Badiiy asar matnidan fonetik xodisaga uchgragan so`zlar uchragan gaplarni topish va to`plash


Download 68.93 Kb.
bet15/19
Sana13.02.2023
Hajmi68.93 Kb.
#1194785
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
BADIIY ASAR MATNIDAN FONETIK XODISAGA UCHGRAGAN SO

OTNING KO`PLIK SHAKLI
Bilamizki, o’zbek tilida otlarning ko’plik shakli -lar qo’shimchasi orqali yasaladi. Misol uchun: kitob - kitoblar, uy - uylar, odam-odamlar, kun - kunlar.
Rus tilida esa otlarning ko’plikdagi shakli so’zlarning ohirgi harfiga qarab yasaladi.
1-holat:
Ohirgi harfi -e bilan tugagan otlarga -я qo’shimchasini qo’shish orqali ularning ko’plik shakli yasaladi ya’ni -e harfini o’rniga -я harfi yoziladi. Misol uchun: здание(bino) - здания(binolar), море(daryo) - моря(daryolar), поле(dala) - поля(dalalar),
Bunda -e harfi o’rniga -я harfi yoziladi.
2-holat:
Ohirgi harfi -я bilan tugagan otlarga -и qo’shimchasini qo’shish orqali ularning ko’plik shakli yasaladi ya’ni -я harfini o’rniga -и harfi yoziladi. Misol uchun: тётя(xola) - тёти(xolalar)
Bunda -я harfini o’rniga -и harfi yoziladi.
3-holat:
Ohirgi harfi -ь(мягкий знак) bilan tugagan otlarga -и qo’shimchasini qo’shish orqali ularning ko’plik shakli yasaladi ya’ni -ь(мягкий знак) o’rniga -и harfi yoziladi. Misol uchun: ночь(tun) - ночи(tunlar), мишь(sichqon) - миши(sichqonlar)
Bunda -ь harfini o’rniga -и harfi yoziladi. Ammo istisno holatlari ham mavjud: учитель(o’qituvchi) - учителя(o’qituvchilar). Bu kabi so’zlarni yodlab olish kerak.
4-holat:
Ohirgi harfi -й bilan tugagan otlarga -и qo’shimchasini qo’shish orqali ularning ko’plik shakli yasaladi ya’ni -й harfini o’rniga -и harfi yoziladi. Misol uchun: музей - музеи, герой - герои
Ammo istisno holatlari ham mavjud: край - края
5-holat:
Ohirgi harfi -о bilan tugagan otlarga -а qo’shimchasini qo’shish orqali ularning ko’plik shakli yasaladi ya’ni -o harfini o’rniga -а harfi yoziladi. Misol uchun: место(joy) - места(joylar), дело(ish) -дела(ishlar)
Bu yerda ham istisno holatlari mavjud: ухо(quloq)-уши(quloqlar), дерево(daraxt)-деревья(daraxtlar). Bunday istisno holatlarini yodlab olish tavsiya etiladi.
6-holat:
Ohirgi harfi undoshlar bilan va -а harfi bilan tugagan otlar uchun ko’plik shakli quyidagicha yasaladi:
Agar otlar -г, -к, -х, -ж, -ч, -ш, -щ harflari bilan tugasa, har doim shu harflardan keyin -и harfi yoziladi va ularning ko’plik shakli yasaladi. Eslab qoling, bu oltin qoida deyilib, har doim ushbu 7 ta harfdan keyin faqat -и yoziladi, -ы yozilmaydi. Misol uchun: карандаш(qalam)- карандаши(qalamlar), стих(she’r)- стихи(she’rlar), урок(dars)- уроки(darslar)
Shu 7 ta harfdan tashqari bo’lgan undosh harflar bilan tugagan otlarga esa -ы harfi qo’shilib ularning ko’plik shakli yasaladi. Misol uchun: класс(sinf) — классы(sinflar), шкаф-шкафы
Huddi shu yuqoridagi qoidalar -а harfi uchun ham xizmat qiladi. Bunda biz -а harfidan oldingi kelgan undosh harfga qaraymiz ya’ni -а harfi oldida yuqoridagi 7 ta harflar(-г, -к, -ж, -ч, -ш, -щ) kelsa, unda -а harfini o’rniga -и harfi yozilib, ularning ko’plik shakli yasaladi. Misol uchun: книга-книги, задача(vazifa)-задачи(vazifalar)

Download 68.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling