Badiiy asar matnidan fonetik xodisaga uchgragan so`zlar uchragan gaplarni topish va to`plash
GAZETA-JURNALLARDAN IXTIYORIY MATNNIN TANLASH
Download 68.93 Kb.
|
BADIIY ASAR MATNIDAN FONETIK XODISAGA UCHGRAGAN SO
GAZETA-JURNALLARDAN IXTIYORIY MATNNIN TANLASH
Jurnal (fransuzcha: journal — „kundalik daftar“) — bosma davriy nashr. Axborotni tanlash, tahlil etish va baholashning asosiy vositalaridan biri. Jurnal gazeta kabi jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazish yoʻli bilan uni shakllantirishga xizmat qiladi; omma ijtimoiy ongiga muayyan gʻoya va qadriyatlarni singdiradi. Jurnallar dastlab Fransiyada nashr qilingan. Inglizcha „Magazine“, fransuzcha „Revue“, nemischa „Zei schrift“, ispancha „Relista“ soʻzlari ham jurnal maʼnosini anglatadi. Chop etilish muddati (davriyligi) jihatdan jurnallar, odatda, haftada, oʻn kunda, ikki haftada, oyda, ikki oyda, har uch oyda, yarim yilda bir marta nashr qilinadi. Bunday davriylik jurnallarda turmush voqealarini kundalik gaz.ga nisbatan batafsilroq va chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Jurnallar mundarija yoʻnalishiga koʻra farqlanadi: ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy, ishlab chiqarish-texnikaviy, ilmiy, ilmiy-ommabop va boshqalar. Jurnallar jamiyatdagi turli yoshdagi kishilarga moʻljallanadi. Ommaviy ijtimoiy-siyosiy va adabiy-badiiy jurnallarda suhbat, publitsistik kuzatuv, maʼlum mavzuni sharhlovchi maqolalardan tashqari, reportajlar, sheʼrlar, hikoyalar, qissa va romanlar bosiladi. Soʻnggi paytlarda ommaviy jurnal sahifalaridan krossvordlar, amaliy sanʼat asarlari, modalar, uy bekalariga maslahatlar, shaxmat etyudlari va hokazolar tobora kengroq oʻrin olmoqda. Haftalik, oʻn kunlik jurnallarda chizma rayem va fotosuratlardan foydalaniladi. Ilmiy jurnallarda hajman katta maqolalar bilan birga referatlar, annotatsiyalar, xulosalar, ilmiy hayotga oid ixcham xabarlar ham eʼlon qilinadi. Jurnal hajmini va uni bezash unsurlarini belgilashda jurnal mundarijasi va uning oʻquvchilari doirasidan kelib chiqiladi. Odatda ommaviy jurnallar — ijtimoiy-siyosiy va adabiybadiiy, ilmiy-ommabop, bolalar, ayollar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan nashrlar katta hajmda chiqariladi. Jurnalchilik taraqqiyoti. Jurnalchilik tarixi Fransiyada „Jurnal de Savan“ („Olimlar jurnali“), („Journal des scavans“, keyinroq „Journal des savants“) jurnaldan boshlanadi. Uning birinchi soni 1665-yilning 5-yanvarida bosmadan chiqqan. Unda adabiyot, falsafa, tabiiy fanlar sohasi boʻyicha Yevropaning turli mamlakatlarida nashr qilingan kitoblar haqida maʼlumotlar bosilgan. Shuningdek, shu yili, Londonda „Filosofishal tranzekshne of Royyal sosayenti“ („Qirollik jamiyatidagi falsafiy oʻzgarishlar“) jurnal nashr qilingan. Turli kitoblar sharhidan iborat boʻlgan bunday jurnallar keyinroq Italiya, Germaniya, Ispaniya, AQSH, Vengriya, Rossiya singari mam-lakatlarda ham paydo boʻlgan, faqat mavzular doirasi tor bulganligi uchun bu jurnallar omma orasida keng tarqalmagan. Jurnalchilik XIX asrning 2-yarmida jadal rivojlandi. Bu davrda jurnal targʻibotining usul va vositalarida ham katta oʻzga-rishlar yuz berdi. Jurnallar adadi uzluksiz oʻsib bordi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jurnallarning asosiy turlari shakllandi, rasmli-bezakli ommabop nashrlar yetakchi oʻrin egallay boshladi. 1960-yil oxirida AQSH da 9400, Angliyada 4600, Fransiyada 14600 (bu mamlakatda siyosiy gazetalardan tashqari, davriy nashrlarning hammasi jurnallar roʻyxatiga kiritiladi), GFRda 2200, Yaponiyada 5800 ga yaqin jurnal nashr qilingan. Ayrim mamlakatlarda (AQSH, Fransiya, Angliya) jurnallar kundalik gazetalarga nisbatan tez tarqaladi. Rasmli-bezakli ommabop jurnallar miqdori va adadi boʻyicha AQSH dunyoda oldingi oʻrinda turadi (1960-yil oxirida „The Reader’s Digest“ 17,5 mln.; „Pazad“ 8 mln.; „Life“ 7,3 mln. nusxada chop qilingan). Oʻzbekistonda jurnalchilik. Turkistonda davriy matbuotga XIX asrning soʻnggi oʻn yilligida asos solingan: 1896-yil Toshkentda „Sredneaziatskiy vestnik“ („Oʻrta Osiyo darakchisi“) jurnalning birinchi soni bosmadan chiqadi. Keyinchalik „Turkestanskiy skorpion“ („Turkiston chayoni“, 1907), „Srednyaya Aziya“ („Oʻrta Osiyo“, 1912), „Stepnie miraji“, („Sahrodagi sarob“, 1914) jurnallari nashr qilinadi. Bu jurnallarda asosan adabiy janrlarda yozilgan asarlar chop etilgan. „Srednyaya Aziya“ jurnalda Turkistondagi mahalliy aholining madaniy hayotiga oid materiallar ham oʻrin olgan. Turkistonda milliy jurnalchilik tarixiga atokli maʼrifatparvar adib va publitsist Behbudiy asos solgan. Uning muharrirligida 1913—1915-yillarda Samarqand shahrida „Oyina“ jurnali nashr qilingan. Mazkur jurnal turkistonliklarni zamonaviy ilmu urfondan, maʼrifatdan bahramand etish, oʻlkadagi milliy taʼlim tizimini isloh qilish kabi davr uchun dolzarb masalalardan bahs yuritgan. Oʻzbek tilidagi ikkinchi jurnal „Al-Isloh“ nomi bilan Toshkentda nashr qilingan. 1917-18-yillarda Turkistonda ijtimoiy-siyosiy va adabiy yoʻnalishdagi bir qancha yangi oʻzbekcha jurnallar paydo boʻldi. Qoʻqonda 1-soni Hamza Hakimzoda Niyoziy muharrirligida „Kengash“ (keyinchalik „Hurriyat“ nomi bilan chiqqan), taniqli olim va publitsist Ashurali Zohiriy rahbarligida „Yurt“ jurnallari nashr qilingan. Toshkentda „Chayon“ (1917), „Ishchilar dunyosi“ (1918) kabi yangi jurnallar chiqa boshlagan. „Yurt“ va „Chayon“ jurnallari Turkiston muxtoriyati gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlagan va targʻib qilgan. „Ishchilar dunyosi“ bolsheviklarning xususiy mulkni tugatish sohasidagi siyosatini tanqid qilgani uchun shoʻro hukumati tomonidan yopib qoʻyilgan. 1918-24-yillar Turkistonda jami 129 nomda jurnal va byulletenlar nashr qilingan. Download 68.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling