Badiiy tahlil asoslari
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
Download 280.19 Kb.
|
badiiy tahlil asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIV-MAVZU BADIIY ASARNING BELGILAR (SEMIOTIKA) BO”YICHA TAHLILI REJA
- Tayanch tushunchalar
- Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
- XIV-MAVZU BADIIY ASARNING STRUKTURAL TAHLILI REJA
- Tayanch iboralar
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Badiiy tahlilda epic ko’lam, tafsilot, voqelik masalasi. 2. Badiiy asarda obraz va obrazlar tahlili. 3. Dramatik asar tahlilida sahnaviylik va dramatic konflikt. 4. Epik asar tahlili jarayonida badiiy tilning o’rni. 5. Asar kompozitsion – suyujet elementlari tahlili. XIV-MAVZU BADIIY ASARNING BELGILAR (SEMIOTIKA) BO”YICHA TAHLILI REJA: 1. Simvol haqida tushuncha,uning lug’aviy va istilohiy ma’nolari. 2.Badiiy adabiyotda simvol-ramz tushunchasining mazmun mohiyati 3.Ramziy obraz tushunchasi va uning badiiy funktsional tuzulishi, 4. Sharq mumtoz va hozirgi zamon o’zbek she’riyatida ramziy obrazlar. 5. Xalq og’zaki ijodida ramziy obrazlar dunyosi. Tayanch tushunchalar: Simvol, Ramz, Ramziylik, Semiotika, An’anaviy obraz, Poetik simvol, Belgi ma’nolari, Simvol-obraz, Simvollashtirish, Simvol - ifoda. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: Asqarali Sharopov. Olamlar ichra olamlar. – T. G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashrioti. 1978 2. O’z Sovet Ensiklopediyasi. 9 –jild, T- 1977. 184 bet. 3. N. Kostomarov. Обисторическомзначениирусскойнароднойпоэзии. Харков. 1860. 4. А. Потебня. Из истории по теории словесносте. Харков 1927 5. А. Потебня. О некоторых символах в славянской народной поэзии. Харков 1860. 6. M. Qo’shjonov. Suvon Meliev. Abdulla Oripov. – T. Ma’naviyat. 2000 106-118 betlar. “Lirik fojelik”, “Nayning nolasi, kimning nolasi”, “Tilla baliqcha fojeasi”. Ramz – arabcha ishora qilmoq. Badiiy adabiyotda voqea , predmet va tushunchalarni boshqa buyum va hodisalar orqali shartli tasvirlash usuli. Masalan, sher – mardlik, jasorat, tulki – makkorlik ramzi. Adabiyot tarixida asrlar davomida ishlatilib kelayotgan ramziy obrazlar sistemasi mavjud: gul – go’zallik, mashuqa, bulbul – sadoqatli oshiq, boyqush – baxtsizlik, sariqrang – mahzunlik, qorarang – motam. Hotam – sahiylik, chumoli – xoksorlik, donolik ramzi va hokazo. Ijodkorlar an’anaviy ramzlar bilan bir qatorda tabiatdagi har xil hodisa va detaldan, masalan, bulut, buloq, chaqmoq, va boshqalardan ramziy maqsadiga xizmat qiluvchi muayyan ramziy ma’noga ega bo’ladi. Poetik simvol badiiy vosita – voqelikni aks ettirish usuli sifatida qadimdan ifoda etiladi. Uning dastlabki namunalari xalq og’zaki ijodida ko’rinadi. Simvolni o’rganish rus adabiyotshunosligida XX asr boshlaridan amalga oshirilgan. N. Kostomarov xalq og’zaki ijodi poetikasi bo’yicha shug’ullangan folklorshunoslar ichida birinchi simvol bilan aniq fanlardagi simvol tushunchasini, ular o’rtasidagi farqni to’g’ri hal qilib bergan bo’lsa, o’zbek adabiyotshunosligida bu masalaning to’la ravshanlashishiga erishishda tadqiqodchi Asqarali Sharopovning 1978 yilda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etilgan “Olamlar ichra olamlar” nomli kitobi muhim qiymatga ega bo’ldi. Badiiy ijod jarayonida qo’llanadigan simvollar o’zining xarakteri, imkoniyatlari va bajariladigan vazifalari jihatidan alohida qimmatga ega. Poetiksimvolningtuzilishi, uningo’zigaxosliginianiqlashuchunsimvoltushunchasiningnisbatankengma’nodaqo’llanishivasimvolobrazbilansimvolbelgio’rtasidagio’zaromunosabatmasalasigaoydinlikkiritishlozimbo’ladi. Simvollarning (belgi ma’nosida) qo’llanish chegarasi xilma-xil bo’lib, u turli sohalarda uchraydi. Simvol tushunchasi faqat san’atda emas, me’morchilik , matematika, fizika, kimyo, kibirnetika, tilshunoslik, falsafa kabi ijtimoiy aniq fanlarda ham keng qo’llaniladi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda simvollarning turli sohalarda qo’llanishi imkoniyatlarini o’rganish ularning ba’zilaridagi bir-birlaridan farqlanuvchi tomonlarini aniqlash bilan bog’liq semiotika fani vujudga keldiki, bu simvollar masalasini o’rganishning muhimligi uni, ya’ni simvol belgini badiiy adabiyotdagi simvol obraz bilan aralashtirib yubormaslik lozimligini ko’rsatadi. Simvol keng ma’noda (grekcha simvol so’zidan olingan bo’lib qadimgi greklarda maxfiy bir tashkilot a’zolarining bir-birini tanib olish uchun qo’llanadigan tarixiy belgisidir) belgi tushunchasini anglatadi. Poetik simvol tashqi ko’rinish, belgi bo’lib, undagi aniqlik, ko’rgazmalilik, ayni vaqtda badiiy shartlilik vositasida unga nisbatan kengroq abstract ma’no ifoda etadi. Bu simvol obrazga taaluqlidir. Simvol – belgi esa ma’nosiga xos bo’lgan sifatlarni, xususiyatlarini o’zida to’liq mujassamlashtirmaydi. Gegelning fikricha, belgidagi mohiyat va ifoda o’rtasidagi bog’lanish, aloqa ularning tasodifiy birlashishiga asoslanadi, xolos. Simvol – belgidagi mohiyat va ifoda o’rtasida ichki bog’lashining bo’lmasligini matematik, fizik, ximik simvollarda uchratishimiz mumkin. Simvol – obraz va simvol – belgining o’ziga xos xususiyati, farqlari N. Kostomarov tomonidan ham ancha to’gri hal qilingan. Kostomarov simvollashtirishning turli ko’rinishlarini bir-biridan farqlanishini inson psixologik xususiyatlari bilan bog’liq xolda olib qaraydi. “Simvollashitirsh nisbatan turli sohalarda uchraydi Farqi shundaki, ayrim xollarda (ya’ni nozik simvollarda) simvol insonning mavjud psixik xususiyatlariga suyangan xolda yuzaga keladi, boshqalarda esa, (simvol belgida) u sun’iy bo’ladi, shuning uchun ham o’ta shartli mohiyatga ega. Misollarga murojaat etaylik:
Halol mehnati bilan yashab kelgan g’arbu sharq. Amerika sayyodi uchurgan burgutni, Tinchlik kabutarining parvozidan qilur farq. G’afur G’ulomning “Tinchlik minbaridan” she’ridagi bu bandda burgut, kabutar poetik simvol bo’lib, ularning ma’nosi umumiy mazmun bilan bir butunlikda anglashiladi. Ya’ni burgut urushqoqlik simvoli bo’lsa, kabutar tinchlik simvoli sifatida xizmat qiladi. Poetik simvolda ma’no o’rtasidagi ichki, mantiqiy aloqaning, o’xshashlikning bo’lishi shart. Shuning uchun ham poetik simvol insonning ruhiy holati, kechinmasi tabiat predmetlari vositasida badiiy ifodalash vositasi hisoblanadi. Ruhiy holatni ifodalash jarayonida predmetlarga shu ruhiy hususiyat ancha singib, ularning predmetlik ma’nosidan o’zga, ko’chma ma’noda tasavvur etishga olib boradi. Aniq fanlardagi simvol-belgida biz bu xususiyatni ko’rmaymiz. Chunki ilmiy simvollarda mohiyat bilan belgi o’rtasida organik bog’lanish bo’lmaydi. Bunday simvollarda umumiy kelishuv orqali doimiy tarzda, shartli qabul qilinadi. Olma, ko’pgina xalqlarda muhabbat ramzi sifatida taqdim etiladi. Buni yaxshi anglagan G’afur G’ulom “Kuz keldi” she’rida shunday eslab o’tadi: Bizlarda olmaning yuz besh turi bor, Bisfilyor, rozmarin, jonoqi, qandil. Olma taqdim etmoq – muhabbat ramzi, Olma bilan ochilar qancha to’la dil. Olmaning ramziyligi haqidagi eng qadimgi motiv Gomerga borib ulanadi. Olma otish manbalarda ko’rsatilishicha, Xorazm o’zbeklarida arab istilosiga qadar ham mavjud bo’lgan. Olma otish asosan, qizil gul bayrami vaqtida o’tkazilgan. Olmani gul bilan qo’shib, faqatgina sevishganlargina emas, balki unashtirib qo’yilgan qiz yigitlar ham bir-biriga otishgan. Keyinchalik ramazonning ikkinchi kuni olma otish marosimi o’tkazish urf bo’lgan. Bunda qiz o’z dugonalari va yangasi bilan qishloq yaqinidagi buloqqa borib arg’imchoq uchgan. Oldindan kelib daraxtlar ortiga yashirinib olgan. Yigitlar sevgan qizlariga olma, turli xil shirinliklar otishgan. Xalq urf-odatlaridagi bu an’anaviy ramziylik ertak va dostonlarga, qo’shiqlarga o’tgan. “Toxir va Zuxra” ertagida tasvirlanishicha podshox va vazir farzandlari yo’qligidan juda ko’p iztirob chekishgan. Ular bu – “farzand dog’i”ga chidamay, ov bahona tog’larga bosh olib ketadilar. Yurib-yurib bir go’zal boqqa borib qolishadi. Bir nuroniy chol ularning xaftaliklarini sababini surishtiradi. Ular o’z dardlardini aytgach, chol qo’ynidan ikki qizil olma chiqarib beradi va deydi: Bolalarim, bu olmalarni olib borib sevgan xotiningiz bilan baxam ko’ringlar…Men olmani shu shart bilan berdimki, qaysi biringiz xotiningiz o’g’il tug’sa, otini Toxir qo’ying, qaysi biringizning xotiningiz qiz tug’sa otini Zuhra qo’ying, ammo ularni bir-biridan ajratmang. Juda ko’p ertak va dostonlardagi: “Podshoh qizini turmushga chiqarmoqchi. Bugun qiz kimga turmushga chiqmoqchi bo’lsa, olma otadi” singari gaplar ham olmaning ramziyligi haqidagi qadimgi rivoyatlar bilan bog’liqdir. Olma bilan bog’liq qadimiy motiv “Go’ro’g’lining tug’ilshi” dostonida saqlanib qolgan. Ertaklarda olma otish, taqdim etish, xolatlari ko’proq uchrasa, bu dostonda o’zgacharoq talqin mavjud. Go’ro’g’lining onasi ham qizlik vaqti bog’da aylanib yurib, ariqdagi oqib kelaytogan qizil olmani olib yeydi-da, yukli bo’lib qoladi. Uni gunohkor qilib cho’lga eltib tashlashadi. O’sha cho’lda Go’ro’g’li tug’iladi. Olma bilan bog’liq ramziylik asta-sekin yozma adabiyotga ham kirib keladi. Alisher Navoiyning: Olmani sundi nigoirim: ol, dedi, Olma birla bu ko’ngilni ol, dedi; Surdim ersa, olmasining rangini, Ne so’rarsen! Olma ragni ol! – dedi. Mashhur tuyg’i ham ham xalq og’zaki ijodining ta’siri ifodasi hisoblanadi. Olma va oshiqlar haqidagi ramziy motivlar xalq qo’shiqlarida juda ko’plab uchraydi: Xovuzning labida Pilla tortgim keladi Qiz bolani ko’rganda Olma otgim keladi.
Olma pishganda keeling, Tagiga tushganda keeling, Orqa sochim jamalak, Belga tushganda keeling. Bunda bir-biriga parallel qo’llangan, bir-birini to’ldiradiganhar ikki she’riy ishora (olma pishishi, sochning belga tushishi) mazmunidagi ramziy ma’noni anglab o’tishga yordam beradi. Quyidagi misralarda esa olma bilan bog’liq majoziy vaziyat o’zgargani uchun u endi “qonga to’la dillarning” izhori emas, balk iota-ona izmiga qarab bir-biriga yeta olmagan oshiqlar ichki dunyosining ifodasi bo’lib qoladi:
Olmaga nazar solma. Otam senga bermaydi, O’z bilganingdan qolma. Olma xalq qo’shiqlarining o’ta siqiq, ta’sirchan chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qizil gulni bo’gladim, arg’amchiga, Qaydan ham ko’ngil berdim yolg’onchiga. Yolg’onchi, yoring bo’lay demabmiding, Beyog’ochda besh olma yemabmiding. Ko’rinib turibdiki, olmaning ramziyligi bilan bog’liq misralarning ma’no anglatish vazifasi boshqa misralarga nisbatan ancha keng, ular ma’lum bir vaqtda davom etgan voqealarni, xolat va ko’rinishlarni umumlashtirish imkoniyatiga ega. “Besh olma yemabmiding” birikmasining o’zida ochiq aytilmagan, biroq qachondir sodir bo’lgan voqea: axdu-paymon oshiqlik bilan hamohang bo’lgan motiv yashiringan. Shu o’rinda an’anaviy ramziylik qo’llanilmasa, bu birikma ifodalangan mazmunni butun bir hikoya tarzida tushuntirishga, izohlashga to’g’ri kelardi. Suvon Melining “Tilla baliqcha fojiyasi”, “Lirik fojelik”, “Nayning nolasi, kimning nolasi” maqolalarida Abdulla Oripovning “Tilla baliqcha”, “Sog’inch” va “Nay” nomli she’rlarini alohida-alohida tahlil etar ekan, ulardagi simvolik ruhga alohida e’tibor qiladi. Tilla baliqcha – inson ramzi, tor hovuzcha - moddiy dunyo, “mudroq tollar” – shu xovuzchani to’sib, qo’riqlab turgan devor – ma’naviyatsiz, ruhoniyatsiz, mayda aqidalar majmui. Sariq burglar – boyagi bilimlarning chala-chulpi laxtaklari. Moddiyat kishanida bog’langan odam nazdida materialism – eng oliy haqiqat, ruh boqiyligi – quruq afsona, o’limdan so’ng mutloq yo’q bo’lish, cherish. Xullas, zerikarli va kulfatzada dunyo, ya’ni “ko’mak xovuz”. Tilla baliqcha – faqat biqiq muhit, cheklangan jamiyatda emas, balki vujud qobig’ida qolib, vujud extiyotlarini hayotning birdan-bir ma’nosi deb bilgan odam fojiyasi. “Sog’inch” she’rida: Parchagina bulut Cheksiz osmon, Adir orasifagi yolg’iz oyoq yo’l. Parchagina bulut – vaqt oldida chorasiz odam. Osmon dunyo – cheksiz dunyo. “adir” o’tib ketgan vaqt ma’nosini, “yolg’iz oyoq yo’l” umrning yakka-yakka kechishni ramziy ifodalaydi. Umuman, ramziylik hozirgi kunda ham ijodkorlarga fikrni obrazli ifodalashda qo’l kelmoqda. “Olma tegdi, dardimga darmon dedim, Olma bergan ul sanam armon dedim. Boqdi kulib, dilda orzum angladi, Ne tilasang tilagin borman, dedi. Olma yedim, shirinu sharbat ekan, Ul sanamning va’dasi abad ekan. Nozi soz-u, nazokati o’zgacha, Gar xiyonat, barchasi barbod ekan. Olmadan o’zga meva xush ko’rmadim, Olma yo’q, kun o’zni sarxush ko’rmadim. Olma sabab, bir pariga mubtalo, Ko’p sanamlar, o’zgani tush ko’rmadim.” Bunda olma ramzi lirik qahramonning qalbidagi tuyg’ularning ifodlash vositasi sifatida xalqona ruhda o’z o’rniga ega…
1. Simvol va simvolik obrazlarga ta’rif bering? 2. Ma’joz va ma’joziylik, ramz va ramziylik nima? 3. Mumtoz she’riyatda ma’joziy timsollarga misollar ayting? 4. Cho’lpon, Fitrat asarlarida ramziy obrazlarni ko’rsating? 5. Modernistik adabiyotda ramziylik haqida gapirig? XIV-MAVZU BADIIY ASARNING STRUKTURAL TAHLILI REJA: Badiiy asarga yangicha yondashish yo’llari Qadimgi Sharq ilmida matn va badiiy matnga munosabat xillari Strukturalizm yo’nalishi va strukural tahlil usuli Struktural tahlilning paydo bo’lishi va taraqqiyoti Adabiyotshunoslikda strukural tahlilning samaradorligi O’zbek adabiyotshunosligida structural tahlilning paydo bo’lishi Tayanch iboralar: Germinivtika. Snergetika. Interpretatsia. Aksiologiya. Analiz va sintez. Talqin. Tahlil. Baholash. Tafsir. Semantika. Struktura. Strukturalizm. Matn. Badiiy matn. ADABIYOTLAR: ЙўлдошевҚ. Ёниқсўз. –Т.: «Янгиасравлоди», 2006. Rustamov A. So`z xususida so`z.– T.: “Fan”, 1987. Umurov H. Badiiy ijod mujizalari. – S.: “Samarqand”, 1992. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: “O`zbekioston”, 2000. Ҳ.Умуров. Адабиётназарияси. –Т.: «Шарқ», 2002. Mustaqillikdavriadabiyoti, – T.: “G`.G`ulomnomidagimatbaaijodiyuyi”,2006. Jo`raqulovU. Hududsizjilva. – T.: “Fan”, 2006. KarimovB. AbdullaQodiriy. – T.: “Fan”, 2003. Ibrohim Haqqul. She`riyat ruhiy munosabat. “G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashiriyoti”, Rasulov A. Tanqid, talqin, baholash.– T., 1983. O’zbekiston mustaqilligi adabiyoshunoslik, adabiy tanqid oldida yangi imkoniyatlarni paydo qildi. Sho’ro davri adabiy tanqidchiligi haddan tashqari mafkuralashtirlgan, sosialistik realizm nomli metod badiiy adabiyotning qo’l-oyog’iga kishan solgan yedi. O’anday bedodlikni, adabiy tanqid «hye» yo’q, «be» yo’q barcha kitobxonlarning, jamiki yozuvchi-ijodkorlarning o’qituvchisi-rahnamosiga aylanib qolsa. Adabiy tanqid «rahnamolik»ni shu darajada uddaladiki, manman degan san’atkorlar asarlari yaroqsiz deb topildi, yuzlab, minglab yozuvchilar xalq dushmani sifatida otildilar, osildilar, zindonband qilindilar. Adabiy tanqid ijtimoiy qiyosiy, tipologik talqin yo’lidangina bordi. Adabiy tanqidning germenevtika, aksiologiya, qadriyat singari tushunchalari chetga surib tashlandi. Adabiy tanqid zo’r berib ijobiy va salbiy qahramon masalasini bayroq qilib ko’tardi. Kommunist obrazini yaratish xalqlar do’stligi muammosini yoritishda tappa-tayyor qoliplardan foydalanildi. O’zbekiston Mustaqilikka yerishgach, jahon adabiyoshunosligi, tanqidchiligi mag’no-mohiyati shakli-shamoyili ko’zga yaqqol ko’rindi. G’arb, anglo-amerika adabiyoshunosligi badiiy asarni o’qish anglash yestetikasini yaratib bo’lgan, talqinu baholash nazariyasi bobida katta yutuqlarga yerishgan yekan.O’zbek tanqidchililigiga badiiy asarga yondashuvning yangi ko’rinishlari, talqinning yangidan yangi shakllari kirib kela boshladi.G’arbda taraqqiy yetgan talqin, baholash yo’sinlari mumtoz adabiyoshunosligimizda mavjud bo’lgan. G’arbda «germenevtika», «aksimologiya», «interpretasiya», «biografiya» singari so’zlar mavjud yedi. Sharqda, musulmon adabiyoshunosligida izoh, sharh, tafsir, talqin, ta’vil, manoqib, tazkira singari imtihonlar ko’p bo’lgan. Biz ushbu maqolalmizda badiiy matn tarkibi, ma’nolar ko’chimi, tayanch so’zlar-struktura, strukturalizm haqida fikr-mulohaza yuritar yekanmiz, mustaqillik tufayli adabiy tanqidda qayta jonlana boshlagan bir muammoni qayta ko’rib o’tamiz. Badiiy asar o’ziga xos mikromir: san’atkor asar vositasida olam-olam fikrlarni bildiradi, g’oyalarni ifodalaydi. Biz Borliqni qanday o’zlashtirsak, san’atkor matnini shunchalik sinchiklab o’rganamiz. Haqiqiy matn – tartibli tarkibiy tizim. Borliq tuzilishida, inson muchasi, a’zolarining joylashishida izchil tarkib, tartib bo’lganiday, badiiy asar matnida ham tartibli tarkib mavjud. Aniqroq aysak, badiiy asar – betakror struktura, tartibli tarkibiy tizim. Bu tizimni uqish, o’zlashtirish yo’rig’i, yo’sini, qoidasi strukturalizmdir. Strukturalizm maqsadi adabiy matnning semiologiyasi – ma’nolar ko’p yo’nalishi, ko’p qatligini anglashdir. Strukturalizm maqsad-mohiyatini yuzaga chiqarishda asardagi muhim ma’no nuqtalarini belgilab olish jiddiy ahamiyat kasb yetadi. Sinchkov nazar strukturalizm matnni turli alfozda tahlil qilish yekanligini payqab yetadi. Boshqacha aytganda, strukturalizm va germenevtika, strukturalizm va aksiologiya uncha ham bir-biridan yiroq tushunchalar yemas. Biz strukturalizmning paydo bo’lishi, bosqichlari haqida to’xtalishni; strukturalizm va XX asrdagi ayrim falsafiy-yestetik qarashlar tarixini yoritishni; strukturalizm vazifasi va oqibatlarini ochishni; nihoyat, strukturalizmning o’zbek adabiyotida qo’llanishi mumkin bo’lgan yo’nalishlar tarixini ifodalashni maqsad qilib qo’ydik.Mohiyatiga ko’ra strukturalizm yangi soha yemas. Uzoq tarix, boy adabiy merosga yega xalq borki, uning nafosashunosligi, adabiyoshunosligi, matnshunosligi taraqqiy yetgan bo’ladi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur singari san’atkorlar nafaqat badiiy asarlar, balki poyetikaning turli muammolari haqida tadqiqotlar yaratganlar. Alisher Navoiy “Mezonul-avzon”, “Muhokamat ul-lug’atayn” singari asarlarida so’z, misra, tarkibiy tizim haqida qimmatli fikrlarni bildirgan. Hozir ham o’zini hurmat qilgan, badiiy ijodni muqaddas sanagan san’atkor badiiy til, struktura, so’zdan foydalanish mahorati, satr salmog’i, semiologiya singarilar haqida tadqiqot olib bormoqda. Ammo struktura, strukturalizm istilohi yuz yil muqaddam Fransiyada paydo bo’ldi. Struktura tarkibiy qismlar aro aloqa va o’zaro moslashuvlardir. Strukturalizm-tilshunoslik, adabiyoshunoslikdagi yo’sin, yo’nalish, metodning mushtarak atamasi. XX asrning 10-yillaridan ye’tiboran shakllana boshlagan strukturalizm metodini fransuzlar “yangi tanqid” deya boshladilar. Fransuz strukturalizmi haqida gap borar yekan, avvalo Ferdinand de Sossyur (1857-1913) nomi tilga olinadi. U struktural lingvistika asoschilaridan bo’lib, fanga sinxron va diaxron o’rganish metodlarini olib kirdi. Lingvistikani izchil tizim sifatida o’rganish, til va semiotika aro uzviy bog’liqlik masalalari F.de Sossyur nomi bilan bog’liq. R.O.Yakobson (1896-1982) strukturani badiiy asar fabulasi va kompozisiyasi bilan uzviy bog’liqlikda o’rganish yo’sinini ishlab chiqdi. Uning tadqiqotlari ko’proq lingvistik strukturalizm bilan bog’lanib ketgan. Tadqiqotchi Jan-Mari Ozia struktura va inson psixologiyasi muammolarini tadqiq yetgan. Mana shu olim matn tahlili muammolari siyosiy, mafkuraviy, tashviqiy qarashlardan yiroq bo’lishi lozimligini uqtirgan. Gaston Bashlar (1884-1962) struktura, strukturalizm bilan bog’liq “Yangi ilmiy tafakkur” konsepsiyasini falsafiy jihatdan asosladi. U hozirgi ilmiy bilish dialektikasini yangicha talqin qilishga intildi. Strukturalizm mantiqiy bog’liqlik, o’zaro aloqalarni yaxlit halqa sifatida o’rganadi. Bu metodda makoniy cheklanish mavjud, ammo u tafakkur imkoniyatlarini bus-butun ishga solishga qodir. Strukturalizmda ma’lum muammodan chetga chiqib ketmaslik, masalani mumkin qadar teran, keng miqyosda yoritib berish muhimdir. Strukturalizmning shakllanishi va rivojini Rossiyada paydo bo’lgan “Poyetik tilni o’rganish jamiyati” (OPOYaz) faoliyati namoyandalari ijodiy izlanishlarisiz tasavvur yetib bo’lmaydi. XX asrning 10-yillarida tashkil yetilgan bu jamiyat lingvistik va adabiyoshunoslik strukturasi muammolari bilan shug’ullandi. Mazkur jamiyatning Ye.D.Polivanov, Yu.N.To’nyanov, V.B.Shklovskiy, R.O.Yakobson, B.V.Tomashevskiy, B.Yeyxenbaum singari a’zolari lingvistika, adabiyoshunoslik, xususan, poyetika, adabiyot nazariyasi, matnshunoslik, rus adabiyoti tarixini ilmiy-nazariy yoritishda betakror o’zliklarini namoyon yetadilar. Xususan, Viktor Borisovich Shklovskiy (1893-1984), Boris Viktorovich Tomashevskiy (1890-1957)kabilar ham nazariyotchilar sifatida tanildilar, ham L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, A.Pushkin asarlari strukturasini tadqiq yetish bo’yicha katta ilmiy yutuqlarga yerishdilar. Ularning ijodi 10-yillarda boshlangan bo’lsa-da, 50-70-yillarda unumli natijalar berdi.Strukturalizm XX asrda uchta murakkab bosqichni o’tadi. 10-yillarning o’rtalarida boshlangan strukturalizm boshlang’ich pog’ona bo’ldi. Garchi u “boshlang’ich” bo’lsa-da, strukturalizmning tamal toshi o’sha paytda qo’yildi, uning asosiy maqsad-vazifalari belgilandi. Muhimi, strukturalizm lingvistika va adabiyoshunoslikdagi mushtarak nuqtalarga diqqatini qaratdi. Ayni vaqtda ilk strukturalizm lingvistik va adabiyoshunoslik muammolarini aniq, uzil-kesil ko’rsatib berdi.Strukturalizmning ikkinchi pog’onasi XX asrning 60-70-yillariga to’g’ri keldi. Fransiyada bu yillar Klod Levi Stross (1908), Jak Lakon (1901-1981), Rolan Bart (1915-1980), Mishel Fuko (1926-1984) singari strukturalistlar ijod qildilar. Bular strukturalizm mohiyatini mukammal yoritdilar. R.Bartning “Huzurbaxsh matn”, M.Fukoning “So’z va buyumlar” tadqiqotlari, Levi-Strossning yetnografik strukturalizmga doir ishlari mashhur bo’ldi. Ayniqsa, A.Bartning tanqid, adabiyoshunoslik, tillar haqidagi tadqiqotlari strukturalizm nuqtai nazaridan o’rganilgan, baholangan.60-70-yillarda rus strukturalistlari unumli ish olib bordilar D.M.Lixachev (1906-2000), M.B.Xrapchenko (1904-1993), M.M.Baxtin (1895-1975), . Yu.Lotman, Yu.Borev, Yu.Barabash singarilar “OPOYaZ”chilar an’analarini davom yettirdilar, badiiy asar matniga doir xronotop, roviy, funksional yondashuv singari masalalarni o’rtaga qo’ydilar. 60-70-yillar strukturalizmida Yuriy Lotmanning xizmatlari katta. Bu olim uslubi qanchalik murakkab bo’lsa, u talqin qilgan asarlar ham shunchalik jiddiy. Uslub qancha murakkab bo’lsa, mutaxassis uni o’qish, o’rganishga shunchalik jiddiy kirishadi. Yu.Lotman badiiy asar matni muammosini keng miqyosda, barcha san’at asarlari birligida, jahon adabiyotining murakkab asarlari misolida yoritadi. Yu.Lotmanning mantiq yo’siniga yo’l topilsa, uning nazariy qarashlarini anglab yetish osonlashadi. Olim har qancha murakkab uslubni qo’llamasin, badiiy matn muammosi doirasidan chetga chiqib ketmaydi. Bizning mumtoz adabiyotimizda shunday murakkab, teran ildizli matnlar borki, ularni anglab yetgan mutaxassis Yu.Lotman asarlarini bemalol uqib oladi.70-yillardan boshlab o’zbek adabiyoshunosligida poyetika masalalari o’rganila boshlandiki, ularni strukturalizm sohasida olib borilgan izlanishlarning boshlanishi deb anglamoq joiz. Badiiy tafakkurda ro’y bergan o’zgarishlar adabiyotda darhol namoyon bo’ladi. 80-yillardan boshlab strukturalizmning yangi ko’rinishi – posstrukturalizm paydo bo’ldi. Posstrukturalizm, ramziy aytganda, strukturalizmni biqiqlik, akademik holatdan hayotning jo’shqin oqimiga olib chiqdi. Yangi metod namoyandalari jonli hayot ruhi singgan, xalqona tilda yozilgan matnlarni talqin qila boshladilar. Ayniqsa, bunday hol sho’ro adabiyotida ro’y berdi. Oshkoralik va demokratiya sharoitida muqaddam ta’qiqlangan asarlar chop yetila boshlandi. Ularda Gulag mahbuslari, siyosiy jinoyatlari uchun uzoq vaqt ozodlikdan mahrum yetilganlar xarakteri aks yettirilgan yedi. A.Soljenisin, A.Ribakov, A.Bek, A.Platonov singarilarning asarlari posstruturalizm uchun qimmatli material – matnlarni berdi. O’zbek adabiyotida X.Sultonov, Murod Muhammad Do’st, Yerkin A’zam, Tog’ay Murod, Rauf Parfi singarilarning asarlari matni o’ziga xos, betakrorligi bilan diqqatni jalb yetdi.Poyeziyadagi baxshiyona ruh, xalqona ohang, maromlar matn tahlili uchun nihoyatda zarur, qimmatli yedi. Mustaqillik davri adabiyotida nasr, nazm, dramaturgiya sohasida bo’lmasin janriy izlanishlar avj oldi. Omon Muxtor, Xurshid Do’stmuhammad, Salomat Vafoning roman, Tohir Malik, Nazar Yeshonqul, Sh.Xolmirzayevlarning qissa, N.Yeshonqul, Sh.Bo’tayev, N.Norqobil, Ye.Shukur, Isajon Sultonov, Zulfiya Qurolboy qizi, Dilfuza Qo’ziyevalarning hikoya janridagi izlanishlari posstrukturalizm metodi uchun boy material bo’la oladi. Afsuski, o’zbek adabiyoshunosligi, adabiy tanqidchiligi strukturalizm metodi muammolari bilan jiddiy shug’ullanmayapti. To’g’ri, mustaqillik davrida A. Qahhorning “Sarob”i, A.+odiriy romanlari matn nuqtai nazaridan yangicha talqin qilindi. Ammo bunday talqinlar hozir nihoyatda kam. Ayniqsa, qayta talqin qilinishi lozim bo’lgan asarlar bisyor. “Tafakkur” jurnalining 2004 yil 3-sonida Zuhriddin Isomiddinovning “Taras Bulba: oshkor va pinhon qiyofa” nomli tadqiqoti chop yetildi. Muallif Gogol asaridagi semiotik nuqtalarni aniq, ishonarli belgilaydi. Matn tahlilidan kelib chiqqan holda muallif Taras Bulba zinhor xalq qahramoni, vatanparvar bo’lmaganligini isbotlaydi: “Albatta, Gogol ham xuddi Pushkinga o’xshab, o’z davrida Taras Bulba singari “din va millat fidoyilari”ning yovuzligini faqat ishorat tili bilan bayon qila olar yediki, buning sabablari hammaga tushunarli”1. Shu muallif «Chini turganida afsona nechun?» maktub-maqolasida To’lenbergan Kompbergenevning «qoraqalpoqman. tavakkalchiman» (Nukus-2003) asarini sinchiklab tahlil qiladi. Ma’lumki, so’nggi yillarda har bir xalq o’zining tarix shodasidagi o’rni, mavqyeini bo’rttirib ko’rsatishga intilmoqda. Donishmand adib T.Kalpbergenov ham qorqalpoqni ulug’lashga haddan tashqari berilib ketadi. Z.Shomiddinov asardagi sakta, soxtaliklarni birma-bir talqin qilarkan, yozuvchiga murojaat qiladi: «Hurmatli Tulepbergin og’a!... Yel va millatning qadimiyrog’i a’loyu tarix sahnasiga turli sabablarga ko’ra kechroq chiqqanlari tubanroq bo’lmaydi. Barchasi teng. Shunday yekan, tarixchi olimlarning hozirgacha amalga oshirgan mehnatlari natijasini-ayon haqiqatlarni nazar-pisand qilmay, afsona to’qishga, shu asosda tarix «ijod» qilishga hojat yo’q».2Tanqidchi badiiy asar matniga chuqur kirgani sayin tarkib, tartib, tayanch so’zlarni aniq ko’radi, his qiladi. Postrukturalizm so’zlar, ishoralar aro modern holat, asar ichra asar yaratila boshlanganligi ko’ra boshlaydi. Sho’ro davri tanqidchiligidagi talqin, tahlillarni kuzatar yekansiz, xayolingizga daf’atan: “Men nima deymanu qo’bizim nima deydi?”- maqoli keladi. Xullas, posstrukturalizm asarlarni sinchiklab o’rganadi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, posstrukturalizm globallashuv jarayonining samarasi sifatida jahoniy ahamiyatga molik asarlarni tahlil, talqin qiladi. Masalan, strukturalist Klod Levi-Stross “Strukturalizm va yekologiya” maqolasida muammoni umumjahon miqyosida oladi. Levi-Stross mutaxassisligi nuqtai nazaridan yetnolog bo’lgani uchun ham umumjahoniy muammo mohiyatiga tez, asosli kirib bordi. Badiiy adabiyotda global mohiyatli tadqiqotlarni yaratish shart. O’ylab ko’rilsa, olam ham hududsiz, odamlar ham bir-biriga yot yemas yekan. Ayniqsa, ilmiy-texnika taraqqiyoti, globallashuv jarayoni odamlarni yaqinlashtirganiday, adabiy aloqa, o’zaro ta’sirni kuchaytirdi. O’zbek yozuvchisi Xurshid Do’stmuhammad italiyalik adib Dino Busattining “Yetti qavat” hikoyasidan ta’sirlanib “Jimjitxonaga yo’l” asarini yozdi. Hikoya kompozisiyasi g’alati: X.Do’stmuhammad “Yetti qavat” hikoyasi qahramoni Dino Korte holati bilan “Jimjitxonaga yo’l”ning asosiy ishtirokchisi Zohid Yaqin ruhiyatini baqamti tasvirlaydi. Har ikki hikoyada ko’zga yaqqol tashlanmaydigan jihat shuki, Dino Korte asta-sekin yuqoridan pastga tushib boradi. Zohid Yaqin bo’lsa birinchi qavatdan yettinchiga ko’tariladi. Qizig’i shundaki, odam-kim, qayerdanliligidan qat’i nazar taqdirga tan berib, turli vaziyatlarga ko’nikib borarkan. Italiyalik yozuvchi o’z qahramonini osmondan yerga tushirar yekan, uning o’ziga xosligidan – dini, millati, udumlari, yashash tarzidan kelib chiqadi. X.Do’stmuhammad Zohid Yaqinni asta-sekin arshi a’loga ko’tara boradi. Har ikki qahramon o’lim tomon ilgarilab boraveradi. O’zbek va italiyalik bemorning holatlari strukturali tahlilda sezila boradi. O’limning millati yo’q. U o’z bag’riga hammani olaveradi. Jon taslim qilayotgan Dino Korte “najot istab mayda sim to’r qoplangan derazadan tashqaridagi daraxtzorga chiranib qaraydi, ammo ko’z oldi chaplashib ketadi. Tunmi?... - deb so’radi u arang pichirlab. – Soat nech...”2. Shunday holat Zohid Yaqinda ham ro’y beryapti: “Zohid Yaqin yo’lak adog’idan oqib kirayotgan sutdek nur og’ushida yastanib yotgan keng va yam-yashil sayhonlikni ilg’ab, shu qadar bahri dili ochildiki!... Joziba!...” Xurshid Do’stmuhammad “Al-a’rof” dramasida amerikalik mashhur adib Yedgar Po (1809-1849)ning hayotidagi holatlarni tasvirlash orqali insonning qayerda, qanday yashashidan qat’i nazar, fojialar girdobida bo’lishini ko’rsatadi. Demoqchimizki, o’zbek yozuvchisi amerikalik adib hayoti misolida insoniy fojia, holatlarni ko’rsatib bergan. Dramadagi semantik markaz mana bu gapda jamlangan: “Dushman tashqarida yemas, ichimda, amma...”3 Aksariyat insonlar kuyadilar, yonadilar, lyekin Po singari o’z dardlarini lo’nda ifoda yeta olmaydilar. Globallashuv jarayoni insonni to’laroq anglash imkonini yaratdi. Bilamizki, har bir milliy adabiyot tarkibida bolalar adabiyoti, uning namoyandalari bor. Hozirgi paytda bolalar adabiyotida ham jiddiy o’zgarishlar ro’y beryapti. So’nggi olti-yetti yil ichida angliyalik yozuvchi Djoan K.Rolingning nomi mashhur bo’lib ketdi. U yaratgan “Garri Potter va uning do’stlari” asari bolalik saltanatining mashhur asariga aylandi. Garri Potter sarguzashtlari tasvirlangan kitob jahon bolalari tomonidan o’qilmoqda, film holida tomosha qilinmoqda. Garri Potter nega bunchalik mashhur bo’lib ketdi? Yozuvchi K.Roling bolalarning yertak, mif, sarguzashtlarini texnika vositalari orqali tasvirlay oldi. Garri va uning do’stlari yalmog’izlar, afsungarlar orasida bo’ladilar, xavfli vaziyatlarga tushib qoladilar va muhimi, bunday vaziyat-holatlar texnika, yelyektronika, kompyuterlar bilan uzviy bog’liq. Atrofimizga nazar tashlasak, bolalar kompyuter olamiga chuqur sho’ng’ib ketganliklarini sezamiz. Boshqacha aytganda, boladagi sarguzashttalablik, qaltis vaziyatlarga intilish fan-texnika vositasida amalga oshirilmoqda. Bolalik saltanatidagi holat, vaziyatlarni strukturalizm metodi vositasida ishonarli tahlil qilish mumkin. Xullas, posstrukturalizm keng miqyosda faoliyat olib boradigan, masalani ildiz-ildizidan yoritib beradigan umumdunyoviy metodga aylanib bormoqda. Yehtimolki, taraqqiyot posstrukturalizmning yana yangi imkoniyatlarini yuzaga chiqarar.Adabiyot va san’atda yo’sin, yo’nalish, oqimlar borki, ularning asosida falsafiy-yestetik qarashlar,yorqin siymolarning yestetik tushunchalari turadi. XX asrda G.V.Plyexanov (1856-1918), M.Xaydegger (1889-1976), Gaston Bashlar (1884-1962),Jan-Pol Sartr (1905-1980), N.A.Berdyayev (1874-1948) singari mutafakkirlar yashaganki, ular faoliyati markscha falsafa-yestetika, yekzistensial yo’nalish, struktural tizim mohiyati bilan uzviy bog’liq. To’g’ri, Z.Freyd, K.Yung, Ye.Fromm, S.Frank singari mutafakkirlar ham XX asrda o’z tadqiqotlarini yaratganlar. Ularning asarlari san’at-yestetikaning teran muammolarini hal qilish bilan bog’liq. Biz yekzistensializm, strukturalizm, sosialistik realizm mohiyatiga jiddiyroq nazar tashlashnigina maqsad qilib qo’ydik. Yekzistensial falsafa XX asrda /arbiy Yevropada chuqur ildiz otdi. Frans Kafka (1883-1924), Alber Kamyu (1913-1960), Jan-Pol Sartr (1905-1980) singari san’atkorlar ijodi yekzistensializm bilan uzviy bog’liq. Yekzistensializm metodining maqsad-mohiyati ko’proq M.Xaydegger asarlarida yoritilgan. Yekzistensial – tirikchilik demak. Inson-tirik jon. Tirikchilik uning ma’no-mazmunini belgilaydi. Inson qilmish-qidirmishlari uning mohiyatini belgilaydi. Insonga nega unday yashamading, nega bunday g’oyaning izidan bormading, hayotingni qanday yo’naltirishlarda olib bording degan savollarni qo’yish noto’g’ridir. Insonning kimligi, mohiyati yashagan yo’li, qilmishlaridir, xolos. “Inson o’zini qay darajada amalga oshirsa, shu darajadagina mavjud bo’ladi. U o’zini, demak, o’z qilmishlarining yig’indisi sifatida, o’z shaxsiy hayoti sifatida – faqat shundaygina namoyon yetadi,”4 - deb yozadi J. P.Sartr. Uning quyidagi fikrlari inson mohiyati to’g’risidagi qarashni tasdiqlaydi: “... inson o’zining qator qilmishlaridan boshqa hyech narsa yemas, u mana shu qilmishlaridan tashkil topadigan munosabatlar yig’indisidan iborat, demoqchimiz xolos”5. Ekzistensializm insonni imkoniyatlariga ko’ra yemas, qilgan ishiga ko’ra baholaydi. Odam bu dunyoda yeladi, yuguradi, bolam-chaqam deydi, to’y-tomosha qiladi. Xullas, umr o’taveradi. Yekzistensial falsafa insondan “Nega bunday qilding?”, “Nega bunday qilmading?” demaydi. Insonningsavobi ham, gunohi ham o’ziga. Yeng asosiysi, inson mafkuralar, yuksak g’oyalar, tinkani quritadigan yugur-yugurlar quli bo’lib qolishi kerak yemas. Inson hayotining qaysidir bosqichida qo’rqoqlik qildi, qachondir loqaydligi tufayli fojiaga sabab bo’ldi. U nima qilgan bo’lsa, qanday yashagan bo’lsa, shunga yarasha ajr (savobu gunohini) oladi. O’ylab ko’rilsa, yekzistensial falsafa hamma inson hayotiga mos keladi. Sharqda yashash, tirikchilik falsafasi chuqur ishlangan. Faqat u yekzistensializm deyilmaydi. Tirikchilik, tirikchilik deymiz-u, har bir odam yashashga o’z aqli, tushunchasi bilan yondashishini unutmasligimiz kerak. Ba’zi odam tabiatan aqlli, dono bo’ladi: ishning foydasi, osonini ko’zlab harakat qiladi. Odam borki, hayotini yelga sovuradi: yeyish, ichish, maishat qilishdan nariga o’tmaydi. Mutafakkir M.Xaydegger biologik umr bilan ontologiyani (mangu barhayotlilikni) farqlaydi. Uningcha, tirikchilikning muhim bir nuqtasi bor. U – o’lim. Odam o’limdan qo’rqadi, uni yo’qlik, mavhumlik deb biladi. Aslida, o’lim yashash yo’lidagi bir bosqich. Odam o’limdan keyin ham yashaydi. Lekin, hamma gap shundaki, u qanday, qancha yashaydi? Tiriklik davrida inson qanday yashagan bo’lsa o’lganidan keyin inson sifatidagi MOHIYaTIGA ko’ra ontologiya bosqichiga kirishadi. Biz ko’proq mangu asarlar haqida gap borganida ontologiya istilohini qo’llar yedik. Yekzistensial falsafa ontologiyani inson umri qimmatini belgilovchi vosita sifatida ishlatadi. M.Xaydegger fikricha, inson yashayveradi, tirikchilik yo’lida yelib yuguraveradi, ammo alal-oqibat inson hayotining ma’no-mohiyati talqin, tahlil orqali baholanadi. Martin Xaydegger, garchi yekzistensial falsafa namoyandalaridan bo’lsa-da, til va inson bog’liqligi masalasiga alohida ye’tibor beradi. Haqiqiy til – sizu biz oramizdagina aloqa vositasi yemas. U (haqiqiy til) insonga shariflik ato qilinayotganda berilgan ilohiy in’om. Insonning insonligi tilidadir. Sharif inson faqat so’zlayotganidaginamas, sukut saqlayotganida ham some’lik qilayotganida ham go’zaldir. Sokin odamning mohiyati so’zlayotgan odam fikrlaridan ko’proq narsani anglatadi. Til haqida, ayniqsa, tilning germenevtik mohiyati xususida fikr yuritgan odam struktura, semiotika, semiologiya haqida to’xtalinmasligi mumkin yemas. Demoqchimizki, M.Xaydegger asarlarida struktura, strukturalizm haqida aytilgan mulohazalar ko’p. “Tafakkur yuritish nadur?” maqolasida so’zlar mag’zini chaqadi: “Faylasuflar – tafakkur yurituvchilar. Buning boisi shuki, asosan falsafada tafakkur ro’y beradi. Hozir hyech kim falsafaga qiziqish ortayotganini inkor yetmaydi. Lekin bironta zot topilarmikanki, “+IZI+ISh” degan so’zning bugungi kunda qay mazmunda qo’llanayotganini kuzatgan bo’lsin”6. M.Xaydegger jumla, satrdagi har bir so’z mazmuni, shakli, turkumi, ohangi, maromi bilan qiziqadi. Bu, tabiiyki, strukturalizm bilan uzviy bog’liq.Yekzistensializm metodi XX asrning o’rtalariga kelib bir muncha susaydi, unga bo’lgan qiziqish kamaydi. XX asr boshlaridan yekzistensializmga zid turadigan markscha realizm Rossiyada, keyinroq SSSRda nihoyatda rivojlandi. Markscha falsafa asosida paydo bo’lgan sosialistik realizm nafaqat Sho’ro davlatida, balki bir qancha xorijiy adabiyotlarda qo’llanila boshlandi. Markscha falsafaning nafosashunoslik, adabiyoshunoslikda qo’llana boshlanishida Georgiy Valyentinovich Plyexanov (1856-1918)ning hissasi katta bo’ldi. U o’ta madaniyatli, ko’p o’qigan, san’atni nozik his qiladigan, marksizmga nihoyatda sadoqatli zot bo’lgan. G.Plyexanov Marks asarlarini qunt bilan o’qidi, ularni rus tiliga tarjima qildi. Marksistik nafosashunoslikning shakllanishi, rivoji Rossiyada G.Plyexanov nomi bilan bog’liq. Plyexanov rus mutafakkir tanqidchilari – Dobrolyubov, Chernishevskiy, Gersen, ayniqsa, Belinskiy asarlarini alohida bir mehr bilan o’qidi. Unda g’arb faylasuflari qarashlarini rossiyalik ma’rifatparvarlar – “real tanqid” namoyandalari ijodi bilan bog’lash istagi tug’ildi. Belinskiyning asarlarini o’qir yekan, Plyexanov g’alati bir yangilikni kashf yetdi. V.Belinskiy G.Gegel asarlarini o’qib: “Adabiy tanqidning vazifasi san’at asarlarini tafakkur tiliga o’girmoqdir”, - deb yozib qo’ygan yekan. G.Plyexanov panlogizm nomini olgan Gegel falsafasi haqidagi Belinskiy qarashini o’qib xursand bo’lib ketdi. Plyexanov mana shu yangilik asosida o’zining PANSOSIOLOGIZM nomini olgan qarashini uzil-kesil ifodaladi: “Adabiy tanqidning vazifasi san’at asaridagi sosiologik yekvivalyentni yuzaga chiqarishdir”. Gegelning san’at haqidagi aqidasi panlogizm nomi bilan mashhur bo’lgan yedi. G.Plyexanovning sosiologik yekvivalyent nazariyasi pansosiologizm deb yuritila boshlandi. Inson hayoti, xarakterini ijtimoiyliksiz tasavvur yetib bo’lmaganday, adabiy tanqidni ham ijtimoiy yondashuv talqinsiz anglab bo’lmaydi. Lekin ijtimoiylik boshqa belgi, xususiyatlarga qo’shib olib borilsagina o’zini oqlaydi. Ijtimoiylikni adabiy tanqid, badiiy xarakterning bosh, yetuk belgisi sifatida qabul qilinishi, qo’llanilishi to’g’ri yemas. G.Plyexanov V.Belinskiy, N.Dobrolyubov, N.Chernishevskiy, A.Gersen ijodidagi “real tanqidning asosiy xususiyati ijtimoiy ekvivalentlik ekanligidan quvondi. Vaholanki, V.Belinskiydan boshlangan rus inqilobiy demokratlari badiiy asardagi ijtimoiy mohiyatni matnni bosib-yanchib, sindirib,majruh qilib sitib chiqarganlar. Masalan, A.Dobrolyubov “Arafa”(I.S.Turgenev) romani haqida “Haqiqiy kun qachon keladi”, A.Ostrovskiyning “Momaqaldiroq” dramasi haqida “Zulmat ichra nur” singari maqolalarini yozdi. Shiddatli Vissarion ham badiiy asarlar matnini tahlil qilishni emas, asar baholashda his-hayajonlarni to’kib solishga, ijtimoiy mohiyatni mumkin qadar yuksak ko’tarishga e’tibor berdi. Strukturalistlar, xususan, V.Shklovskiy, B.Tomashevskiylar V.Belinskiy, uning izdoshlari ijodini jonli matndanuzilib qolganligini qattiq tanqid qildilar, "Belinskiy, Dobrolyubov, Zaysev, Mixaylovskiylar go’yo gul ko’rgani keldilaru, guldan zavqlanish o’rniga uning ustiga o’tirib oldilar",7 - deydi V.Shklovskiy. B.Tomashevskiy fikricha, XIX asr 60-yillaridagi rus revolyusion-demokratlari “badiiy asarni ijtimoiy yaroqliligiga ko’ra baholadilar”, “o’zlarining mafkuraviy qarichlarini chin o’lchov deb bildilar”8.Boris Sadovskiy “Chernishevskiy - tanqidchi” (“Veso’” jurnali, 1907 yil, 7-son) maqolasida “Nima qilmoq kerak?” romani muallifini “iste’dodli iqtisodchi”, adabiy tanqid sohasida “tirishqoq va zahmatkash”, “o’rtamiyonalikning baayni o’zginasi” deydi. Sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligi V.Belinskiy, A.Dobrolyubov, N.Chernishevksiy, A.Gersen va boshqalar asarlarini ko’klarga ko’tardi. Mazkur mutafakkir-munaqqidlar asarlari sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligining metedologik asosi ekanligi uzluksiz ta’kidlandi. Ularning adabiy-tanqidiy, badiiy asarlari bot-bot chop etildi. Buning boisi shunda ediki, sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligi inqilobiylikni hamisha yuksak qardrladi, hatto, vulgar sosiologizm ham 20-yillarda bayroq qilib ko’tarildi. Sho’ro adabiyoshunosligi fanida mikroanaliz va strukturalizm metodining susayib ketishiga ham V.Belinskiylar asarlaridagi his-hayajon, matndan ajralgan holda asarni g’oyaviy-ijtimoiy “tanqid” qilish sabab bo’ldi. Sho’ro adabiyoshunosligida yozuvchilarni “o’rni-o’rniga qo’yib” munosabatda bo’lish, tanqid qilish avj oldi. Afsuski, ba’zi ilmiy tadqiqot, dissertasiyalarda V.Belinskiy, N.Chernishevskiylar asarlari hanuz metodologik tayanch sifatida ko’rsatilayotganligi achinarlidir. Rus tanqidchisi Lev Anninskiy “Nimani izlaysiz?” nomli maqolasida hozirgi tanqidchilikda barham topayotgan udumlar haqida to’xtalinib, V.Belinskiydan boshlangan chalalik, chalkashlik, chiranchog’liklarga e’tiborni qaratadi. Lev Anninskiy V.Belinskiylar haqidagi qarashlarni xulosalar ekan, rus revolyusion-demokratlari qo’lidan olingan estafeta tayoqchasi sho’ro adabiyoshunosligi Prokrustlari tomonidan rosa foydalanilganligini aytadi9. Bu yerda munaqqid sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligidagi vulgar sosiologizm, yuzakilik, guruhbozlik, noxolislikni nazarda tutganligini tushunib olish qiyin emas.XX asr adabiyotida goh kuchayib, goh pasayib, goh keng miqyosda, goh tor ko’lamda o’sib-o’zgarib borgan strukturalizm ekzistensializm, sosrealizm singari metodlarni saralashda mahak tosh vazifasini o’tadi. Chindan ham, san’at vazifasi, undagi yo’nalishlar funksiyasi insonni qay darajada haqqoniy, tabiiy tasvirlanganligiga ko’ra baholanadi. Inson hamisha onadan erkin tug’iladi. Inson erkiga kishan solishlar, quyushqonga kiritishlar keyinchalik boshlanadi. Inson hayoti, aslida, erk bilan har xil kishanu tuzoqlar aro kurashdan iborat. Cho’lpon «Ko’ngil» she’rida erk va uning kushandalari aro ziddiyatni tiniq ko’rgan, aniq tasvirlagan edi: Ko’ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla do’stlashding?...
Sen-da odam, sen-da insonsan; Kishan kiyma, bo’yin egti, Ki, sen ham hur tug’ilg’onsan!... XX asrda inson erki, hurligiga jonu jahdi bilan qarshi kurashgan mafkuralar ko’p bo’ldi. Sho’ro davlatida, Germaniyada, Ispaniyada, Italiyada, Chilida, Kongoda, yana qanchadan qancha yurtlarda fashizm ochiqchasiga harakat qildi. «Manqurt» degan istiloh mohiyati XX asrda aniq ko’rindi. Inson erki va unga qarshi har xil tazyiqlar adabiyoshunoslikda qanday nomlanadi? Adabiyoshunoslikda «xarakter» degan tushuncha bor, u juda ko’p tillarda «karakte» nomi bilan ma’lumu mashhur. Aslida inson o’z fitrati, mangu bitigi bilan tug’iladi. Hayot, faoliyat davomida inson ma’no-mohiyati namoyon bo’ladi. «Sartr, mavjudlik-shaxs xatti-harakatlaridan iboratdir, deb biladi. Uningcha, inson o’zini o’zi namoyon qilish, o’zini o’zi ruyobga chiqarish orqaligina mavjuddir. Shuning uchun u «o’z hayoti va xatti-harakatlarining yig’indisidan boshqa narsa emas»10Hayotda hamma ziddiyatlar kurashi mavjud ekan. Yekzistensializm, aslida, insonni, xarakterni markscha falsafadagi talqiniga zid ravishda vujudga kelgan ekan. Biz yuqorida G. V. Plexanovning pansosiologizm haqidagi qarashini keltirgan edik. Bu nazariya bevosita K. Marks qarashidan keltirib chiqarilgan edi. Ilmiy kommunizm nazariyasining asoschisi K. Marks «Feyerbax to’g’risida tezislar» ning 6-bandida yozadi: «... insonning mohiyati ayrim individga xos bo’lgan abstrakt emasdir. Haqiqat holda u barcha ijtimoiy munosabatlarining majmuidir»11 Ekzistensializm «ota»si- Jan Sartr inson «o’z hayoti va xatti-harakatlarining yig’indisidan boshqa narsa emas» deyapti, K. Marks bo’lsa, inson barcha ijtimoiy munosabatlarning majmuidir» degan uzil-kesil xulosani chiqaryapti. Yekzistensialistlar inson hayoti-yu, xatti-harakatlarinigina asos qilib olganliklari bois absurdizmga toyib ketdilar. Markscha «nazariya» bilan qurollanganlar insonni ijtimoiy ruporga-o’zlikdan uzoqlashgan vositaga aylantirib qo’ydilar. Ijtimoiy mohiyati to’lib-toshib ketgan odam oddiy haqiqatlarni aytishga ham qo’rqib qoldi. Yodimda bor: bir kuni Ozod Sharafiddinovning tishli-tirnoqli bir maqolasi chop etiilganida, tengqur, ham fikrlar yig’ilib qoldik. Maqola haqida birov u dedi, birov bu dediShunday qilib, XX asrda strukturalizm bilan bir qatorda ekzistensializm, sho’ro realizmi – sosialistik realizm ham rivojlandi. Har bir metod asosida, aytilganiday, falsafiy-estetik qarash, munosabat mavjud. Strukturalizm obyekt bilan bevosita bog’liqligi – hamisha jonli matn bilan ish ko’rishligi bois rivojlandi. Undagi o’sish bir tekis, qarshiliklarsiz bo’lmadi. 60-yillardagi strukturalizm ilk strukturalizmdan ko’p narsalarni olganiday undagi ko’p xususiyatlarni inkor etdi. XXasrnig 80-yillaridanposstrukturalizmgloballashuvjarayonibilanbirgalikdao’sdi, qamrovmiqyosinikengaytirdi. Haqiqiy badiiy asar – mukammal, murakkab tarkib (struktura). U matn tarzida yaratiladi. Matnning pishiq-puxtaligi avvalo san’atkor iste’dodiga, aytmoqchi bo’lgan gapining haqqoniyligiga, so’zlarga yuklatilgan ma’noning salmog’iga, maromning tovlanishi, tuslanishiga bog’liq. Mukammal matn yaratish – ilmiy-ijodiy izlanish demak. San’atkor izlanmasa, o’qimasa, o’rganmasa, ma’lum darajada tadqiqotchi bo’lmasa, musti mahkam matn yaratishi amri mahol. Buyuk san’atkorlarning deyarli hammasi o’zigacha yaratilgan yetuk asarlarni jiddiy o’rgangan. Navoiy, Boburday san’atkorlar ilm bilan ham jiddiy shug’ullanganlar, yetuk tadqiqotlar yaratganlar. Bu an’ana jahon adabiyotida hamisha bo’lgan, hanuz davom etyapti. San’atkorning san’ati shundaki, u har bir so’z, holatdagi ma’nolarni bus-butun qamrab olishga intiladi, so’zning ich-ichiga, moyasiga kirib borishga intiladi. Badiiylik izlanishlar imkoniyati tugayotganda “lop” etib yuzaga chiqadi. San’atkor iztiroblari uchun mukofot tarzida Olloh tomonidan beriladi. +isqalik, lo’ndalik – iste’dod mujdasi. Shoir bir misralik she’r yozibdi: Anorlardardkabiyorilar. (Faxriyor). Mittibushe’rnianglashuchunavvaloinsoniydardningbarchatomonlarinihisetishkerak. Dardningyorilishi – ko’ngilningbo’shashi, ko’zningmoshdayochilishi. Nihoyat, anorningyorilishiqip-qizildonalarininglov-lovyonishi. Muhimi, insoniyholatningboshqapredmetgako’chirilishidagimahorat – badiiylikifodasi. Shushoirning: Yig’i, seniqandoq kuldiray? she’ridagikechinmadoshliko’quvchinio’zigarometadi. Odam – kimligi, qayerdanligi, dini, irqidanqat’inazar – hamishadardkash, g’amdosh. Axir, insonbeshkunlikdunyogayig’lash, dardchekishuchunkelmaydi-ku?!San’atkortuyg’u, holatlariningifodachisiso’z. Shundaybo’ladiki, holatbor, ijodiyiztirobbor, lekinshuholat, iztirobningifodachisi – monandso’zyo’q. Shundaypaytdasan’atkoryangiso’zkashfetadi, so’zlarolamida “yangimehmon” ko’zochadi. Yangiso’ztabiiyehtiyoj, tanishholatifodachisisifatidatug’ilsa, yashabketadi, tildao’zo’rninitopadi. Odatda, yangiso’zlarso’zlashuv, jonlitildapaydobo’lib, so’ngbadiiyadabiyotgakiradi. Lekin, san’atkorlarasarlaridatug’ilib, jonlitilgaqovushibketganso’zlarozemas. So’nggiyillaro’zbekshe’riyatidaso’zizlashjarayonikuchayibbormoqdaki, she’rlardayangiso’zlar, eskiso’zlarningyangima’noqirralarinikashfetishko’zgatashlanmoqda. TadqiqotchiYergashOchilovyuzlabshe’rlardagiso’zlar, ularningma’no-mazmunihaqidakuyinchaklikbilanfikr-mulohazayuritdi. Uning “Harso’zningo’zo’rnibor” maqolasidanihoyatdao’rinlitanbehlarqatoriyangiso’zlarningqo’llanishigaishonchsizlikbilanqarashkayfiyatiseziladi. Vaholanki, mashhur strukturalist Rolan Bart so’zlari bilan aytganda: “... har bir yangi so’z – yangi bayram. Toshqin o’zan bo’ylab harakatlanib, keskin, kutilmagan burilishlarga duch kelarkan, tilda huzurbaxsh onlarning samarasi bo’lib yangi so’zlar tug’iladi” (R.Bart. Tanlangan tadqiqotlar. (Semiotika. Poetika). M.: “Progress” - 1989, 466-bet). Yendi Yergash Ochilov maqolasidan kattagina ko’chirma keltiramiz. “Yana bir noxush hodisa – shoirlarning bilib-bilmay, o’zlaricha yangi so’z yasashlaridir: vafoat, visolat (I.Otamurod), kunotar (A.Qutbiddin), qismatboz (A.Mahkam), ma’yusiyat, yolg’iziyat, g’amsuvor, ozoriston (Salim Ashur), kuliston, g’amrang, tunko’l, qonolud, changakdil, ruhkamar (Aziz Said), yonarzor, qalbroh, joniston, xayoldo’z, ashqliqo, ruhnazar, nimruh (H.Abdinazar), tunzor (O.To’raqulova), ohzoda, iymonsa, muhtojib, nokiroh, beandoz, bohaq, boavval, boxullas, bomutlaq, boma’qul, boishonch, boxulla (S.Subhon), sarsib, manzilot (Laylo)... Yaltiroq so’zlarga ruju qo’yib, mantiqsiz iboralar yasash ham avj oldi. Chunonchi havoga nisbatan dahriy deyish (Z.Xudoyshukur – “Dahriy havo”), shu’lani shakkok deb atash (B.Ro’zimuhammad – “Shakkok shu’la”), visolni sharmandaga chiqarish (A.Mahkam – “Sharmanda visol”), sirni betgachoparlikda ayblash (B.Yeshpo’latov – “Betgachopar sir”), baytni so’yish (H.Ahmedova – “So’yilgan bayt”) mumkinmi? Undan tashqari, “Chorbog’lar badani”, “Umid asabi” (B.Yeshpo’latov), “Olma ishqiy gullagan” (S.Olloyor), “+a’rim qa’rida” (O.Ikrom), “Hilqatli ko’ksim” (N.Abdurahmonov), “Osmonsizlik qa’rida” (I.Iskandar), “Nimrang nigoh”, “Hiloliy haram”, “Hiloliy tovush” (Dilbaroy), “Hijroniy meros” (Xurshida), “Osmon-laqqi” (A.+utbiddin) kabi iboralar ham g’aliz va mavhum, ko’ngilga botmaydi”. Keltirilgan misollardagi ba’zi so’z, iboralarni o’rinsiz, asossiz, nojo’ya qo’llangan demasak, ko’pchilik so’z, iboralar izlanish, ijodiy jarayon samarasi sifatida diqqatni jalb qiladi. To’g’ri, “bo” - qo’shimchasi bilan yasalgan so’zlar o’ta sun’iy. “Vafoat”, “visolat”, “yolg’iziyat”, “qonolud”, “xayoldo’z”ning ildiz otib ketishiga ishonch yo’q. Ammo “dahriy havo”, “shakkok shu’la”, “sharmanda visol”, “nimruh”, “tunzor”, “g’amsuvor”, “so’yilgan bayt”, “qa’rim qa’rida”, “nimrang nigoh”, “osmon-laqqi”, “chorbog’lar badani”, “umid asabi” singari so’z, iboralarda jon, holat, beandazalik bor. O’zini hurmat qilgan san’atkor uchun har bir yangi asari, misoli tarbiyatalab farzand. O’la-o’lguncha asarlariga sayqal berib, har bir so’z ustida o’lib-tirilib o’tgan san’atkorlar ozmi?! Shoir Mirtemirni ko’rgan, bilgan odam borki, bu avliyosifat inson hamisha, hamma yerda she’rlariga sayqal berishdan tinmagan. Uni shoir deyishdan ko’ra matnnavis deyish to’g’riroq bo’ladi, chog’i. Mirtemir har bitta she’ri uchun shunday so’zlarni izlaganki, go’yo shu so’z matnning barcha qism, bo’lak, ohang, maromini o’zida jamuljam qilgan. Aksariyat hollarda shoir mana shu o’zak, yuk ko’taruvchi so’z, ifodani topgan. Mirtemirning mittigina “Handalak” she’ri bor. Shoirdagi san’atkorlik shundaki, kitobxon handalakni yemay turib, tasvirning o’zidan huzurlanadi, saraton oldi yetilgan ne’mat mazasini totib ko’rganday bo’ladi. “Havo eleksirday”, “Yashillik saltanat qurmish”, “Ko’krakka uradi yoqimtoy salqin”, “Chechaklarda noz”, “Ko’zlar ilg’aguncha poliz, bedazor”. Go’zallik uzra go’zallik tasvirlanaveradi. Nihoyat, “muzdek va yorqin, beqasam handalak uzildi”. U “go’yoki yolqin, quymadek bejirim”. Handalak – “aslida quyosh zarrasi”, “ona tuproq toti, tuproq shirasi”. She’rda ajoyib strukturaviy mutanosiblik bor: handalak ham, zarra ham quymaday, har bir obraz, tasvir poliz, handalakzor tarovatini aniq tasavvur etishga xizmat qiladi. She’rdan bitta so’z, bitta obrazni olib qo’ying-a: tizimdagi tartib, tarkibdagi mukammallik buziladi – matnda majruhlik paydo bo’ladi. She’r shunchalar yaxlitki, har bir harakat, ishora boshdan adoq to’siqsiz, bir maromda o’tadi. Strukturalizm matndagi yaxlitlik, izchillik; tushuncha, obrazlar ora aloqadorlik; holat tarovatini bezaha ifodalash metodidir. Xuddi shu holatni «Tilla baliqcha» she’rida kuzatish mumkin. Biz Abdulla Oripov (M. +o’shjonov, S. Meliyev) kitobidagi «Tilla baliqcha» she’ri talqinini struktural o’rganish deb bilamiz va o’sha fikrlarga qo’shilamiz. Kezi keldi: adabiy jarayondagi xunuk bir xodisa haqida to’xtalinmoqchimiz. O’zini hurmat qilgan san’atkor borki, asarini-mukammal matnni qarachig’iday asrab avaylaydi. Konstantin Fedin katta asaridagi bitta so’zni o’zgartirgan muharrir Konstantin Simonovni nari olib borib, beri olib kelgan ekan. Abdulla +odiriyday san’atkor Sadriddin Ayniy qissasini tahrir qilar ekan, nojo’ya so’z iboralarni alohida varaqqa ko’chirib yozib borgan ekan (ya’ni ustoz matniga qalam tekkazishni shakkoklik deb bilgan). Hozir istagan jurnalni olib qarang: hikoya, qisa, romanning jurnal nusxasi degan izohga ko’zingiz tushadi. Asarning «jurnal» nusxasi-qo’l-oyog’i, zarur a’zosi qirqib tashlangan nogiron ransa. Kitobxon shu «beo’xshov narsa»ni o’qigach, uning to’liq nusxasini ne-ne gumonlar bilan qo’lga oladi. Asarning «jurnal nusxasi»ning boshlashiga ruxsat berayotgan yozuvchilar yetti o’lchab, bir kesishlari lozim. Struktura – asarning badiiy-estetik xaritasi. Bu xaritani ruhiy nigoh bilan o’rganish, uqish mumkin. Xaritada ranglar, belgilar aniq o’lchamlar vositasida o’z ifodasini topadi. Xaritalar siyosiy, ekologik, yer tarkibi bo’yicha yaratiladi. Badiiy-strukturaviy xarita semiotik nuqtalarning joy-joyiga qo’yilishi, semiologik mohiyatning yoritilishi nuqtai nazaridan tuziladi. Semiotik nuqta, semiologik markazlar duch kelgan joyda emas, asarning g’oyasi, maqsadi nuqtai nazaridan aniq belgilangan o’ringagina qo’yiladi. Davrimizning donishmand ijodkorlaridan biri Fozil Iskandar iste’dod nima degan savolga bunday javob beribdi: “Iste’dod adabiyot maydoni birligida kitobxon bilan tutashadigan aloqa nuqtalari miqdori” (Tatyana Bek. Trijdo’ dvadsatipyatiletiye. “Literaturnaya gazeta”, 2004 yil, 17-23 fevral). Iste’dodning shoirona ta’rifini strukturaga nisbatan ham qo’llash mumkinday tuyuladi: “Strukturada – badiiy matn to’qimasi birligida o’zaro tutashadigan, bosh g’oya tomonidan boshqarib turiladigan semiotik nuqtalar, semiologik markazlar miqdoridir”. Struktura tugallikni, yaxlitlikni, semiotik nuqtalar aniqligini, semiologiya markazlarining mutanosibligini taqozo qiladi. Kattadir, kichikdir, she’riydir, nasriydir, dramaturgikdir – barcha asarlarda o’ziga xos tugal struktura bor. Mana, juda jo’n, to’rttagina iboraning ikki bor takroridan tarkib topgan matn – she’r: Dumingni likillatasan, Olg’a ketasan. Dumingni likillatasan, Olg’a ketasan. Va nihoyat... Strukturalizm modernizm mohiyatini ishonarli yoritib beruvchi vositasidir. Chunki modernizm hayotning nafis teran, yuksak, ayni vaqtda mahorat-lo cho’qqi-qirrasidir. U qilni qirq yozruvchi san’atkorlar adabiyotidir.
Download 280.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling