Badiiy tahlil asoslari
Download 280.19 Kb.
|
badiiy tahlil asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX – MAVZU BADIIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI REJA
- Tayanch tushunchalar
- Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
- X – MAVZU BADIIY TAHLILDA SHAKL VA MAZMUN KATEGORIYASI REJA
Mavzu yuzasidan savollar: 1. Tahlilda uzviylik, qism va butunning ahamyati. 2. O’quv, didaktik va filologik tahlilning o’ziga xosliklari. 3. Badiiy tahlilda asar muallifining dunyoqarashi. 4. Tahlil turlariaro o’zaro mutanosiblik. 5. O’quv tahlilining samaradrligi. IX – MAVZU BADIIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI REJA: 1. Tahlil tamoyillari tushunchasi va uning mohiyati. 2. Badiiy tahlil tamoyillarini tayin etishning ilmiy-nazariy asoslari. 3. Tahlil turlari va uning tamoyillari munosabati. 4. Badiiy tahlil tamoyillarining tahlil amaliyotidagi o’rni.
Tamoyil, Tahlil tamoyillari, Tugal tahlilning bo’lishi mumkin emasligi, Har qanday tahlilning shaxsiy mulohazadan iborat ekanligi, Badiiy asarning goya ifodalash vositasi emasligi, Badiiy asar borliqning nusxasi emasligi, Estetik asoslarga tayanish zarurligi, Tahlil va tamoyil. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 1. M. Jo’raev. Fol’klorshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2009 yil 2. B. Nazarov va b. O’zbek adabiy tanqidi tarixi. – T., 2012 yil 3. S. Mirzaev. XX asr o’zbek adabiyoti. – T., “Yangi asr avlodi”, 2005 yil 4. I. Haqqul. Kim nimaga tayanadi?- T., “Zarqalam”, 2006 yil 5. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., A. Qodiriy, 2004 yil 6. B . Umurqulov. Badiiy adabiyotda so’z. – T., Fan, 2004 yil Badiiy asarning hayotiy, badiiy mantigi hamda estetik jozibasini ochish muayyan tamoyillarga suyangan holdagina amalga oshirish mumkin. Badiiy tahlilda ilmiy tushunchalar asosida ish ko’rilib, xulosalar chiqarilsa-da, undan ilmga xos bir xillik kutish mumkin emas. Badiiy asarning butun sehri jozibasi to’liq namoyon bo’lishi, o’rganilayotgan asarning goyasigina emas, balki aks ettirilgan inson ruhiyati manzaralari ham anglashilishi uchun badiiy tahlil bir qator tamoyillarga amal qilingan holda bajarilishi kerak. Asarni nafosat talablariga muvofiq tarzda badiiy tahlil etish uchun rioya qilinishi shart bo’lgan muayyan talablar tizimi mavjudki, ularga bo’ysunmaslikmumkin emas. Tamoyil tushunchasi biror faoliyatning amalga oshirilishi uchun shart bo’lgan qoida va talablarni o’z ichiga oladi. Tahlilga qo’yiladigan birinchi talab bu mukammal, tugal tahlilning bo’lishi mumkin emasligidir. San'at hodisasiga xos xususiyatlarni mantiq kategoriyalariva tafakkur tushunchalari qolipiga tuliq, tugal va beshikast agdarish mumkin emas. Mantiqiy kategoriyalarga tuliq agdarish, barcha jihatlarini beistisno tugal tushuntirish mumkin bo’lgan hodisa-san'at hodisasi emas. San'at fenomeni mantiqiy tushunchalarga sigmagan joydanboshlanadi. Binobarin, eng zur tadqiqotchi ham asl ijod namunasini to’liq o’zgacha talqinga o’rin qoldirmaydigan tarzda tahlil qilolmaydi. Aytish kerakki, kommunistik mafkura badiiy asarlarining mantiqiy qoliplarga to’liq tushadigan, izohlash imkoniyati bo’ladigan tarzdayaratilishini talab etardi. Mazkur talabga bo’ysungan, o’z talantini gayri estetik ko’rsatmaga moslashtirmoqchi bo’lgan ijodkorlar yaratgan bitiklar shuning uchun ham asl badiiyyat namunasi bo’la olmaganlar. Cho’lponning "Go’zal", "Binafsha", "Sirlar", Rauf Parfining "Yoshlik zangor fasl", "Xato qildim", "Yomgir tinmadi", "Daryo mavjlariga yozilmish gazal", Abdulla Oripovning "O’ylarim", "Genetika", "Dengizga", "Bahor", "Saraton", "Onajon" va hokazo asarlarini oxirigacha hammani qoniqtiradigan tarzda izohlab, tushuntirib berib bo’lmaydi. Ularni mantiq ilmining tor va hissiz qoliplariga tushirish-imkonsiz. Aql bilan izohlash mushkul bo’lgani uchun ham badiiy adabiyot yaratiladi. Chinakam badiiy matn o’z umri bilan yashaydi. U matnni idrok etgan avlodning saviyasi, didi, intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli davrlarda turlicha qabul etiladi. Hatto ba'zan bir asarning o’zi bir odam tomonidan kayfiyatining qandayligiga qarab har xil idrok etilishimumkinki, asl badiiy matnning xususiyati shundan iboratdir. Turli davrlarda idrok etilgan ayni matn turlicha talqinini topaveradi va bu tabiiy holdir. Demak, badiiy matnning tahlili hech qachon tugallanmaydi. Badiiy asar tahliliga qo’yiladigan ikkinchi bir talab-bu har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza xarakterida bo’lishi va u hech qachon mutlaq haqiqatlik da'vosini qilishi mumkin emasligidir. Tahlilchi qanchalik bilimdon, talantli, tajribali va mohir bo’lishiga qaramay, uning fikrlari hamisha ham faqat shaxsiy mulohaza, sub'ektiv qarash maqomida bo’ladi. Ilmiy haqiqatlar haqida bunday deyish mumkin emas. Har bir o’quvchi, kitobxon, mutaxassis har qanday asarni o’zicha o’qiydi, o’zicha tushunadi, o’zicha ta'sirlanadi, o’zicha his etadi. Demakki, o’zicha xulosa chiqaradi. Bir asarni o’qigan ko’pchilik kishilar o’rtasida o’zaro o’xshash, bir-biriga to’gri keluvchi fikrlar bo’lish mumkin bo’lgani singari, mutlaqo bir-biriga to’gri kelmaydigan qarashlar bo’lishi ham mumkin va bu tabiiy hol hisoblanishi kerak. Kommunistik mafkura har qanday asarning hamma tomonidan birday qabul etilishini talab qilardi. Aslida, bu-jamiyat a'zolarini estetik yo’l bilan bir qolipga solishga urinish edi.Kommunistik partiyaning oliy organlari tomonidan "Zvezda", "Leningrad" jurnallari haqidagi, M.Zoshchenko, A.Axmatovalarning ijodi to’grisidagi qatagonga chorlovchi qarorlarning yuzaga kelishi sababi hamda bu jurnallar va tilga olingan ijodkorlar ommani bir xil o’ylashga, aniqrogi o’ylamaslikka o’rgatadigan adabiy vaziyatga daxl qilgan edilar. Ular xar xil qabul qilish mumkin bo’lgan ijod namunalari yaratgandilar, chop etgandilar. Adabiy asarning tahlili nechoglik chuqur bo’lsa-da, o’zga bir shaxs bu xildagi talqinni qabul etmasligi va badiiy hodisaga o’z pozitsiyasidan kelib chiqib baho berishi mumkin. Badiiy asarning o’ta individual faoliyat natijasi ekanidan uning qabul etilishi ham goyat individual jarayonligini ko’zda tutish joiz bo’ladi. Adabiy asarning ilmiy tahlili oldiga qo’yiladigan talablardan yana biri san'at asariga ifodalash vositasi, fikr bildirish yo’ligina deb qaramaslik va uning estetik hodisa ekanini hisobga olish kerakligidir. O’zbek adabiyotshunosligi va filologik ta'limida hanuzgacha san'at asarlariga ijtimoiyyondashish ustuvor mavqeda turganligi hamda bu nuqsonni bartaraf etish, undan qutulish birmuncha uzoq davom etadigan jarayon ekanligi ayon bo’lganligi uchun ham badiiy asarga qandaydir goyani o’tkazish yo’li deb qarash noto’gridir. Badiiy asarlar tahlilida amal qilinishi zarur talablardan yana biri san'at hodisalariga borliqning nusxasi tarzida munosabatda bo’lishining mumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan solishtirib baholash, undan hayotning badiiy nusxasi tarzida munosabatda bo’lishiningmumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan solishtirib baholash,.Undan hayotning badiiy nusxasi bo’lishni talab qilish "mimesis" nazariyasiga borib taqaladi. San'at hodisasini ijodkorning tabiatga yoki ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan yoki ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan har qanday asarga uning voqelikka mos kelishi yoxud kelmasligi nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi.Buyuk mutafakkir, mimesisning asoschisi Aristotel yashagan zamonlardayoq san'at hodisalarining hayotga hamisha ham muvofiq kelavermasligi kuzatilgan va buni allomaning o’zi ham Sofokl va Evripid tragediyalarini qiyoslash munosabati bilan aytib o’tgan.Badiiy adabiyot insonning ichki tuygularini, nozik sezimlarini, so’zga bo’y bermaydigan ruhiy holatlarini ifodalash vositasi ekanligi ko’zda tutilgandagina tahlil soglom mantiqqa muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Negaki, badiiy mantiq hamisha ham hayot mantigiga muvofiq kelavermaydi. Ba'zan badiiy tasvir hayot hodisasiga qaraganda teranroq, ahamiyatliroq, salmoqliroq, bo’lishi ham mumkin. Chunki badiiy asar tartibsiz, xaotik ko’rinishdagi hayot voqeligidan yaxlit va ichki intizomga buysunuvchi, qat'iy badiiy mantiqqa binoan harakatlanuvchi estetik voqelik yaratish natijasida vujudga keladi. Bu haqda norvegiyalikmodernchi adib va adabiyotshunos E.Xovardsxolm: "Poeziya real borliqning taqlidi ham yoki uning qandaydir talqini ham emas. Poeziya o’z holicha ortiq darajadagi reallikdir ". Shuning uchun ham badiiy asarga yondashilganda, uning real hayot manzarasini ko’rsata bilishini mezon qilib ish ko’rish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Ayniqsa, lirik yoxud satirik asarlar talqinida badiiy ijodning hayot haqiqati tarzida qabul qilinishi asarlarining jozibasini ham, ta'sir kuchini hammutlaqo yo’qqa chiqarishi mumkin. Badiiy asarga yuqorida aytilgan talablarga amal qilgan holda yondashilgandagina to’gri tahlilyuzaga kelishi va uning milliy tafakkur hamda ruhiyat taraqqiyotida bir qadar samarasi bo’lishimumkin. Badiiy tahlilning eng muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlikdir. Yaxlitlik talabi, avvalo, o’rganiladigan badiiy asarga zo’ravonlik bilan qismlarga ajratib tashlash mumkin bo’lmagan estetikbutunlik tarzida yondashishni taqozo qiladi. Darhaqiqat, asl san'at yaxlitlikdan iboratdir. San'at asarining butunligiga daxl qilinmagandagina uning mohiyatini anglash mumkin. Buning ustiga, tahlil yordamida barkamol shaxs ma'naviyatini shakllantirish ham ko’zda tutilar ekan shaxsni ham faqatgina yaxlit holda shakllantirish mumkinligini hisobga olish zarur bo’ladi. Chunki insonga avval aqliy, so’ng axloqiy, so’ngra jismoniy, undan keyin mehnat, undan so’ng vatanga muhabbat, ulardan keyin insonparvarlik va hakozo tarzidagi sifatlarni singdirib bo’lmaydi. Inson yo turli omillar ta'sirida bir qator ma'naviy fazilatlar majmuiga ega yaxlit bir qator ma'naviy fazilatlarmajmuiga ega yaxlit bir shaxs sifatida shakllanadi yoxud hech qachon to’la ma'nodagi shaxsga aylanolmay qolaveradi. Ezgu insoniy fazilatlarning biri ikkinchisini, albatta, taqozo qiladi, biri boshqasidan kelib chiqadi.Agar badiiy asarga mu'jizaviy bir butunlik tarzida yondashilmaydigan bo’lsa, uning siru jozibasi bir zumda yo’qqa chiqadi va adabiy asar o’ziga xos ta'sir qudratidan tamomila mahrum bo’ladi. Tahlil qilinayotgan asarning barcha jihatiga birvarakayiga sinchkovlik bilan yondasha bilish vauning uzvlaridagi jozibani kashf etishga e'tibor qaratish tahlilning muvaffaqiyatini ta'minlaydiganomildir. Badiiy tahlilda amal qilinishi zarur bo’lgan tamoyillardan yana biri sistemalilikdir. Tizimlilikprinsipi yaxlitlik tamoyilining mantiqiy davomi bo’lib, badiiy asarni tashkil etgankomponentlarning muayyan tizimiy ko’rinishga egaligini ko’zda tutadi va tahlilda shu holat hisobga olinishini talab qiladi. Asl san'at asarida biri ikkinchisiga bogliq bo’lmagan biror badiiy unsur uchramaydi. Ko’chim, portret, o’xshatish, peyzaj, mubolaga, kichraytirish singari qatortasvir vositalari bir asarda tasodifiy ravishda yigilib qolmaydi. Ularning shu asarda, ayni shu tartibda guruhlashuvining ichki mantiqiy qonuniyati mavjudki, tahlil mobaynida ayni shu qonuniyat ochilishi kerak. Shuning uchun ham tahlilni uyushtirishga tutingan mutaxassis sistemalilikka amal qilishi joiz.Tizimlilik tamoyili badiiy asar unsurlariga estetik zaruriyat, sababiy aloqadorlik silsilasi ko’zdatutadi. "O’gri" hikoyasidagi amin portreti asar umumiy organizmidan uzilgan holda, shunchaki personajning qanday qiyofali ekanini bildirib qo’yish uchungina berilmaganligi, balki ayni shuberilmaganligi, balki ayni shu portret tasviri asar yaxlitligi, syujet rivoji tabiiyligini ta'minlovchiasosiy omillardan biri ekanligi tahlillovchilar nazaridan qochirilmasligi zarurdir. Zero, bu portret tasvirisiz amin va Qobil bobo munosabati tushunarli bo’lmas edi. Badiiy asar tahlilida hamisha suyaniladigan tamoyillardan biri tarixiylikdir. Garchi badiiy asargatarixning illyustratsiyasi yoxud uning shunchaki estetik in'kosi deb qarash to’gri bo’lmasa-da, har qanday adabiy asarning muayyan zamonda, muayyan tarixiy sharoitda, konkret vaqtda yashab o’tgan odam tomonidan yaratilganligini va unda aks etttirilgan voqealargina emas, balki ruhiy holat manzaralarida ham o’sha tarixiy davrning tamgasi borligi tan olinadi. Tahlilga tortilgan har qanday badiiy asarning yaratilgan davrini va imkoni bo’lsa, uning yaratilishiga turtki bo’lganasosiy sababni bilmay turib, asarni chuqur o’rganish va haqqoniy xulosaga kelishning imkoni yo’q. O’rganilayotgan asarga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashilmasa, qahramonlar ruhiy holatini ham, ularni faoliyatga undagan sabablarni ham tushunmaslik mumkin. Zamonaviy o’zbek adiblarining aksar asarlariga tarixiylik tamoyiliga tayanmay turib, faqat estetik mezonlar bilan yondashishning o’zi tahlilchini maqsadga olib kelmasligi mumkin. Chunki agarmumtoz adabiyotning asl namunalari yaratilishidanoq sof san'at asari tarzida dunyoga kelgan vasan'atkor ajdodlarimiz uchun badiiy shakl ustuvor maqomda turgan bo’lsa, zamonaviy ijodkorlar uchun o’zgacha holat xosdir. Olamni estetik idrok etishda turkona o’ziga xoslikni, ma'lum darajada buzib global tasvir you’nalishida ketayotgan o’zbek adabiyotining bugungi namoyandalaritomonidan yaratilgan deyarli barcha asarlar biror hayotiy turtki tufayli vujudga kelgan va o’sha tarixiy sharoit hisobga olinmasa, asarni to’gri tushunish hamda tushuntirish imkonsiz. Chunonchi, Gafur Gulomning "Sen yetim emassan", E.Vohidovning "Nido", "Ruhlar isyoni", Rauf Parfining "Abdullajon marsiyasi", "Cho’lpon", "Ona Turkiston", O.Matchonning "Ko’rdim Shukur Burxon", "Qaysi yil ko’klamda Jayhun bo’yida", "Eng so’nggi xazina" singari asarlarini tahlillashda tarixiyliktamoyiliga tayanmay turib samaraga erishib bo’lmaydi.Adabiy asarni tahlil qilishning muhim prinsiplaridan biri estetik asoslarning ustuvorligi tamoyilidir. Hermenevtik amaliyotda badiiy tahlilning maqsadi nimaligi hamisha ham to’gribelgilab olinavermaganligi uchun estetik asoslarning ustuvorligi tamoyiliga ko’pincha amal qilinmaydi. Badiiy asar inson ruhiyati manzarasi bo’lgani bois o’quvchilarni eng qabariq, engta'sirchan tuygular tasviri bilan yuzma-yuz qiladi. Shu tariqa kitobxonlar o’zga odamlarning ruhiyatiga oshno etiladilar. Ko’pincha odamlar o’z ruhiyatini anglay olmay yurgan bir paytda kitobxonlar o’zgalarning kechinmalarini his etishga odatlanishadi. Natijada, kishining tuygulari o’tkirlashadi, fikri teranlashadi, kechinmalari noziklashadi. Tahlilda estetik asoslar ustuvor bo’lsagina,o’qkuvchilarning qalb ko’zi ochiladi va ular tuygusizlikdan, hissizlikdan qutuladilar. Badiiy asarni o’rganish asnosida yurakdagi bepavorlik illati solgan zanglar, kutirlardan tozalanish inson ma'naviyati uchun zo’r saodatdir.Ma'lumki, tekshiriladigan asarning badiiy jozibasi asar sirtginasida manaman deb turmaydi.Asardagi nafosatni, zariflikni anglash uchun uning badiiy qatlamlarini kashf etish zarur. Buninguchun muayyan adabiy bilimlar majmuidan tashqari estetik farosat va go’zallikni qidira bilish malakasi ham shakllangan bo’lishi kerak. Yashiringan go’zallikni topish osonmas. Yashirinmagan bo’lsa, go’zallik hisoblanmaydi. Yuzada turmaydigan, ijodkor tomonidan "shifrlangan" badiiyma'noni topish adibning estetik idealini, tasvirlash mahoratini payqagan mutaxassisgagina nasib etadi. Estetik tahlilga tortilmagan badiiy asar test savollariga o’xshash noma'lumlikdir. Bu noma'lumlikni ochadigan mantiqiy-estetik kalit mavjud. Badiiy tahlil ayni shu kalit vazifasini bajaradi. Badiiy tahlilni estetik asoslar ustuvorligida o’tkazish nozik sezimlarni ilgashga kalit topish demakdir.Tahlilda estetik asoslarga yetarli e'tibor bermaslik o’rganilayotgan asarni faqat mantiqiy sillogizmlardangina iborat qilib qo’yadi. Tahlilga bu xilda yondashish asl san'at asarlarini yo’qqa chiqarishi mumkin. Hazrati Navoiyning "Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushti o’t, Yo’q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi o’t" matla'si bilan boshlanadigan gazali faqat mantiqiy tushunchalar asosida tahlil qilinsa, kishi bu asardan aytarli go’zallik ham, chuqur falsafiy ma'no ham topa olmaydi. Bu asarga estetik butunlik va yuksak ruhiy holat ifodasi tarzidayondashilgandagina uning jozibasini his etish mumkin bo’ladi. Qip -qizil bo’lib ochilgan cheksizchegarasiz lolazor qo’ynida turgan, qalbi go’zallikka tashna lirik qahramon ma'shuqasiga yetolmayshunchalar kuyadiki, ichi olovga to’lib ketgan. Uning nazarida bepoyon, ufqlarga qadar tutashib ketgan qizillik lolazor emas, balki ma'shuqa firogidan kuygan gamboda oshiqning ohidan dunyoni tutib ketgan olov. Lolazor borib tutashgan ufq tepasidagi qizillik ham shafaq nuri emas, balki oshiqning ohidan chiqqan olov yerni yondirib bo’lib, yer osmon bilan tutashgan joydan ko’kka tutashdi va endi osmon ham bir chekkasidan yonib kelmoqda. Shu xildagi izohginaasarning jozibasini ochishga xizmat qiladi. Tahlilga estetik tamoyil asos qilib olinganda muallif tomonidan yaratilgan obrazli estetik reallikka kirish, badiiy voqelikning ichki qonuniyatlarini kashf etish mumkin. Har qanday ijodkor aslida yozganlarini ko’pchilik tushunishini, his etishini istaydi. Buning uchun adibni ommadarajasiga tushurish emas, balki ommani ijodkor darajasiga ko’tarish talab qilinadi. Badiiyat bagridagi yashirin go’zallikni sezmaslik kishining nafaqat nafosat va ma'naviyat nuqtai nazaridan, balki aqliy taraqqiyot jihatidan ham kamolot bosqichida emasligini ko’rsatadi. Badiiy tahlilni amalga oshirishda emotsionallik tamoyili ham katta o’rin tutadi. Badiiy asarning o’zi hissiyotga asoslangan hodisa. Demak, badiiy tahlilda hissiyotni ko’zda tutish muhim. Tahlilda hissiyot hisobga olinmaydigan bo’lsa, badiiy asarning estetik o’ziga xosligi yo’qqa chiqadi. Tahlilshunday uyushtirilishi kerakki, asar badiiy va hayotiy mantigi hamda estetik jozibasini ochishga qaratilgan har bir tadbir kishining tuygulari olamiga daxl qilsin, ularda muayyan hissiyotlaruygotsin. Hissiylik tamoyili zo’rakilikni, yasamalikni, sun'iylikni ko’tarmaydi. U kishini tahlil qilinayotgan asarning badiiy qatlamlariga olib kirish, qahramonlar va muallif holatiga tushirish, ularning qaygu va quvonchlarini his etdirish demakdir. Afsuski, tahlil tajribasida emotsionallik tamoyiligi hamisha ham amal qilinmaydi. Tahlilda emotsionallik tamoyiliga amal qilinmagach, badiiy asar matni emas, balki u haqdagi xulosa muhim bo’lib qoladi. Badiiy matnsiz badiiy tahlil yuzagakeladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Badiiy tahlil printsplari va ularning mohiyati. 2. Asarda hayotiylik, badiiy mantiq, estetik joziba. 3. Tahlilda sistemalilik, yaxlitlik,tarixiylik, zamonaviylik. 4. Badiiy tahlil:nafosat, hissiylik, axloqiylik. 5. Tahlil tamoillarining asarni tushuntirishdagi ahamiyati. X – MAVZU BADIIY TAHLILDA SHAKL VA MAZMUN KATEGORIYASI REJA: 1. Shakl tushunchasining falsafiy-estetik mohiyati. 2. Mazmun tushunchasining mantiqiy mohiyati. 3. Tahlil jarayonida shakl va mazmun munosabatining ahamiyati. 4. Shakl va mazmun munosabati estetik muammo sifatida.
Shakl, Mazmun, Shakl va mazmun tushunchalarining o’zaro munosabati, Badiiy tahlilda mazmunning o’rni, Badiiy tahlilda shakl mavqei, Shakl va mazmunning falsafa hamda estetikadagi o’rni. Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. M. Xayrullaev. Mazmun va shakl. – T., O’zbekiston, 1996 yil 2. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. – T ., Fan, 1978- 1979yy. 3. T. Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T., O’zbekiston, 2002 yil 4. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., “Sharq”, 2002 yil 5. A. Gafurov. Badiiylik - bezavol yangilik. – T., “Sharq”, 2007 yil Badiiy asarni tahlil qilish haqida gapirganda, mazmun va shakl birligi hamda ularning uzaro munosabatlari masalasiga alohida to’xtalish lozim.Negaki, badiiy tahlilga tortilgan har qandaybadiiy shakl (asar)dan badiiy mazmun kutilganidek, har qanday mazmun biror ifoda tarzinitopishi shartdir. Badiiy asarlar ilmiy tahlil qilinganda mazkur muammo faqat estetik planda qo’yiladi. O’quv tahliliga tortilgan asarlarga tadbiqan esa shakl va mazmun masalasi ham estetik, ham pedagogik problemadir. Mafkura estetik tafakkurga ham hukmronlik qilgan zamonlarda badiiy asarlardagi mazmun vashakl munosabatiga falsafa ilmidagiday qaraldi. Ya'ni badiiy hodisaning o’ziga xos tabiati hisobgaolinmay, unga sof ilmiy fenomenga yondashilganday munosabatda bulindi. Shu sababadabiyotshunoslikda badiiy asarning mazmuni birlamchi bo’lishi, badiiy shakl esa ikkinchi darajali mavqeda bo’lishi kerak degan qarash qaror topdi. San'atda ta'sirchan, original, hech kimnikiga o’xshamagan shakl emas, balki qay tarzda aytilsa-da, mazmun birlamchi ahamiyatga ega deb qarash, badiiy jihatdan nochor bo’lsa-da, ochiqchasiga kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qiladigan, marksistik goyalarni ifodalovchi bitiklarning badiiyat namunasi tarzida qabul etilishiga qaratilgan adabiy siyosat edi. Mazmunni birlamchi deb qarovchi adabiyotshunoslik badiiy asarning qanday yozilganligi bilan emas, balki unda nima haqda gap borganligi bilan ko’proq qiziqar va shu tariqa adabiyotda mavzu hukmronligi vujudga kelardi.Shakl va mazmun tushunchasi, aslida, bir-biriga zid bo’lmagan va biri boshqasini taqozo etadiganestetik kategoriyalardir. Badiiy shaklning badiiyligi shundaki, u muayyan estetik mazmunnitashiydi. Badiiy mazmun esa faqat aqlga emas, balki hissiyotga ham ta'sir etadigan shaklda ifodaetilishi bilan falsafiy ma'nodagi mazmun tushunchasidan farq qiladi. Shundan ko’rinadiki,mazmun birlamchimi yoxud shaklmi singari bahslar atay o’ylab topilgan va san'atni mafkuraga bo’ysundirishga qaratilgan muammodir. Bu guyo jon muhimroqmi yoxud tana degan bahsga o’xshab ketadigan, samarasizligi boshdanoq ayon bo’lgan tortishuvdan boshqa narsa emas. Badiiyasarning shakli bilan mazmuni bir-biridan ajratib bo’lmaydigan, shu boisdan ikkovi ham bir paytning o’zida birlamchi ahamiyatga ega tushunchalardir. Mazmun o’z-o’zicha goya emas.Mazmunda xolislik, ob'ektivlik, tabiiylik mavjud bo’lsa, goyada tendensiozlik, tarafkashlik, sub'ektivlik ustuvor bo’ladi. Badiiy tahlilda shakl va mazmun munosabatining hal hiluvchi ahamiyati bor. Har qanday mazmun biror shaklni taqozo etgani va muayyan shakldagina mavjud bo’lganidek, har qanday shakl ham muayyan mazmunga ega. Shuning uchun ham dunyo adabiyotshunosligida mazmunlishakl (soderjatelnaya forma) tushunchasi qo’llaniladi. Badiiy ijodda shaklni mazmunga qarshi qo’yish va uni ikkilamchi deb qarash mumkin emas. Badiiy asarning badiiyligi aynan shaklda namoyon bo’ladi. Shakl va mazmun munosabati falsafiy, estetik, didaktik muammo sifatida kompleks qaralishi lozim. Ularning har biriga o’ziga xos yondashuv talab etiladi. Badiiy asarda qanday ifodalash hamisha ham nimani ifodalash bilan yonma-yon keladi va ahamiyati undan kamemas. Badiiy matnda shakl mazmunni ifodalash vositasigina emas, balki mazmunni jozibali, hissiy, ta'sirli qilish omili hamdir. Tahlilda nimaga ko’proq ahamiyat berish kerak: shaklgami yoxud mazmungami? Yoki badiiyasardagi shakldan mazmun sari borish kerakmi, aksincha, mazmunni anglashdan shaklni talqin qilish sari kelgan ma'qulmi? qabilidagi savollarga javob berish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Agar amaldagi adabiy qarashlarda mazmun tushunchasiga goyagaaylangan fikr tarzida yondashuv hukmron bo’lmaganda va har qanday asarga, avvalo, qandaygoyani ilgari suradi tarzidagi savolni berish ustuvor turmaganda, shakl va mazmun singari ayrilmas butunlik haqida bu taxlit masala qo’yib utirilmas edi. Holbuki, hozir ham badiiy asardan, avvalo, goya qidiradigan va shu bois istalgan badiiy asar tahlilidan: "Adib mana bunday demoqchi..." qabilida xulosa chiqarishni talab etadigan filolog mutaxassislar anchagina. Tahlilda shakldan mazmun sari borish kerak. Chunki shaklning go’zalligini kashf etishimkoniyatlari cheksizdir va shu bois tahlilchilarga faoliyatning cheksiz imkoniyatlari ochiladi. Shaklning qirralari kashf etilgani sari undan chiqadigan badiiy mazmun terinlashib, xilmaxillashib boraveradi. Asar tahlili goya qidirishdan boshlanadigan bo’lsa, tahlilchi aqidaga, hukmu xulosaga duch keladi. Aqida bor joyda xayolot parvoziga o’rin qolmaydi. Xayolot parvozi to’xtagan joyda badiiy asar ham yo’qqa chiqadi. Ayniqsa, mu'jizakor lirik asarlar tahlilga tortilganda, o’quvchilarni aqidaga yetaklib kelmaslik lozim. Ularga badiiy libos zamiridagi jozibadan bahramand bo’lish imkonini berish kerak. Cho’lponning "Binafsha", "Go’zal", Usmon Nosirning "Yurak", Hamid Olimjonning "Holbuki tong", "gazal", Abdulla Oripovning "Birinchi muhabbatim", "Bahor", "Sarob", Rauf Parfining "Tong otmoqda", "Yomgir yogar", "Xato qildim", Omon Matjonning "Qo’shiq" singari ichkin she'riy asarlarining tahlilga oson bo’y bermasligi ham mukammal badiiy shaklga egaligida va chuqur mazmun go’zal shaklning sehrli qa'riga berkitilganidadir. Bu asarlarning sirli badiiy libosga burkangani faqat voqealarni mantiqiy tushunchalar mezoni bilan "Tahlillash"ga odatlanib qolgan mutaxassislarni qiynab qo’yadi va ular ba'zan bu estetik shakllardan qanday badiiy mazmun chiqarish mumkinligini bilishmaydi. Badiiy asarlarni o’rganishda mazmunni anglashgatutinishdan ish boshlagan mutaxassis bu ichkin asarlarning butun jozibasini, o’ziga xosligini nazardan qochiradi. Mazmun izlashga zo’r bergan kishi o’z-o’zidan badiiy matndan uzoqlashib boraveradi. Badiiy matn sohirligi esa o’quvchi nazaridan chetda qolaveradi. Shu jihatdan, RaufParfining "Yomgir yogar" she'ri tahlili xarakterlidir: Yomgir yogar, shigalab yogar, Tomchilar tomchilar sochimga, Yomgir yogar, shigalab yogar, Ham qaygumga, ham quvonchimga... Rauf Parfining uch to’rtlikdan iborat mu'jazgina she'ri shu taxlit boshlanadi va uning teng yarmi -olti misrasi "Yomgir yogar, shigalab yogar" satrlari takroridan iboratdir. Filolog – tahlilchimushtariylarning e'tiborini misralar zamiriga yashiringan jozibani topishga qaratishdan ishboshlashi kerak. Shigalab yogayotgan ezgin yomgir, yomgir tagida ruhi goh maxzun, goh xushnud turgan shoir, sochlarga tomayotgan tomchilar, yogayotgan yomgirning lirik qahramon qaygusiga ham, quvonchiga ham baravar tomchilayotgani tasviri o’quvchilar ruhiy holatida bezovtalik paydo qiladi. Ular yomgir tagida turgan nozikta'b lirik qahramon holatini his qiladilar,uning kechinmalarni yogayotgan yomgir singari moddiy narsa tarzida ko’z oldilariga keltiradilar. Shoir yomgir yogayotgani haqida xabar bermaydi, balki yomgirni she'rxon ko’z o’ngida "yogdiradi". O’quvchi misralarga jo qilingan so’zlar orasidan yomgirning behudud shitirini,chakkilab tomayotgan tomchilarni "topadi". "Yomgir yogar, shigalab yogar, Tomchilar tomchilarsochimga..." misralaridagi ketma-ket takrorlanayotgan "ch" tovushi chakkillab tomayotgan tomchining ohangini beradi. Ayni vaqtda, she'rxon tomchilar so’zining yonma-yon kelayotganiga e'tibor berish, bir so’zning bir misrada ikki bor takrorlanishiga diqqat qilish jarayonida uning ikkima'no tashishini kashf qiladi. Oldin qo’llangan "tomchilar" ot so’z turkumiga mansub bo’lib, urgu"i" tovushiga tushishini, keyingi "tomchilar" so’zi esa, fe'lga mansub bo’lib, urgu "o" tovushiga tushishini bilib oladi. Bir qarashda tamomila bir xil bo’lgan ikki so’zning yonma-yon qo’llanilishidan ushancha badiiy ma'no topa bilish kishining fantaziya ufqini kengaytiradi, olam go’zalligini teranroq his qilishiga yo’l ochadi. Shigalab yogayotgan yomgir sehriga berilibyomgirni unutgan, uning sirli musiqasiga asir bo’lgan shoirning ko’ngli ham yomgirga aylanadi va she'r so’ngida shunday misralar quyilib keladi: "Yomgir yogar, shigalab yogar, Yoga boshlar qogozga ko’ngil". Matn tahliliga to’gri yo’naltirilgan she'rxonlar asar badiiyati shaklga mohirlikbilan joylashganligini topa oladilar va bu narsa ularning nafaqat emotsional rivojiga, balki tafakkur taraqqiyotiga ham ta'sir ko’rsatishi shubhasizdir. Demak, tahlilni shaklni kashf qilishdan boshlash, undan keltirib chiqarish mumkin bo’lgan badiiy mazmunini yo’qqa chiqarmaydi, balkiuning ta'sir kuchini oshirishga xizmat qiladi.Shaklga e'tiborsizlik, unga bepisandlik bilan qarash ba'zan uning butun go’zalligini yo’qqa chiqaradi. Badiiy asar-jonli vujud, daxlsiz butunlik. Tirik odamning biror muchasini boshqayerga kuchirish izsiz utmaganidek, chin badiiy asarga vujudiga ham teginib bo’lmaydi. Yaxlitligiga daxl qilingan asar badiiyligidan ayriladi. E.Vohidovning "Ixlos" deb ataladigan she'ri bor. She'rdagi to’rt misra oddiy mantiq talabiga muvofiq va Grammatik qoidalarga mos tarzda o’zgaritirilganda, asar jozibasi yo’qqa chiqadi: Yigit qaytdi orzulari yoshdek to’kilib, Barbod bo’ldi qalbidagi buyuk ehtiros. Tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib, Sundi u kun pok yurakdan buyuk bir ixlos. Bu to’rtlikning birorta ham so’zini o’zgartirmagan holda grammatik qoidalarga muvofiq tarzdajoylashtirish mumkin: "Yigit orzulari yoshdek tukilib qaytdi. Qalbidagi buyuk ehtiros barbod bo’ldi. Buyuk bir ixlos tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib u kun pok yurakdan so’ndi". She'rda ifodalangan mazmunga zarracha ham daxl qilinmadi. Mantiqiy-grammatik jihatdan to’rtlikdagi gaplar juda to’gri joylashtirildi. Ammo mantiqiy-estetik jihatdan girt noto’gri yo’l tutildi va shaklga tajovuz qilingani uchun go’zal badiiy hodisa yo’qqa chiqarildi. Ko’rinadiki, badiiyat uchun shakl ham ustuvor ahamiyat kasb etar ekan. Asl badiiy asarlarda so’z emas, balki biror tovush yoki belgi o’zgartirib yuborilishi ham katta estetik talofatlarga sabab bo’ladi. Xullas, badiiy tahlilda o’quvchiga badiiy shaklni his etish, uning ahamiyatini anglash yo’llari o’rgatilsa, asardan tabiiy yusinda kelib chiqadigan badiiy ma'noni to’liq ilgab olishga muvaffaq bo’linadi. Shaklning ustuvor maqomi, badiiy ijodda uning tutgan baland rutbasi, ayni vaqtda, shaklningmazmundan ajratib qaralishi mumkin emasligi hazrati Navoiy tomonidan "Hayrat ul-abror" asarida go’zal yo’sinda tasvir etilgan: So’z aro yolgon kibi yo’q nopisand, Aylar aning nazmini dono pisand. O’rnida tishlar duri manzum erur, Chun sochilar qiymati ma'lum erur. Vardu shajar shohid erur bog aro, Lek o’tin silkidadur tog aro. Munda parishonligi noxush qilib, Anda murattabligi dilkash qilib... Daftari nazmida chu sherozadur, Gul varagi gulshan aro tozadur. Uzdi chu sherozani daftari, El uchurur har varagin bir sari. Nazm anga gulshanda ochilmogligi, Nasr qaro yerga sochilmogligi. Bo’lmasa e'joz maqomida nazm, Bo’lmas edi Tengri kalomida nazm. Nazmda ham asl anga ma'ni durur, Bulsin aning surati har ne durur. Nazmki ma'ni anga margub emas. Ahli maoniy qoshida xo’b emas. Nazmki ham surat erur xush anga, Zimnida ma'ni dogi dilkash anga. Yorab, ani xalq dilafruzi et, Xasta Navoiyga dagi ruzi et. Ko’rinadiki, badiiy tahlil asnosida shakl va mazmun munosabatining estetik me'yori topilgan hamda unga amal qilingan holdagina chuqur badiiy tahlil qilish mumkin. Download 280.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling