Badiiy tahlil asoslari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana18.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1559938
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Kitob 9517 uzsmart.uz

 
Mavzu yuzasidan savollar: 
1. Tahlilda uzviylik, qism va butunning ahamyati. 
2. O’quv, didaktik va filologik tahlilning o’ziga xosliklari. 
3. Badiiy tahlilda asar muallifining dunyoqarashi. 
4. Tahlil turlariaro o’zaro mutanosiblik. 
5. O’quv tahlilining samaradrligi. 
 
 
 
 
VIII – MAVZU 
BADIIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI 
REJA: 
1. Tahlil tamoyillari tushunchasi va uning mohiyati. 
2. Badiiy tahlil tamoyillarini tayin etishning ilmiy-nazariy asoslari. 
3. Tahlil turlari va uning tamoyillari munosabati. 
4. Badiiy tahlil tamoyillarining tahlil amaliyotidagi o’rni. 
Tayanch tushunchalar: 
Tamoyil, Tahlil tamoyillari, Tugal tahlilning bo’lishi mumkin emasligi, Har 
qanday tahlilning shaxsiy mulohazadan iborat ekanligi, Badiiy asarning goya 


ifodalash vositasi emasligi, Badiiy asar borliqning nusxasi emasligi, Estetik 
asoslarga tayanish zarurligi, Tahlil va tamoyil. 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 
1. M. Jo’raev. Fol’klorshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2009 yil 
2. B. Nazarov va b. O’zbek adabiy tanqidi tarixi. – T., 2012 yil 
3. S. Mirzaev. XX asr o’zbek adabiyoti. – T., “Yangi asr avlodi”, 2005 yil 
4. I. Haqqul. Kim nimaga tayanadi?- T., “Zarqalam”, 2006 yil 
5. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., A. Qodiriy, 2004 yil 
6. B . Umurqulov. Badiiy adabiyotda so’z. – T., Fan, 2004 yil 
Badiiy asarning hayotiy, badiiy mantigi hamda estetik jozibasini ochish 
muayyan tamoyillarga suyangan holdagina amalga oshirish mumkin. Badiiy 
tahlilda ilmiy tushunchalar asosida ish ko’rilib, xulosalar chiqarilsa-da, undan 
ilmga xos bir xillik kutish mumkin emas. Badiiy asarning butun sehri jozibasi 
to’liq namoyon bo’lishi, o’rganilayotgan asarning goyasigina emas, balki aks 
ettirilgan inson ruhiyati manzaralari ham anglashilishi uchun badiiy tahlil bir qator 
tamoyillarga amal qilingan holda bajarilishi kerak. Asarni nafosat talablariga 
muvofiq tarzda badiiy tahlil etish uchun rioya qilinishi shart bo’lgan muayyan 
talablar tizimi mavjudki, ularga bo’ysunmaslikmumkin emas. Tamoyil tushunchasi 
biror faoliyatning amalga oshirilishi uchun shart bo’lgan qoida va talablarni o’z 
ichiga oladi. Tahlilga qo’yiladigan birinchi talab bu mukammal, tugal tahlilning 
bo’lishi mumkin emasligidir. San'at hodisasiga xos xususiyatlarni mantiq 
kategoriyalariva tafakkur tushunchalari qolipiga tuliq, tugal va beshikast agdarish 
mumkin emas. Mantiqiy kategoriyalarga tuliq agdarish, barcha jihatlarini beistisno 
tugal tushuntirish mumkin bo’lgan hodisa-san'at hodisasi emas. San'at fenomeni 
mantiqiy tushunchalarga sigmagan joydanboshlanadi. Binobarin, eng zur 
tadqiqotchi ham asl ijod namunasini to’liq o’zgacha talqinga o’rin qoldirmaydigan 
tarzda tahlil qilolmaydi. Aytish kerakki, kommunistik mafkura badiiy asarlarining 
mantiqiy qoliplarga to’liq tushadigan, izohlash imkoniyati bo’ladigan 
tarzdayaratilishini talab etardi. Mazkur talabga bo’ysungan, o’z talantini gayri 
estetik ko’rsatmaga moslashtirmoqchi bo’lgan ijodkorlar yaratgan bitiklar shuning 
uchun ham asl badiiyyat namunasi bo’la olmaganlar. Cho’lponning "Go’zal", 
"Binafsha", "Sirlar", Rauf Parfining "Yoshlik zangor fasl", "Xato qildim", "Yomgir 
tinmadi", "Daryo mavjlariga yozilmish gazal", Abdulla Oripovning "O’ylarim", 
"Genetika", "Dengizga", "Bahor", "Saraton", "Onajon" va hokazo asarlarini 
oxirigacha hammani qoniqtiradigan tarzda izohlab, tushuntirib berib bo’lmaydi. 
Ularni mantiq ilmining tor va hissiz qoliplariga tushirish-imkonsiz. Aql bilan 
izohlash mushkul bo’lgani uchun ham badiiy adabiyot yaratiladi. Chinakam badiiy 
matn o’z umri bilan yashaydi. U matnni idrok etgan avlodning saviyasi, didi, 
intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli davrlarda turlicha qabul etiladi. Hatto 
ba'zan bir asarning o’zi bir odam tomonidan kayfiyatining qandayligiga qarab har 
xil idrok etilishimumkinki, asl badiiy matnning xususiyati shundan iboratdir. Turli 
davrlarda idrok etilgan ayni matn turlicha talqinini topaveradi va bu tabiiy holdir. 
Demak, badiiy matnning tahlili hech qachon tugallanmaydi. Badiiy asar tahliliga 
qo’yiladigan ikkinchi bir talab-bu har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza 
xarakterida bo’lishi va u hech qachon mutlaq haqiqatlik da'vosini qilishi mumkin 


emasligidir. Tahlilchi qanchalik bilimdon, talantli, tajribali va mohir bo’lishiga 
qaramay, uning fikrlari hamisha ham faqat shaxsiy mulohaza, sub'ektiv qarash 
maqomida bo’ladi. Ilmiy haqiqatlar haqida bunday deyish mumkin emas. Har bir 
o’quvchi, kitobxon, mutaxassis har qanday asarni o’zicha o’qiydi, o’zicha 
tushunadi, o’zicha ta'sirlanadi, o’zicha his etadi. Demakki, o’zicha xulosa 
chiqaradi. Bir asarni o’qigan ko’pchilik kishilar o’rtasida o’zaro o’xshash, bir-
biriga to’gri keluvchi fikrlar bo’lish mumkin bo’lgani singari, mutlaqo bir-biriga 
to’gri kelmaydigan qarashlar bo’lishi ham mumkin va bu tabiiy hol hisoblanishi 
kerak. Kommunistik mafkura har qanday asarning hamma tomonidan birday qabul 
etilishini talab qilardi. Aslida, bu-jamiyat a'zolarini estetik yo’l bilan bir qolipga 
solishga urinish edi.Kommunistik partiyaning oliy organlari tomonidan "Zvezda", 
"Leningrad" jurnallari haqidagi, M.Zoshchenko, A.Axmatovalarning ijodi 
to’grisidagi qatagonga chorlovchi qarorlarning yuzaga kelishi sababi hamda bu 
jurnallar va tilga olingan ijodkorlar ommani bir xil o’ylashga, aniqrogi 
o’ylamaslikka o’rgatadigan adabiy vaziyatga daxl qilgan edilar. Ular xar xil qabul 
qilish mumkin bo’lgan ijod namunalari yaratgandilar, chop etgandilar. Adabiy 
asarning tahlili nechoglik chuqur bo’lsa-da, o’zga bir shaxs bu xildagi talqinni 
qabul etmasligi va badiiy hodisaga o’z pozitsiyasidan kelib chiqib baho berishi 
mumkin. Badiiy asarning o’ta individual faoliyat natijasi ekanidan uning qabul 
etilishi ham goyat individual jarayonligini ko’zda tutish joiz bo’ladi. Adabiy 
asarning ilmiy tahlili oldiga qo’yiladigan talablardan yana biri san'at asariga 
ifodalash vositasi, fikr bildirish yo’ligina deb qaramaslik va uning estetik hodisa 
ekanini hisobga olish kerakligidir. O’zbek adabiyotshunosligi va filologik ta'limida 
hanuzgacha san'at asarlariga ijtimoiyyondashish ustuvor mavqeda turganligi 
hamda bu nuqsonni bartaraf etish, undan qutulish birmuncha uzoq davom etadigan 
jarayon ekanligi ayon bo’lganligi uchun ham badiiy asarga qandaydir goyani 
o’tkazish yo’li deb qarash noto’gridir. Badiiy asarlar tahlilida amal qilinishi zarur 
talablardan yana biri san'at hodisalariga borliqning nusxasi tarzida munosabatda 
bo’lishining mumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan 
solishtirib baholash, undan hayotning badiiy nusxasi tarzida munosabatda 
bo’lishiningmumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan 
solishtirib baholash,.Undan hayotning badiiy nusxasi bo’lishni talab qilish 
"mimesis" nazariyasiga borib taqaladi. San'at hodisasini ijodkorning tabiatga yoki 
ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan yoki ijtimoiy 
hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan har qanday asarga uning 
voqelikka mos kelishi yoxud kelmasligi nuqtai nazaridan yondashishni taqozo 
etadi.Buyuk mutafakkir, mimesisning asoschisi Aristotel yashagan zamonlardayoq 
san'at hodisalarining hayotga hamisha ham muvofiq kelavermasligi kuzatilgan va 
buni allomaning o’zi ham Sofokl va Evripid tragediyalarini qiyoslash munosabati 
bilan aytib o’tgan.Badiiy adabiyot insonning ichki tuygularini, nozik sezimlarini, 
so’zga bo’y bermaydigan ruhiy holatlarini ifodalash vositasi ekanligi ko’zda 
tutilgandagina tahlil soglom mantiqqa muvofiq amalga oshirilishi mumkin. 
Negaki, badiiy mantiq hamisha ham hayot mantigiga muvofiq kelavermaydi. 
Ba'zan badiiy tasvir hayot hodisasiga qaraganda teranroq, ahamiyatliroq, 
salmoqliroq, bo’lishi ham mumkin. Chunki badiiy asar tartibsiz, xaotik 


ko’rinishdagi hayot voqeligidan yaxlit va ichki intizomga buysunuvchi, qat'iy 
badiiy mantiqqa binoan harakatlanuvchi estetik voqelik yaratish natijasida vujudga 
keladi. Bu haqda norvegiyalikmodernchi adib va adabiyotshunos E.Xovardsxolm: 
"Poeziya real borliqning taqlidi ham yoki uning qandaydir talqini ham emas. 
Poeziya o’z holicha ortiq darajadagi reallikdir ". Shuning uchun ham badiiy asarga 
yondashilganda, uning real hayot manzarasini ko’rsata bilishini mezon qilib ish 
ko’rish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Ayniqsa, lirik yoxud satirik asarlar talqinida 
badiiy ijodning hayot haqiqati tarzida qabul qilinishi asarlarining jozibasini ham, 
ta'sir kuchini hammutlaqo yo’qqa chiqarishi mumkin. Badiiy asarga yuqorida 
aytilgan talablarga amal qilgan holda yondashilgandagina to’gri tahlilyuzaga 
kelishi va uning milliy tafakkur hamda ruhiyat taraqqiyotida bir qadar samarasi 
bo’lishimumkin. Badiiy tahlilning eng muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlikdir. 
Yaxlitlik talabi, avvalo, o’rganiladigan badiiy asarga zo’ravonlik bilan qismlarga 
ajratib tashlash mumkin bo’lmagan estetikbutunlik tarzida yondashishni taqozo 
qiladi. Darhaqiqat, asl san'at yaxlitlikdan iboratdir. San'at asarining butunligiga 
daxl qilinmagandagina uning mohiyatini anglash mumkin. Buning ustiga, tahlil 
yordamida barkamol shaxs ma'naviyatini shakllantirish ham ko’zda tutilar ekan 
shaxsni ham faqatgina yaxlit holda shakllantirish mumkinligini hisobga olish zarur 
bo’ladi. Chunki insonga avval aqliy, so’ng axloqiy, so’ngra jismoniy, undan keyin 
mehnat, undan so’ng vatanga muhabbat, ulardan keyin insonparvarlik va hakozo 
tarzidagi sifatlarni singdirib bo’lmaydi. Inson yo turli omillar ta'sirida bir qator 
ma'naviy fazilatlar majmuiga ega yaxlit bir qator ma'naviy fazilatlarmajmuiga ega 
yaxlit bir shaxs sifatida shakllanadi yoxud hech qachon to’la ma'nodagi shaxsga 
aylanolmay qolaveradi. Ezgu insoniy fazilatlarning biri ikkinchisini, albatta, taqozo 
qiladi, biri boshqasidan kelib chiqadi.Agar badiiy asarga mu'jizaviy bir butunlik 
tarzida yondashilmaydigan bo’lsa, uning siru jozibasi bir zumda yo’qqa chiqadi va 
adabiy asar o’ziga xos ta'sir qudratidan tamomila mahrum bo’ladi. Tahlil 
qilinayotgan asarning barcha jihatiga birvarakayiga sinchkovlik bilan yondasha 
bilish vauning uzvlaridagi jozibani kashf etishga e'tibor qaratish tahlilning 
muvaffaqiyatini ta'minlaydiganomildir. Badiiy tahlilda amal qilinishi zarur bo’lgan 
tamoyillardan yana biri sistemalilikdir. Tizimlilikprinsipi yaxlitlik tamoyilining 
mantiqiy davomi bo’lib, badiiy asarni tashkil etgankomponentlarning muayyan 
tizimiy ko’rinishga egaligini ko’zda tutadi va tahlilda shu holat hisobga olinishini 
talab qiladi. Asl san'at asarida biri ikkinchisiga bogliq bo’lmagan biror badiiy 
unsur uchramaydi. Ko’chim, portret, o’xshatish, peyzaj, mubolaga, kichraytirish 
singari qatortasvir vositalari bir asarda tasodifiy ravishda yigilib qolmaydi. 
Ularning shu asarda, ayni shu tartibda guruhlashuvining ichki mantiqiy qonuniyati 
mavjudki, tahlil mobaynida ayni shu qonuniyat ochilishi kerak. Shuning uchun 
ham tahlilni uyushtirishga tutingan mutaxassis sistemalilikka amal qilishi 
joiz.Tizimlilik tamoyili badiiy asar unsurlariga estetik zaruriyat, sababiy 
aloqadorlik silsilasi ko’zdatutadi. "O’gri" hikoyasidagi amin portreti asar umumiy 
organizmidan uzilgan holda, shunchaki personajning qanday qiyofali ekanini 
bildirib qo’yish uchungina berilmaganligi, balki ayni shuberilmaganligi, balki ayni 
shu portret tasviri asar yaxlitligi, syujet rivoji tabiiyligini ta'minlovchiasosiy 
omillardan biri ekanligi tahlillovchilar nazaridan qochirilmasligi zarurdir. Zero, bu 


portret tasvirisiz amin va Qobil bobo munosabati tushunarli bo’lmas edi. Badiiy 
asar tahlilida hamisha suyaniladigan tamoyillardan biri tarixiylikdir. Garchi badiiy 
asargatarixning illyustratsiyasi yoxud uning shunchaki estetik in'kosi deb qarash 
to’gri bo’lmasa-da, har qanday adabiy asarning muayyan zamonda, muayyan 
tarixiy sharoitda, konkret vaqtda yashab o’tgan odam tomonidan yaratilganligini va 
unda aks etttirilgan voqealargina emas, balki ruhiy holat manzaralarida ham o’sha 
tarixiy davrning tamgasi borligi tan olinadi. Tahlilga tortilgan har qanday badiiy 
asarning yaratilgan davrini va imkoni bo’lsa, uning yaratilishiga turtki 
bo’lganasosiy sababni bilmay turib, asarni chuqur o’rganish va haqqoniy xulosaga 
kelishning imkoni yo’q. O’rganilayotgan asarga tarixiylik nuqtai nazaridan 
yondashilmasa, qahramonlar ruhiy holatini ham, ularni faoliyatga undagan 
sabablarni ham tushunmaslik mumkin. Zamonaviy o’zbek adiblarining aksar 
asarlariga tarixiylik tamoyiliga tayanmay turib, faqat estetik mezonlar bilan 
yondashishning o’zi tahlilchini maqsadga olib kelmasligi mumkin. Chunki 
agarmumtoz adabiyotning asl namunalari yaratilishidanoq sof san'at asari tarzida 
dunyoga kelgan vasan'atkor ajdodlarimiz uchun badiiy shakl ustuvor maqomda 
turgan bo’lsa, zamonaviy ijodkorlar uchun o’zgacha holat xosdir. Olamni estetik 
idrok etishda turkona o’ziga xoslikni, ma'lum darajada buzib global tasvir 
you’nalishida ketayotgan o’zbek adabiyotining bugungi namoyandalaritomonidan 
yaratilgan deyarli barcha asarlar biror hayotiy turtki tufayli vujudga kelgan va 
o’sha tarixiy sharoit hisobga olinmasa, asarni to’gri tushunish hamda tushuntirish 
imkonsiz. Chunonchi, Gafur Gulomning "Sen yetim emassan", E.Vohidovning 
"Nido", "Ruhlar isyoni", Rauf Parfining "Abdullajon marsiyasi", "Cho’lpon", "Ona 
Turkiston", O.Matchonning "Ko’rdim Shukur Burxon", "Qaysi yil ko’klamda 
Jayhun bo’yida", "Eng so’nggi xazina" singari asarlarini tahlillashda 
tarixiyliktamoyiliga tayanmay turib samaraga erishib bo’lmaydi.Adabiy asarni 
tahlil qilishning muhim prinsiplaridan biri estetik asoslarning ustuvorligi 
tamoyilidir. Hermenevtik amaliyotda badiiy tahlilning maqsadi nimaligi hamisha 
ham to’gribelgilab olinavermaganligi uchun estetik asoslarning ustuvorligi 
tamoyiliga ko’pincha amal qilinmaydi. Badiiy asar inson ruhiyati manzarasi 
bo’lgani bois o’quvchilarni eng qabariq, engta'sirchan tuygular tasviri bilan yuzma-
yuz qiladi. Shu tariqa kitobxonlar o’zga odamlarning ruhiyatiga oshno etiladilar. 
Ko’pincha odamlar o’z ruhiyatini anglay olmay yurgan bir paytda kitobxonlar 
o’zgalarning kechinmalarini his etishga odatlanishadi. Natijada, kishining tuygulari 
o’tkirlashadi, fikri teranlashadi, kechinmalari noziklashadi. Tahlilda estetik asoslar 
ustuvor bo’lsagina,o’qkuvchilarning qalb ko’zi ochiladi va ular tuygusizlikdan, 
hissizlikdan qutuladilar. Badiiy asarni o’rganish asnosida yurakdagi bepavorlik 
illati solgan zanglar, kutirlardan tozalanish inson ma'naviyati uchun zo’r 
saodatdir.Ma'lumki, tekshiriladigan asarning badiiy jozibasi asar sirtginasida 
manaman deb turmaydi.Asardagi nafosatni, zariflikni anglash uchun uning badiiy 
qatlamlarini kashf etish zarur. Buninguchun muayyan adabiy bilimlar majmuidan 
tashqari estetik farosat va go’zallikni qidira bilish malakasi ham shakllangan 
bo’lishi kerak. Yashiringan go’zallikni topish osonmas. Yashirinmagan bo’lsa, 
go’zallik hisoblanmaydi. Yuzada turmaydigan, ijodkor tomonidan "shifrlangan" 
badiiyma'noni topish adibning estetik idealini, tasvirlash mahoratini payqagan 


mutaxassisgagina nasib etadi. Estetik tahlilga tortilmagan badiiy asar test 
savollariga o’xshash noma'lumlikdir. Bu noma'lumlikni ochadigan mantiqiy-estetik 
kalit mavjud. Badiiy tahlil ayni shu kalit vazifasini bajaradi. Badiiy tahlilni estetik 
asoslar ustuvorligida o’tkazish nozik sezimlarni ilgashga kalit topish 
demakdir.Tahlilda estetik asoslarga yetarli e'tibor bermaslik o’rganilayotgan asarni 
faqat mantiqiy sillogizmlardangina iborat qilib qo’yadi. Tahlilga bu xilda 
yondashish asl san'at asarlarini yo’qqa chiqarishi mumkin. Hazrati Navoiyning 
"Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushti o’t, Yo’q shafaqkim, bir qiroqdin 
osmonga tushdi o’t" matla'si bilan boshlanadigan gazali faqat mantiqiy 
tushunchalar asosida tahlil qilinsa, kishi bu asardan aytarli go’zallik ham, chuqur 
falsafiy ma'no ham topa olmaydi. Bu asarga estetik butunlik va yuksak ruhiy holat 
ifodasi tarzidayondashilgandagina uning jozibasini his etish mumkin bo’ladi. Qip -
qizil bo’lib ochilgan cheksizchegarasiz lolazor qo’ynida turgan, qalbi go’zallikka 
tashna lirik qahramon ma'shuqasiga yetolmayshunchalar kuyadiki, ichi olovga 
to’lib ketgan. Uning nazarida bepoyon, ufqlarga qadar tutashib ketgan qizillik 
lolazor emas, balki ma'shuqa firogidan kuygan gamboda oshiqning ohidan dunyoni 
tutib ketgan olov. Lolazor borib tutashgan ufq tepasidagi qizillik ham shafaq nuri 
emas, balki oshiqning ohidan chiqqan olov yerni yondirib bo’lib, yer osmon bilan 
tutashgan joydan ko’kka tutashdi va endi osmon ham bir chekkasidan yonib 
kelmoqda. Shu xildagi izohginaasarning jozibasini ochishga xizmat qiladi. Tahlilga 
estetik tamoyil asos qilib olinganda muallif tomonidan yaratilgan obrazli estetik 
reallikka kirish, badiiy voqelikning ichki qonuniyatlarini kashf etish mumkin. Har 
qanday ijodkor aslida yozganlarini ko’pchilik tushunishini, his etishini istaydi. 
Buning uchun adibni ommadarajasiga tushurish emas, balki ommani ijodkor 
darajasiga ko’tarish talab qilinadi. Badiiyat bagridagi yashirin go’zallikni 
sezmaslik kishining nafaqat nafosat va ma'naviyat nuqtai nazaridan, balki aqliy 
taraqqiyot jihatidan ham kamolot bosqichida emasligini ko’rsatadi. Badiiy tahlilni 
amalga oshirishda emotsionallik tamoyili ham katta o’rin tutadi. Badiiy asarning 
o’zi hissiyotga asoslangan hodisa. Demak, badiiy tahlilda hissiyotni ko’zda tutish 
muhim. Tahlilda hissiyot hisobga olinmaydigan bo’lsa, badiiy asarning estetik 
o’ziga xosligi yo’qqa chiqadi. Tahlilshunday uyushtirilishi kerakki, asar badiiy va 
hayotiy mantigi hamda estetik jozibasini ochishga qaratilgan har bir tadbir 
kishining tuygulari olamiga daxl qilsin, ularda muayyan hissiyotlaruygotsin. 
Hissiylik tamoyili zo’rakilikni, yasamalikni, sun'iylikni ko’tarmaydi. U kishini 
tahlil qilinayotgan asarning badiiy qatlamlariga olib kirish, qahramonlar va muallif 
holatiga tushirish, ularning qaygu va quvonchlarini his etdirish demakdir. Afsuski, 
tahlil tajribasida emotsionallik tamoyiligi hamisha ham amal qilinmaydi. Tahlilda 
emotsionallik tamoyiliga amal qilinmagach, badiiy asar matni emas, balki u 
haqdagi xulosa muhim bo’lib qoladi. Badiiy matnsiz badiiy tahlil yuzagakeladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling