Badiiy asar matnidan fonetik xodisaga uchgragan so`zlar uchragan gaplarni topish va to`plash


Download 68.93 Kb.
bet16/19
Sana13.02.2023
Hajmi68.93 Kb.
#1194785
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
BADIIY ASAR MATNIDAN FONETIK XODISAGA UCHGRAGAN SO

O`ZBEK TILIDA HURMAT
Ertalab FB lentamda bir insonning 1990-yillar otalari Latviyaga borganlari, u yerda, garchi hamma rus tilini bilsa-da, ular bilan qasddan hech kim rus tilida gaplashmaganligi, shu amallari bilan latviyaliklar o'z vatanparvar tilparvarliklarini namoyish qilganliklari haqidagi hikoyani o'qib qoldim. Va shu tariqa hikoyachi biz tilimizga naqadar hurmatimiz pastligini, hali hanuz ko'pgina vatandoshlarimiz rus tilidan o'zlarini "ozod va mustaqil" qila olishmaganliklarini chuqur tanqid ostiga oldilar.
Men bu masalaga bir oz farqliroq yondashmoqchiman.
Iqtisodda talab va taklif tushunchalari bor. Ya'ni talab taklifni uyg'otadi, taklif esa talabni qondiradi. Bu yerda nega unaqamiz, nega bunaqamiz, deb boshimizga tuproq sepib, xo'rlanishimizdan hech qanday foyda yo'q.
Va o'zbek tilining mavqeini oshirish uchun hayotimizdan rus yoki boshqa biror tilni "yo'qotaylik" yo'sinida ish tutish mutlaqo noto'g'ri. Aksincha, bu xalqning bilimini, obro'ini va shu orqali tilimizning mavqeini ham yanada tushuradi, deb ishonaman.
Ho'sh, o'z tilimizga xalqimizda talabni oshirish, uni haqiqiy "raqobatbardosh" qilish uchun nimalar qilishimiz kerak, degan savol tug'iladi.
Avvalambor tilga ta'rif beraylik. Til- bu bilim, fikr, axborot almashish va muloqot vositasidir.
1) Bilimdan boshlaylik, masalan, zamonaviy matematika, informatika, falsafa, psixologiya, iqtisod yoki boshqa istalgan fan yoki sohani olsak, bu fanlarda qariyb 90% yangi bilim ingliz tilida barpo bulayapti, qolgan 10% boshqa dunyo tillarida (rus tilida 1%dan kami). Xuddi shuning uchun shahsan men biz o'zbek tilini ingliz va boshqa dunyo tillarini o'zlashtirishdagi ro'lini tushungan holda, garchi o'zimga kirill lug'atida yozish osonroq tuyulsada, lekin lotin alifbosiga o'tishimiz qizg'in tarafdoriman.. Sababi yoshligimizda ingliz tilini o'qitishda qariyb bir yilni lotin harflarini o'rganishga sarf qilardik, shunda ham bir qator o'quvchilar bu alifboni chala o'zlashtirar edilar. Lotin harflari oz bo'lsa-da bizni dunyoning mashhur tillarini o'rganishga qadam bo'lib xizmat qiladi, deb o'ylayman.
Davom etamiz, bu dunyo tillaridagi yangi asar va tadqiqotlarning 5-10% eng mashhurlari ancha tez suratda rus tiliga tarjima qilinadi. O'zbek tiliga qanchasi tarjima bo'lyapti, deb so'rasangiz, 0%ga yaqin desam, xato bo'lmaydi. Shukur qilishimiz kerakki, vatandoshlarimizning kattagina qismi rus tilini biladi va shuning uchun ham zamonaviy ilm manbalariga shu kichikkina darcha orqali bo'lsada nazar sola olishadi. Zamonaviy ilmga katta yo'l ochamiz desak, yoshlarimiz ingliz, farang, olmon, xitoy va, shu jumlada, rus tilini ham o'qishga bo'lgan intilishlarini har tomonlama qo'llab quvvatlashimiz kerak.
2) Eng ilg'or va qiziqarli fikrlar eng ilg'or va qiziqarli ilm asosida ruyobga chiqadi. Shu borada islom ilmini o'rganayotgan vatandosh olimlarimiz misolini ko'raylik. Rahmatli Shayx Muhammad Sodiq Hazratlari bitgan kitoblari, chiqargan ovozli ma'ruzalari, talaygina din peshvolarimiz, imomlarimiz, ularning qator shogirdlari shu kunga qadar chiqarayotgan kitob-maqolalari, ijtimoiy tarmoqlarda olib borayotgan sahifalari shaxsan meni ona tilimiz boyligi va fikr izhor qilish go'zalligi bilan doim hayratlantirib kelgan va, natijada, bu kitoblar yuz minglab nushada keng tarqalib, ijtimoiy sahifa, sayt va kanallarda minglab-minglab tildoshlarimizni ona tilimizga targ'ib qilib kelmoqda. Bu misol, menimcha, ona tilimizga talabni qanday kuchaytirish kerak, degan savolga eng yaqqol javob bo'la oladi. Agar biz boshqa barcha sohalarga shu tajribani tarqata bilsak, ya'ni olim, tadqiqotchi va tarjimonlarimiz ilg'or dunyo ilmlarini shu tariqa keng ommalarga ona tilida yetkazganlarida edi, dunyo adabiyot zaxiralarining gavharlari ona tilimizga sifatli tarjima qilinib, adadini serob qilishganda edi, hech ona tilida gaplashaylik, degan da'vatlarga hojat qolmagan bo'lardi.

Download 68.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling