Badiiy asar tili va poetik nutq masalasi


II-BOB. BADIIY ASAR TILI MAVZUSINING ELEKTRON O‘QUV MODULI ISHLANMASI


Download 292.5 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi292.5 Kb.
#1574993
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BADIIY ASAR TILI VA POETIK NUTQ MASALASI

II-BOB. BADIIY ASAR TILI MAVZUSINING ELEKTRON O‘QUV MODULI ISHLANMASI
2.1. “Badiiy asar tili” modulidan ma’ruza matni
Asarga badiiylik unvonini faqat uning tiligina taqdim etadi. Badiiylik hodisalarni hayotiy, jonli manzaralarda, kishini ta’sirlantiradigan, unda tasavvur uyg‘otadigan qilib tasvirlashdir. Badiiylik barcha san’at turlariga xos hodisadir. Badiiyliksiz san’at yo‘qdir. San’atning mavjudligi, mohiyati uning badiiyligidadir. SHuning uchun badiiylikni san’atning tashqi ko‘rinishi, shakli sifatida qarash asossizdir. Badiiylik shakl va mazmun mutanosibligi tufayli ta’sirchanlik kasb etadi. Adabiyotning badiiyligini ta’minlaydigvn eng birinchi omil uning tilidir. Chunki adabiyot so‘z san’atidir. Tasviriy san’at asarlariga ranglarning yorqinligi, ularning o‘z o‘rnida qo‘llanishi joziba baxsh etsa, adabiy asarni so‘z nafosatli qiladi. Adabiy asarda hayotning kundalik oddiy hodisalari so‘z tufayli yorqin, hayajonlantiradigan bo‘lib ko‘rinadi.
Adabiyotshunoslikning asosiy ob’ekti sanalgan badiiy adabiyotning ikki shakli: xalq og‘zaki ijodi (folklor) va yozma adabiyotni biridan birini past yoki baland qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki har ikkisi ham so‘z san’atidir. Xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham, yozma adabiyot asarlarida ham hodisalar ta’sirchan, badiiy gavdalantiriladi. Ijtimoiy-ma’naviy tarixiy taraqqiyot tufayli yozma adabiyot qanchalik ravnaqqa erishgan bo‘lmasin, u folklor asarlari o‘rnini egallay olmaydi. Folklor yozma adabiyotning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlagan poydevor sanaladi. XX asr adabiyotida yangi yo‘nalishlar yuzaga kelishiga ham qadimiy folklor mif(asotir)lari asos bo‘lgan. Umuman, yozma adabiyotni yangi timsol, yangi obrazlar bilan boyitib borishga folklor asarlari samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun Lotin amerikalik adib Xorxe Luis Borxes “Adabiyotning boshi ham, oxiri ham mifdan iboratdir”, deydiki, mif, bu — folklordir3.
Tabiiy fanlarda katta kashfiyotlar paydo bo‘lishiga ham adabiyot asarlari bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Chunki ular ixtirochi, kashfiyotchilarda nimalargadir havas, intilish uyg‘otadi.
Badiiylik asosida obraz va obrazlilik turadi. Obrazlilik hayot hodisalarini obrazlar orqali gavdalantirishdir. Kishilar bir-birlariga “sizga baxtdan taxt tilayman”, “hamisha gulday ochilib yuring”, “hayotingiz doimo shirin bo‘lsin” deya tilaklar bildirishadi. Ayni ezgu tilaklar ham obrazli fikrdir. Kishilar nimadandir ta’sirlanib ketishganida beixtiyor obrazli fikr aytishadi. Bu ularning hissiyotlari to‘lqinlanganidan kelib chiqadi.
Obrazli fikr kishilarning diqqatini darhol jalb etadi. U odamning ongiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, hissiyotlari orqali ta’sir qiladi. SHuning uchun ham obraz oddiy fikr, xabardan ko‘ra ko‘proq e’tiborni tortadi. Boshqalar e’tiborini o‘ziga qaratish esa odamni olamdagi jamiki narsadan ko‘ra ko‘proq lazzatlantiradi. Kishilar turli o‘xshatishlar topib, ovozini har xil ohangga solib gapirishi va uni tinglashayotganida, ma’qullashganida mamnun bo‘lib, yayrashi, e’tiroz bildirib, gapini to‘xtatishganida esa ranjib qolishi shundan dalolat beradi.
Shoir, yozuvchi so‘z vositasida voqelikning yorqin manzarasini yaratishga harakat qiladi. Kishilarni turli vaziyatlarda so‘zlatadi. Ularning holat, ko‘rinishlaridagi eng e’tiborli jihatlarni gavdalantiradi, ko‘nglida kechayotgan o‘y, xayolidagi manzaralarni ma’lum qiladi. So‘z shoir, yozuvchining badiiylik yaratishdagi asosiy quroli sanaladi.
Imorat, binolar tosh, g‘isht, tuproq kabi xom ashyo, jismlardan quriladi. Mashinalar turli-tuman temir, mis, alyumin va boshqa metallardan yasaladi. Kiyim-liboslar paxta, jun kabilardan tayyorlanadi. Rassom qalam va bo‘yoqlar yordamida biror bir manzarani chizadi. Haykaltarosh tosh, ganch, loy kabilardan turli shakllar yaratadi. Umuman, har qanday narsa-buyumni yaratish uchun qandaydir materialdan foydalaniladi. Adabiy-badiiy asar yaratish uchun nimadan foydalaniladi? Buning uchun nima zarur bo‘ladi?
Adabiy-badiiy asar yaratish uchun faqatgina so‘zdan foydalaniladi. Buning uchun birgina so‘z zarur, xolos. Adabiy-badiiy asar yaratish uchun undan bo‘lak boshqa biror bir xom ashyoga ehtiyoj, zarurat bo‘lmaydi. So‘z adabiy-badiiy asarning birinchi va yagona unsuri hisoblanadi. Yozuvchi, shoir asar yozish — hayotning muayyan parchasini badiiy gavdalantirish uchun birgina vosita — so‘zdan foydalanadi. So‘z uning uchun asar mazmunini ro‘yobga chiqaruvchi birdan bir tayanch sanaladi. Chunki uning yordamida asarning barcha unsurlari: qahramonlar obrazi, ular yashagan manzil-makon ko‘rinishlari va hokazolar gavdalantiriladi. Asarning syujet, kompozitsiyasi, undan bo‘lak boshqa unsurlari ham aynan so‘zning vositasida yaratiladi. Shuning uchun qadim Sharq shoirlari asarlari asosiy mavzusi bayonini boshlashdan avval so‘z sharafiga maxsus qism bag‘ishlaganlar. Alisher Navoiy ham barcha dostonlarida so‘z sharafiga alohida bob ajratgan. Jumladan, shoir “Saddi Iskandariy” dostoni oltinchi bobida “So‘z ta’rifida bir necha so‘zkim...” deb, so‘zga shunday ta’riflar beradi:

Download 292.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling