Badiiy san’atlar
Aruzda fonetik o’zgarishlar
Download 287 Kb.
|
3a9c082f56c4e23e0966d765346406fa адабиёт назарияси (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutaqorib bahri
Aruzda fonetik o’zgarishlar
Aruz vaznida bizda ma’lumki, unlilarning qisqa, cho’ziqligi nihoyatda ahamiyatlidir. Lekin baytlarni bo’g’inlarga ajratib ularning paradigmasini qo’ysak, ba’zi hollarda bo’g’inlarning cho’ziq, qisqaligi mutamosib(mos) emasligini kuzatamiz. Mana shu o’rinda bizga aruzga xos fonetik hodisalarni bilishimiz qo’l keladi. Xuddi shundan kelib chiqsak, aruzdda quyidagi fonetik hodisalar kuzatiladi: Azl 2. Vasl 3. Imola(izofa) 4. Istixlof 5. Tog’yir Azl. Arabcha chetlatish degani o’zbek adabiyoti tilidagi cho’ziq hijoning aruz vaznu talabiga ko’ra qisqa hijo sifatida o’qilishini ifodalaydi. Shartli belgisi – “V” (tepasiga) Bag’rimga yo/qib hajr o’ti/ bu kun ichim/ni kuydurur, — — V — — — V — — — V — — — V — Yolg’iz jonim/g’a tong bila/ bilmam ne pay/do bo’lg’usi. — — V — — — V — — — V — — — V — Rajazi musammani solim. I stihlof. Qisqa hijolarning aruz vazni talabiga ko’ra cho’ziq hijo sifatida o’qilishidir. Shartli belgisi - - “ “ Kecha kelgum/dur debon ul sarvi gulro’/ kelmadi. — V — — — V — — —V — — — V — Ko’zlarimga/ kecha tong ot/quncha uyqu/ kelmadi. — V — — — V — — — V — — — V — Ramali musammni mahzuf. V asl. Arabcha ulanish degani. Aruz vaznidagi she’rzni o’qish jarayonida ayrim yopiq hijolar oxiridagi undoshlarni unli bilan boshlangan hijoga qo’shib o’qilishi natijasida qisqa hijoni kelterilish. Belgisi: - - “ ” Navbahor o/childi gullar/ sabza bo’ldi/ bog’(i) – lar — V — — —V — — — V — — — V — Suhbat aylay/lik kelinglar/ jo’ralar o’r/tog’(i)-lar — V — — — V — — — V — — — V — Ramali musammani mahzif. Bo’ldi ta-aj-/jub, qiziq han/gomalar, —V V — — V V — — V — Arz e-ta-yin/ em-di yo-zib/ no-ma-lar. — V V — — V V — — V — Sari’i musaddasi matbiyi makshuf. Eslatma!! Yopiq hijodagi undosh nafaqat unli bilan boshlangan hijo oldiga ko’chadi, ba’zan yopiq hijodagi undosh undosh bilan boshlangan hijo oldiga ham ko’chishi mumkin. (H bilan boshlangan) vasiho deb yuriladi. I mola. Vazn talabiga ko’ra o’ta cho’ziq hijo unli tovushning talaffuz qilish hisobidan yoki undoshdan keyin “i” unlisini talaffuz qilish hisobidagi 1 cho’ziq va 1 qisqa hijoning hosil bo’lishi. - - “ “ To’rt(i) debon/ birla nazmi/ panj(i) panj — V — — — V — — — V ~ Dast(i) berdi/ chekmayin an/ duhi ranj. — V — — — V — — —V ~ Ramali musammni mahzuf. Tag’yir. Arabcha o’zgartirish degani. Ayrim so’zlarni aruz vazniga moslashtirish uchun ular tarkibidagi tovush va harflarning o’rni o’zgartiriladi. La-to-fat-da / yuzing ham gul/ emish ham gul/sulton (guliston) emish V— — — V — — — V — — — V — — — Halovatda/ labing ham jo/nu ham oro/mijon emish. V— — — V — — — V — — —V — — — Hazaji musammni solim Mutaqorib bahri Arabcha bir-biriga yaqinlashish degani. Mutaqorib bahri fau(v)lun asliy ruknning takroridan hosil bo’ladi. A.Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida mutaqorib bahrining 11 vaznini tahlil qilib bersa, Bobur “Mustasar”dab u bahrning 42 ta vaznini tahlil qiladi. Turkiy tilda yaratilgan birinchi badiiy doston “Qutadg’u bilig” aruzda yozilgan birinchi asar bo’lishi bilan barobarida mutaqorib bahrida yozilgan. Yodda tuting! Mutaqorib bahrida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (mutaqoribi musammni solim/ mahsur/ mahzuf) Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq” (mutaqoribi musammni maqsur/ mahzuf) asarlari, shuningdekm Firdavsiyning “Shohnoma”sidagi “Iskandar” dostoni hamda Xamsaning 5 – dostonlari mutaqoribda yozilgan. Download 287 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling