda shoirga xalq ertaklarining sirli olami ilhom bag‘ishlagan va Hamid Olimjon o‘z o‘quvchisiga bu ilhom izohini go‘zal so‘zlar bilan yetkazishga harakat qilgan. Jahon xalqlari ertaklaridagi umumiy o'xshashlikhaqida fikr borganida, ko'proq sehrli ertaklar nazarda tutiladi. Inson qadim zamonlarda ham xayol surgan, o'zicha turli-tuman g‘aroyib voqelami o‘ylab topgan. Aslida, miflaming vujudga kelishida ham ajdodlarimizdagi aynan ana shu xususiyat yetakchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik fantastik voqealar totem, fetish obrazlardan uchar gilamlarga, sehrli dasturxonlarga, oltin qaynaydigan xumlarga, istagan odamni istagan paytda ko‘rish mumkin bo‘lgan jomlarga, oynalarga o‘tgan. Bunday voqealami o ‘ylab topish ajdodlarimiz orzulari, havaslari bilan asoslangan. Yo‘l azobidan aziyat chekkan inson uchar gilam, ot, manzilga ko‘z ochib ochguncha yetkazgan bo‘rini o ‘ylab topgan. Oziq-ovqat topishga qiynalgan odam esa ochil dasturxonning ijodkoriga aylangan. Natijada, sehrli ertaklardagi voqea-hodisalar haqiqiy ma’noda ajdodlarimiz orzu-havaslarining majmuasini tashkil qilgan. Ilm-fan taraqqiyotida katta kashfiyotlar, odatda, olim xayolida paydo bo'lgan reja - gipotezadan boshlanadi. Gipoteza asta-sekin rivojlanadi va hayotga tatbiq etilishining loyihasi shakllanadi. Olim ana shu loyihaning ilmiy zaminini topganidan so‘ng kashfiyotning amalga oshishi uchun sharoit yaratilgan bo‘ladi. Sehrli ertaklar bir jihatdan inson ongida yaratiluvchi ana shu gipotezalar yo'nalishini boshqargan, deb xulosa qilish uchun yetarli asos bor. Gap shundaki, bugungi kunda oddiy hayot haqiqatiga aylangan velosipeddan tortib avtoulov, poezd, samolyotlar; telefon, telegraf, radio, televidenie, elektr chiroqlaming kashf etilishini bevosita ertaklarda aks etgan orzular bilan dalillaymiz. Uyali telefonni aytmaysizmi, to‘quv dastgohlari, har xil kimyoviy, fizikaviy kashfiyotlar bosqichma-bosqich tahlil etilsa, ulaming hammasini biz bir oz oldinroq sehrli ertaklar voqealarida uchratganimizga amin bo‘lamiz. Sehrli ertaklar bosh qahramonga nimadir (ko‘pincha, farzand) yetishmasligi, qahramonning yetishmayotgan narsasiga ega bo‘lishi, unga nimadir qilishning (gapirish, alohida bir eshikni ochish, biror narsaga qarash va h.k) taqiqlanishi, taqiqning buzilishi, kuchli raqibga duch kelish, xavfli safarga chiqish, safar yakuni, raqib bilan olishuv, murod-maqsadga yetish kabi lavhalardan iborat bo‘ladi. Taniqli olim V. YA. Propp yuqoridagi tartibniftg jahon xalqlari ijodidagi sehrli ertaklar matni tarkibini tashkil qiluvchi asosiy unsurlar ekanini chuqur ilmiy asosda misollar bilan isbotlab berdi38. Yuqorida qayd etilgan mulohazalardan g ‘ayritabiiy mo‘jizalar ro‘y berishi, afsungarchilik, sehrli voqealar, bir narsaning ikkinchisiga aylanishi, bular hammasining muayyan tizim (V. YA. Propp tavsiyasi) tartibida hikoya qilinishi sehrli ertaklar xususiyatini hosil qiladi. Hamid Olimjon ifodalagan « 0 ‘zi uchar gilamlar», «Bog‘lagan qanotlar», «Beqanot uchgan otlar», «Qiz bo‘lib ochilgan gul», «So'ylaguvchi devorlar», «Bola bo‘p qolgan chollar» kabi tasvirlar aynan sehrli ertaklar matnlari bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘ladi. Aksariyat hollarda sehrli ertak voqeasi farzandsizlik motividan boshlanadi. Ammo tez orada asar qahramoni farzandga ega bo'ladi. Bu hodisa olma, arpa yoki biror narsa yeyishdan, ba’zan o ‘z-o‘zidan ro‘yobga chiqadi. Tug‘ilgan bola bilan dastlabki tanishishdanoq uning g‘ayrioddiy fazilatlari borligi ayon bo'ladi. Bu fazilat, awalo, uning o‘ta tez sur’atlar bilan katta bo‘lishida ko‘rinadi. Farzand voyaga yetgach esa o‘zi yashayotgan muhitga ta’sir etadi va hayotdagi keskin o'zgarishiarga erishadi. Sehrli ertak qahramonlari o‘lib qayta tirilish xususiyatiga ega ekanliklari bilan ham bizni o ‘ziga jalb qiladi. To‘g‘ri, o'lgan odamga jon ato etilishi qadimgi ajdodlarimiz dunyoqarashi ifodasi sifatida baholanadi, ammo ayni paytda o‘lgan odam ruhining kun, oy, yillar davomida o‘zi yashagan xonadondan ajramasligi, turli shakl-holatlarda qarindoshlariga ko‘rinib turishi sehrli ertaklarda oddiy tasvir vositalariga aylanganini ham qayd etish maqsadga muvofiqdir. Xalq ongida insonning biron yaxshiligi, albatta, taqdirlanishi lozim. Asar qahramoni semurg‘ga, ayiqqa, laylakka ko‘rsatgan yordami evaziga mushkullari oson bo‘ladi. Uning yordamidan foydalangan hayvonlar keyinchalik sehrli imkoniyatlari bilan qahramon hamrohiga va biron olijanob maqsadni qo‘lga kiritish vositasiga aylanadilar. Ayrim ertaklarda esa adolat aynan ana shu yaxshilik evaziga g'alaba qozonadi. Alisher Navoiy ijodi va mif. Ma’lumki, Alisher Navoiyning «Xamsa»siga kirgan dostonlari xalq orasida g’oyat keng ko’lamda tarqalganligi sababli ularning folkloriy talqinlari xam yuzaga kelgan. Buyuk shoir asarlari xalqimiz orasida asosan ikki xil yo’l bilan ommalashgan, ya’ni shoir badiiy merosining asl namunalari bilan bevosita tanishuv orqali hamda Navoiy asarlarining xalqona talqinlari vositasida. Adabiyotshunos olim N.Mallaevniig fikricha, Alisher Navoiy dostonlarining xalq variantlari haqida so’z borar ekan, masalaning quyidagi ikki jihatiga e’tiborni qaratmoq lozim: a)Navoiy asarlarining xalq kitobi tarzidagi bayoni; b) Navoiy asarlari motivlari asosida vujudga kelgan xalq ertaklari va xalq dostonlari». Bu yerda gap faqat Navoiy asarlarining xalq kitoblari va folklor janrlari vositasida tarqalishi haqida ketmoqda. Navoiy asarlarining umuman ommalashishi haqida ketganda, masalani yanada kengroq qo’yish zarur. Navoiy asarlari asosida yuzaga kelgan nasriy bayonlar xalq kitoblari, dostonlar, afsona va rivoyatlar ulug’ shoir asarlariga munosabat jihatidan olganda ham turlitumandir. Masalan, atoqli olim N. Mallaev ta’kidlaganidek, XX asr boshlarida bir necha bor nashr etilgan Mir Mahdum kitobat qilgan "Nasri Xamsai benazir", Mahzun yaratgan "Qissai shahzoda Farhodu SHirin", "Kitobi Majnunu Layli" kabilar ulug’ shoir asarlarining asosan nasriy bayonlari, qissalar uslubida qayta ishlangan nusxalari hisoblanadi. Ularda asosan ulug’ shoir asarlarining syujeti va obrazlari saqlangan bo’lib, ba’zan oraorada Navoiy satrlari yoki tuzuvchilarning o’zlari to’qigan she’rlar ham kiritilgan. Farhod bilai bog’liq ertak va afsonalar, shuningdek, Fozil Yo’ldosh o’g’lidan yozib olingan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Baxrom va Gulandom» dostonlari esa Navoiy asarlarining syujet va motivlar silsilasi asosida vujudga kelgan original folklor asarlaridir. Shu o’rinda bir masalaga e’tiborni qaratmoqchimiz. O’zbek adabiyotshunosligida Alisher Navoiy dostonlari asosida yuzaga kelgan xalq dostonlarini, masalan, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dostonlarni shoir asarlarining xalq variantlari deb yuritish odat tusiga kirgan. Bu, bir tomondan, to’g’ri fikr, ikkinchidan, ularni uzoq ijodiy jarayonni bosib o’tganligini, xalq baxshisi repertuarida shakllanguncha turli forma va shakllarda bo’lganligini ham unutmaslik kerak. «Navoiy asarlarini mutolaa etish uchun faqat savodli bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi, balki adabiyot bo’yicha ma’lum darajada bilimga ega bo’lish, qisman bo’lsada, fors va arab tillaridan xabardor bo’lish kerak. Buning ustiga adabiy tilde ham ma’lum o’zgarishlar vujudga kelib, keyingi asarlarning tili Navoiy tilidan bir muncha uzoqlashib, farqlanib boradi. Bularning barchasi Navoiy asarlarini qayta bayon etish asosida kitobxonlarga yetkazish ehtiyojini tug’diradi. Bir necha asrli tajriba va o’ziga xos an’analarga ega bo’lgan xalq kitoblari bu borada qo’l kelib, Navoiy dostonlarining xalq kitobi variantlari vujudga keladi», deb yozadi N. Mallaev. Alisher Navoiy ham turkiy xalqlar folklori obrazlar tizimining badiiy arsenalidan ijodiy o’zlashtirish orqali bahramand bo’lish jarayonida tarixiygenetik jihatdan «Avesto»ga borib taqaladigan ko’plab mifik personajlarni badiiy matn doirasiga olib kirgan. Jumladan, «Sab’ai sayyor»da qo’llanilgan dev, pari, ajdar, Qayumars, Zahhok, Gushtasp, Zol, Jamshid, Afridun, Kurshos, Kayqubod, Kaykovus, Kayxisrav kabilar ana shunday personajlar sirasiga kiradi. Xullas, mif yozma adabiyot taraqqiyotida muhim o’rin tutgan tafakkur durdonalaridan biri bo’lib, insoniyatning eng qadimgi davrlardagi tasavvurlari va e’tiqodiy qarashlarini o’zida aks ettirgan. Bunday qarashlar turli obraz, syujet va motivlar shaklida folklor asarlarida bo’y ko’rsatib, ular orqali yozma adabiyot badiiy olamining teranlashuviga ham katta hissa bo’lib qo’shilgan. Ayni holatni Alisher Navoiy ijodi misolida ham ko’rishimiz mumkin. «Sab’ai sayyor» dostonida shoir o’z badiiy niyatini amalga oshirishda folklor an’analari bilan bir qatorda mifologik tasavvurlar tizimidan ham unumli foydalangan. “Sab’ai sayyor” dostonidagi mifologizmlarni tarixiygenetik xususiyatlariga ko’ra qadimgi turkiy asotirlar, «Avesto» va zardo’shtiylik mifologiyasi, arabislom miflari va xalqimizning inonche’tiqodlarini o’z ichiga olgan xalq qarashlari qatlamiga bo’lib tasniflash maqsadga muvofiqdir. «Sab’ai sayyor» dostonida qadimgi ajdodlarimizning osmon yoritqichlari, sayyoralar harakati va falakiy hodisalarni asrlar davomida kuzatish asosida chiqarilgan hayotiy tajribalarni o’zida mujassamlashtirgan samoviy qarashlari ham aks etgan. Bu asosan sehrli «etti» soni bilan bogliq yetti falak, yetti sayyora, yetti ko’k, yetti kun, yetti rang, yetti qasr, yetti qiz, yetti sayyoh, yetti yil, yetti ota kabi tushunchalar bilan bog’langan bo’lib, asarning syujeti, kompozitsion qurilishi ham bevosita ana shu yettilik mezoniga asoslangan. Asarda qo’llanilgan Xizr, Lot, Manot, Uzzo, Alanquva, obi hayot, pari, dev, ajdar, Sulaymon, Nuh, Qayumars, Zahhok, hushang, Gushtasp, Eram, Azroil, Jamshid, jin, xur, g’ilmon, qaqnus, xumo, bodpo, jon qushi kabi mifologik obrazlarning har biri shoir badiiy maqsadidan kelib chiqib muayyan poetic funktsiyani ado etgan. Alisher Navoiy mifologik obrazlarni badiiy timsol sifatida qo’llagan hamda ulardan poetik san’atlarni vujudga keltirishda samarali foydalangan. Download 58.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling