Badiiy asar kompozitsiyasi


BADIIY TASVIR VA IFODA VOSITALARI –


Download 44 Kb.
bet3/3
Sana22.11.2021
Hajmi44 Kb.
#176771
1   2   3
Bog'liq
Adab. as. 1-amaliy top.

BADIIY TASVIR VA IFODA VOSITALARI – badiiy asarda narsa-hodisalarni jonli tasvirlash, his-tuyg‘u va kechinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi til vositalarining umumiy nomi. Adabiyotshunoslikda ushbu tushuncha turli nomlar bilan yuritiladi: figuralar, sintaktik figuralar, stilistik figuralar, tilning poetik vositalari, tilning badiiy-tasviriy vositalari, tasviriy vositalar, ifoda-tasviriy vositalar va b. Avvalo, tilning badiiyligi B.t. va i.v.ning ishlatilishi bilan belgilanmaydi, ular ishlatilmagan holda ham badiiy tilning bosh spetsifik xususiyatlari – obrazlilik(tasviriylik) va emotsionallik mavjud bo‘la oladi: B.t. va i.v. mazkur xususiyatlarni kuchaytirib namoyon etishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, badiiy adabiyot so‘z vositasida tasvirlaydi (obrazlilik), ayni paytda, badiiy adabiyotdagi tasvir quruq emas, u his-tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan(emotsionallik)dirki, shu tasvir orqali muayyan o‘y-fikr, his-kechinma ham ifoda etiladi. YA’ni, bitta vositaning o‘zi ham tasvir, ham ifodaga xizmat qiladi. Demak, bu vositalarning bunisi tasvir, bunisi ifoda vositasi deb ajratish to‘g‘ri bo‘lmaydi. SHu bilan birga, mazkur vositalarni badiiy tasvir vositalari debgina yuritish ham ma’qul emas: ayrim vositalar (mas., takrorlar, ritorik so‘roq, ritorik murojaat, ellipsis, jim qolish va b.) borki, ular ifodaviylikni kuchaytirishga xizmat qiladi. YA’ni, ular badiiy tasvir vositalari termini qamrov doirasidan chetda qoladi. SHU sababli ushbu tushunchani B.t. va i.v. tarzida atalgani ma’qulroqdir.
B.t. va i.v. tildan foydalanishda muayyan badiiy-estetik maqsadni ko‘zlab umumodatiy normadan og‘ish (ya’ni, til unsurlarini odatdagidan o‘zga shakl, ma’no, tartib, munosabat va sh.k.larda qo‘llash) natijasida yuzaga keladi va tasvirning jonli, ifodaning ta’sirli bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu xil og‘ishlar tilning turli sathlarida – fonetik (alliteratsiya, assonans), morfologik (asindeton, polisindeton), leksik (arxaizm, dialektizm, jargon), semantik (troplar), sintaktik (inversiya, so‘z takrori, sintaktik parallelizm, ellipsis, xiazm) sathlarda kuzatilishi mumkin.

Ma’lumotlar D. Quronov dan olindi.
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling