Badiiy san’atlar
Download 287 Kb.
|
3a9c082f56c4e23e0966d765346406fa адабиёт назарияси (1)
Ramal bahri
Arabcha so’zdan olingan bo’lib, yelib yurish, tuyaning mo’killashi degan ma’noni anglatadi. Bu bahr foilotun (– V – – )asliy rukning takroridan hosil bo’ladi. A. Navoiy “Mezon ul-avzon”da ramal bahrining 13 vaznini sanab misol keltirsada, Bobur “Mustasar”ida ramalning 59 vaznini keltirgan. Eslatma!! Mumtoz adabiyotda ramalning 24 vaznidan keng foydalananilgan. Yodda tuting! Foilotun asliy rukni zihoflarga uchrab 12 ta tarmoq ruknini hosil qiladi. Ramalning solim shakli: foilotun asliy ruknni hech qanday zihofga – o’zgarishlarga uchramasdan takror kelsa, ramal bahrining solim vazni tarmog’I hosil bo’ladi. Bir so’roqlab/ kelmadingiz — V — — — V — — Zorligimni / bilmadingiz — V — — — V — — Fo i lo tun fo i lo tun Ramali murabbai solim. Omig’ingiz/ bir so’roqlab/ kelmadingiz —V — — — V — — — V — — Yo’lingizga/ zorligimni/ bilmadingiz. — V — — — V — — — V — — Ramali musaddasi solim Intizor bu/ oshig’ingiz/ bir so’roqlab/ kelmadingiz —V — — —V— — — V — — — V — — Necha kun kim / yo’lingizga zorligimni/ bilmadingiz. — V — — — V — — — V— — — V — — Ramali musammani solim. Yuz bu olam/ga yaratmoq/qudrating ol/linda jo iz — V — — —V — — — V— — —V — — Sad yakin i/jod(i) qilmoq/ o’zgalarga/ yo’q mujavvaz — V — — —V — — — V — — — V — — Ramali musammni solim Ramalning mahzuf vazni tarmog’i: foilotun asliy ruknni bayt misralarining oxirida ya’ni aruz va zarbda zihofga uchrab foilun shaklida keladi. Mahzufni hosil qiladi. Foilotun - - foilun (– V – ) Mahzuf arabcha tashlab yuborish degani. Kecha kelgum/dur, debon, ul/ sarvi gulro’/ kelmadi, — V — — — V — — —V — — — V — Ko’zlarimga/ kecha tong ot/guncha uyqu/ kelmadi. — V— — —V — — —V — — — V — Ramali musammni mahzuf. Jonga chun der/men: “Ne erdi/ ulmakim kay/fiyati?” — V — — — V — — —V — — — V— Derdi: “Bois/ bo’ldi jism ich/ra marazning/ shiddati” — V — — — V — — — V — — — V— Ramali musammni mahzuf. Ramalning maqsur vazni tarmog’i: foilotun asliy rukni bayt misralarining oxirida ya’ni aruz va zarbda zihofga uchrabm foilon bo’ladi. Foilotun foilon (– V ~) O’n sakiz ming/ olam oshu/bi agar bo/shindadur — V— — —V — — — V — — — V ~ Ne ajab, chun/ sarvinozim/ o’ng sakiz yo/shindadur. — V— — —V— — — V— — — V ~ Ramali musammni maqsur. Tarixingdir/ ming asirlar/ ichra pinhon/ o’zbegim — V — — — V— — — V — — — V — Senga tengdosh/ pomir-u oq/soch tiyanshan/ o’zbegim. — V — — — V — — — V— — — V — Ramali musammani mahzuf. Hazaj Yoqimli ovoz qilish degan ma’noni bildiradi. Hazaj bahri mafoiylun asliy ruknnining takroridan hosil bo’ladi. A. Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida xazajning 46 vaznini tahli qilsa, Bobur “Mustasar” asarida xazajning 105 ta vaznini sanab tahlil qiladi. Yodda tuting! Xamza tarkibidagi 2-3 dostonlar xazaj bahrida yoziladi ya’ni “Farhod va Shirin” va “Layli va Majnun” dostonlari. Aslida Firdavsiyning “Shohnoma” asari Xusrav haqidagi dostonida Hazaj bahrida yozilgan. Shu an’ana Xusrav haqidagi asarlarning barcharsida saqlangan. Mafoiylun asliy rukni zihofga ucharashi natijasida 13 ta ichki tarmoq ruknlari hosil bo’ladi. Aning ruxso/ru la’li o’y/la rangindur/ki ey Munis V — — —V — — — V — — — V — — — Agar ko’rsa/ bo’lur afsur/da gul ham no/tovon g’uncha. V — — — V — — —V — — — V — — — Hazaji musammni solim Agar oshiq/lig’im aytsam/ kuyub jonu/ jahon o’rtar V — — — V — — — V — — — V — — — Bu ishq sirrin/ bayon etsam/ taqi ul xo/numi o’rtar. V — — — V — — — V — — — V — — — Hazaji musammni solim. Download 287 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling