Badiiy asarda professionalizmlarning uslubiy-pragmatik tahlili


Download 31.9 Kb.
bet2/2
Sana10.02.2023
Hajmi31.9 Kb.
#1185612
1   2
Bog'liq
BADIIY ASARDA PROFESSIONALIZMLARNING USLUBIY

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Terminlar yuqorida aytilganidek, kasb-hunarga, ilm-fanga doir tushunchalarni ifodalashiga ko’ra, asosan, ikkita katta guruhga bo’linadi:
1) ilmiy terminlar; 2) professional terminlardir [1].
Ma’lum kasb-hunar va mutaxassislikka oid monosemantik so’zlar – professionalizmalardir. Masalan,

  1. kulolchilik: angob, taqsir (spol idishlarnig yuziga beriladigan bo’yoq);

  2. poyabzalchilik: bigiz, qolop,shopcho’p,dastak.

Skoriy” ni chaqiraman, tashvishlanma, – dedi u shoshib raqam terarkan. (U.Hamdam.Muvozanat)
O’zi bo’lsa o’rnidan turib ketdi.Qo’lini orqasiga qo’yib olib karovat yonida xuddi auditoriyada dars berayotgan muallimdek dam u yoqqa, dam bu yoqqa shiddat bilan borib kelar…(U.Hamdam.Muvozanat)
Shunday qilib Muhammadjon akani yana qadrdon palataga joylashtirishdi. (U.Hamdam.Muvozanat)
Biror fan doirasiga mansub bo’lgan terminlar ilmiy terminlardir. Masalan,

  1. tilshunoslik: leksema, morfemika, sintaksis….

  2. adabiyot: syujet, vazn, musammat…

Yusuf, – dedi Muhammadjon aka xiyol titrab, – yaqin orada bu mamalakat, bu imperiya parcha-parcha bo’lib ketadi. (U.Hamdam.Muvozanat)
Keyin haqirgina Marhamat rayonini boshqa rayonga qo’shib yuborishlariga qarshi chiqqani uchun “ayirmachilik” da ayblanib, o’n yilga “kesilib” ketgan ekan. (U.Hamdam.Muvozanat)
Balki biroz shoshayotgandirman, axir infarkdan keyin ham o’n besh, yigirma yil ur ko’rgan odamlar haqida yozishyapti-yu… (U.Hamdam.Muvozanat)
A.Reformatskiy terminlarga ta’rif berar ekan”terminlar – bu maxsus so’zlardir”, deb ataydi.
A.Kalinin muayyan fanlar kasbkorlikda ishlatiladigan so’zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va ikki guruhga ajratadi.
1. Maxsus leksika tarkibiga birinchi navbatda terminlar kiradi.
2.Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlarni ham kiritadi.[8]
Termin va professionalizmlar o’rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo’jaligi, texnikida tamomila rasmiy bo’lgan,qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir. Profissionalizm biror kasb, mutaxassislik, ko’pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning ilmiy tavsifga ega bo’lmagan yarim rasmiy so’zdir. [7]
Professionalizm – ma’lum bir kasb yoki faoliyat sohasi vakillarining nutqiga xos bo’lgan,umumiy adabiy foydalanishga (asosan og’zaki nutqda) kirib boradigan va odatda so’zlashuv, hissiy jihatdan rangli atamalar ekvivalenti vazifasini bajaradigan so’zlar va iboralardir.
Professionalizm – bu ma’lum bir professional guruh nutqiga xos bo’lgan so’zlardir. Professionalizm odatda ma’nosi bo’yicha mos keladigan atamalarning so’zlashuv ekvivalenti sifatida ishlaydi. Terminlar har qanday maxsus tushunchalarning qonuniylashtirilgan nomlari bo’lib, professionalizmlar ularning norasmiy o’rnini bosuvchi sifatida faqat kasb-hunarga aloqador, maxsus mavzu bilan chegaralangan shaxslar nutqida qo’llaniladi. Ko’pincha professionallik mahalliy xususiyatga ega.
Kelib chiqishi bo’yicha professionallik kundalik lug’at so’zlarning ma’nolarini terminologik tushunchalarga metaforik nuqtayi nazardan o’tkazadi: qizilcha, sariqlik, ko’karish va boshqalar. Professionalizm har doim ifodali bo’lib, atamalarning aniqligi va neytralligiga qarshi. Kasbiy so’zlar qisqartirilgan,qo’pol ifodalanishi jihaatdan jargon va xalq lug’ati so’zlariga o’xshaydi.shuningdek,ular jargon va xalq tili kabi o’ziga xos grammatik xususiyatlarga ega mustaqil tilning quyi tizimi emas,balki miqdoriy jihatdan cheklangan o’ziga xos leksik kopleksdir.


XULOSA
Ma’lum ijtimoiy guruhga mansublik sotsiol muloqotda aynan shu guruh vakillarining muloqot jarayonini yengillashtiradi. Shu guruhning kasbiga oid atamalarni boshqalar tushunmagan taqdirda ular bir-birlarini oson tushunadilar. Shunday ekan,turli ijtimoiy maqomga ega bo’lgan shaxslarning turli vaziyatlarda ma’lum pragmatik manbalardan foydlanishi sotsiolingvistik tahlil uchun ham muhimdir.[3] Badiiy asarda professionalizmlar obrazlarning sotsiol mansubligini, dunyoqarashini ko’rsatadi. Yozuvchi va kitobxon muloqotini, shuningdek, insonlarning o’zaro aloqa aralashuvini ham osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Jamiyatda har bir sohada yangi atamalar kirib kelishini ta’minlaydi. Shunday ekan, professionlizmlarni chuqurroq o’rganish, tadqiq etish har bir tilshunos oldidagi vazifadir.

ADABIYOTLAR



  1. A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek adabiy tili I qism, – Toshkent,1980.127-b.

  2. A. Berdialiyev. O’zbek sinxron sotsiolingvistikasi, – Toshkent,2019.52,77,78,79-b.

  3. Sh.Safarov. Pragmalingvistika, – Toshkent,2008.

  4. Sh.Safarov. Kognitiv tilshunoslik ,– Toshkent,2007.

  5. A.Nurmonov. Tanlangan asarlar III jild, – Toshkent,

  6. A.Nurmonov. Tanlangan asarlar I jild, – Toshkent, 109-b.

  7. Dadaboyev D. O’zbek terminologiyasi.O’quv qo’llanma. – Toshkent,2019.

  8. Sh.Safarov,Toirova G. Nutqni sotsiopragmatik o’rganish asoslari. – Toshkent,2006.

Download 31.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling