Badiiy tahlil asoslari


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana18.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1559938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Kitob 9517 uzsmart.uz

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 
1. Badiiy tahlil, falsafa, etika, estetika fanlari aloqasi haqida gapiring? 
2. Olamni falsafiy va badiiy idroki deganda nimani tushunasnz? 
3. Badiiy ijodda falsafiiy mushohadaning o’rni qanday? 
4. Badiiy asarda milliy, umuminsoniy va zamonaviy ruh nima? 
5. Kalom falsafasi, diniy-tasavvufiy tafakkur va adabiyot. 
6. Adabiyotning davriy o’ziga xosligi va badiiy tahlil. 
 
 
 
 
 
 
IV–MAVZU 
ASAR VA MATNNING BADIIY TAHLIL TURLARI 
REJA: 
1. Badiiy tahlil tushunchasining mohiyati,mazmun-mundarijasi. 
2. Badiiy tahlilni turlarga ajratishning ilmiy asoslari va xususiyatlari. 
3. Badiiy tahlilning shakliga kura turlari va xillari. 
4. Badiiy tahlilning maqsadiga ko’ra turlari. 
5. Tahlil turlarining o’zaro mutanosibligi va aloqadorligi. 
Tayanch tushunchalar: 
Badiiy tahlil , Tahlil turlari , Tahlilni turlarga ajratish sabablari , Tahlilning 
yetakchibelgilari , Ilmiy tahlil , O’quv tahlili , Talqin va tahlil. 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati 
1. Adabiy tur va janrlar.Uch jildlik. – Toshkent: Fan, 1991- 1992 yil 
2. H. Umurov. Tahlil chizgilari. – Toshkent: 2014 yil 
3. Q. Yo’ldoshev. Yoniq so’z. – Toshkent:”Yangi asr avlodi”, 2006 yil 
4.N. Ivanov. Osobennosti analiza xudajestvennogo proizvedenie.-M., 2001g. 


5. U.Jo’raqulov.Hududsiz jilva. – Toshkend: Fan, 2006 yil 
Badiiy tahlil tushunchasi ko’p asrlar mobaynida o’z ta'rifiga ega bo’lmay 
keldi. Tahlilga dastlabki ta'rif Ovrupo adabiyotshunosligida XIX asr ikkinchi 
yarmidan berila boshlandi. Lekin Botishda badiiy tahlilni interpretatsiya (talqin) 
tarzida tushunishga moyillik kuchli edi. Bunday yondashuv badiiy asarlardan 
ko’proq ijtimoiy ma'no qidirishga olib kelardi. Adabiyotshunoslik ilmida hozirga 
qadar badiiy tahlil nima, u qanday maqsadlarni ko’zda tutgan holda amalga 
oshirilishi kerak degan savolga qat'iy javob berilgani yuq. Garchi, Botish 
filologlari tomonidan "Hermenevtika", "Interpretatsiya" nomlari bilan katta-katta 
bir qator kitoblar chop etilgan bo’lsa-da, tushunchaga aniq ta'rif berilgan emas. Har 
bir olim badiiy asar tahlilini uzicha izohlaydi. Metodist olim B. Bobilev "Milliy 
oliy o’quv yurtlarida badiiy matnni filologik tahlillashning nazariy asoslari" 
mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasida badiiy tahlilning maqsadini shunday 
tushuntiradi: "Badiiy matnning filologik tahlilidan asosiy maqsad muallif obrazini 
idrok etishdir, unga yetishishdir. Ayni shu holat badiiy matnni filologik tahlil 
qilishning asosiga quyilishi lozim". Mazkur qarash ko’p jixatdan, tahlilga oid 
xususiyatlarni qamrab olgan. Darhaqiqat, kitobxon yoki tadqiqotchining muallifga 
yetishishi, uning tajallisiga aylanishi adabiy asarni butun serqirraligi bilan anglab 
yetganligini bildiradi. Badiiy asarni muallif darajasida idrok etish san'at 
namunasiga xos deyarli barcha jihatlarni his etish, asar zamiridagi mantiqiy va 
badiiy ma'noni to’lik anglash imkonini beradi. Adabiyotshunoslik uchun muallif 
darajasiga yetib, uning holatiga tushib tahlil qilish badiiy asarni tushunishning oliy 
bosqichidir. Ayni vaqtda, badiiy adabiyot namunalari orasida muallif istagidan 
tashqari ma'nolarni tashiydigan, uning muljalidan ko’ra ogirroq ijtimoiy-estetik 
"yuk"ni zimmasiga olgan, muallifning o’zi kutmagan yoki bilmagan holda badiiy 
kashfiyotlarga aylangan ko’plab asarlar borligiga adabiyot tarixi guvoh. Chunki 
muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o’quvchi tomonidan idrok etilgan badiiy 
manzara hamisha ham bir xil bo’lavermaydi. Ba'zan o’quvchi adib mutlaqo ko’zda 
tutmagan, xayoliga keltirmagan, hatto muallifning qarashlariga zid, ammo 
o’quvchi tugri deb hisoblaydigan badiiy xulosaga kelinishi ham mumkin. Chunki 
hayotiy vaziyatning o’zgarishi, ijtimoiy voqelikdagi yangicha holat ba'zan 
ijodkorning oddiy izhori dilidan chuqur sotsial ma'no keltirib chiqaradi. Haqiqiy 
badiiy asarning umri uzun va u faqat yaratilgan dam uchungina mansub bo’la 
olmaydi. Taniqli rus psixologi L.S.Vigotskiyning: "San'atni ko’proq darajada 
kechikkan munosobat deyishmumkin, negaki, uning dunyoga kelishi bilan ta'sir 
ko’rsata boshlashi o’rtasida hamisha ozdir ko’pdir zamoniy oraliq bo’ladi",- degan 
fikri bunga dalil bo’la oladi. Zamoniy oraliq o’quvchiga adabiy asardan o’zi 
yashayotgan zamonga muvofiq xulosa chiqarish, asarning badiiy tizimidan ham 
davriga mos zavq olabilish imkonini beradi. Usmon Nosirning faxriya 
xarakteridagi iqrori shoir shaxsga siginish qurboni bo’lib ketganidan sung mutlaqo 
o’zgacha ma'no kasb etdi, san'atkorni bashoratchi maqomiga ko’tardi: 
Ilhomimning vaqti yuk, selday keladi, 
Jalloddek rahm etmay, dilni tiladi. 
Ayondir bir kuni aylaydi xarob... 


satrlari bitilgan fursatda shoir o’zining qatagon qurboni bo’lishini xayoliga ham 
keltirmaganligi ayon. Shuning uchun ham bu satrlar Usmon Nosir uchun o’zgacha 
ma'noga ega bo’lgan, ammo bugungi o’quvchi uchun tamomila bo’lakcha mazmun 
tashiyajagi tushunarli. Shoir Mirtemirning"Betobligimda" she'ridagi: 
Majnuntol tagiga utqazing meni, 
Men uchun yiglasin, men yiglab bo’ldim. 
misralari, aslida, bemor san'atkorning tushkun ruhiy holati ifodasi bo’lgan. 
Bugungi o’quvchilarning tushunchalari tufayli, mustamlaka zanjirlaridan kutulgan 
zamondoshlarimizning dunyoqarashlari, didlari sababli esa adolatsiz zamondan 
norozi isyonkorning nolasi darajasiga ko’tarilgan. Badiiy ijod tarixida 
yuqoridagilardan ham ta'sirliroq misollarni juda ko’p keltirish mumkin. Bu holat 
ko’rsatadiki, adabiy asarning badiiy tahlili uchun ijodkor obrazini idrok etish, 
muallifning jilvasiga aylanish yagona asos sifatida qaralishi haqiqiy holatga 
unchalik ham mos kelmas, badiiy asar tahlili mohiyatini tuligicha idrok qilish 
imkonini bermas ekani. Tanishgan badiiy asardan xulosa chiqarish, uni tadqiq 
qilish tahlil etuvchining saviyasi, didi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va boshqa 
bir qator omillarga bogliq ekanligi ma'lum haqiqatdir. Rauf Parfi va unga izdosh 
bo’lgan ijodkorlarning asarlari aksariyat o’zbek tanqidchilari tomonidan mutlaqo 
bir-biriga zid tarzda tahlil etib kelinganligi, ularning har biri shoirlarning badiiy 
niyati, san'atkorlik mahoratini o’zicha anglaganligi ham shuni ko’rsatadi. Badiiy 
tahlilni asarning estetik unsurlarini qidiradigan faoliyat deb qaraydigan 
mutaxassislar ham bor. Chunonchi, G.N.Taranosova nazarida: "..tahlil adabiy 
asarni tugridan-tugri va jun tushunish urniga fikran ma'noli qism va unsurlarga 
bo’lib qabul etishni ko’zda tutadigan ilmiy faoliyatdir". Bu xilda fikrlaydigan 
mutaxassislarning qarashlarida asosli urinlar juda ko’p. 
Darhaqiqat, badiiy tahlilgina adabiy asarni jun, to’pori qabul etishdan, uni 
hayot hodisasi bilan aralashtirib yuborishdan, "qahramonlarning keyingi taqdiri 
nima bo’ladi, falonchi pistonchiga uylandimi?", "Falon asarlarning qahramonlari 
hozir nima qilishmoqda?" singari asarning badiiy o’ziga xosligini, estetik hodisa 
ekanini yo’qqa chiqaruvchi qarashlardan qutqaradi. Lekin masalaning boshqa 
tomoni bor: Har qanday asl badiiy asar yaxlit poetik butunlik hisoblanadi va 
mazkur yaxlitlikka daxl qilish uning jozibasini, sehrini yo’qqa chiqarishi aniq. 
G.Taranosova ham asar tahlilining birinchi tamoyili unga yaxlit hodisa sifatida 
yondashish ekanligini ta'kidlaydi. Lekin olimaning adabiy tahlil mohiyatini 
tushuntiruvchi fikrida badiiy asarni "qismlar" va "unsurlar"ga ajratib urganish 
asosiy tadbir hisoblanadiki, bu hol amaliyotda uning qarashlariga zid keladi. 
Adabiyotshunoslar J.Azizov va G. Usovalarining qalamiga mansub "Adabiy tahlil 
nazariyasi va amaliyoti" risolasida " ..tahlil adabiy asarning badiiy mantigiga 
singishish maqsad qilib qo’yilgan ilmiy izohdir" tarzida ta'rif beriladi. Badiiy 
tahlilning asl mantigini aks ettirish jihatidan J.Azizov hamda G.Usovalarning 
qarashlari haqiqatga yaqinroq. Chindanda, "muallif obraziga yetishish" ham, 
"adabiy asarni fikran qism va unsurlarga ajratish" ham o’z holicha badiiy tahlil 
mohiyatini aks ettira olmaydi. Balki ular badiiy mantiqni kashf etish, unga 
yetishish yo’lidagi bosqichlardir. Biroq yurtdosh olimlar juftligiga mansub mazkur 
xulosada ham, bizning nazarimizda, kichik bir yoqlamalik borday. Chunonchi, 


unda hayotiy mantiqqa yetishish zarurligi ko’zda tutilmaydi. To’gri, badiiy 
adabiyot uchun estetik mantiq birlamchi ahamiyat kasb etadi, ammo bu holat 
asarlardan kelib chiqadigan hayotiy mantiqning muhimligini aslo inkor etmaydi. 
Shuning uchun ham badiiy tahlil tushunchasini xarakterlashda badiiy va hayotiy 
mantiq tushunchalari yon -mayon qo’yilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, badiiy asar tahlili tushunchasiga 
quyidagicha ta'rif berish mumkin: Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy 
mantigi hamda estetik jozibasinianglashga yunaltirilgan ilmiy faoliyatdir. Adabiy 
tahlilga ana shu tarira ta'rif berilganda, hodisaga xos deyarli barcha asosiy 
xususiyatlar qamrab olinadi deyish mumkin. Aslida "tahlil" atamasi arabcha bo’lib, 
"halollash", "eritib yuborish", "murakkab butunni qismlarga ajratish"ma'nolarini 
anglatadi. Ya'ni tahlil deyilganda, badiiy matnning ma'nosi va jozibasining halollab 
berilishi, o’quvchiga begona bo’lgan matnni eritib, uning shuuriga joylashga 
qaratilgan faoliyat ko’zda tutiladi. San'at asaridan kelib chiqadigan hayotiy ma'noni 
topish, estetik unsurlarni kashfetish, urganilayotgan asarning boshqa asarlardan 
farqini aniqlash, muayyan millat yoki insoniyatestetik tafakkurini rivojlantirishga 
qo’shgan hissasini korsatish goyat muhim. Ayni vaqtda, badiiy zavq manbai 
nimada ekanini, kitobxonni muayyan asardan ta'sirlanishga olib kelgan badiiy 
omillar, ko’rkam so’zning mantiqiy tushunchalar doirasiga sigmaydigan jozibasi 
qayerdan kelib chiqayotganini aniqlash ham o’ta ahamiyatlidir. 
Badiiy tahlil shakliga ko’ra ikki turga bo’linadi:1) ogzaki;2) yozma. 
Badiiy asar ogzaki shaklda ham tahlil qilinadi. Lekin bunday tahlilga yozma 
ravishda tayyorgarlik ko’rilsa, samaraliroq bo’ladi. Badiiy tahlil orasida yozma 
shakl keng yoyilgan. Bu tahlil turi faqat aytilgan vaqt uchungina daxldor bo’lmay, 
keyinchalik, katta zamoniy oraliqlardan so’ng ham odamlarga ta'sir ko’rsatishi, 
millat badiiy tafakkurini shakllantira olishi, ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib 
utishi bilan xarakterlanadi. 
Badiiy asar tahlilini undan kuzatilgan maqsadga kura: 
1) ilmiy (filologik); 
2) o’quv (didaktik) singari ikki turga bo’lish mumkin. 
Filologik (ilmiy) tahlil adabiy asarning mantigi va estetik xosligini 
anglashga yunaltirilgan kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy 
asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga 
muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham 
mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo’lishi lozimdir. 
Shuningdek, ilmiy tahlilda urganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi urni 
va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta'siri darajasi ko’rsatilishi ko’zda tutilishi kerak. 
Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishini va har qanday adabiy hodisaga 
mutaxassis nazari bilan qaralishini taqozo qiladi. Ilmiy tahlildagi asosiy narsa 
badiiy asarning badiiyligini, ta'sirchanligini, jozibasini, sehrini ta'minlagan 
jihatlarni ko’rsata bilishdir. Filologik tahlil ilmiy, estetik faoliyat natijasidir. U, 
asosan, bir kishi tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy tahlil bilan shugullanayotgan 
mutaxasis vaqt jihatidan ham, imkoniyat jihatidan ham cheklanmagan bo’ladi. 
Ilmiy tahlilni amalga oshirayotgan kishi faqat o’zi belgilab olgan bosh maqsadga 
qarab intiladi. Uo’quv tahlili estetik-pedagogik faoliyat bo’lib, o’quvchilarni 


barkamol shaxs sifatida shakllantirish kabi pedagogik maqsadga erishish uchun 
amalga oshiriladi. Oquv tahlili mobaynida o’qituvchi asarni tanlash imkoniga ega 
emas. Tahlil etiladigan asar muayyan vaqt davomidagina tekshirilishi, bu 
jarayonda o’quvchilarning yosh va intellektual darajasiga muvofiqlashtirilishi 
lozim bo’ladi. Shu jihatdan didaktik tahlil filologik tahlilga nisbatan 
murakkabroqdir. Adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida o’qituvchi va 
o’quvchi faoliyati quyidagi uch yunalishda uyushtirilishi mumkin: 
A) muallifga yoki mantga ergashib yoxud yalpi tahlil; 
B) asardagi obrazlarga tayanib tahlil qilish; 
V) uo’quv tahlilini muammoli tarzda amalga oshirish. 
Birinchi yunalishda adabiyot o’qituvchisi faqat badiiy matnga suyanadi va matn 
mantigini, uning tartibini aslo o’zgartirmagan holda asar zamiridagi ma'noning 
jozibani uo’quvchilarga ko’rsata boradi.Bu usulni tekstual tahlil usuli deyish 
mumkin va bunda o’qituvchi ko’proq faoliyat ko’rsatadi. 
Ikkinchi yunalishda o’qituvchining e'tibori asardagi personajlarga qaratiladi 
va obrazlar ruhiyatini anglab borish jarayonida asarning badiiy ma'nosi 
o’zlashtiriladi. Adibning san'atkorlik mahorati ham badiiy obrazlarning qanchalik 
jonli va ta'sirchan ishlanganligini tahlillash asnosida ochib boriladi. Bu yunalishni 
timsoli tahlil yuli deyish mumkin va bu yunalishda o’quvchilarning ham anchagina 
faol ishtirok etishlariga imkoniyat bo’ladi. 
Uchinchi yunalishda esa tahlil asosan o’quvchilar tomonidan olib borilishi 
ko’zda tutiladi. O’qituvchi talabalar oldiga muammo qo’yadi va ularga bu 
muammoni yechish yullarini ko’rsatadi. Asar tahlili jarayonida o’quvchilar faqat 
bilgan tushunchalaridangina foydalanib qolmay, bir qator yangi estetik-mantiqiy 
tushunchalarni o’zlashtirib ham olishadi. Negaki, ular jamoa bo’lib ishlaydilar. 
Uzaro fikr almashadilar, bahslashadilar. Tabiiyki, bu jarayonda o’quvchilarning 
ma'naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o’zgarishlar sodir bo’ladi. 
O’quv tahlilning bu usuli muammoli tahlil deyiladi. Alohida ta'kidlash kerakki, 
tahlilning aytilgan usullari bir-birini inkor qiluvchi alohida yunalishlar emas. 
Adabiy ta'lim amaliyotida tahlilning har uch usuli deyarli hamisha aralash, qorishiq 
holda keladi. Tekstual tahlilni obrazlarga tayanmay turib amalga oshirib 
bo’lmaydi. Muammoli tahlilni ham badiiy matnga asoslanmay bajarish mumkin 
emas. Har qanday muammo matndan kelib chiqishi, har qanday mustaqil fikr ham 
matnning sehru jozibasini ochishga xizmat qilishi joiz. Tekstual tahlilda matnning 
maromini buzmaslik, muallif yurgan yulga, u urnatgan badiiy tartibga rioya qilish 
ustovor bo’ladi, lekin tahlilning qolgan ikki turida ham badiiy matn asosiy o’rin 
tutadi. Shu ma'noda, har qanday tahlil mohiyat e'tibori bilan tektual tahlildir. 
Tekstual tahlil ko’proq 6-7-sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan mashgulotlarda 
qo’llaniladi. Ayniqsa, kichikroq hajmli nasriy asarlarni didaktik tahlil etishda bu 
usul juda qo’l keladi. Ta'kidlash joizki, asar yuzasidan amalga oshiriladigan har 
qanday faoliyat faqat matnga tayanishi, matndan kelib chiqishi, matnning 
jozibasini ochishga xizmat qilishi lozim. Shuning uchun ham har qanday usulda 
o’quv tahlilini amalga oshirishdan oldin, albatta, o’quvchilar badiiy matn bilan 
yaxshi tanish bo’lishlari shart. Aks holda tahlildan kuzatilgan maqsadga erishib 
bo’lmaydi. Katta hajmli epik asarlar ko’proq yuqori sinflarda o’rganiladi. Ularni 


o’rgatishda timsolli tahlil usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. Chunki 
o’rganiladigan asar hajman katta, ajratilgan vaqt esa qisqa bo’lgani uchun ularni 
tekstual tahlil qilishning imkoni yo’q. Bunday vaqtlarda asosiy etibor 
o’rganilayotgan asardagi obrazlarga qaratiladi. Timsollarning ruhiyati, o’ylari, 
kechinmalari, xatti- harakatlari, sa'jiyalari ham hayotiylik, ham badiiylik nuqtai 
nazaridan tahlil qilinadi va shu yo’sinda muallifning badiiy mahorati namoyon 
etiladi. O’quvchilar timsollarni jonli odamlar, o’z taqdiriga, o’ziga xos insoniy 
tabiatga ega tirik kishilar tarzida qabul qilishlariga erishish kerak. Shundagina, bu 
timsollar tuygan tuygular o’quvchilarga ham yuqadi, ta'sirlantiradi, binobarin, 
tarbiyalaydi. Shuningdek, badiiy timsollarning ijobiy va salbiy guruhlarga 
ajratilishiga yo’l qo’ymaslik, har bir badiiy timsolning qarama-qarshi tabiatli kishi 
nuqtai nazaridan qanday baholanishi mumkinligiga e'tibor qaratilishi lozim. 
Atrofimizdagi odamlarni jo’ngina yaxshi va yomonga ajratish noto’gri 
bo’lganidek, badiiy timsollarni ham ijobiy va salbiyga ajratib tashlash to’gri 
emasligini o’quvchilar ongiga quyi sinflardanoq singdirib boorish zarur. Olam 
cheksiz va o’ta murakkab bo’lgani kabi, odam ham goyat murakkab va tabiatning 
qirralari adadsiz tovlanishlarga ega bo’lgan mavjudotdir. Shuning uchun ham 
murakkab insonning timsolini qandaydir tavsifiy qolipga tushirib quyish uning 
qiyofasini nursizlantiradi. Hayotdagi har bir alohida odam tuliq yechimi hech 
qachon topilmaydigan muammodir. Badiiy adabiyot ana shu adoqsiz muammoning 
qirralarini butun murakkabligi, jilvalari, soyalari va tovlanishlari bilan tasvir etish 
orqali uo’quvchini o’zgani his etishga, begona kishining dardini anglashga 
odatlantiradi. Timsoliy tahlil natijasida har bir o’quvchida tabiati, yunalishi va 
qiziqishlari xarakteriga qarab, bola ruhiyatida muayyan sifatlar hosil qilinadi. 
Qandaydir shaxslik fazilatlari shakllantiriladi. Adabiy asarni muammoli tahlil 
qilish yuli milliy metodika ilmida juda kam o’rganilgan bulib, adabiy ta'lim 
amaliyotida ham uning qo’llanilish doirasi ancha tor. Bu usulning nazariy jihatlari 
ishlab chikilmaganligi uchun ham adabiyot o’qituvchilarining ko’pchiligi uni qay 
yusinda tadbiq etishni bilishmaydi. Ayrim novator, o’z ustida ishlaydigan va 
izlanadigan o’qituvchilargina muammoli usul bilan badiiy tahlil qilishga qo’l 
uradilar. Badiiy asar muammoli tahlil etilganda, o’quvchilarning fikri chegara 
bilmaydi, xayoloti erkin parvoz qiladi, badiiy va hayotiy muammoni o’z 
tushunchasi hamda tajribasidan kelib chiqib hal etishga urinadi. O’quvchilar puxta 
muammoli tahlil qila olishlari uchun badiiy matn bilan yaxshi tanishibgina qolmay, 
uni to’liq hazm qilgan bo’lishlari ham kerak. Chunki o’zlashtirilgan fikr fikr 
uygotadi, singdirilgan hissiyot tuyguqo’zgatadi. 
Muammoli usul bilan tahlil etishda o’quvchilarni shunchaki bahsga tortish 
kerak emas, balki ularning butun kuchi badiiy matnning magzini ochishga 
yunaltirilgan bo’lishi lozim. Muammoli tahlil samara berishi uchun matnga
o’quvchilar hayotiy tajribalari va egallagan bilimlari darajasidan kelib chiqib erkin 
yondasha olishlari zarur. Misol uchun, Sofoklning "Shoh Edip" asari urganiladi. 
Agar mazkur asar muammoli yo’l bilan tax hlil etiladigan bo’lsa, o’qituvchi 
bolalar oldiga: "Edip aybdormi yoki gunohkor?" tarzida savol qo’yish va 
o’quvchilardan o’z fikrlarini badiiy matnga tayangan holda asoslashlarini talab 
etishi mumkin. Gunoh, gunohkorlik, ayb, aybdorlik, qismat, unga ishonish, kibr, 


inson ma'naviyati singari tushunchalar atrofida fikr yuritish jarayonida o’quvchilar 
Edip shaxsining ulkan fojiasini yaqindan bevosita his etadilar. O’zlarining hayotiy 
va ma'naviy-axloqiy tajribalaridan kelib chiqib Edip va atrofidagilarning 
xattiharakatlariga baho beradilar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling